Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

1-ILOVA
Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining NAMUNAVIY QOIDALARI

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Kasbiy madaniyatga oid umumiy odob-axloq qoidalari

3-bob. Xizmat faoliyatiga oid odob-axloq qoidalari

4-bob. Xizmatdan tashqari odob-axloq qoidalari

5-bob. Jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlarga oid odob-axloq qoidalari

6-bob. Xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinish va kiyinish uslubiga oid odob-axloq qoidalari

7-bob. Manfaatlar to‘qnashuvi

8-bob. Davlat xizmatchilarining manfaatini himoya qilish

9-bob. Odob-axloq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish

10-bob. Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik

11-bob. Yakuniy qoida

2-ILOVA
Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi NAMUNAVIY NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Komissiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari

3-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish

4-bob. Davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalari buzilishining oldini olish (profilaktika) choralarini ko‘rish

5-bob. Davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish tartibi

ILOVA
Odob-axloq komissiyasi faoliyatini tashkil qilish va davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish SXEMASI

3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari RO‘YXATI

Hujjat 15.10.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatiga oid va xizmatdan tashqari odob-axloqi, jamoatchilik bilan munosabatlariga doir qoidalarga rioya etilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Davlat xizmatchilari o‘z vakolatlarini amalga oshirayotganda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Odob-axloq qoidalariga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
3. Komissiya faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatchilari odob-axloqining Namunaviy qoidalariga, ushbu Namunaviy nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

I. Komissiya faoliyatini tashkil etish

1-bosqich

Davlat organi va tashkiloti ra�bari

1. Davlat organlari va tashkilotlarida Odob-axloq komissiyalarini (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) Komissiya raisi, kotibi va a’zolaridan iborat tarkibda, umumiy soni kamida besh nafardan kam bo‘lmagan miqdorda toq sonda shakllantirish.

2. Komissiya tarkibiga tajribali, mehnat jamoasida obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan davlat xizmatchilarini kiritish.

3. Komissiya tarkibini tasdiqlash.

Ikki hafta muddatda

4. Komissiya tarkibiga komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi ehtimolini nazarda tutgan holda o‘zgartirish kiritiladi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Komissiya raisi

Komissiya ishini tashkil etadi, komissiya majlislarini chaqiradi va o‘tkazadi majlisiga raislik qiladi.

Komissiya nomidan ish yuritadi, Komissiya majlislarida Komissiya faoliyati to‘g‘risidagi axborot bilan so‘zga chiqadi.

Davlat organi va tashkiloti rahbariga Komissiya faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.

Ma’lumotlar kiritilgan vaqtdan boshlab

Har yili yil yakuni bo‘yicha

Komissiyaning kotibi

Kun tartibiga muvofiq Komissiya majlislari o‘tkazilishini tashkil etadi. Komissiyaning a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni Komissiya majlisi o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar haqida xabardor qiladi.

Komissiyaning faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash masalalarini hal qiladi, navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi.

Komissiya majlisining bayonnomasini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomaning manfaatdor shaxslarga jo‘natilishini ta’minlaydi.

Majlisdan kamida ikki kun oldin


Majlisdan

keyin bir kun muddatda

II. Odob-axloq qoidalari buzilishining oldini olish (profilaktika) choralarini ko‘rish

1-bosqich

Komissiya

Davlat organining tarkibiy bo‘linmalari

kasaba uyushmalari qo‘mitalari

Komissiya muntazam ravishda davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va ularning buzilishining oldini olishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi profilaktik kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi:

davlat xizmatchilarida yuksak kasbiy madaniyatni, jamoada sog‘lom ma’naviy muhit va ishchan kayfiyatni shakllantirish;

davlat xizmatchilari “halollik vaksinasi” bilan emlash, ya’ni halollikni ularning ongiga singdirish, ma’rifat orqali ularda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish kayfiyatini shakllantirish;

davlat organi va tashkilotida taniqli ziyolilar, ijodkorlar, ma’naviyat va ma’rifat sohasi, shuningdek diniy sohaning ko‘zga ko‘ringan namoyondalari, o‘z sohasida yuksak natijalarga erishgan mehnat faxriylarini jalb qilgan holda, uchrashuvlar tashkil qilib borish;

davlat organi va tashkilotida xodimlarining kasbiy va boshqaruv ko‘nikmalari o‘sishini, shuningdek ularning malakasini doimiy ravishda oshirishni, ular tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etishlarini ta’minlash maqsadida ularning bilimlari va malakasini doimiy oshirish ishlarini ta’minlash;

davlat xizmatchilarining iqtisodiy bilimlarini, huquqiy savodxonligini, huquqiy madaniyati va huquqiy ongini, intellektual va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash maqsadida iqtisodiy va huquqiy o‘qishlar tashkil etish;

yangi ishga qabul qilingan davlat xizmatchilarini odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilish bo�asida stajirovkadan o‘tkazish va ular bilan profilaktik suhbatlar tashkil qilish;

davlat xizmatchilarini malaka oshirish kurslariga, xalqaro seminarlar, konferensiyalar va shu kabi boshqa tadbirlarga yuborish, ular tomonidan o‘z kasbiy darajasi va axloqiy sifatlarini mustaqil oshirishlari uchun shart-sharoit yaratib berish.

Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan choraklik ish rejalari asosida

2-bosqich

Komissiya

Davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalari buzilishining oldini olish (profilaktika) choralarining natijadorligini Komissiya yig‘ilishida muhokama qiladi.

Har yili yakunlari bo‘yicha

III. Odob-axloq qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish

1-bosqich

Komissiya

Komissiya davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini buzilishlari bilan bog‘liq masalalarni:

davlat organi va tashkiloti rahbarining topshirig‘iga ko‘ra;

huquqni muhofaza qiluvchi organlarning murojaatiga asosan;

davlat xizmatchilarning, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga binoan;

o‘z tashabbusi bilan ko‘rib chiqadi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Komissiya raisi va a’zolari

Komissiya majlisida:

kun tartibidagi masala o‘qib eshittiriladi;

davlat organi va tashkiloti rahbarining topshirig‘i yoki davlat xizmatchisi tomonidan odob-axloq qoidalari buzilganligi to‘g‘risidagi murojaat o‘qib eshittiriladi;

odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlikda ayblanayotgan davlat xizmatchisi va murojaatchilar tushuntirishlari eshitiladi.

Majlis o‘tkaziladigan kun

Davlat xizmatchisi

O‘zining huquqi, sha’ni va qadr-qimmatiga, ishchanlik obro‘siga daxl qiladigan murojaat bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘zini himoya qilishga, Komissiyaga zarur materiallar hamda boshqa axborotlarni taqdim etishga haqli.

3-bosqich

Komissiya

1. Majlis yakuni bo‘yicha davlat xizmatchisining harakatlarida odob-axloq qoidalarining buzilishi faktining mavjudligini yoxud mavjud emasligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

2. Odob-axloq qoidalari buzilganligi fakti aniqlangan taqdirda davlat xizmatchilariga quyidagi axloqiy ta’sir choralari qo‘llaydi:

ogohlantirish;

uzr so‘rash yoki rasmiy uzrnoma keltirishni talab qilish;

davlat organi va tashkilotining kengaytirilgan majlisida tanbeh berish.

3. Davlat xizmatchisiga nisbatan intizomiy ta’sir chorasini qo‘llash uchun davlat or�ani va tashkiloti rahbariga taqdimnoma kiritishi mumkin.

4. Qabul qilingan qaror haqida murojaat qiluvchiga, o‘ziga nisbatan masala ko‘rib chiqilgan davlat xizmatchisiga va davlat organi va tashkiloti rahbariga yozma ravishda ma’lum qiladi.

Majlis o‘tkaziladigan kun

4-bosqich

Komissiya

Odob-axloq qoidalari davlat organi va tashkiloti rahbari tomonidan buzilgan taqdirda ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish masalasi yuzasidan takliflarni yuqori turuvchi davlat organi va tashkiloti rahbariga yuboradi.

Zaruratga ko‘ra

5-bosqich

Davlat xizmatchisi

Komissiyaning qarori ustidan davlat organi va tashkiloti rahbariga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.

Zaruratga ko‘ra


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi