Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida

ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

Hujjat 28.07.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilsin:
a) 7-banddagi “Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi (O. Ismoilov)” so‘zlari “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “O‘ztextreyd” DUK (X. Yusupov)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 10-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4276-son qarorining 9-bandi “b” kichik bandidagi “Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi” so‘zlari “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “O‘ztextreyd” DUK va Iqtisodiyot va moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-5185-son qarorining 14-bandi birinchi xatboshisidagi “Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “O‘ztextreyd” davlat unitar korxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-357-son qaroriga 3b-ilovaning 8-pozitsiyasi “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “O‘ztextreyd” davlat unitar korxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi