Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijara shartnomalarini rasmiylashtirishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida

1-ILOVA
Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijara shartnomalarini rasmiylashtirishning MA’MURIY REGLAMENTI

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga doimiy foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini ajratish va ularda telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish tartibi

3-bob. Vazirlikka ajratilgan yer uchastkasini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarishga tayyorlash tartibi

4-bob. Jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalari, bino va inshootlarda telekommunikatsiya vositalarini o‘rnatish shartnomasini rasmiylashtirish tartibi

5-bob. Davlat mulki obyektida telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish tartibi

6-bob. Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishga oid shartnomalar yoki kelishuvlarni axborot tizimiga kiritish va tizimda shartnoma va kelishuvlarning muddatini uzaytirish tartibi

7-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish va ularda telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish SXEMASI

2-ILOVA
Jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalari, bino va inshootlarda telekommunikatsiya vositalarini o‘rnatish shartnomasini rasmiylashtirish SXEMASI

3-ILOVA
Davlat mulki obyektida telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish SXEMASI

4-ILOVA
Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish bo‘yicha ijara shartnoma (kelishuv)larini tizimga kiritish va ularning muddatini uzaytirish SXEMASI

2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-oktabrdagi 429-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

Hujjat 25.03.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarori ijrosi yuzasidan telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun telekommunikatsiya operatorlariga yer uchastkalarini ajratishda teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibni joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

I. Raqamli texnologiyalar vazirligiga yer uchastkalarini ajratish

1-bosqich

Telekommunikatsiya operatori

Axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun zarur yer uchastkalarining maydoni va koordinatalarini belgilaydi va ushbu yer uchastkalarini ijaraga olish bo‘yicha talabnoma to‘ldiradi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Axborot tizimi operatori

Telekommunikatsiya operatori tomonidan belgilangan maydon va koordinatalar bo‘yicha ma’lumotlarni olish uchun axborot tizimi orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga so‘rov jo‘natadi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi

Axborot tizimidagi so‘rovga javob tariqasida yer uchastkasi haqidagi ma’lumotlarni yuboradi.

3 ish kuni ichida

4-bosqich

Axborot tizimi operatori

Vakolatli organ (tashkilot)larga yer uchastkasiga telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni dastlabki kelishish uchun axborot tizimi orqali yuboradi.

Avtomatik tarzda

5-bosqich

Vakolatli organ (tashkilot)lar

1. Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni kelishadi yoki kelishishni asoslantirilgan holda rad etadi.

2. Natijani axborot tizimi orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.

3 ish kuni ichida

6-bosqich

Axborot tizimi operatori

Yer uchastkasi haqidagi ma’lumotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun ularning axborot tizimidagi shaxsiy kabinetiga buyurtma yuboradi.

Avtomatik tarzda

7-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Buyurtmani (buyurtmaga loyihalashtirilayotgan obyektlar bo‘yicha atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonnoma loyihasini ilova qilgan holda) yer uchastkasini ajratish materiallarini belgilangan tartibda tayyorlash uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasining shaxsiy kabinetiga yuboradi.

1 ish kuni ichida

II. Ajratilgan yer uchastkalarini telekommunikatsiya operatorlariga ijaraga berish

8-bosqich

Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi

Shaxsiy kabinetda yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash yuzasidan shartnomani shakllantiradi va elektron raqamli imzo yordamida imzolaydi. Shakllantirilgan shartnomani Raqamli texnologiyalar vazirligiga (Vazirlik) axborot tizimi orqali yuboradi.

5 ish kuni ichida

9-bosqich

Vazirlik

Axborot tizimidagi shaxsiy kabinetida elektron raqamli imzo yordamida shartnomani ikkinchi tomondan imzolaydi va Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni ichida

10-bosqich

Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi

Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi yer uchastkasini ajratish haqida elektron shaklda hujjatlar yig‘majildini tayyorlaydi va uni “YERELEKTRON” axborot tizimiga joylashtiradi.

Belgilangan muddatda

“YERELEKTRON” axborot tizimida kelishuv jarayonining har bir bosqichi bo‘yicha ma’lumotni axborot tizimiga elektron axborot almashinuvi orqali doimiy uzatib boradi.

Avtomatik tarzda

11-bosqich

Axborot tizimi operatori

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi” DUK axborot tizimiga Vazirlikka doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkasini ijaraga berish maqsadida elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha arizani axborot tizimi yordamida elektron axborot almashinuvi orqali yuboradi.

Avtomatik tarzda

12-bosqich

“Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi” DUK

Buyurtmachi sifatida belgilangan tartibda savdo operatoriga yer uchastkasini ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha elektron buyurtmani yuboradi.

1 ish kunida

13-bosqich

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK

“E-AUKSION” platformasida elektron onlayn-auksionni belgilangan tartibda tashkil etadi va o‘tkazadi.

Belgilangan muddatda

14-bosqich

“Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi” DUK

1. Belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuziladi.

10 ish kuni ichida

2. Ijara shartnomasi ma’lumotlari va nusxasini axborot tizimi operatoriga elektron axborot almashinuvi orqali yuboradi.

Shartnoma imzolanganidan so‘ng avtomatik ravishda

Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Telekommunikatsiya operatori

Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun maqsadli yer uchastkalari yoki binolarni ijaraga olish bo‘yicha talabnomani elektron shaklda axborot tizimi orqali to‘ldiradi, kelishuv ma’lumotlari hamda manzil va koordinatalarini kiritadi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Vakolatli organlar

1. Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni kelishadi yoki kelishishni asoslantirilgan holda rad etadi.

2. Natijani axborot tizimi orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Telekommunikatsiya operatori

Ijara shartnomasi ma’lumotlarini axborot tizimiga kiritadi va mulk huquqidagi yer uchastkalari yoki bino mulkdori o‘rtasida ijara shartnomasini axborot tizimi orqali imzolaydi.

Axborot tizimi orqali imzolash imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, shartnoma qog‘oz ko‘rinishida imzolanadi.

2 ish kuni ichida

4-bosqich

Axborot tizimi operatori

Ijara shartnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasiga elektron axborot almashinuvi orqali belgilangan tartibda hisobdan o‘tkazish uchun yuboradi.

Ijara shartnomasi imzolanganidan so‘ng avtomatik ravishda

5-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi

1. Ijara shartnomasini belgilangan tartibda hisobdan o‘tkazadi hamda guvohnoma rasmiylashtiradi.

2. Guvohnomani elektron axborot almashinuvi orqali axborot tizimi operatoriga yuboradi.

2 ish kunida ichida

6-bosqich

Axborot tizimi operatori

Axborot tizimi operatori tomonlarga axborot tizimi orqali ikki tomonlama imzolangan shartnoma va hisobdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani yuboradi.

Avtomatik tarzda

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Telekommunikatsiya operatori

1. Davlat mulki obyektini telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijaraga berish bo‘yicha balansda saqlovchiga murojaat qiladi.

2. Balansda saqlovchi tomonidan davlat mulki obyektini ijaraga berishga rozilik bildirilgan taqdirda, uning rozilik xatini ilova qilgan holda telekommunikatsiya obyektlarini joylashtirish uchun davlat mulki obyektiga doir ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritadi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Axborot tizimi operatori

Davlat mulki obyektiga telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni dastlabki kelishish uchun vakolatli organlarga axborot tizimi orqali yuboradi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Vakolatli organlar

Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni kelishadi yoki kelishishni asoslantirilgan holda rad etadi.

3 ish kuni ichida

4-bosqich

Axborot tizimi operatori

Davlat mulki obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha arizani elektron axborot almashinuvi orqali Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markaziga yuboradi.

Avtomatik ravishda

5-bosqich

Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi hududiy boshqarmasi

Buyurtmachi sifatida axborot tizimi operatorining arizasi kelib tushganidan so‘ng belgilangan tartibda savdo operatoriga davlat mulki obyekti bo‘yicha elektron buyurtmani yuboradi.

1 ish kuni ichida

6-bosqich

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK

“E-AUKSION” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksionni belgilangan tartibda tashkil etadi va o‘tkazadi.

Belgilangan muddatda

7-bosqich

Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi hududiy boshqarmasi

1. Belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuziladi.

10 ish kuni ichida

2. Ijara shartnomasi ma’lumotlari va nusxasini axborot tizimi operatoriga elektron axborot almashinuvi orqali yuboradi.

Shartnoma imzolanganidan so‘ng avtomatik tarzda

Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

I. Axborot tizimida imzolanmagan ijara shartnoma (kelishuv)larni tizimga kiritish va ularning muddatini uzaytirish

1-bosqich

Telekommunikatsiya operatori

Axborot tizimi ishga tushirilguniga qadar telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishga oid va ayni bir yer uchastkasi yoki antenna-machtalardan birgalikda foydalanish bo‘yicha axborot tizimi yordamida imzolash imkoniyati mavjud bo‘lmagan ijara shartnoma (kelishuv)lari nusxasi va unga doir ma’lumotlarni axborot tizimidagi reyestrga kiritib boradi.

Doimiy ravishda

2-bosqich

Axborot tizimi operatori

1. Reyestrga kiritilgan ijara shartnoma (kelishuv)lari muddatlarini avtomatik tahlil qilish ishlarini olib boradi.

Belgilangan muddatda

2. Shartnomalar ro‘yxatini telekommunikatsiya operatoriga axborot tizimidagi shaxsiy kabineti orqali taqdim etadi.

Shartnoma muddati yakunlanishidan 2 oy avval

3-bosqich

Telekommunikatsiya operatori

Telekommunikatsiya operatori shartnoma (kelishuv) imzolangan tomonlar bilan axborot tizimi orqali shartnoma (kelishuv) rasmiylashtirilishi borasida muzokaralar olib boradi.

10 ish kuni ichida

4-bosqich

Tomonlar

(mulkdor, telekommunikatsiya operatori)

Tomonlar shartnoma (kelishuv) shartlariga qo‘shimchalar kiritgan holda (zarur bo‘lsa) axborot tizimi orqali shartnomani imzolaydilar.

2 ish kuni ichida

5-bosqich

Axborot tizimi operatori

Ijara shartnoma (kelishuv)lari tegishli reyestrdan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun manfaatdor tashkilotlarga elektron axborot almashinuvi orqali yuboradi.

Avtomatik ravishda

6-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi, Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi

Tegishli reyestrdan ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ko‘chirmasi tomonlarning axborot tizimidagi shaxsiy kabinetlariga yuboradi.

2 ish kuni ichida

7-bosqich

Axborot tizimi operatori

Tomonlarga muddatlari uzaytirilgan shartnoma (kelishuv)larni va ularni tegishli reyestrdan ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha ma’lumotni tomonlarning shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Avtomatik tarzda

II. Axborot tizimida imzolangan ijara shartnoma (kelishuv)larining muddatini uzaytirish

8-bosqich

Axborot tizimi operatori

1. Axborot tizimida yaratilgan va amal qilish muddati tugayotgan shartnoma (kelishuv)lar ro‘yxatini shakllantiradi.

2. Telekommunikatsiya operatorlariga mazkur shartnoma (kelishuv)larni rasmiylashtirish bo‘yicha hisob-faktura taqdim etadi.

Shartnoma muddati yakunlanishidan 1 oy avval

9-bosqich

Telekommunikatsiya operatori

Axborot tizimi operatorining maxsus hisobvarag‘iga to‘lovlarni o‘tkazib beradi.

5 ish kuni ichida

10-bosqich

Axborot tizimi operatori

1. To‘lovlar qabul qilinganidan so‘ng shartnoma (kelishuv)larni muddatlarini uzaytiradi.

2. Ijara shartnoma (kelishuv)larini tegishli reyestrdan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun manfaatdor tashkilotlarga yuboradi.

Avtomatik tarzda

11-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi, Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi

Ijara shartnoma (kelishuv)larini tegishli reyestrdan ro‘yxatdan o‘tkazadi va ko‘chirmasi tomonlarning axborot tizimidagi shaxsiy kabinetlariga yuboradi.

3 ish kuni ichida

12-bosqich

Axborot tizimi operatori

Muddatlari uzaytirilgan shartnoma (kelishuv)larni va ularni tegishli reyestrdan ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha ma’lumotni tomonlarning shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Avtomatik tarzda

Keyingi tahrirga qarang.
1. 4-banddagi “Radiochastotalar bo‘yicha davlat komissiyasining” va “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” so‘zlari tegishlicha “Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining” va “Raqamli texnologiyalar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 5-bandning birinchi xatboshisidagi “Elektromagnit muvofiqlik markazi” so‘zlari ““Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. 7-bandning o‘ninchi xatboshisidagi “Radiochastota spektrining tijorat qimmati koeffitsiyenti” jadvali quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi