Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Respublika iste’molchilariga ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

1-ILOVA
Budjet tashkilotlarini ko‘mir mahsulotlari bilan budjet mablag‘lari hisobidan ta’minlash tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Ko‘mir mahsulotlariga ehtiyojlarni aniqlash, ularni sotish, yetkazib berish, transportirovka qilish, qabul qilish va saqlash tartibi

3-bob. Ko‘mir mahsuloti uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish

4-bob. Taraflarning javobgarligi va nizolarni hal qilish tartibi

5-bob. Yakunlovchi qoida

ILOVA
Budjet tashkilotlarini ko‘mir mahsulotlari bilan budjet mablag‘lari hisobidan ta’minlash SXEMASI

2-ILOVA
Respublika aholisini ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Asosiy tushunchalar

3-bob. Respublika aholisini ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash tartibi

4-bob. Ko‘mir mahsuloti uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish

5-bob. Yakunlovchi qoida

ILOVA
Respublika aholisini ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash SXEMASI

3-ILOVA
Respublika hududlari bo‘yicha aholi va budjet tashkilotlariga ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish uchun mas’ullar ro‘yxati

4-ILOVA
Respublika iste’molchilariga ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi

5-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-dekabrdagi 964-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimcha

6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari RO‘YXATI

Hujjat 30.09.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Budjet tashkiloti

Budjet tashkiloti isitiladigan maydonlar hajmlariga, mavjud qozonlar va pechlar soniga asoslanib, ko‘mir mahsulotini sarflash me’yorlarini hisobga olgan holda, o‘tgan mavsumda yoqilgan ko‘mir mahsulotlari miqdorlariga mos ravishda Portalga ko‘mirga bo‘lgan ehtiyojini kiritadi.

Budjet tashkilotining joylashgan joyi, isitiladigan bino hujjatlari, isitiladigan maydon hajmi, qozonxonalar pasporti va boshqa ma’lumotlar Portaliga kiritiladi.

15-mayga qadar

2-bosqich

Boshqarmalar, tegishli tuman (shahar) bo‘limlari

Boshqarmalar tegishli tuman (shahar) bo‘limlari bilan birgalikda budjet tashkiloti tomonidan Portalga kiritilgan ma’lumotlar to‘g‘riligini tekshiradi hamda Portal orqali elektron raqamli imzo yordamida tasdiqlaydi.

1-iyunga qadar

3-bosqich

“O‘zenergoinspeksiya”

“O‘zenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmalari Boshqarmalar tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlarni o‘rganadi va elektron raqamli imzo yordamida kelishadi.

Bunda “O‘zenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmalari budjet tashkilotining joylashgan joyi, isitiladigan binolari, qozonxona rusumi, quvvati va boshqa ma’lumotlardan foydalanib, Qurilish me’yorlari va qoidalarining loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik ma’lumotlarida belgilangan metodologiyaga asosan ob-havo bashorati va iqlim o‘zgarishlarini inobatga olgan holda hisoblaydi hamda zarur hollarda tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.

15-iyunga qadar

4-bosqich

Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Boshqarmalar tomonidan tasdiqlangan hamda “O‘zenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan ko‘mir mahsuloti miqdorlari Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Portalda tasdiqlanadi hamda ko‘mir mahsulotini xarid qilishning moliyalashtirish manbalariga aniqlik kiritish uchun 15-iyulga qadar Moliya vazirligiga Portal orqali yuboriladi.

15-iyulga qadar

5-bosqich

Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Moliya vazirligi ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida ko‘mir miqdorlari uchun moliyalashtirish manbalari bo‘yicha ma’lumotlarni 15-avgustga qadar Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga, Energetika vazirligiga hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga Portal orqali ko‘mir balansi loyihasini shakllantirish uchun taqdim qiladi.

15-avgustga qadar

6-bosqich

Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zbekko‘mir” AJ, manfaatdor vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari

Ko‘mir balansi loyihasi ko‘mir sanoati korxonalarining ishlab chiqarish va yetkazib berish imkoniyatlari hamda import ko‘mir miqdorlarini inobatga olgan holda, Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan shakllantiriladi hamda kelgusi yil uchun ko‘mir resurslari va iste’moli balansi loyihasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalariga 15-sentabrga qadar kelishish uchun taqdim etiladi hamda kelishilgan hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga 1-noyabrga qadar kiritiladi.

1-noyabrga qadar

7-bosqich

“O‘zbekko‘mir” AJ

“O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan har bir kunlik ortib yuborilgan ko‘mir partiyasi Portalga kiritiladi.

Belgilangan muddatlarda

8-bosqich

“Ko‘mir ta’minot” MChJ

“Ko‘mir ta’minot” MChJning hududlardagi ko‘mir omborlari “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan ortib yuborilgan ko‘mir partiyasi ko‘mir omboriga yetib kelganligi yuzasidan ma’lumotlarni Portal orqali tasdiqlaydi.

Belgilangan muddatlarda

9-bosqich

“Ko‘mir ta’minot” MChJning ko‘mir omborlari

“Ko‘mir ta’minot” MChJning ko‘mir omborlari Portalda shakllantirilgan ma’lumotlar hamda grafiklar asosida budjet tashkilotiga ko‘mir mahsulotining manzilli yuklab berilishi va sotilishini ta’minlaydi hamda ko‘mir ortib yuborilganligi bo‘yicha ma’lumotlarni Portalga kiritadi.

Belgilangan muddatlarda

10-bosqich

Budjet tashkiloti

Budjet tashkilotlari avtotransport xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ko‘mir mahsulotini avtomobil transporti yordamida yoki bevosita o‘z kuchlari bilan ko‘mir omborlaridan olib ketadi.

Bunda budjet tashkiloti tomonidan ko‘mir omborxonasiga kirim qilingan ko‘mir mahsuloti to‘g‘risidagi ma’lumotlar Portalga kiritiladi.

Belgilangan muddatlarda

13. “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Mehr daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalarga ko‘mir mahsulotini sotib olishda va/yoki yetkazib berish uchun transport bilan ta’minlashda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-apreldagi 213-f-son farmoyishi, “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 14-apreldagi 210-son qarori hamda “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 17-yanvardagi 26-son qarori bilan tashkil etilgan tegishli jamg‘armalar hisobidan pul yoki kompensatsiya ko‘rinishida amaliy yordam ko‘rsatadi.

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tumanlar (shaharlar) hokimliklari

Mahalla raislari bilan birgalikda o‘z hududlaridagi ko‘mirga ehtiyojmand bo‘lgan iste’molchilar yashayotgan xonadon (uy), xonadon egasi va/yoki ko‘mirni qabul qilib oluvchi jismoniy shaxs, kuz-qish mavsumiga talab etiladigan ko‘mir miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har yili 1-iyunga qadar Portalga kiritadi hamda kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga javob beradi.

Portalga kiritilgan ma’lumotlar yil davomida boshqa o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

1-iyunga qadar

2-bosqich

“Hududgazta’minot” AJning hududiy gaz-ta’minot korxonalari

“Hududgazta’minot” AJning hududiy gaz-ta’minot korxonalari tumanlar (shaharlar) hokimlari yordamchilari (va/yoki hokimliklar) tomonidan Portalga kiritilgan ma’lumotlarni tabiiy gaz tanqisligi kuzatilayotgan, suyultirilgan gazga o‘tkazilgan iste’molchilar ro‘yxati bilan solishtiradi hamda har yili 1-iyulga qadar Portalga kiritilgan iste’molchilar tabiiy gaz bilan ta’minlanmaganligini Portal orqali tasdiqlaydi.

Tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlangan xonadonda yashovchi iste’molchilarga ko‘mirni markazlashgan holda yetkazib berish rad etiladi va Portaldan ularning ma’lumotlari chiqarib tashlanadi.

1-iyulga qadar

3-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Portalga kiritilgan ma’lumotlar asosida har yili 1-avgustga qadar hudud aholisining mahalla (ovul) fuqarolari yig‘inlari kesimida kelgusi yilda ko‘mir mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini shakllantiradi va tegishli ma’lumotlarni Portal orqali elektron raqamli imzo yordamida tasdiqlaydi.

1-avgustga qadar

4-bosqich

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Energetika vazirligi

Ko‘mir resurslari va iste’moli balansi loyihasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalariga 15-sentabrga qadar kelishish uchun taqdim etiladi hamda kelishilgan hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga 1-noyabrga qadar kiritiladi.

1-noyabrga qadar

5-bosqich

“Ko‘mir ta’minot” MChJ

Tasdiqlangan ko‘mir balansi doirasida: hududlar bo‘yicha aholiga sotish uchun ko‘mir mahsulotini oyma-oy yetkazib berish jadvalini ishlab chiqib tasdiqlaydi va uni “O‘zbekko‘mir” AJga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga hamda viloyatlar hokimliklariga Portal orqali yuboradi;

o‘n kun muddatda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

hududlar bo‘yicha aholi uchun belgilangan ko‘mir mahsuloti miqdorlarini oyma-oy yetkazib berish jadvalini uch ish kunida tumanlar va shaharlar kesimida ishlab chiqib tasdiqlaydi hamda “Ko‘mir ta’minot” MChJga hamda tumanlar (shaharlar) hokimliklariga Portal orqali yuboradi;

uch ish kunida

tumanlar (shaharlar) hokimliklari

ko‘mir mahsuloti miqdorlarini oyma-oy yetkazib berish jadvalini ikki ish kunida mahalla (ovul) fuqarolar yig‘inlari kesimida ishlab chiqib tasdiqlaydi va tumanlar (shaharlar) hokimlari yordamchilariga, mahalla (ovul) fuqarolar yig‘inlariga, “Ko‘mir ta’minot” MChJning hududlardagi bo‘linmalariga Portal orqali yuboradi.

ikki ish kunida

6-bosqich

“O‘zbekko‘mir” AJ

“O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan har bir kunlik ortib yuborilga� ko‘mir partiyasi Portalga kiritiladi.

belgilangan muddatlarda

7-bosqich

“Ko‘mir ta’minot” MChJ

“Ko‘mir ta’minot” MChJning hududlardagi ko‘mir omborlari “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan ortib yuborilgan ko‘mir partiyasi ko‘mir omboriga yetib kelganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Portal orqali tasdiqlaydi.

belgilangan muddatlarda

8-bosqich

Iste’molchilar, “Ko‘mir ta’minot” MChJ

Ko‘mir omborlari tomonidan har bir iste’molchiga ortib yuborilgan ko‘mir partiyasi bo‘yicha Portal va SMS-xabarnoma orqali iste’molchiga bildirishnoma yetkaziladi.

Bunda qoida tariqasida iste’molchiga SMS-xabarnoma yuborish orqali unga ko‘mir yetkazib berildi deb qabul qilinadi.

Iste’molchilar tomonidan qabul qilib olingan ko‘mir Portaldagi shaxsiy kabinet orqali tasdiqlanishi yoki haqiqatda yetkazilgan ko‘mir miqdorlari va SMS-xabarnomada keltirilgan miqdorlar orasida tafovut kelib chiqadigan holatlarda, ushbu holat yuzasidan Portal orqali e’tiroz bildirilishi mumkin.

belgilangan muddatlarda

T/r

Hududlar

Mas’ullar

“Ko‘mir ta’minot” MChJning ko‘mir omborlariga qadar

ko‘mir mahsulotlarini saqlash, sifati va so‘nggi iste’molchiga ortib yuborish uchun

so‘nggi iste’molchiga yetkazib berish uchun

Respublika bo‘yicha

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

“O‘zbekko‘mir” AJ, “Ko‘mir ta’minot” MChJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

“Qo‘ng‘irot” hududiy temir yo‘l uzeli rahbari

“Ko‘mir ta’minot” MChJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali rahbari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi

2.

Andijon viloyati

“Qo‘qon” hududiy temir yo‘l uzeli rahbari

“Ko‘mir ta’minot” MChJ Andijon viloyati filiali rahbari

Andijon viloyati hokimi

3.

Buxoro viloyati

“Buxoro” hududiy temir yo‘l uzeli rahbari

“Ko‘mir ta’minot” MChJ Buxoro viloyati filiali rahbari

Buxoro viloyati hokimi

4.

Jizzax viloyati

“Toshkent” hududiy temir yo‘l uzeli rahbari

“Ko‘mir ta’minot” MChJ Jizzax viloyati filiali rahbari

Jizzax viloyati hokimi

5.

Qashqadaryo viloyati

“Qarshi” hududiy temir yo‘l uzeli rahbari

“Ko‘mir ta’minot” MChJ Qashqadaryo viloyati filiali rahbari

Qashqadaryo viloyati hokimi

6.

Navoiy viloyati

“Buxoro” hududiy temir yo‘l uzeli rahbari

“Ko‘mir ta’minot” MChJ Navoiy viloyati filiali rahbari

Navoiy viloyati hokimi

7.

Namangan viloyati

“Qo‘qon” hududiy temir yo‘l uzeli rahbari

“Ko‘mir ta’minot” MChJ Namangan viloyati filiali rahbari

Namangan viloyati hokimi

8.

Samarqand viloyati

“Buxoro” hududiy temir yo‘l uzeli rahbari

“Ko‘mir ta’minot” MChJ Samarqand viloyati filiali rahbari

Samarqand viloyati hokimi

9.

Surxondaryo viloyati

“Termiz” hududiy temir yo‘l uzeli rahbari

“Ko‘mir ta’minot” MChJ Surxondaryo viloyati filiali rahbari

Surxondaryo viloyati hokimi

10.

Sirdaryo viloyati

“Toshkent” hududiy temir yo‘l uzeli rahbari

“Ko‘mir ta’minot” MChJ Sirdaryo viloyati filiali rahbari

Sirdaryo viloyati hokimi

11.

Toshkent viloyati

“Toshkent” hududiy temir yo‘l uzeli rahbari

“Ko‘mir ta’minot” MChJ Toshkent viloyati filiali rahbari

Toshkent viloyati hokimi

12.

Farg‘ona viloyati

“Qo‘qon” hududiy temir yo‘l uzeli rahbari

“Ko‘mir ta’minot” MChJ Farg‘ona viloyati filiali rahbari

Farg‘ona viloyati hokimi

13.

Xorazm viloyati

“Qo‘ng‘irot” hududiy temir yo‘l uzeli rahbari

“Ko‘mir ta’minot” MChJ Xorazm viloyati filiali rahbari

Xorazm viloyati hokimi

sakkizinchi xatboshi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi