Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
SIYOSIY PARTIYALARNING USTAVDA NAZARDA TUTILGAN FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN MOLIYALAShTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA

Vazirlar Mahkamasining
Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida NIZOM

Hujjat 25.01.2016 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. Mazkur Nizom “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat mablag‘larini olish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq siyosiy partiyalar, agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga (keyingi o‘rinlarda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) saylovlar yakunlari bo‘yicha tegishli siyosiy partiyadan Qonunchilik palatasi fraksiyasini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan kamida to‘qqiz deputat saylangan bo‘lsa, o‘zining ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat mablag‘larini olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Markaziy saylov komissiyasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida”gi Qonunning 43-moddasiga muvofiq unga saylov okruglari bo‘yicha saylovlarning natijalari to‘g‘risida okrug saylov komissiyalarining barcha protokollari taqdim etilgan vaqtdan boshlab uch kun muddatda har bir saylov okrugi bo‘yicha, Markaziy saylov komissiyasining raisi va kotibi tomonidan imzolanadigan protokolda ko‘rsatgan holda saylovchilarning umumiy sonini aniqlaydi. Ko‘rsatib o‘tilgan protokolning bir nusxasi Markaziy saylov komissiyasida qoladi, qolgan ikki nusxasi imzolangandan keyin o‘n kun mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va Moliya vazirligiga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
M* — siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining yillik miqdori;
11. Yangi chaqiriq Qonunchilik palatasi faoliyatining birinchi yilida har bir siyosiy partiyaga oylar bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar miqdori unga mazkur Nizomning 10-bandiga muvofiq ajratilgan davlat mablag‘lari miqdorini Qonunchilik palatasining birinchi majlisi o‘tkazilgan oydan keyingi oydan boshlab qolgan oylar soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi (1-sxema).
Markaziy saylov komissiyasi takroriy saylovlar o‘tkazilgandan (“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida”gi Qonunning 46-moddasi) va chiqib ketgan deputatlarning o‘rniga Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovlari (“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida”gi Qonunning 47-moddasi) o‘tkazilgandan keyin, shuningdek deputatlik vakolatlari muddatidan oldin to‘xtatilganda (deputatning chaqirib olinishi va qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar), deputatlar tarkibida boshqa o‘zgarishlar bo‘lgan taqdirda uch kun mobaynida bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligini yozma ravishda xabardor qiladi.
14. Agar mazkur Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar yil davomida taqsimlanadigan davlat mablag‘lari summasi qayta ko‘rib chiqilishiga olib kelgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qarorlari asosida ularni qayta taqsimlash amalga oshiriladi.
Muayyan siyosiy partiyaning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining qolgan summasi mazkur Nizomning 10-bandida ko‘rsatilgan formula bo‘yicha aniqlanadi. Bunda “M” harfi qolgan oylarga ajratiladigan davlat mablag‘larining umumiy miqdorini ifodalaydi. Bunda oylar bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar miqdori qolgan summani ushbu yilning qolgan oylari soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi