Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

1-ILOVA
Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobiga tekshirishlar haqidagi yozuvlarni kiritish

3-bob. Yakunlovchi qoidalar

ILOVA
Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish SXEMASI

2-ILOVA
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Attestatsiya komissiyasining faoliyatini tashkil etish

3-bob. Attestatsiyani o‘tkazish

4-bob. Nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxslarining elektron reyestrini shakllantirish va yuritish

5-bob. Tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma

6-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish SXEMASI

3-ILOVA
Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qo‘yiladigan MINIMAL TALABLAR

MINIMAL TALABLAR 1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Xavf darajasini tahlil qilishga doir umumiy talablar

3-bob. Xavf darajalari tasnifi va ularni mezonlashga doir talablar

4-bob. Tasniflangan xavf darajalari doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar

5-bob. Yakuniy qoidalar

4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari RO‘YXATI

Hujjat 19.10.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari uchun ma’muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 15-sentabrdagi PF-6314-son Farmoni hamda “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Tadbirkorlik subyekti rahbari (rahbari bo‘lmaganda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs)

Nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsiga Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish uchun elektron shaklini taqdim etadi.

Tekshirish boshlanishidan oldin

2-bosqich

Nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsi

Qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik subyektining rahbarini (tadbirkorlik subyekti rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxsni) tekshiruv maqsadi va shartlari bilan tanishtiradi, qonunchilikda belgilangan hujjatlarni taqdim etadi, Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobining tegishli bo‘linmalariga yozuvlar kiritadi.

Tekshiruv bir nechta nazorat qiluvchi organ tomonidan o‘tkazilganda, barcha nazorat qiluvchi organlar Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobining tegishli bo‘linmalariga yozuvlar kiritadi.

Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobining elektron shakliga kiritilgan ma’lumotlar tegishli ravishda tasdiqlangandan so‘ng ularni o‘zgartirish imkoniyati mavjud emas, tekshiruvga jalb qilingan auditor va ekspertlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bundan mustasno.

Tekshirish boshlanishidan oldin

3-bosqich

Tadbirkorlik subyekti rahbari (rahbari bo‘lmaganda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs)

Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobiga kiritilgan ma’lumotlarni tekshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan qonunchilikka muvofiq taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlar bilan taqqoslashga haqli.

Tekshirish boshlanishidan oldin

4-bosqich

Tadbirkorlik subyekti rahbari (rahbari bo‘lmaganda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs)

Tekshiruvchi mansabdor shaxs Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirishdan bosh tortsa yoki mazkur Nizomda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni taqqoslash natijasida tafovutlar aniqlangan taqdirda, tekshiruvchi mansabdor shaxsni tekshirishga qo‘ymaydi.

Vakolatli organga murojaat etishga va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishga haqli.

Tekshirish boshlanishidan oldin

5-bosqich

Tadbirkorlik subyekti rahbari (rahbari bo‘lmaganda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs)

Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobining elektron shakliga tegishli ma’lumotlarni kiritadi.

Tadbirkorlik subyekti Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobining elektron shakliga faoliyatida o‘tkazilgan tekshirishga baho berishi va tekshiruv jarayonida korrupsiya holatlari haqida xabar berishi mumkin.

Tekshiruv yakunlangandan so‘ng

Attestatsiya komissiyasi rais, kotib va komissiya a’zolaridan tashkil topadi. Bunda Attestatsiya komissiyasining raisi ushbu Nizomning 9-bandiga muvofiq belgilanadi. Komissiya tarkibi nazorat qiluvchi organning tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish majburiyatiga kirmaydigan shaxslardan shakllantiriladi.
10. Hududiy yoki hududlararo Attestatsiya komissiya tarkiblari ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan idoralarning hududiy bo‘linmalari vakillaridan shakllantiriladi.
38. Attestatsiya yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng ushbu Nizomning 37-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar Davlat nazorati tizimiga bir ish kunida kiritilishi lozim.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Nazorat qiluvchi organ

Vakolatli organ bilan kelishilgan — Attestatsiyadan o‘tish kerak bo‘lgan mansabdor shaxslar ro‘yxatini tasdiqlaydi, Attestatsiya o‘tkazish haqida buyruq chiqaradi.

Doimiy ravishda

2-bosqich

Attestatsiya komissiyasi ishchi organi

Attestatsiya komissiyasi bilan kelishilgan holda ishchi organ tomonidan savollar ro‘yxati tuziladi va ushbu ro‘yxat nazorat qiluvchi organning rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Attestatsiya o‘tkazilishidan kamida 15 kun oldin

3-bosqich

Attestatsiya komissiyasi ishchi organi

Attestatsiyadan o‘tkaziladigan mansabdor shaxslarni Attestatsiya o‘tkazilishi haqida buyruq bilan unga imzo qo‘ydirgan holda tanishtiradi.

Attestatsiya o‘tkazilishidan kamida 2 hafta oldin

4-bosqich

Attestatsiya komissiyasi ishchi organi

Attestatsiyadan o‘tkaziladigan mansabdor shaxslarga xizmat tavsifnomasi hamda ma’lumotnomalarni tayyorlaydi.

Attestatsiya o‘tkazilishidan kamida 2 hafta oldin

5-bosqich

Attestatsiya komissiyasi

Komissiya a’zolari orasidan yashirin ovoz berish orq�li Attestatsiya komissiyasi raisini saylaydi.

Attestatsiya boshlanishidan oldin

6-bosqich

Attestatsiya komissiyasi

Attestatsiya mansabdor shaxs bilan savol-javob tarzida o‘tkaziladi.

Attestatsiya davomida

7-bosqich

Attestatsiya komissiyasi

1. Ovoz berish yo‘li bilan qaror qabul qiladi;

2. Komissiya qarorini e’lon qiladi;

3. Attestatsiya varaqalarini imzolaydi.

Attestatsiya yakunlari bo‘yicha

8-bosqich

Attestatsiya komissiyasi ishchi organi

Attestatsiya varaqasining ikkinchi nusxasini Attestatsiyadan o‘tgan mansabdor shaxsga taqdim qiladi.

Attestatsiya o‘tkazilgandan so‘ng 1 kun mobaynida

9-bosqich

Attestatsiya komissiyasi ishchi organi

Attestatsiya o‘tkazilgan sana va joy, Attestatsiya komissiyasi qarori ko‘rsatilgan hamda Attestatsiya varaqalari ilova qilingan holda Attestatsiya yakunlari bo‘yicha bayonnoma tuzadi.

Attestatsiya yakunlari bo‘yicha 2 kun mobaynida

10-bosqich

Attestatsiya komissiyasi ishchi organi

Attestatsiyada qatnashgan mansabdor shaxslar haqida ma’lumotlarni nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining elektron reyestri Davlat nazorati tizimiga kiritadi.

Attestatsiya yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng 1 ish kuni mobaynida

11-bosqich

Vakolatli organi

Nazorat qiluvchi organlar tomonidan Davlat nazorati tizimiga kiritilgan ma’lumotlarning ishonchligi hamda to‘liqligini tekshiradi va tasdiqlaydi.

Ma’lumotlar Davlat nazorati tizimiga kiritilgandan so‘ng 3 ish kuni mobaynida

12-bosqich

Attestatsiya komissiyasi ishchi organi

Attestatsiyadan o‘tgan mansabdor shaxslarga nazorat organi mansabdor shaxslarining elektron reyestri Davlat nazorati tizimi orqali berilgan maxsus tartib raqamni ko‘rsatgan holda tadbirkorlik subyektlarini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomani berad�.

Attestatsiya yakunlari bo‘yicha

13-bosqich

Attestatsiya komissiyasi ishchi organi

Nazorat organining rasmiy veb-sahifasida Attestatsiya komissiyasi a’zolari to‘g‘risidagi hamda o‘tkazilgan Attestatsiya natijalari haqidagi ma’lumotlarni joylaydi.

Attestatsiya yakunlari bo‘yicha

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish bo‘yicha
ATTESTATSIYA VARAQASI


____________________________________________________________________
(egallab turgan lavozimi)

____________________________________________________________________
(mansabdor shaxsning F.I.O.)


Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini
tekshirish huquqini berish to‘g‘risida

____________________________________________________________________
(nazorat qiluvchi organ nomi)



Attestatsiya komissiyasi qarori:

_________________________________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________________________________
Attestatsiya komissiyasi raisi:

____________
(imzo)

__________________________________
(F.I.O.)

Attestatsiya komissiyasi a’zolari:

____________
(imzo)

____________
(imzo)

____________
(imzo)

____________
(imzo)

__________________________________
(F.I.O.)

__________________________________
(F.I.O.)

__________________________________
(F.I.O.)

__________________________________
(F.I.O.)

Attestatsiya komissiyasi kotibi:

____________
(imzo)

__________________________________
(F.I.O.)

20___ y. ____ _____________

Attestatsiya komissiyasining qarori bilan tanishdim,
ushbu Attestatsiya varaqasining ikkinchi nusxasini oldim.

______________________________________
(sana, imzo, mansabdor shaxsning F.I.O.)

20___ y. ____ _____________


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi