Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
Hujjat 07.06.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarorida IT-park rezidentlari tomonidan ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha xizmatni ko‘rsatishga ruxsat berish orqali rezidentlar amalga oshirishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlarini kengaytirish nazarda tutilgan bo‘lib, ushbu qoida asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari ro‘yxati kengaytirish bilan bog‘liq qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Mazkur qarorning qabul qilinishi elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlarini “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiqlashtirish, shuningdek Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari ro‘yxatini kengaytirish orqali IT sohasida ingliz tilini mukammal o‘zlashtirgan mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.
“Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi reglamentining 37-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazi” so‘zlari “Qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 3-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 7-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
sakkizinchi xatboshidagi “kelishishi shart.” so‘zlari “kelishishi;” so‘zi bilan almashtirilsin;
o‘ninchi xatboshi o‘n birinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) 2-ilovaning 17-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) 2-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 6-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi