Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Aholini tadbirkorlikka jalb qilish, xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyundagi 388-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyundagi 388-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

“Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari, professional ta’lim tashkilotlari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning hududiy filiallari elektron reyestrini shakllantirish, ularning o‘qitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Elektron reyestrni shakllantirish

3-bob. O‘quv dasturini amalga oshirish va o‘quv kurslarini tashkil etish

4-bob. O‘quv kurslari bitiruvchilarining o‘qitish xarajatlarini qoplab berish

5-bob. Vakolatli davlat organiga kompensatsiya uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lardan foydalanish

6-bob. Yakunlovchi qoidalar

2-ILOVA
Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari, professional ta’lim tashkilotlari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning hududiy filiallarining elektron reyestrini shakllantirish, ularning o‘qitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish SXEMASI

3-ILOVA
Nodavlat ta’lim tashkilotlari, professional ta’lim tashkilotlari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning filiallari tomonidan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar, tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha KASBLAR RO‘YXATI

Hujjat 08.08.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son, “Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 22-iyuldagi PQ-329-son qarorlari hamda “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash va shu orqali ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, kasb-hunarga yo‘naltirish samaradorligini oshirish, ularni davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;

to‘rtinchi xatboshi “nodavlat ta’lim tashkilotlari” so‘zlaridan keyin “, professional ta’lim tashkilotlari, Oliy maktab” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;

beshinchi xatboshidagi “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

2. 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

3. 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

4. 4 va 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

5. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Nodavlat ta’lim tashkilotlar

(keyingi o‘rinlarda — NTT)

Elektron reyestrga kiritish, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarida ishtirok etish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ariza taqdim etadi.

Har yili 1-noyabrga qadar

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda — Oliy maktab)

Elektron reyestrga kiritish, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish dasturlarida ishtirok etish uchun Oliy maktabga ariza taqdim etadi.

Professional ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — PTT)

Elektron reyestrga kiritish, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarida ishtirok etish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ariza taqdim etadi.

2-bosqich

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga ko‘ra NTT va PTTlar ro‘yxatini shakllantiradi, ro‘yxat va NTTlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumot va hujjatlarni vakolatli davlat organiga ko‘rib chiqish hamda elektron reyestrga kiritish uchun taqdim etadi.

Har yili 1-dekabrga qadar

Oliy maktab

Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga ko‘ra hududiy filiallar ro‘yxatini shakllantiradi, ro‘yxat va hududiy filiallar tomonidan taqdim etilgan ma’lumot va hujjatlarni vakolatli davlat organiga ko‘rib chiqish hamda elektron reyestrga kiritish uchun taqdim etadi.

3-bosqich

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — vakolatli davlat organi)

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Oliy maktab tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlar va hujjatlarni Nizomning 4 va 5-bandida nazarda tutilgan talablar asosida o‘rganib chiqadi, belgilangan talablar ta’minlanmagan taqdirda, NTTlar, PTTlar va Oliy maktab hududiy filiallarini elektron reyestrga kiritmaydi, bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga, Oliy maktabga yozma yoki elektron shaklda xabar yuboradi, taqdim etilgan hujjatlarni qaytaradi.

2 ish kuni ichida

4-bosqich

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy maktab

Hujjatlar qaytarilganligi to‘g‘risida tegishli NTT,PTT, Oliy maktab hududiy filiallarini xabardor qiladi.

1 ish kuni ichida

5-bosqich

NTT,PTT, Oliy maktab hududiy filiallari

Kamchiliklar bartaraf etilib, Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq tegishli ma’lumotlar va hujjatlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy maktabga qayta taqdim qiladi.

Xabarnoma olingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida

6-bosqich

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Oliy maktab

NTT, PTT, Oliy maktab hududiy filiallari tomonidan qayta taqdim qilingan hujjatlarni o‘rganib chiqib, ma’lumot, hujjatlar hamda ro‘yxatni vakolatli davlat organiga takroran yuboradi.

2 ish kuni ichida

7-bosqich

Vakolatli davlat organi

Takroran taqdim etilgan ro‘yxat, ma’lumot va hujjatlarni Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablar asosida qayta ko‘rib chiqadi.

Qayta ko‘rib chiqilgan ro‘yxatni umumlashtirgan holda NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallarining elektron reyestrini shakllantiradi.

Belgilangan tartibda

har yili1-yanvarga qadar

8-bosqich

Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasi

NTT, PTT, Oliy maktab o‘quv dasturlari doirasida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi tavsiyasiga ko‘ra tinglovchilar bilan tuzilgan uch tomonlama shartnoma va to‘lov asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Murojaat qilingan kundan boshlab

9-bosqich

NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari

Yuqori malaka va tajribaga ega mutaxassislar, o‘qituvchilar, ustalar va murabbiylar tomonidan zamonaviy texnologiyalardan �eng foydalanilgan holda an’anaviy usulda o‘quv kurslarini olib boradi.

Belgilangan muddatlarda

10-bosqich

NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari

Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalariga bitiruvchilarni test sinovidan o‘tkazishni tashkil etish uchun rasmiy xabarnoma taqdim etadi.

O‘quv kurslari yakunlanishidanikki kun oldin

11-bosqich

Tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari

O‘quv kurslari yakunlariga ko‘ra tinglovchilarni Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘linmalari, vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari vakillarini jalb qilib, real vaqt (onlayn) rejimida zamonaviy axborot texnologiyalari vositalarini qo‘llagan holda test va imtihon sinovidan o‘tkazadi.

Shuningdek, zarur hollarda, tinglovchilardan amaliy imtihonlar ham olishi mumkin.

Belgilangan muddatlarda

12-bosqich

NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari

Yakuniy imtihon sinovlari natijasida 71 va undan yuqori ball to‘plagan bitiruvchilarga sertifikat beradi.

Belgilangan muddatlarda

13-bosqich

NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari

Sertifikatga ega bo‘lgan bitiruvchilarga kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari tegishli qiymatini qoplab berish uchun Nizomning 23-bandida qayd qilingan hujjatlarni ilova qilgan holda vakolatli davlat organi hududiy boshqarmalariga rasmiy murojaat qiladi.

Shartnomaga muvofiq

14-bosqich

Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari

NTT, PTT, Oliy maktab o‘quv dasturlari doirasida vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasi hamda tinglovchilar o‘rtasi�a tuzilgan uch tomonlama shartnomada ko‘rsatilgan o‘quv kurslarining tegishli qiymati asosida kompensatsiya qiladi.

Shartnomada belgilangan muddatda

15-bosqich

Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari

Agar, hujjatlar to‘liq taqdim etilmasa, NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallarini yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi hamda taqdim etilgan hujjatlarni qaytaradi.

(NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari kamchiliklarni bartaraf etgan holda takroran murojaat qilishga haqli).

Besh ish kuni ichida

16-bosqich

Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari

Tegishli kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng NTT, PTT, Oliy maktabga belgilangan kompensatsiya mablag‘larini o‘tkazib beradi.

Uch ish kuni ichida

17-bosqich

NTT, PTT, Oliy maktab

Sertifikat olgan bitiruvchilar haqida haqqoniy ma’lumot taqdim etmagan bo‘lsa, vakolatli davlat organi hududiy boshqarmalaridan olingan kompensatsiya mablag‘larini qaytarib beradi.

Ikki ish kuni muddatida

1.

Pazandalik, oshpazlik va novvoylik.

2.

Ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish va boshqarish.

3.

Qandolatchilik, pazandachilik va karving.

4.

Tikuvchilik (to‘qimachilik sohasining barcha turdagi xizmatlari).

5.

Gilam to‘qish.

6.

Charm-teri mahsulotlari va poyabzal tikish, ta’mirlash.

7.

Zardo‘zlik, kashtachilik va gazlamalarga gul bosish.

8.

Zargarlik va bijuteriya tayyorlash.

9.

Sartaroshlik, manikyur, pedikyur xizmatlari.

10.

Kosmetolog.

11.

Uy hamshiraligi, bolalar va qariyalar parvarishi.

12.

Kir yuvish va dazmollash xizmatlari.

13.

Ko‘p qavatli uylar va binolarga texnik xizmat ko‘rsatish, ekspluatatsiya va joriy ta’mirlash.

14.

Umumiy qurilish ishlari (beton quyish, g‘isht va kafel terish, suvoqchilik, bo‘yoqchilik va pardozlash ishlari).

15.

Darvoza, eshik va derazalar yasash va ta’mirlash (yog‘och, plastik, metall va boshqa).

16.

Slesar, tokar va metallarga ishlov berish, buyumlar yasash.

17.

Duradgorlik, yog‘och buyumlarini yasash.

18.

O‘ymakorlik va ganchkorlik.

19.

Kulolchilik.

20.

Tosh, marmar, granit va boshqa inert materiallarga ishlov berish.

21.

Haykaltaroshlik hamda kichik me’moriy shakllarni yasash va o‘rnatish.

22.

Milliy musiqa asboblarini yasash va ta’mirlash.

23.

Mebelsozlik.

24.

Santexnika uskunalarini o‘rnatish va ta’mirlash.

25.

Elektropayvand, elektromontyorlik xizmati.

26.

Maishiy texnikalar, kompyuter va ofis jihozlarini o‘rnatish, tuzatish va ularga xizmat ko‘rsatish.

27.

Avtotransport vositalarini ta’mirlash va jihozlash.

28.

Obodonlashtirish va landshaft dizayn ishlarini tashkil etish.

29.

Gul yetishtirish, gulchambarlar, gulli bezak va dekoratsiyalar tayyorlash.

30.

Tantanalar, marosimlar, to‘y va tadbirlarni tashkil etish hamda badiiy bezash ishlarini amalga oshirish.

31.

Dasturiy ta’minot, axborot tizimlari, mobil ilovalar va veb-saytlarni ishlab chiqish, texnik qo‘llab-quvvatlash (dasturchi, veb-sahifalarni sahifalovchi, veb-tahlilchi, veb-saytlarni optimizatsiyalash bo‘yicha mutaxassis).

32.

Multimedia, dizayn va san’at materiallarini yaratish va ishlov berish (veb-dizayner, grafika dizayneri, kompyuter o‘yinlari dizayneri, interyer dizayneri, landshaft dizayneri, liboslar dizayneri, retusher, fotokollajchi, vektor grafikasi muharriri, vizuallashtiruvchi dizayner, texnik dizayner, moushn-dizayner, 3D-dizayner, video muharrir, videooperator va boshqalar).

33.

Matnni yaratish va ishlov berish (kopirayter, rerayter, SEO-kopirayter, SEO-rerayter, kontent-menejer, muharrirlik xizmatlarini tashkil etish).

34.

Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat (PR-menedjer, internet-marketolog, ijtimoiy tarmoqlarda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ilgari surish va reklama qilish (SMM), ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori, akkaunt-menejer, marketolog, targetolog, kontekst-reklama bo‘yicha mutaxassis, direktolog, media rejalashtiruvchi, SMO mutaxassisi).

35.

Kadrlar tanlash sohasidagi faoliyat (internet-loyihalar bilan ishlovchi menejer, frilanserlar guruhi rahbari, NR-menejer, rekruter, shaxsiy assistent).

36.

Onlayn konsultatsiya berish (onlayn-konsultant, onlayn-trener, moliyaviy maslahatchi, vebinar olib boruvchi).

37.

Buxgalteriya hisobi.

38.

Brokerlik, rieltorlik, baholash ishlari.

39.

Deklarant (tashqi iqtisodiy faoliyat va bojxona ishi rasmiyatchiligi).

40.

Logistika (yuk va yo‘lovchi tashish xizmati operatori).

41.

Marketing xizmatlari hamda tovar va xizmatlar reklamasini tashkil etish.

42.

Turizm, mehmonxona va gid xizmatlari.

43.

Bosma nashrlarni ishlab chiqarish va chakana savdo qilish.

44.

Chorvachilik xo‘jaliklarini tashkil etish, yuritish va boshqarish.

45.

Parrandachilik xo‘jaliklarini tashkil etish, yuritish va boshqarish.

46.

Asalarichilik xo‘jaliklarini tashkil etish, yuritish va boshqarish.

47.

Baliqchilik xo‘jaliklarini tashkil etish, yuritish va boshqarish.

48.

Veterinariya va zootexnika.

49.

Qassobchilik va kushxona xizmatlari.

50.

Intensiv bog‘bonlik, mevali va manzarali daraxtlar yetishtirish va ularni parvarishlash.

51.

Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish, yuritish va mahsulotlar yetishtirish.

52.

O‘simliklarni kimyoviy himoyalash xizmatlari.

53.

Meva-sabzavotlarni saralash, saqlash, qadoqlash va birlamchi qayta ishlash.

54.

Tish texnigi”.

55.

Xorijiy tillarni o‘rganish (mukammal so‘zlashish darajasida).

to‘rtinchi — to‘qqizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

b) 4-banddagi “NTTlarning” so‘zi “NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;

v) 5-banddagi “NTTlar” so‘zi “NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
b) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi