Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 14.03.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
8-band “boshqarmalari boshliqlari” so‘zlaridan keyin “Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyalar (keyingi o‘rinlarda — Yagona direksiyalar) bilan birgalikda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
9 va 10-bandlarning birinchi xatboshilaridagi “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy boshqarmalari” so‘zlari “Yagona direksiyalar” so‘zlariga almashtirilsin;
3-bob va 22-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
29-banddagi “Ishchi guruhlar” so‘zlari “Yagona direksiyalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
31-banddagi “ishchi guruhlar a’zolari” so‘zlari “Yagona direksiyalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 1-ilovaning matni kuyidagi tahrirda bayon etilsin:

Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish va moliyalashtirish

SXEMASI

Mas’ul organ

Tadbirlar

Ko‘rib chiqish muddati

I. Eshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida investitsiya loyihalarini joylashtirish

 

Esh tadbirkorlik subyekti

Investitsiya loyihasiga doir takliflarini ishlab chiqadi.

Real vaqt rejimida

Loyihalar fabrikasi

Yosh tadbirkorlik subyektining loyiha-takliflari asosida loyiha biznes-rejasini ishlab chiqishda amaliy yordam ko‘rsatadi.

10 kalendar kuni ichida

Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyalar

Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududidagi yer uchastkalarini lotlarga ajratgan holda, elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarish uchun “Yerelektron” AATga kiritadi.

10 kalendar kuni ichida

Yosh tadbirkorlik subyekti

“E-auksion” savdo maydonchasi orqali yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasidan yer uchastkasini sotib olish uchun ariza kiritadi

Real vaqt rejimida

II. Ishlab chiqarish binolarini lizing va ijara asosida ajratib berish tartibi

Yosh tadbirkorlik subyekti

Ishlab chiqarish binolarini lizingga yoki ijaraga olish bo‘yicha mas’ul tijorat bankiga murojaat qiladi.

Real vaqt rejimida

Tijorat banki

Esh tadbirkorlik subyektiga milliy valyutada yillik o‘simi (foydasi) 14 foiz miqdorida belgilangan holda ishlab chiqarish binolarini 7 yilga lizingga ajratish bo‘yicha yosh tadbirkor bilan shartnoma imzolaydi.

10 kalendar kuni ichida

III. Esh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirish

Yosh tadbirkorlik subyekti

Investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida tegishli tijorat bankiga murojaat qiladi va belgilangan hujjatlar to‘plamini taqdim etadi.

Real vaqt rejimida

Tijorat banki

Jamg‘armadan moliyaviy resurslar olish uchun In�estitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bosh kelishuv tuzadi va mablag‘ ajratish bo‘yicha buyurtmanoma kiritadi.

Yosh tadbirkorlik subyekti arizasi qabul qilingandan keyin

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etish Jamg‘armadagi mavjud mablag‘lar doirasida, milliy valyutada 10 foiz stavkada, xorijiy valyutada 2 foiz stavkada amalga oshiriladi.

10 bank ish kuni ichida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Tijorat banklari tomonidan kiritilgan buyurtmanomani ko‘rib chiqadi va ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha qabul qilingan qaror to‘g‘risida tijorat bankiga bildirishnoma yuboradi.

Bildirishnomada moliyaviy resurslar (to‘liq yoki qisman) ajratilishi yoki rad etilishi sabablari ko‘rsatiladi.

10 bank ish kuni ichida

Tijorat banki

Tijorat banki moliyaviy resurs ajratilishi ko‘rsatilgan bildirishnomani olgan kundan boshlab, belgilangan tartibda yosh tadbirkorlik subyekti bilan hujjatlarni rasmiylashtiradi.

Moliyaviy resurs ajratilishi rad etilgan hollarda bu to‘g‘risida buyurtmanoma bergan yosh tashabbuskorga ma’lum qiladi.

3 bank ish kuni ichida

Yosh tadbirkorlik subyekti

Moliyaviy resurs ajratilishi rad etilganda “Loyihalar fabrikasi” bilan birgalikda mavjud kamchiliklarni bartaraf etgan holda investitsiya loyihasini yanada puxta ishlab chiqadi va tegishli tijorat bankiga takroran taqdim etadi.

Real vaqt rejimida

Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyalar

Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil etish, ularda investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligini muvofiqlashtirib boradi.

Har oyda

Nizomga 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
5-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
8-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
to‘rtinchi xatboshidagi “100 ming AQSh dollari” so‘zlari “500 ming AQSh dollari” so‘zlari bilan almashtirilsin;

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi