Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Transport sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda ilmiy va innovatsion faoliyat tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

1-ILOVA
Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Transport sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirishning maqsadi hamda vazifalari

3-bob. Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini boshqarish

4-bob. Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish tartibi

5-bob. Ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar

6-bob.Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish hamda baholash

7-bob. Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlariga qo‘yiladigan talablar

8-bob. Yakunlovchi qoida

1-ILOVA
Transport sohasi kadrlarining malaka oshirganligi haqidagi sertifikat shakli Tashqi tomoni

1a-ILOVA
Transport sohasi kadrlarining malaka oshirganligi haqidagi sertifikat shakli

1b-ILOVA
Xalqaro yo‘nalishda yo‘lovchi va yuk tashuvchining kasbiy mahorat sertifikati shakli

1v-ILOVA
Transport sohasi kadrlarining malaka oshirganligi haqidagi sertifikat shakli

2-ILOVA
Transport sohasida tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv kursini tugatganlik haqidagi guvohnoma shakli

3-ILOVA
Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash haqidagi diplom shakli

2-ILOVA
Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan obyektlar RO‘YXATI

3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha

Hujjat 30.09.2023 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining “Transport to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 14-iyundagi PF-94-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, avtomobil, temir yo‘l, havo, suv, elektr transporti, metropoliten va yo‘l xo‘jaligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 14-iyundagi PF-94-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil transporti xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda O‘zining temir yo‘llariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning temir yo‘l transporti xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi negizida ta’lim muassasasi shaklida Transport vazirligi huzurida Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
 LexUZ sharhi
10. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
 LexUZ sharhi
o‘quv kurslari dasturlarini muvaffaqiyatli tugatgan (o‘zlashtirgan) shaxslar uchun ushbu Nizomga 1 yoki 1a-ilovalarda keltirilgan shakllarga va tavsifga muvofiq transport sohasi kadrlarining malaka oshirganligi haqida sertifikat;
o‘quv kurslari dasturlarini muvaffaqiyatli tugatgan (o‘zlashtirgan) shaxslar uchun ushbu Nizomga 1b yoki 1v-ilovalarda keltirilgan shakllarga va tavsifga muvofiq xalqaro yo‘nalishda yo‘lovchi va yuk tashuvchining kasbiy mahorat sertifikati;
o‘quv kurslari dasturlarini muvaffaqiyatli tugatgan (o‘zlashtirgan) shaxslar uchun ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shakl va tavsifga muvofiq transport sohasida tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv kurslarini tugatganlik haqida guvohnoma;
qayta tayyorlash o‘quv kurslari dasturlarini muvaffaqiyatli tugatgan (o‘zlashtirgan) shaxslar uchun ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakl va tavsifga muvofiq transport sohasida kadrlarni qayta tayyorlash haqida diplom.

Transport sohasi kadrlarining malaka oshirganligi haqidagi sertifikat
tavsifi

Transport sohasi kadrlarining malaka oshirganligi haqidagi sertifikat (keyingi o‘rinlarda — sertifikat) blankasi A5 formatda 14,85 sm x 21 sm o‘lchamdagi kitobcha shaklda bo‘lib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi yuqori sifatli maxsus himoyaga ega ofset qog‘ozdan tayyorlanadi.
I. Sertifikat tashqi tomonida:
Varaqning o‘ng yuqori qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri (20 — 40 mm oralig‘ida) va davlat tilida (lotin yozuvida) quyidagilar joylashtiriladi:
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI. pastiga ko‘k chiziq joylashtiriladi.
MALAKA OSHIRGANLIK HAQIDA SERTIFIKAT.
II. Sertifikat ichki tomonida:
Varaqning chap yuqori qismida davlat tilida (lotin yozuvida) quyidagilar ketma — ketlikda joylashtiriladi:
Ta’lim muassasasining (tashkilotining) nomi;
Malaka oshirganlik haqida sertifikat;
MO № 000000
Berilgan sana: 20___-yil “___” _________
Amal qilish muddati: 20___-yil “___” _________ gacha
Qayd raqami: ____________.
Ta’lim muassasasi (tashkilot) rahbarining imzosi va familiyasi, ismi, otasining ismi;
QR-kod yoki muhr joyi.
Sertifikatning o‘ng qismida davlat tilida (lotin yozuvida) quyidagilar ketma — ketlikda joylashtiriladi:
Mazkur sertifikat egasi
ta’lim oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi;
O‘qish davri: 20___-yil ____________ dan, 20___-yil ____________ gacha;
malaka oshirish kursining nomi va umumiy soati;
Berilgan joy nomi (Misol uchun: Toshkent shahar yoki Samarqand viloyati).
III. Sertifikatni chop etish shartlari:
Yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirilishini murakkablashtirish uchun bo‘yoqning och ranglaridan foydalaniladi.
Turli ranglarni hosil qilish uchun turli rangdagi rastrdan foydalaniladi.
Rasmlar tasviri uchun yashil, ko‘k, och sariq, siyoh, pushti va qizil ranglardan, shuningdek, fon naqshli rastri uchun och ko‘k yoki och sariq va (yoki) och qizil rangdan foydalangan holda bosib chiqarilishi mumkin.
Sertifikat blankasining chetki qismlariga naqshli rastr ramka qo‘yiladi.
Matnlarda qora rangdan foydalaniladi.
Sertifikatda tartib raqamlar ikkita lotin harfi “MO” va oltita takrorlanmaydigan hamda ketma-ket o‘zgaruvchi raqamlardan iborat bo‘ladi.
QR-kod sertifikatning ichki tomonining chap pastki qismiga joylashtiriladi.

Transport sohasi kadrlarining malaka oshirganligi haqida sertifikat
tavsifi

I. Sertifikat old tomonida:
Chap yuqori qismida ta’lim muassasasining (tashkilotining) logotipi va yonida O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI. pastida
MALAKA OSHIRGANLIK HAQIDA SERTIFIKAT.
Ketma-ketlikda:
1. Sertifikat tartib raqami. MO № 0000001
2. Ta’lim muassasasining (tashkilotining) nomi: (Misol uchun Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti).
3. Malaka oshirish kursining nomi va o‘quv yuklamasi hajmi. (Misol uchun: “Avtomobil transportida tashishni tashkil etish”).
4. O‘qish davri: 20___-yil “___” ____________dan, 20___-yil “___” ____________ gacha. (Misol uchun: 2023-yil 10-yanvardan, 2023-yil 30-yanvargacha).
5. Ta’lim oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi. (Misol uchun: Toxirjonov Tohir Tolib o‘g‘li)
6. Berilgan joy nomi (Misol uchun: Toshkent shahri)
7. Berilgan sana: 20___-yil “___” _________ (Misol uchun: 2023-yil 30-yanvar).
8. Amal qilish muddati: 20___-yil “___” __________ (Misol uchun: 2026-yil 29-yanvar).
II. Sertifikat orqa tomonida:
O‘ng yuqori qismida ta’lim muassasasi (tashkiloti) logotipi joylashtiriladi va yon tomonidan:
MINISTERSTVO TRANSPORTA RESPUBLIKI UZBEKISTAN
SERTIFIKAT O POVIShENII KVALIFIKATSII
MINISTRY OF TRANSPORT OF TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
PROFESSIONAL DEVELOPMENT CERTIFICATE
Ketma-ketlikda:
1. Seriyniy nomer sertifikata/Certificate serial number MO № 0000001
2. Obrazovatelnoye uchrejdeniye/The name of the educational organization
3. Nazvaniye kursa povisheniya kvalifikatsii i ob’yom uchebnoy nagruzki/ Names of the advanced training course and volume of study load
4. Period obucheniya: ot “___” ________ 20___g. do “___” ________ 20___ g./ Period of study: from “___” _______ 20___ year till “___” ___ 20___year.
5. Familiya, imya, otchestvo obuchayuщego/Surname, name, patronymic students.
6. Mesto vidachi/ Place of issue.
7. Data vidachi:”___” ________ 20___g./date of issue: “___” _______ 20___ year.
8. Deystvitelen do: “___” _______ 20___g./Valid till: “___” _______ 20___ year.
III. Sertifikatni chop etish shartlari:
Transport sohasi kadrlarining malaka oshirganligi haqidagi sertifikat (keyingi o‘rinlarda — sertifikat) plastikdan tayyorlanadi, 54x86 millimetr o‘lchamda bo‘lib, rangi och ko‘k, davlat tilida (lotin yozuvida) rasmiylashtiriladi, matnlarda qora rangdan foydalaniladi.
Yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirilishini murakkablashtirish uchun bo‘yoqning och ranglaridan foydalaniladi.
Turli ranglarni hosil qilish uchun turli rangdagi rastrdan foydalaniladi.
Sertifikat blankasining chetki qismlariga naqshli rastr ramka qo‘yilishi mumkin.
Sertifikatda tartib raqamlar ikkita lotin harfi “MO” va oltita takrorlanmaydigan hamda ketma-ket o‘zgaruvchi raqamlardan iborat bo‘ladi.
QR-kod sertifikat oldi tomonining o‘ng pastki qismiga joylashtiriladi.

Xalqaro yo‘nalishda yo‘lovchi va yuk tashuvchining kasbiy mahorat sertifikati
tavsifi

Xalqaro yo‘nalishda yo‘lovchi va yuk tashuvchining kasbiy mahorat sertifikati (keyingi o‘rinlarda — sertifikat) blankasi A5 formatda 14,85 sm x 21 sm o‘lchamdagi kitobcha shaklda bo‘lib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi yuqori sifatli maxsus himoyaga ega ofset qog‘ozdan tayyorlanadi.
Sertifikatning old qismi o‘ng tomonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi (20 — 40 mm oralig‘ida) tasviri va quyidagilar ketma — ketlikda joylashtiriladi:
o‘zbek, rus va ingliz tillarida “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi”, “Ministerstvo transporta Respubliki Uzbekistan”, Ministry of transport of the Republic of Uzbekistan so‘zlari pastiga ko‘k chiziq joylashtiriladi;
o‘zbek, rus va ingliz tillarida “Xalqaro tashuvchining kasbiy mahorat sertifikati”, “Sertifikat professionalnoy kompetentnosti mejdunarodnogo perevozchika”, “Certificate of Professional Competence for international road transport” so‘zlari.
Sertifikatning old qismi chap tomonida davlat tilida (lotin yozuvida) ketma — ketlikda quyidagilar yoziladi:
Ta’lim muassasasining (tashkilot) nomi, berildi, ta’lim oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan sanasi.
Malaka oshirish o‘quv kursi dasturi bo‘yicha imtihonni topshirdi (sana, yilda) va mutaxassisligi (misol uchun: haydovchi, tashuvlar bo‘yicha menejer, boshqaruvchi, direktor va boshqa) sifatida kasbiy faoliyat uchun malakali deb e’tirof etildi;
Berilgan sanasi (kun, oy va yil), amal qilish muddati(kun, oy va yil), sertifikat seriya va raqami hamda ta’lim muassasasi (tashkiloti) rahbarining imzosi, QR-kod yoki muhr o‘rni.
Sertifikatning orqa qismi chap tomonida rus tilida ketma — ketlikda quyidagilar yoziladi:
Naimenovaniye Obrazovatelnogo uchrejdeniya (organizatsii), Vidano familiya, imya i otchestvo obuchayuщegosya, data rojdeniya.
Sdal(a) kvalifikatsionniy ekzamen (data: den, mesyats i god) na professionalnuyu kompetentnost i priznan(a) kvalifitsirovannim(oy) dlya professionalnoy raboti v kachestve
Data vidachi, srok deystviya, seriya i nomer sertifikata.
Naimenovaniye mesto v�dachi (naprimer: gorod Tashkent, Djizakskaya oblast).
Sertifikatning orqa qismi o‘ng tomonida ingliz tilida ketma — ketlikda quyidagilar yoziladi:
Name Educational institution (organizations), last name, first name and patronymic of the student, date of birth.
Passed qualifying examination (date: day, month and year) for professional competence and recognized as qualified for professional work as a, on program.
Date of issue, validity period, series and number of the certificate.
The name of the given place (for example: Tashkent city, Jizzakh region).
Sertifikatni chop etish shartlari:
Yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirilishini murakkablashtirish uchun bo‘yoqning och ranglaridan foydalaniladi.
Turli ranglarni hosil qilish uchun turli rangdagi rastrdan foydalaniladi.
Rasmlar tasviri uchun yashil, ko‘k, och sariq, siyoh, pushti va qizil ranglardan, shuningdek, fon naqshli rastr uchun och ko‘k yoki och sariq va (yoki) och qizil rangdan foydalangan holda bosib chiqarilishi mumkin.
Sertifikat blankasini chekka qismlariga naqshli rastr ramka qo‘yiladi.
Matn uchun to‘q ko‘k rangdan foydalaniladi.
Seriyasi “KMS” hamda takrorlanmaydigan raqamlardan, olti karralik himoyaga ega va ketma-ket o‘zgaruvchi raqamlardan iborat bo‘ladi.
QR-kod sertifikat tashqi chap tomonining pastki o‘ng qismiga joylashtiriladi.

Transport sohasi kadrlarining malaka oshirganligi haqidagi sertifikat
tavsifi

I. Sertifikat oldi tomonida:
Chap yuqori qismida ta’lim muassasasining (tashkilotining) logotipi va yonida ingliz tilida MINISTRY OF TRANSPORT OF TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. pastida
PROFESSIONAL DEVELOPMENT CERTIFICATE.
Ketma-ketlikda:
1. Certificate serial number
2. The name of the educational organization
3. Names of the advanced training course and volume of study load
4. Period of study: from “___” ________ 20___year
till “___” ________ 20___year.
5. Surname, name, patronymic students
6. Place of issue
7. date of issue: “___” ________ 20___year
8. Valid till: “___” _________ 20___year
II. Sertifikat orqa tomonida:
O‘ng yuqori qismida ta’lim muassasasining (tashkilotining) logotipi joylashtiriladi va yon tomonidan:
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
MALAKA OSNIRGANLIK NAQIDA SERTIFIKAT
MINISTERSTVO TRANSPORTA RESPUBLIKI UZBEKISTAN
SERTIFIKAT O POVIShENII KVALIFIKATSII
Ketma ketlikda:
1. Sertifikat tartib raqami/Seriyniy nomer sertifikata MO № 0000001
2. Ta’lim muassasasining (tashkilotining) nomi/Obrazovatelnoye uchrejdeniye
3. Malaka oshirish kursining nomi va o‘quv yuklamasi hajmi/Nazvaniye kursa povisheniya kvalifikatsii i ob’yom uchebnoy nagruzki
4. O‘qish davri: 20___-yil “___” ________dan, 20___-yil “___” ________gacha/ Period obucheniya: ot “___” ________ 20___g. do “___” ________20___g.
5. Ta’lim oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi/Familiya, imya, otchestvo obuchayuщiyesya
6. Berilgan joy nomi/Mesto vidachi
7. Berilgan sana: 20___-yil “___” _________/Data vidachi: “___” _________ 20___g.
8. Amal qilish muddati: 20___-yil “___” ________/Deystvitelen do: “___” ________ 20___g.
III. Sertifikatni chop etish shartlari:
Transport sohasi kadrlarining malaka oshirganligi haqidagi sertifikat (keyingi o‘rinlarda — sertifikat) plastikdan tayyorlanadi, 54x86 millimetr o‘lchamda bo‘lib, rangi och ko‘k, davlat tilida (lotin yozuvida) rasmiylashtiriladi.,
Matnlarda qora rangdan foydalaniladi.
Yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirilishini murakkablashtirish uchun bo‘yoqning och ranglaridan foydalaniladi.
Turli ranglarni hosil qilish uchun turli rangdagi rastrdan foydalaniladi.
Sertifikat blankasining chetki qismlariga naqshli rastr ramka qo‘yish mumkin.
Sertifikatda tartib raqamlar ikkita lotin harfi “MO” va oltita takrorlanmaydigan hamda ketma-ket o‘zgaruvchi raqamlardan iborat bo‘ladi.
QR-kod sertifikat oldi tomonining o‘ng pastki qismiga joylashtiriladi.

Transport sohasida tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv kursini tugatganlik haqidagi guvohnoma
tavsifi

Transport sohasida tayyorlash va qayta tayyorlash (bazaviy ma’lumoti umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim, professional va oliy ta’limidan tashqari) o‘quv kurslarini tugatganlik haqidagi guvohnoma (keyingi o‘rinlarda — guvohnoma) blankasi A5 formatda 14,85 sm x 21 sm o‘lchamdagi kitobcha shaklda bo‘lib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi yuqori sifatli maxsus himoyaga ega ofset qog‘ozdan tayyorlanadi.
I. Guvohnoma tashqi tomonida:
Varaqning o‘ng yuqori qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri (20 — 40 mm oralig‘ida) va davlat tilida (lotin yozuvida) quyidagilar joylashtiriladi:
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI pastiga ko‘k chiziq joylashtiriladi.
GUVOHNOMA
II. Guvohnoma ichki tomonida:
Varaqning chap yuqori qismida davlat tilida (lotin yozuvida) ketma –ketlikda quyidagilar joylashtiriladi:
Ta’lim muassasasining (tashkilotining) nomi;
Tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv kursini tugatganlik haqida guvohnoma;
Seriya va tartib raqami (G № 000000);
Berilgan sana: 20__-yil “___” _________;
Berilgan joy: ___________________________;
Ta’lim muassasasi (tashkilot) rahbarining imzosi va familiyasi, ismi, otasining ismi;
qayd raqami;
QR-kod yoki muhr joyi.
Guvohnomaning o‘ng qismida davlat tilida (lotin yozuvida) ketma — ketlikda quyidagilar joylashtiriladi:
ta’lim oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi;
o‘qish davri, o‘quv kursining nomi va umumiy soati;
Davlat attestatsiya komissiyasining qarori sanasi va raqami.
III. Guvohnomani chop etish shartlari:
Yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirilishini murakkablashtirish uchun bo‘yoqning och ranglaridan foydalaniladi.
Turli ranglarni hosil qilish uchun turli rangdagi rastrdan foydalaniladi.
Rasmlar tasviri uchun yashil, ko‘k, och sariq, siyoh, pushti va qizil ranglardan, shuningdek, fon naqshli rastri uchun och ko‘k yoki och sariq va (yoki) och qizil rangdan foydalangan holda bos�b chiqarilishi mumkin.
Guvohnoma blankasining chekka qismlariga naqshli rastr ramka qo‘yiladi.
Matnlarda qora rangdan foydalaniladi.
Guvohnomada tartib raqamlar lotin harfi “G” va oltita takrorlanmaydigan hamda ketma-ket o‘zgaruvchi raqamlardan iborat bo‘ladi.
QR-kod guvohnoma ichki tomonining chap pastki qismiga joylashtiriladi.

Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash haqidagi diplom
tavsifi

Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi diplom (keyingi o‘rinlarda — diplom) blankasi A5 formatda 14,85 sm x 21 sm o‘lchamdagi kitobcha shaklda bo‘lib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi yuqori sifatli maxsus himoyaga ega ofset qog‘ozdan tayyorlanadi.
Diplom tashqi tomonida:
Varaqning o‘ng yuqori qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri (20 — 40 mm oralig‘ida) va davlat tilida (lotin yozuvida) hamda ingliz tilida quyidagilar joylashtiriladi:
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI pastiga ko‘k chiziq joylashtiriladi.
QAYTA TAYYORLASH HAQIDA DIPLOM.
Diplom ichki tomonida:
Varaqning chap yuqori qismida davlat tilida (lotin yozuvida) quyidagilar joylashtiriladi:
Ta’lim muassasasining (tashkilotining) nomi;
Qayta tayyorlash haqida DIPLOM;
QT № 000000
Berilgan sana: 20___-yil “___” _________
Qayd raqami: ____________
Ta’lim muassasasi (tashkiloti) rahbarining imzosi va familiyasi, ismi, otasining ismi;
QR-kod yoki muhr joyi;
Berilgan joy: ____________.
Diplomning o‘ng qismida davlat tilida (lotin yozuvida) ketma — ketlikda quyidagilar joylashtiriladi:
ta’lim oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi;
o‘qish davri: 20___-yil “___” _______ dan 20___-yil “___” _______ gacha;
o‘quv kursi umumiy soati;
qayta tayyorlash o‘quv kursi yo‘nalishi nomi;
Davlat attestatsiya komissiyasining qarori raqami va sanasi.
Diplomni chop etish shartlari:
Yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirilishini murakkablashtirish uchun bo‘yoqning och ranglaridan foydalaniladi.
Turli ranglarni hosil qilish uchun turli rangdagi rastrdan foydalaniladi.
Rasmlar tasviri uchun yashil, ko‘k, och sariq, siyoh, pushti va qizil ranglardan, shuningdek, fon naqshli rastri uchun och ko‘k yoki och sariq va (yoki) och qizil rangdan foydalangan holda bosib chiqarilishi mumkin.
Diplom blankasining chetki tomonlariga naqshli rastr ramka qo‘yish tavsiya etiladi.
Matnlarda qora rangdan foydalaniladi.
Diplomda tartib raqamlar ikkita lotin harfi “QT” va oltita takrorlanmaydigan hamda ketma-ket o‘zgaruvchi raqamlardan iborat bo‘ladi.
QR-kod diplomni ichki chap tomonining pastki qismiga joylashtiriladi.

3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-iyuldagi 421-son qarori bilan tasdiqlangan Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti” so‘zlari “huzuridagi Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 2-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilaridagi “avtomobil yoki texnik yo‘nalishda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 3 va 4-bandlar hamda 1-2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi