Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Aholining mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lagan holda sotib olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

ILOVA
Aholining mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lagan holda sotib olish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Qurilmani sotib olish va uni o‘rnatish xarajatlarini kompensatsiya qilish shartlari

3-bob. Ishlab chiqaruvchi hamda ariza beruvchi va birgalikda to‘lovchi hamda kafilning muvofiqlik mezonlari

4-bob. Ariza beruvchilarning murojaatini ko‘rib chiqish tartibi

5-bob. Platforma marketpleys tizimining ishlash tartibi

6-bob. Ishlab chiqaruvchi va uning savdo agentini Platformaning marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatish tartibi

7-bob. Bo‘lib-bo‘lib amalga oshiriladigan to‘lovlar monitoringini olib borish va ishlab chiqaruvchi tomonidan Jamg‘armaga mablag‘larni qaytarish tartibi

8-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
Qurilmalar ishlab chiqaruvchilari yoki ularning savdo agentlariga qo‘yiladigan talablar *

2-ILOVA
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalari xarajatlarining bir qismiga kompensatsiya ajratish, shuningdek, bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun xarid qilingan qurilmalar xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi tomonidan qoplash SXEMASI

Hujjat 06.10.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda aholi va tadbirkorlik subyektlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
nohalol ta’minotchilar reyestri — ushbu Nizomning 6-bobida belgilangan talablar asosida Platformaning marketpleys tizimidan chetlatilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxati.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Ishlab chiqaruvchi va uning savdo agentlari Platformaga Jamg‘arma tomonidan kiritilishi uchun ular mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan reyting ballari asosida baholanadi va ishlab chiqaruvchilar ro‘yxati tuziladi.
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi taqdim etgan ro‘yxatga kiritilgan hamda ushbu Nizomning 15-bandida ko‘rsatilgan muvofiqlik mezonlariga to‘g‘ri kelgan ishlab chiqaruvchilar bilan Jamg‘arma o‘rtasida jismoniy shaxslar tomonidan to‘liq qiymatda xarid qilingan qurilma xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati bilan xarid qilingan qurilma xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun mablag‘lar ajratish bo‘yicha shartnomalar imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

I bosqich

Ariza beruvchi

1. Qurilmani o‘rnatish uchun arizalar onlayn tarzda Yagona elektron platforma orqali ariza beruvchi mustaqil ravishda yoki ishlab chiqaruvchilar ko‘magi bilan va/yoki Yagona davlat xizmatlari portali va Davlat xizmatlari markazi orqali taqdim etiladi.

2. Muvofiqlik mezonlari asosida skoring baholash avtomatlashtirilgan holda bir kun muddatda amalga oshiriladi.

3. Skoring baholash ma’lumotlariga ko‘ra muvofiqlik mezonlariga to‘g‘ri kelganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida ariza beruvchining telefoniga SMS-xabar yuboriladi.

4. Shuningdek, arizani ko‘rib chiqish uchun ishlab chiqaruvchiga elektron ma’lumot kelib tushadi.

Zarurat bo‘lganda

II bosqich

Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti

1. Joyiga chiqqan holda qurilmani o‘rnatish mumkinligi o‘rganiladi.

5 ish kunida

2. O‘rganish natijasiga ko‘ra tavsiyanoma yoki rad etish to‘g‘risidagi xulosa tayyorlanib, Platformaga joylashtiriladi.

3. Zaruratdan kelib chiqib, tegishli organ yoki tashkilotlarning texnik shartlar bo‘yicha xulosalari olinishi mumkin.

Texnik shartlar bo‘yicha xulosalar olinishini hisobiga muddat uzaytirilishi mumkin

III bosqich

Ariza beruvchi, ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti

Tavsiyanomaga asosan ariza mazmunidan kelib chiqqan holda, tomonlar o‘rtasidagi o‘rnatilgan qurilmalar xarajatlarining bir qismi uchun kompensatsiya yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartnomasi Platformada avtomatik tarzda tayyorlanadi va tasdiqlash uchun ariza beruvchining telefoniga SMS-xabar yuboriladi.

Onlayn

IV bosqich

Ariza beruvchi

1. Marketpleysdan qurilmalar tanlanadi.

2. Ishlab chiqaruvchi o‘rtasida elektron oldi-sotdi shartnomasi avtomatik tarzda rasmiylashtirilib, SMS-xabar orqali yuborilgan kod yordamida imzolanadi.

Onlayn

V bosqich

Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti

1. Elektron shartnomaga muvofiq qurilmalar ariza beruvchiga yetkazilib, o‘rnatib beriladi.

2. O‘rnatilgan qurilmalar bo‘yicha Platforma orqali hujjatlar Jamg‘armaga taqdim etiladi.

10 ish kunida

VI bosqich

Jamg‘arma

1. Platformada joylashtirilgan hujjatlarga asosan o‘rnatilgan qurilmalar bo‘yicha marketpleysda ko‘rsatilgan talablarga mosligi tekshirilib, elektron ma’lumotnoma rasmiylashtiradi va Platformaga joylashtiradi.

2. Ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda nomutanosiblik, xato va kamchilik aniqlanganda, o‘rnatilgan qurilmalar xarajatlarining bir qismi uchun kompensatsiya yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha xarajatlari ishlab chiqaruvchi to‘liq qoplab berilishi rad etiladi va ishlab chiqaruvchi Platforma orqali xabardor qilinadi.

3 ish kunida

VII bosqich

Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti

Hujjatlardagi nomutanosiblik, xato va kamchiliklarni bartaraf etib, Jamg‘armaga qaytadan taqdim etishi mumkin.

10 ish kunida

VIII bosqich

Jamg‘arma

Ishlab chiqaruvchiga o‘rnatilgan qurilmalar xarajatlarining bir qismi uchun kompensatsiya yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha o‘rnatilgan qurilmalar xarajatlari to‘liq qoplash bo‘yicha murojaati ijobiy xulosa berilgan elektron ma’lumotga asosan uning hisobraqamiga o‘tkazib beriladi.

10 ish kunida

Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi