Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 11.11.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi

T/r

Qo‘llab-quvvatlash turi

Ishtirokchilar

Foydalanish muddatlari

Alohida shartlar

1. Ustav kapitalga ulush kiritish

1.

Loyiha qiymatining 15 foizi, biroq ustav kapitalining 20 foizi yoki 3 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda ko‘chmas mulk obyektlari, asbob-uskunalar va boshqa aktivlar ko‘rinishida ulush kiritish.

Quyidagi shartlarga javob beradigan xizmat ko‘rsatish, mahsulot ishlab chiqarish va yetishtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshiruvchi o‘rta tadbirkorlik subyektlari:

a) 24 oydan ortiq faoliyat ko‘rsatayotgan;

b) kamida 50 nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan.

Kiritilgan ulush yetti yil davomida bozor qiymatida realizatsiya qilinadi.

Qo‘llab-quvvatlash taqdim etiladigan loyiha ochiq tanlov o‘tkazish orqali tanlab olinadi.

Kompaniya ulush kiritilgan loyihalar bo‘yicha muntazam ravishda monitoring olib boradi va konsultativ yordam ko‘rsatadi, shuningdek, ushbu loyihalar haqida har oy o‘zining rasmiy veb-saytida ma’lumot joylashtirib boradi.

Mazkur qo‘llab-quvvatlash turidan foydalanayotgan tadbirkorlik subyektiga xizmatlar ipotekasi hamda kafillik yordami taqdim etilmaydi.

Loyihalar yo‘nalishlari Kompaniya Kuzatuv kengashi qarori bilan belgilanadi.

2. Xizmatlar ipotekasi

2.

Ko‘chmas mulk va asbob-uskunalarning 70 foizi, biroq 10 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda mulk sotib olish va quyidagi shartlarning biri asosida tashabbuskorga berish:

a) qarzdorlik qoldig‘iga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada yillik foiz hisoblash;

b) bo‘lib-bo‘lib to‘lash.

Quyidagi shartlarga javob beradigan xizmat ko‘rsatish, mahsulot ishlab chiqarish va yetishtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshiruvchi o‘rta tadbirkorlik s�byektlari:

a) 24 oydan ortiq faoliyat ko‘rsatayotgan;

b) kamida 50 nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan.

Etti yil muddatgacha taqdim etiladi.

Qo‘llab-quvvatlash taqdim etiladigan loyiha ochiq tanlov o‘tkazish orqali tanlab olinadi.

Mazkur qo‘llab-quvvatlash turidan foydalanayotgan tadbirkorlik subyektiga “ulush kiritish” yordami taqdim etilmaydi.

Yordam ko‘rsatiladigan loyihalar yo‘nalishlari Kompaniya Kuzatuv kengashi qarori bilan belgilanadi.

3. Kompaniya resurslari hisobidan kredit (lizing) ajratish

3.

1,5 milliard so‘mgacha bo‘lgan miqdorda milliy va xorijiy valyutada Kompaniya stavkasi hamda tijorat bankining marjasi qo‘shilgan stavkada kredit (lizing) ajratish.

Kichik tadbirkorlik subyektlari.

Tijorat banklari tomonidan kredit (lizing) yetti yil muddatgacha ajratiladi.

Kompaniya tomonidan:

milliy valyutada ajratiladigan kredit (lizing)lar bo‘yicha resurs Markaziy bankning asosiy stavkasidan past bo‘lmagan stavkada;

xorijiy valyutada ajratiladigan kredit (lizing)lar bo‘yicha resurs Kuzatuv kengashi tomonidan belgilangan stavkada joylashtiriladi.

4.

5 milliard so‘mgacha bo‘lgan miqdorda milliy va xorijiy valyutada Kompaniya stavkasi hamda tijorat bankining marjasi qo‘shilgan stavkada kredit (lizing) ajratish.

O‘rta tadbirkorlik subyektlari.

5.

500 million so‘mgacha milliy va xorijiy valyutada Kompaniya stavkasi hamda lizing kompaniyalarining marjasi qo‘shilgan stavkada lizing ajratish.

Kichik tadbirkorlik subyektlari.

Lizing kompaniyalari tomonidan lizing besh yil muddatgacha ajratiladi.

Kompaniya Kuzatuv kengashi tomonidan tashabbuskorning ko‘rsatkichlari hamda loyiha yo‘nalishlaridan kelib chiqib ajratiladigan resurs miqdori va shartlari belgilana?i.

Kompaniya tomonidan lizing kompaniyalari va mikromoliya tashkilotlariga joylashtirilgan resurs hisobiga ajratiladigan kredit (lizing)lar uchun Kompaniyaning boshqa moliyaviy yordami ko‘rsatilmaydi.

6.

1 milliard so‘mgacha milliy va xorijiy valyutada Kompaniya stavkasi hamda lizing kompaniyalarining marjasi qo‘shilgan stavkada lizing ajratish.

O‘rta tadbirkorlik subyektlari.

7.

300 million so‘mgacha milliy va xorijiy valyutada Kompaniya stavkasi hamda mikromoliya tashkilotlarining marjasi qo‘shilgan stavkada kredit (lizing) ajratish.

Kichik tadbirkorlik subyektlari hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar.

Mikromoliya tashkilotlari tomonidan kredit (lizing) uch yil muddatgacha ajratiladi.

4. Kafillik taqdim etish

8.

2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda, biroq kreditning 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi) kafillik taqdim etish.

Kichik tadbirkorlik subyektlari.

Tijorat banklari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlar muddatiga mos davrga.

Kompaniya Kuzatuv kengashi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining faoliyat davridan kelib chiqib kafillik yordami miqdori belgilanadi.

9.

5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda, biroq kreditning 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi) kafillik taqdim etish.

O‘rta tadbirkorlik subyektlari.

“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi ishtirokchisi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari.

Tijorat banklari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit muddatiga mos davrga.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-93-son Farmoniga muvofiq miqdorlarda taqdim etiladi.

10.

800 million so‘mdan oshmagan miqdorda, biroq lizingning 30 foizigacha (30 foizi ham kiradi) kafillik taqdim etish.

Kichik tadbirkorlik subyektlari.

Lizing kompaniyalari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan lizinglar muddatiga mos davrga.

Kompaniya Kuzatuv kengashi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining faoliyat davridan kelib chiqib kafillik yordami miqdori belgilanadi.

11.

1,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda, biroq lizingning 30 foizigacha (30 foizi ham kiradi) kafillik taqdim etish.

O‘rta tadbirkorlik subyektlari.

12.

100 million so‘mdan oshmagan miqdorda, biroq kreditning 30 foizigacha (30 foizi ham kiradi) kafillik taqdim etish.

Kichik tadbirkorlik subyektlari hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar.

Mikromoliya tashkilotlari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar muddatiga mos davrga.

13.

5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda, biroq kreditning 75 foizigacha (75 foizi ham kiradi) kafillik taqdim etish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatga olingan va faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari.

Tijorat banklari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit muddatiga mos davrga.

Kompaniya Kuzatuv kengashi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining faoliyat davridan kelib chiqib kafillik yordami miqdori belgilanadi va kafillik 2025-yil 1-yanvarga qadar taqdim etiladi.

5. Tijorat banklari kredit (lizing)lari bo‘yicha kompensatsiya taqdim etish

14.

3 milliard so‘mgacha ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash.

Faoliyat davri uch yilgacha bo‘lgan kichik tadbirkorlik subyektlari.

3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga kompensatsiya “1+2” tamoyili asosida avval kredit (lizing)ning dastlabki yiliga taqdim etiladi, keyingi ikki yil davomida quyidagilarga asosan davom ettiriladi:

yangi ish o‘rinlarini yaratish rejasi bajarilishi;

yillik realizatsiya qilingan mahsulot (xizmat) bo‘yicha tushumning kamida 15 foizga oshishi.

O‘rnatilgan bazaviy me’yorlar bajarilmagan taqdirda o‘tgan davr uchun kompensatsiya to‘lovi keyingi yilga o‘tkaziladi.

Kompensatsiya yillik Markaziy bank asosiy stavkasining 4 foizlik punktidan yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutadagi kreditlarga taqdim etiladi.

Kichik tadbirkorlik subyektlariga tashkil etilgan davridan qat’i nazar kompensatsiya taqdim etiladigan yo‘nalishlar Kompaniya Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.

Kompensatsiya hudud toifasidan kelib chiqib taqdim etiladi.

15.

5 milliard so‘mgacha ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash.

Tashkil etilgan davridan qat’i nazar kichik tadbirkorlik subyektlari.

16.

10 milliard so‘mgacha ajratiladigan kreditlar (lizinglar) bo‘yicha foiz stavkasining 10 foizlik punktidan yuqori qismi bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash.

Farg‘ona viloyati So‘x tumanida ro‘yxatga olingan va faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari.

Kompensatsiya Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutadagi kreditlarga 2025-yil 1-yanvarga qadar taqdim etiladi.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi negizida “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJni tashkil etish va Kompaniya Kuzatuv kengashi tarkibini shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil yanvar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortiqov),

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

(Li)

2.

Kompaniyaning ustav kapitalini 300 milliard so‘m miqdorida shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-2024-yillar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

3.

Ulush kiritish va xizmatlar ipotekasi instrumentlari qo‘llaniladigan yo‘nalishlar, shartlar va ushbu instrumentlar taqdim etiladigan tashabbuskorlarni aniqlash yuzasidan ochiq tanlov o‘tkazish tartibini belgilash.

Kompaniya Kuzatuv kengashi qarori

2024-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

4.

Kompaniyaga ulush kiritish va xizmatlar ipotekasi instrumentlarini taqdim etish uchuno‘n yil muddatga besh yillik imtiyozli davr bilan jami 1,2 trillion so‘m, shundan 2024-yil 1-iyulga qadar 600 milliard so‘m hamda 2024-yil yakuniga qadar 600 milliard so‘m miqdorida foizsiz budjet ssudasi ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil iyul — dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

5.

Tajriba-sinov tariqasida Buxoro, Jizzax va Namangan viloyatlarida faoliyat yurituvchi o‘rta tadbirkorlik subyektlari loyihalarida ulush bilan ishtirok etish asosida yordam ko‘rsatish.

Bunda:

yo‘nalishlarni belgilab olish yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazish;

loyihalarni tanlab olish yuzasidan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tanlovlar o‘tkazish;

Kompaniya Kuzatuv kengashi qarori asosida bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ishlarni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil davomida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Buxoro, Jizzax va Namangan viloyatlari hokimli�lari,

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

6.

Kompaniya hisobidan kafillik, shu jumladan portfel kafilligini taqdim etish tartibini belgilash.

Bunda, “yaxshi” va “a’lo” kredit tarixiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga, ular avval olgan kreditlari bo‘yicha kafillik yordamidan foydalanayotgan bo‘lishidan qat’i nazar qo‘shimcha kreditlar bo‘yicha belgilangan umumiy miqdorlar doirasida kafillik taqdim etilishini nazarda tutish.

Kompaniya Kuzatuv kengashi qarori

2024-yil yanvar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

7.

Kompaniya tomonidan taqdim etiladigan kafilliklar bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarini belgilash va Kompaniyaning kafillik leveraji miqdorini 2025-yilda 15 baravar 2027-yilda 10 baravarga tushirish.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining qoldiq mablag‘larini Kompaniyaga kafillik leveraji uchun yo‘naltirish.

Kompaniya Kuzatuv kengashi qarori

2024-yil dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

8.

Kompaniya tomonidan kreditlar bo‘yicha kompensatsiya taqdim etish miqdorlari, shartlari va tartibini hamda kompensatsiya ajratiladigan yo‘nalishlarni belgilash.

Bunda:

kompensatsiya “1+2” tamoyili asosida avval kredit (lizing)ning dastlabki yiliga taqdim etilishi, keyingi ikki yil davomida tadbirkorlik subyekti tomonidan yaratilgan yangi ish o‘rinlari rejasi bajarilishi va realizatsiya qilingan mahs�lot (xizmat) bo‘yicha tushum kamida o‘n besh foizga oshgan taqdirda to‘lab borilishi;

kompensatsiya bo‘yicha to‘lovlar Davlat budjetidan ajratiladigan transfertlar hisobiga Iqtisodiyot va moliya vazirligida yuridik shaxs tashkil etmasdan ochiladigan Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamg‘armasidan amalga oshirilishini nazarda tutish.

Kompaniya Kuzatuv kengashi qarori

2024-yil yanvar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

9.

Kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish uchun Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamg‘armasini tashkil etish.

Bunda, Jamg‘armani boshqarish huquqini Kompaniyaga berishni nazarda tutish.

Idoraviy hujjat

2024-yil yanvar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

10.

Xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb etgan holda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, “yashil” va energiya samarador texnologiyalarni joriy qilishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini belgilash.

Bunda, xalqaro moliya institutlaridan 100 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ jalb etish.

Chora-tadbirlar rejasi

Amaliy tadbirlar

2024-yil mart

2024-2025-yillar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

11.

Xalqaro moliya institutlari, tijorat banklari va boshqa xususiy investorlarni Kompaniyaning ustav kapitalida ishtirok etishga jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash.

Chora-tadbirlar rejasi

2024-yil noyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

12.

2026-yildan boshlab Kompaniyada boshqaruvning zamonaviy tizimlari va xalqaro standartlarni (ISO, SAP) joriy qilish va u tomonidan yetakchi xalqaro agentliklarning kredit reytingi olinishini ta’minlash.

Mahalliy va xalqaro kapital bozorlarida aksiya va obligatsiyalar chiqarish va resurslar jalb qilishni tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2024-yil iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

13.

2024 — 2027-yillar davomida bosqichma-bosqich Kompaniya daromadlarini kamida 50 foizga oshirish orqali o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

2024-yil aprel

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

14.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda APEX mikromoliyalash tizimini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish:

mikromoliyalash ko‘lamini kengaytirish maqsadida APEX tizimini joriy etish va xorijiy moliya institutlaridan resurs jalb qilish;

jalb qilingan resurslarni tijorat banklari, mikromoliya tashkilotlari hamda lizing kompaniyalariga mikromoliyalash uchun joylashtirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2024-yil iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Markaziy bank

(Hamrayev),

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

15.

Kompaniya instrumentlaridan maqsadli va unumli foydalangan tadbirkorlik subyektlarining eng yaxshi loyihalari bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish va ularni taqdirlab borish. Bunda, tanlov g‘oliblariga grantlar ajratish va ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha ko‘rgazmalar tashkil etishni nazarda tutish.

Kompaniya Kuzatuv kengashi qarori

Har yili

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

16.

Kompaniyaning “Tadbirkor” axborot tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

tijorat banklari, mikromoliyalash tashkilotlari, lizing kompaniyalari va Soliq qo‘mitasining axborot bazalari bilan integratsiya qilish;

tadbirkorlik subyektlari uchun Kompaniyaning moliyaviy yordamlaridan foydalanish darajasini oldindan bilish imkoniyatini yaratish;

dasturiy ta’minotlar, dasturiy mahsulotlar (xizmatlar)ni yetkazib beruvchi kompaniyalar bilan shartnomalar tuzish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-2025-yillar

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Soliq qo‘mitasi

(Kudbiyev),

Statistika agentligi

(Begalov),

Markaziy bank

(Hamrayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Pekos)

17.

2022-yil 1-iyulga qadar kompensatsiya yordamlari ko‘rsatilishi orqali ajratilgan kredit (lizing)lar bo‘yicha loyihalar biznes-rejasida ko‘rsatilgan ish o‘rinlarini yaratish va mahsulot (xizmat)lar rea�izatsiyasidan tushum kabi ko‘rsatkichlar bajarilmagan hollarda kompensatsiya to‘lovlarini to‘xtatish.

To‘lovlar to‘xtatilishi hisobiga bo‘shagan mablag‘larni yangi loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirish.

Kompaniya Kuzatuv kengashi qarori

2025-yil yanvar

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Soliq qo‘mitasi

(Kudbiyev),

tijorat banklari

18.

Kompaniya tomonidan emissiya qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va ularni kapital bozoriga joylashtirish ishlarini tashkil etish.

Bunda, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni ko‘rib chiqish, uni chiqarishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va joylashtirish uchun yengilliklarni joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Axborot xati

2024 — 2026-yillar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

(Li),

Markaziy bank

(Hamrayev),

Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi

(Abdujabbarov)

19.

“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga Kompaniya va (yoki) Kompaniya turidagi tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va tartibga solishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2024-yil fevral

Markaziy bank

(Hamrayev),

Adliya vazirligi

(Toshqulov)

20.

“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuniga, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat Jamg‘armasiga qo‘llanilgan imtiyozlarni Kompaniyaga o‘tkazishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2024-yil fevral

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Adliya vazirligi

(Toshqulov),

“Tadbirkorli�ni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblasin.
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblasin;
yettinchi xatboshidagi “Uyushma” so‘zi “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
“a” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi “Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-93-son Farmoni 7-bandi “b” kichik bandining beshinchi xatboshisidagi hamda 1-ilovaning 3-pozitsiyasi “g” kichik bandidagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi” so‘zlari “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi” so‘zlari “2025-yil 1-yanvarga qadar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
a) 4-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
2-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
15-banddagi “Vazirlik” so‘zi “davlat sherigi” so‘zi bilan almashtirilsin;
17-bandning birinchi xatboshisidagi “Vazirlikka” so‘zi “davlat sherigiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
27-banddagi “uch kalendar kuni mobaynida Vazirlik” so‘zlari “uch kalendar kuni mobaynida davlat sherigi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
118-bandning birinchi xatboshisidagi “Tegishliligi bo‘yicha Vazirlik va Agentlik” so‘zlari “Davlat sherigi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 9-band “o‘rtasida” so‘zidan keyin “qiymati bazaviy hisoblash miqdorining uch ming besh yuz baravarigacha bo‘lgan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblasin;
b) 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblasin.
birinchi xatboshidan “Bunda:” so‘zi chiqarib tashlansin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
to‘qqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar tegishincha to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin.
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblasin.
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
31. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi “Yangi Andijon” shaharchasini barpo etish va Andijon viloyatida tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5154-son qarori 1-bandining “v” kichik bandidagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi” so‘zlari “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblasin.
33. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-iyuldagi “Yangi Andijon” shahrini barpo etish ishlarini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5180-son qarori 8-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi” so‘zlari “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 3-banddan “mazkur qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
g) 6-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
d) 11-banddagi “Davlat soliq qo‘mitasining” so‘zlari “Soliq qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
42. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-fevraldagi “Kasanachilikni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-70-son qarorining 6-bandidagi “Kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari “Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
44. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PQ-162-son qarori bilan tasdiqlangan 2023-yilda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida raqamli xizmat va servislarni joriy etish reja-jadvalining 33-pozitsiyasida “Elektron hukumat tizimlari bilan integratsiya qilish muddati” va “Sinovdan o‘tkazish muddati” ustunlaridagi “2023-sentabr” so‘zlari “2023-yil dekabr” so‘zlari bilan almashtirilsin.
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
a) 11-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Izoh: mazkur ilovaning 13-bandi 2023-yil 1-dekabrdan, 7 va 40-bandlari 2024-yil 1-martdan e’tiboran kuchga kiradi.
Izoh: mazkur ilovaning 10 va 48-bandlari 2024-yil 1-martdan e’tiboran kuchga kiradi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi