Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Ekologik audit sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida

1-ILOVA
Ekologik auditorning malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning MA’MURIY REGLAMENTI

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi

3-bob. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish tartibi

4-bob. Imtihon komissiyasi

5-bob. Malaka imtihonini o‘tkazish tartibi

6-bob. Malaka sertifikatini berish tartibi

7-bob. Apellatsiyalarni ko‘rib chiqish

8-bob. Ekologik auditorlarning malakasini oshirish

9-bob. Malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish tartibi

10-bob. Malaka sertifikatini bekor qilish tartibi

11-bob. Ekologik auditorlar reyestrini yuritish tartibi

12-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
Ekologik auditorning malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish SXEMASI

2-ILOVA
Ekologik auditorlik tashkilotlari reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Reyestrni shakllantirish va yuritishning asosiy vazifalari

3-bob. Reyestrni shakllantirish tartibi

4-bob. Reyestrni yuritish tartibi

5-bob. Reyestrdan ma’lumotlar taqdim etish

6-bob. Yakunlovchi qoidalar

3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

Hujjat 21.08.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik audit to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek, ishlab chiqarishning ekologik nazoratini amalga oshirishda ekologik audit faoliyatini samarali tashkil qilish hamda ekologik auditorlik xizmati sohasini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
Talabgor tomonidan anketa tegishli ravishda rasmiylashtirilmaganligi, yigim to‘lanmaganligi, talabgorning ushbu Reglamentning 5-bandida nazarda tutilgan talablarga muvofiq kelmasligi, shuningdek, ushbu Reglamentning 51-bandida nazarda tutilgan holat talabgorga davlat xizmatlari ko‘rsatilishini hamda malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
30. Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxsga ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ekologik auditor malaka sertifikati beriladi.
50. Ushbu Nizomning 49-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda malaka sertifikati vakolatli organning qaroriga muvofiq bekor qilinadi.
Mazkur Nizomning 49-bandi oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda malaka sertifikati sud tomonidan bekor qilinadi. Vakolatli organ malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risida sudga ariza bilan murojaat qilgan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay, malaka sertifikatini bekor qilish haqida ariza bilan sudga murojaat qilish asoslarini, qonunchilikning aniq normalarini ko‘rsatgan holda bu haqda malaka sertifikatini olgan shaxsni yozma shaklda xabardor qiladi.
51.Ushbu Nizomning 49-bandi yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha malaka sertifikati bekor qilingan shaxs ushbu malaka sertifikatini bekor qilish haqidagi sud qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan boshlab uch yil mobaynida malaka sertifikatini qayta olish uchun malaka imtihonini topshirishga qo‘yilmaydi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

Malaka sertifikatini olish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelgan holda yoki elektron shaklda YIDXP orqali murojaat qiladi.

Talabgorning xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP

Talabgor davlat xizmatlari markaziga murojaat etganda, uning anketasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, talabgorning ERIsi bilan tasdiqlangandan so‘ng yoki YIDXP orqali murojaat qilganda — anketa talabgor tomonidan mustaqil ravishda to‘ldirilib, so‘ng vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.

Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinganda real vaqt rejimida, biroq bir soatdan oshmagan vaqtda, YIDXP orqali esa avtomatik tarzda

3-bosqich

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (vakolatli organ)

1. Talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

1. Murojaat elektron ko‘rinishda kelib tushgan kundan boshlab o‘n ish kunida

2. Ruxsat berish yoki rad etish to‘g‘risidagi qaror haqida vakolatli organ talabgorni elektron shaklda xabardor qiladi.

2. Qaror qabul qilingan sanadan keyin uch ish kunida

3. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlar, malaka imtihonini o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli davlat xizmatlari markaziga (o‘zi murojaat etganda) yoki talabgorga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) elektron shaklda xabarnoma yuboradi.

3. Malaka imtihoni o‘tkazilishidan kamida o‘n kun oldin

Davlat xizmatlari markazi

4. Vakolatli organdan kelib tushgan elektron shakldagi xabarnomani talabgorga anketada ko‘rsatilgan elektron pochta manzili bo‘yicha yuboradi va talabgorni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

4. Vakolatli organ tomonidan elektron shaklda xabarnoma kelib tushgan kunda

4-bosqich

Talabgor

Belgilangan sana va vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan (pasport, identifikatsiyalovchi ID-karta yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat) bilan imtihon o‘tkaziladigan joyga yetib keladi.

Imtihon o‘tkazish sanasi uch nafar talabgordan iborat guruhning shakllanishiga ko‘ra, lekin kamida uch oyda bir marta belgilanadi

5-bosqich

Vakolatli organ huzurida tashkil etiladigan imtihon komissiyasi

1. Malaka imtihonini o‘tkazad� va imtihon natijalarini e’lon qiladi.

1. Imtihon o‘tkazilishi belgilangan kuni

2. Malaka imtihoni natijalarini bayonnoma bilan rasmiylashtiradi va vakolatli organga topshiradi.

2. Bir ish kunida

6-bosqich

Vakolatli organ

1. QR-kod qo‘yilgan malaka sertifikatini rasmiylashtiradi va uni ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli davlat xizmatlari markaziga (o‘zi murojaat etganda) yoki talabgorga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) elektron shaklda yuboradi.

1. Imtihon komissiyasining bayonnomasi qabul qilib olingandan so‘ng keyingi bir ish kuni mobaynida

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP

2. Malaka sertifikatini elektron shaklda talabgorning elektron pochta manziliga yuboradi va talabgorni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

2. Malaka sertifikati elektron shaklda kelib tushgandan so‘ng o‘n daqiqa mobaynida

3. Davlat xizmatlari markaziga talabgor o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, talabgorning so‘roviga ko‘ra unga malaka sertifikatini elektron yoki qog‘oz shaklda beradi.

3. Talabgorning so‘roviga ko‘ra

a) 1-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
b) 4-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi