Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

1-ILOVA
Jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona MA’MURIY REGLAMENTI

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi

3-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
Jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish SXEMASI

2-ILOVA
Fuqarolarning Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish PASPORTI

3-ILOVA
Fuqarolarning Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish PASPORTI

4-ILOVA
Harbiy xizmatdan ozod etish to‘g‘risida ma’lumotnoma berish PASPORTI

5-ILOVA
Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida ma’lumotnoma berish PASPORTI

6-ILOVA
Manzil-ma’lumot axborotlari to‘g‘risida ma’lumotnoma berish PASPORTI

7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risida ma’lumotnoma berish PASPORTI

8-ILOVA
Sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumotnoma berish PASPORTI

9-ILOVA
Ko‘chmas mulk buzilishga tushganligi yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish PASPORTI

10-ILOVA
Soliqlar va yig‘imlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish PASPORTI

11-ILOVA
Turar joyning maydoni to‘g‘risida ma’lumotnoma berish PASPORTI

12-ILOVA
Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish PASPORTI

13-ILOVA
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish PASPORTI

14-ILOVA
Yo‘qolgan ashyoning topilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish PASPORTI

15-ILOVA
“Avtomobil tarixi” haqida ma’lumotnoma berish PASPORTI

16-ILOVA
Mavzuli so‘rovlar to‘g‘risida ma’lumotnoma berish PASPORTI

17-ILOVA
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnoma berish PASPORTI

18-ILOVA
Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasini berish PASPORTI

19-ILOVA
Kam ta’minlangan deb e’tirof etilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma berish PASPORTI

20-ILOVA
Pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjudligi haqida ma’lumotnoma berish PASPORTI

21-ILOVA
Pensiya va nafaqa miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma berish PASPORTI

22-ILOVA
Statistika ma’lumotlarini taqdim etish PASPORTI

23-ILOVA
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish PASPORTI

24-ILOVA
Doimiy yashash joyida ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar to‘g‘risida ma’lumotnoma berish PASPORTI

25-ILOVA
“Kredit tarixi” to‘g‘risida ma’lumotnoma berish PASPORTI

26-ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan arxiv ma’lumotnomalari berish PASPORTI

27-ILOVA
Doimiy yashash joyi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish PASPORTI

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari RO‘YXATI

Hujjat 22.11.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Reglament qoidalari 2 — 27-ilovalarda keltirilgan davlat xizmatlarini ko‘rsatish pasportlarida (keyingi o‘rinlarda — pasport) nazarda tutilgan ma’lumotnoma turlariga nisbatan tatbiq etiladi.
 LexUZ sharhi
7. Ariza beruvchidan tegishli ma’lumotnoma turi bo‘yicha pasportlarning 4-bandida ko‘rsatilmagan ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
 LexUZ sharhi
9. Pasportni ko‘rib chiqish uchun pasportlarning 5-bandida belgilangan miqdorlarda yig‘im undiriladi hamda taqsimlanadi.
13. Vakolatli organ pasportlarning 6-bandida belgilangan muddat ichida so‘rovnomani ko‘rib chiqib, tegishli hujjatlar (ma’lumotlar) ushbu Reglament va pasportlarga muvofiq bo‘lgan taqdirda, QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi hamda uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlab, Davlat xizmatlari markaziga (shaxsan kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi

1. Davlat xizmati nomi

Fuqarolarning Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma

2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy shaxs

3. Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar)

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi

4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

1. So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSh ShIR ma’lumotlari);

ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);

yashash manzili;

elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

5. Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi.

Yig‘im miqdori quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etilganda:

49,5 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;

0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

tegishli Ruhiy kasalliklar dispanseri shaxsiy hisobvarag‘iga;

b) YIDXP orqali murojaat etilganda:

10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;

11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablag‘lar — tegishli Ruhiy kasalliklar dispanseri shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

6. Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati

Real vaqt rejimida

7. Izoh

1. Davlat xizmati nomi

Fuqarolarning Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma

2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy shaxs

3. Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar)

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi

4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

1. So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSh ShIR ma’lumotlari);

ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);

yashash manzili;

elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

5. Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi.

Yig‘im miqdori quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etilganda:

49,5 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;

0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablag‘lar — tegishli Narkologiya dispanseri shaxsiy hisobvarag‘iga;

b) YIDXP orqali murojaat etilganda:

10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;

11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablag‘lar — tegishli Narkologiya dispanseri shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

6. Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati

Real vaqt rejimida

7. Izoh

1. Davlat xizmati nomi

Harbiy xizmatdan ozod etish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma

2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan harbiy xizmatga chaqirilish yoshidagi shaxs jismoniy shaxs

3. Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar)

Mudofaa ishlari bo‘limlari

4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

1. So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, u haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSh ShIR ma’lumotlari);

ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);

yashash manzili;

elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

Nomiga harbiy xizmatdan ozod etish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish so‘ralayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR), yashash manzili.

5. Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori

Bepul

6. Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati

3 ish kuni

7. Izoh

Quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan harbiy xizmatga chaqirilish yoshidagi shaxslarga ma’lumotnoma berilmaydi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qabul qilingan qarorga asosan chaqiruvga oid tadbirlar davom etayotgan bo‘lsa;

chaqiriluvchi safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga chaqirilgan, biroq shartnomaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining maxsus hisobvarag‘iga tegishli pul badallarini belgilangan muddatda to‘lamagan bo‘lsa.

1. Davlat xizmati nomi

Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida ma’lumotnoma

2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy shaxs (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston hududida doimiy yashovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lgan chet el fuqarosi (shu jumladan MDH davlatlari fuqarosi) hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxs)

Jismoniy shaxs yoki uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, eri yoki xotini va bolalari)

3. Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar)

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi

4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

1. So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSh ShIR ma’lumotlari);

ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);

yashash manzili;

elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

Uchinchi shaxs manfaati uchun shartnoma (order) asosida advokatlar tomonidan murojaat qilinganda, notarial tasdiqlangan ishonchnoma talab etilmaydi.

5. Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori

Bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi miqdorida

Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etilganda:

18 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;

0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;

qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga;

b) YIDXP orqali murojaat etilganda:

10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;

11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

28,125 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamg‘armasining hisobvarag‘iga;

qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi.

6. Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati

2 ish kuni

7. Izoh

1. Davlat xizmati nomi

Manzil-ma’lumot axborotlari to‘g‘risida ma’lumotnoma (manzil-ma’lumot axborotlarini (doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi, ro‘yxatdan chiqqanligi, vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi, shuningdek, ma’lumot mavjud emasligi haqida ma’lumot)

2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy shaxs

3. Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi Manzil-ma’lumot byurolari

4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, u haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSh ShIR ma’lumotlari);

ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);

yashash manzili;

elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

5. Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori

Bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi miqdori.

Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etilganda:

18 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;

0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;

qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi;

b) YIDXP orqali murojaat etilganda:

10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;

11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

28,125 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamg‘armasining hisobvarag‘iga;

qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi.

6. Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati

2 ish kuni

7. Izoh

Ariza beruvchilar faqat o‘zlariga tegishli manzil-ma’lumot axborotlarini olishlari mumkin. Boshqa shaxslarga tegishli manzil-ma’lumot axborotlari berilmaydi.

Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga tushgan mablag‘lardan migr�tsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda va xodimlarni rag‘batlantirish maqsadlarida foydalaniladi.

1. Davlat xizmati nomi

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risida ma’lumotnoma

2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy shaxs

3. Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar)

Doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organi

Xorijda doimiy yashayotgan shaxs uchun — konsullik muassasasi

4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

1.So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSh ShIR ma’lumotlari);

ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);

yashash manzili;

elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

voyaga yetmagan farzandlarining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan vaqti va joyi, qarindoshlik darajasi;

O‘zbekiston Respublikasidagi oxirgi doimiy yashagan manzili va qaysi hujjatga asosan chiqib ketganligi (hujjat seriyasi va raqami);

qaysi davlat fuqarosi yoki qaysi chet davlat fuqaroligini qabul qilish istagida ekanligi.

2. Quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;

shaxsini tasdiqlovchi hujjat;

ma’lumotnomada ariza beruvchining voyaga yetmagan farzandlari ham ko‘rsatilganda, ularning nomidan qonuniy vakillari tomonidan imzolangan arizasi;

notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

5. Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori

Ma’lumotnoma berganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.

Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etilganda:

18 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;

0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

50 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga;

qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga;

b) YIDXP orqali murojaat etganda:

10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;

11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

50 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga;

qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga o‘tkaziladi.

6. Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati

1 oy

7. Izoh

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga davlat xizmatini ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar vazirlikning axborot tizimlarining ishchi holatda bo‘lishini ta’minlashga, moddiy-texnik bazasini yangilashga va takomillashtirishga hamda xodimlarni rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.

Mazkur pasport O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani Davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali berish tartibini belgilaydi. Konsullik muassasalari orqali ushbu ma’lumotnoma belgilangan tartibda olinadi.

Vakolatli organ “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali uch ish kuni ichida so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning haqiqiyligini tekshiradi.

So‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning haqiqiyligi tasdiqlangan taqdirda, vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda murojaat etuvchiga tegishli xabarnoma yuboriladi.

1. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublik O‘zbekiston Respublikasining yoki chet davlatning vakolatli organi so‘rovi bo‘yicha ham aniqlanishi mumkin.

2. Ariza beruvchida zarur hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, shuningdek ariza beruvchining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligiga nisbatan shubha paydo bo‘lganda, ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tekshiruv o‘tkazish uchun tegishli davlat organlariga so‘rovnoma yuboradi. Tekshiruv yakunlari bo‘yicha xulosa beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 5, 6, 13 — 16 va 32 — 36-moddalarining talablari buzilgan holda olinganligi aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ichki ishlar organining xulosasiga asosan olib qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi olib qo‘yilayotgan shaxs mazkur xulosadan norozi bo‘lgan taqdirda, u o‘zining O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun sudga murojaat qilishga haqli.

Xulosalar tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlari yoki viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.

1. Davlat xizmati nomi

Ko‘chmas mulk buzilishga tushganligi yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma

2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy va yuridik shaxslar

3. Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari

4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

1. So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSh ShIR ma’lumotlari);

ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);

yashash manzili;

elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

kadastr raqami.

Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun:

to‘liq nomi;

elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

STIRi;

kadastr raqami.

2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan bo‘lsa).

5. Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori

Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdori.

Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etilganda:

18 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining sha�siy hisobvarag‘iga;

0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining shaxsiy hisobvarag‘iga;

qolgan mablag‘lar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalarining hisobvarag‘iga;

b) YIDXP orqali murojaat etilganda:

10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;

10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining shaxsiy hisobvarag‘iga;

11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablag‘lar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalarining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

6. Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati

3 ish kuni

7. Izoh

1. Davlat xizmati nomi

Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma

2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy shaxs

3. Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar)

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

1. So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSh ShIR ma’lumotlari);

ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);

yashash manzili;

elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

ma’lumotnomaning hudud kesimida yoki respublika bo‘yicha bo‘lishi;

obyekt joylashgan manzil;

ma’lumotnoma davri (joriy holat yoki oxirgi 10 yillik davr).

2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

Nomiga ma’lumotnoma berish so‘ralayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, u haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) va yashash manzili.

5. Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori

Bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi miqdorida

Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etilganda:

18 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;

0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi �uzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablag‘larning 80 foizi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvarag‘iga;

b) YIDXP orqali murojaat etilganda:

10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;

11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablag‘larning 80 foizi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

6. Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati

3 ish kuni

7. Izoh

1. Davlat xizmati nomi

Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma

2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy shaxslar

3. Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar)

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

1. So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSh ShIR ma’lumotlari);

ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);

yashash manzili;

elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

ko‘chmas mulkning kadastr raqami.

2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

5. Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori

Bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi miqdorida

Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etilganda:

18 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;

0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablag‘larning 40 foizi “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvarag‘iga, 40 foizi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hisobvarag‘iga;

b) YIDXP orqali murojaat etilganda:

10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;

11,75 foiziRaqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablag‘larning 40 foizi “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvarag‘iga, 40 foizi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

6. Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati

3 ish kuni

7. Izoh

Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnomada quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

bino va inshootlarning joylashgan manzili;

bino va inshootlarning kadastr raqami;

bino va inshootlarning turar joy yoki noturar joyligi;

bino va inshootlarning umumiy maydoni;

bino va inshootlarning umumiy yashash maydoni;

bino va inshootlarning huquq egasi (egalari);

bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar turi;

bino va inshootlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi;

cheklanish mavjudligi;

bino va inshootlarning kadastr qiymati.

1. Davlat xizmati nomi

Yo‘qolgan ashyoning topilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma

2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy va yuridik shaxslar

3. Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar)

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

1. So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa,
bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari
(JSh ShIR ma’lumotlari);

ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);

ashyoning yo‘qolganligi haqida xabar berilgan ariza raqami;

elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun:

to‘liq nomi;

elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

STIRi;

ashyoning yo‘qolganligi haqida xabar berilgan ariza raqami.

2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

Nomiga ma’lumotnoma berish so‘ralayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) va yashash manzili.

5. Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori

Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdori.

Yig‘im quyidagicha taqsimlanadi:

a) Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilinganda:

0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisob raqamiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablag‘lar — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining hisobvarag‘iga;

b) YIDXP orqali murojaat etilganda:

11,75 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablag‘lar — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

6. Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati

1 ish kuni

7. Izoh

1. Pasport qoidalari jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida yo‘qolgan ashyolarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

2. Yo‘qolgan ashyo egasi yoki uning yaqin qarindoshlari (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) yo‘qolgan ashyolarini topish bo‘yicha notarial tasdiqlangan ishonchnomasiz murojaat qilishi mumkin.

3. Yo‘qolgan ashyoning topilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun avval yo‘qotilganlik haqida xabar berish xizmatidan foydalanish talab etiladi.

1. Davlat xizmati nomi

“Avtomobil tarixi” haqida ma’lumotnoma

2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy va yuridik shaxslar

3. Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar)

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSh ShIR ma’lumotlari);

ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);

elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

avtotransport vositasining davlat raqami belgisi;

avtotransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumoti (seriyasi va raqami).

Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun:

to‘liq nomi;

elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

STIRi;

avtotransport vositasining davlat raqami belgisi;

avtotransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumoti (seriyasi va raqami).

5. Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori

Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdori.

Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) Davlat xizmatlari markaziga kelib, veb-saytlar yoki boshqa onlayn platformalar orqali murojaat etilganda:

40 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;

40 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarni rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasiga;

0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga;

b) YIDXP orqali murojaat etilganda:

30 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;

30 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarni rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasiga;

11,75 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga (shu jumladan, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi.

6. Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati

Avtomatik tarzda (real vaqt rejimida)

7. Izoh

1. “Avtomobil tarixi” haqidagi ma’lumotlar avtotransport vositasiga doir quyidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi:

avtotransport vositasining agregat ma’lumotlari (davlat raqami belgisi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana, rusumi (modeli), ishlab chiqarilgan yili, turi, kuzov (shassi) raqami, to‘la (yuksiz) vazni, dvigatel raqami va quvvati, yonilg‘i turi, rangi, o‘rindiqlar soni, alohida belgilari yoki o‘zgargan agregat ma’lumotlari (mavjud bo‘lsa);

bosib o‘tgan masofasi (mavjud bo‘lsa);

fuqarolik-huquqiy shartnoma (bitim)lar tuzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ishonchnoma, ijara, hadya, meros, oldi-sotdi shartnomasi va boshqalar);

yo‘l-transport hodisasi sodir etilganligi (mavjud bo‘lsa);

avtotransport vositasi ishtirokida sodir etilgan qoidabuzarliklar (mavjud bo‘lsa);

avtotransport vositasining garovda ekanligi haqidagi (mavjud bo‘lsa);

avtotransport vositasiga nisbatan taqiq mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi;

bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tgan sana to‘g‘risidagi ma’lumot (agar bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tgan bo‘lsa);

avtotransport vositasiga yo‘lovchi tashish bo‘yicha litsenziya varaqasi olinganligi (olinmaganligi) haqidagi ma’lumotlar.

Vakolatli organ manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda “Avtomobil tarixi” haqidagi ma’lumotlari qo‘shimcha ma’lumotlar kiritishi mumkin.

2. Ariza beruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan istalgan “Avtomobil tarixi” haqidagi ma’lumotlarni olishga yo‘l qo‘yiladi, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi, mudofaa va davlat xavfsizlik xizmati sohasidagi, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tegishli avtotransport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bundan mustasno.

“Avtomobil tarixi” haqida

MA’LUMOTNOMA*

I. Avtotransport vositasining agregat ma’lumotlari:

1. Davlat raqami belgisi

2. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana

3. Rusumi/modeli

4. Ishlab chiqarilgan yili

5. Turi

6. Kuzov/shassi raqami

7.To‘la vazni

8. Yuksiz vazni

9. Dvigatel raqami

10. Dvigatel quvvati

11. Yonilg‘i turi

12. Rangi

13. O‘tiradigan joylar soni

14. Bosib o‘tgan masofasi: (har bir texnik ko‘rikdagi ma’lumotlar sanasi bilan alohida ko‘rsatiladi)

15. Alohida belgilari (mavjud bo‘lsa)

16. O‘zgargan agregat ma’lumotlari (mavjud bo‘lsa)**

II. Fuqarolik-huquqiy shartnoma (bitim)lar tuzilganligi (mavjud bo‘lsa):

1. Shartnoma (bitim) turi (ishonchnoma, ijara, hadya, oldi-sotdi shartnomasi, meros va hokazolar) shaxsiy ma’lumotlar ko‘rsatilmagan holda

2. Shartnoma (bitim) tuzilgan sana va muddati;

3. Shartnoma (bitim) holati (faol, bekor bo‘lgan)

III. Sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari to‘g‘risida ma’lumot (mavjud bo‘lsa)

1. Yo‘l-transport hodisasi fotosurati (mavjud bo‘lsa)

2. Yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan sana va joy

3. Yo‘l-transport hodisasini qayd qilgan organ (YHXB yoki sug‘urta tashkiloti) ma’lumotlari

IV. Avtotransport vositasi ishtirokida sodir etilgan qoidabuzarliklar

1. Qoidabuzarlik turi

2. Jarima miqdori va uning to‘langan yoki to‘lanmaganligi to‘g‘risida ma’lumot

V. Avtotransport vositasiga nisbatan taqiq mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumot

1. Taqiq qo‘ygan vakolatli organ

2. Taqiq qo‘yilgan sana

3. Taqiq qo‘yish sababi

4. Taqiq holati

VI. Avtotransport vositasining garovda ekanligi haqidagi ma’lumot

1. Garovga olgan vakolatli organ

2. Garovga olingan sana

3. Garovga olish sababi

4. Garov holati

VII. Avtotransport vositasiga yo‘lovchi tashish uchun litsenziya varaqasi rasmiylashtirilganligi haqidagi ma’lumot

1. Litsenziya varaqasi turi

2. Litsenziya varaqasi berilgan vaqt va muddati

VIII. Bojxona rasmiylashtiruviga oid ma’lumotl�r

Avtotransport vositasi bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tgan sana to‘g‘risidagi ma’lumotlar


1. Davlat xizmati nomi

Mavzuli so‘rovlar to‘g‘risida ma’lumotnoma

2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy shaxslar

3. Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar)

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining hududiy davlat arxivlari

4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

1. So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSh ShIR ma’lumotlari);

ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);

elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

arxiv idorasi joylashgan viloyat va tuman;

so‘ralayotgan arxiv hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (hujjat nomi, hujjatning mazmuni (batafsil ko‘rsatilishi lozim), qaysi organ tomonidan qabul qilingan (imkon qadar), sanasi va raqami (imkon qadar), qo‘shimcha ma’lumotlar (agar bo‘lsa).

2. Ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda ishonchnoma, vorislik haqidagi guvohnomaga asosan merosxo‘r bo‘lganda vorislik haqidagi guvohnoma, ariza beruvchi qonuniy vakil bo‘lsa, uni tasdiqlovchi hujjat, so‘ralayotgan hujjatning nusxasi (agar mavjud bo‘lsa), chegirmalardan (imtiyozlar) foydalanish uchun tegishli hujjatlar nusxasi.

5. Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori

Mavzuli so‘rovlarni ijro etish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdorlari

Mavzuli so‘rovlar turi

O‘lchov birligi

Yig‘im miqdori

Alohida faktlar, voqealar, ma’lumotlarni aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha mavzuli so‘rovlarni bajarish

1 ta ma’lumotnoma

Bazaviy hisoblash

miqdorining

0,5 baravari

Turar joylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash

1 ta ma’lumotnoma

Bazaviy hisoblash

miqdorining

0,5 baravari

Mulkiy huquqlarni aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarga arxiv hujjatidan nusxa berish (bir shaxs uchun)

1 ta ma’lumotnoma

Bazaviy hisoblash

miqdorining

0,5 baravari

Evakuatsiyani aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarning arxiv ma’lumotnomasini berish

1 ta ma’lumotnoma

Bazaviy hisoblash

miqdorining

1 baravari

Davlat xizmati tezlashtirilgan tartibda ko‘rsatilganda mazkur bandlarda belgilangan miqdorda 50 % qo‘shimcha haq undiriladi.

Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:

18 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;

0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablag‘lar — “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi davlat xizmatini ko‘rsatgan davlat arxivining hisobvarag‘iga;

b) YIDXP orqali murojaat etilganda:

10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;

11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan yig‘imlar summasi — davlat xizmatini ko‘rsatgan davlat arxivining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

6. Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati

20 ish kuni

Davlat xizmatini tezlashtirilgan tartibda ko‘rsatish — 2 ish kuni

7. Izoh

1. So‘rovnomada so‘ralayotgan ma’lumotlar tegishli davlat arxivida mavjud bo‘lmaganda, so‘rovnomani qabul qilgan arxiv 2 ish kuni mobaynida ma’lumot saqlanayotgan davlat arxivini aniqlaydi va so‘rovnomani tegishliligi bo‘yicha davlat arxivlariga yuboradi.

2. So‘rovnoma arxiv hujjatlari asosida ko‘rib chiqilib, tegishli ma’lumot aniqlanmagan taqdirda, to‘langan yig‘im miqdori ariza beruvchiga qaytarilmaydi.

Agar davlat xizmatini tezkor bajarish bo‘yicha ariza beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan barcha shartlar bajarilgandan so‘ng mas’ul davlat arxivi tomonidan ikki ish kunida davlat xizmati ko‘rsatilmasa, belgilangan narxga to‘langan 50 foiz qo‘shimcha haq 2 ish kuni davomida mas’ul davlat arxivining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qaytariladi.

1. Davlat xizmati nomi:

Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasi

2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:

Jismoniy shaxslar yoki ularning yaqin qarindoshlari (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari)

3. Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ (lar):

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining hududiy davlat arxivlari

4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:

1. So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSh ShIR ma’lumotlari);

ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);

elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

ariza beruvchining mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

ish joyi va lavozimi;

ishga qabul qilinganligi bo‘yicha buyruq raqami va sanasi;

mehnat shartnomasi bekor qilinganligi bo‘yicha buyruq raqami va sanasi;

ish haqini tasdiqlash lozim bo‘lgan yillar;

ishlagan tashkilotning yuqori turuvchi organi nomi (agar mavjud bo‘lsa);

tashkilotning nomi o‘zgarganligi to‘g‘risida ma’lumot (agar mavjud bo‘lsa);

homiladorlik va tug‘ish ta’til yillari.

2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

5. Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

Bepul

6. Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:

Ish stajini tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun — 5 ish kunidan, ish haqini tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun — 20 ish kunidan oshmagan muddatda

7. Izoh:

1. Davlat xizmati nomi

O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy holatini aks ettiruvchi rasmiy statistika sohasidagi statistika dasturlariga muvofiq tayyorlanadigan yig‘ma statistika ma’lumotlarini taqdim etish

2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy va yuridik shaxslar

3. Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

1. So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun:

ariza beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSh ShIR ma’lumotlari);

so‘ralayotgan statistika ma’lumotlari bo‘yicha talab (nomi, davri va boshqalar);

ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);

elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun:

to‘liq nomi;

tashkiliy-huquqiy shakli;

elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

pochta manzili;

STIRi;

bank rekvizitlari (bank bo‘limi nomi, MFO va hisobvarag‘i);

so‘ralayotgan statistika ma’lumotlari bo‘yicha talab (nomi, davri va boshqalar).

2. Yuridik va jismoniy (jismoniy shaxs bo‘lganda notarial tasdiqlangan ishonchnoma) shaxs vakillari uchun ishonchnoma.

5. Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori

So‘rovnomaga asosan taqdim etiladigan har bir statistika ma’lumotini shakllantirish uchun bazaviy hisoblash miqd�rining 0,08 foizi.

Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etilganda:

18 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;

0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablag‘lar — vakolatli organga;

b) YIDXP orqali murojaat etilganda:

10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;

11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablag‘lar — vakolatli organga o‘tkaziladi.

6. Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati

Etti ish kuni (ikki ish kunidan oshmagan muddatda so‘rovnomaga ko‘ra ma’lumotning mavjudligi va qiymatini ma’lum qiladi hamda to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng besh ish kunidan oshmagan muddatda so‘ralgan ma’lumotlarni taqdim etadi).

7. Izoh

Davlat xizmati doirasida statistika dasturi va statistika faoliyatida yuritiladigan statistik tasniflagichlar asosida shakllantiriladigan statistika ma’lumotlari, shuningdek, ochiq manbalarda e’lon qilinadigan ma’lumotlar taqdim etiladi.

Quyidagi holatlar davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘lib hisoblanadi:

tarkibida davlat sirlari va qonunchilik bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir bo‘lgan, shuningdek, individual ma’lumotlarni so‘rash;

shakllantirilishi statistika dasturida nazarda tutilmagan yoki shakllantirish muddati hali kelmagan statistika ma’lumotlarini so‘rash.

Ushbu Pasport O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa normativ hujjatlar asosida vazirliklar va idoralar, korxonalar, tashkilot va muassasalarga belgilangan tartibda va statistika dasturida belgilangan muddatlarda taqdim etiladigan statistika ma’lumotlariga, shuningdek, vakolatli organga bevosita yoki boshqa manbalar orqali kelgan murojaatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

1. Davlat xizmati nomi

Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri (keyingi o‘rinlarda — KTYADR) bazasidan ma’lumotlarni taqdim etish

2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy va yuridik shaxslar

3. Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

So‘rovnomada shaxsg� oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun:

ariza beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSh ShIR ma’lumotlari);

ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);

elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun:

to‘liq nomi;

tashkiliy-huquqiy shakli;

elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

joylashgan joyi (pochta manzili);

STIRi;

bank rekvizitlari (bank bo‘limi nomi, MFO va hisobvarag‘i).

5. Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori

KTYADR bazasidan har bir tashkilot bo‘yicha taqdim etiladigan ma’lumotlar uchun:

tashkilot soni 100 tagacha bo‘lganda, BHMning 0,1 foizi miqdorida;

tashkilot soni 100 tadan 10 000 tagacha bo‘lganda, BHMning 0,02 foiz miqdorida;

tashkilot soni 10 000 tadan ortiq bo‘lganda, BHMning 0,01 foizi miqdorida.

Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etilganda:

18 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;

0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablag‘lar — vakolatli organga;

b) YIDXP orqali murojaat etilganda:

10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;

11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablag‘lar — vakolatli organga o‘tkaziladi.

6. Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati

Uch ish kuni (to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng)

7. Izoh

KTYADR bazasida davlat organlari va tashkilotlarning yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’muriy ma’lumotlaridan foydalangan holda, statistika tasniflagichlariga asosan shakllantirilgan ro‘yxat asosida ma’lumotlar taqdim etiladi.

ma’muriy ma’lumotlar — davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan o‘z vakolatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq shakllantiriladigan ma’lumotlar;

tasniflash — rasmiy statistika sohasida qabul qilingan usullar va belgilarga muvofiq obyektlar to‘plamini o‘xshashligi yoki farqi bo‘yicha alohida kichik to‘plamlarga ajratish.

Quyidagi tasniflagichlar yordamida tegishli tashkilotning xususiyatlari to‘g‘risida zarur ma’lumotlar shakllantiriladi:

iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichiga muvofiq tashkilot amalga oshiradigan iqtisodiy faoliyat turi;

ma’muriy-hududiy obyektni belgilash tizimiga (keyingi o‘rinlarda — MHOBT) muvofiq tashkilot joylashgan hudud;

tashkiliy-huquqiy shakllar tasniflagichiga muvofiq tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakli.

KTYADR bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish xizmati doirasida quyidagi ro‘yxat asosida ma’lumotlar olinishi mumkin.

Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish xizmati doirasida taqdim etiladigan ma’lumotlar

RO‘YXATI

Ma’lumot nomi

Ma’lumotning tasnifi

Tashkilot nomi

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yuridik shaxsning individual nomi.

Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami

(STIR)

Soliq organlari tomonidan yuridik, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga biriktiriladigan takrorlanmaydigan raqam.

Tashkilotning asosiy iqtisodiy faoliyat turi

Tashkilot qo‘shimcha qiymat hajmida hissasi yuqori bo‘lgan faoliyatning Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichga ko‘ra kodi.

Mazkur kod ro‘yxatdan o‘tish vaqtida belgilanadi va yillik statistika hisobotlariga asosan o‘zgartirilishi mumkin.

Ma’muriy-hududiy obyektni belgilash tizimi kodi

(MHOBT)

MHOBT kodi davlat ro‘yxatidan o‘tish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuridik shaxs tomonidan so‘rovnoma shakllantirilganda ko‘rsatilgan manziliga asosan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan biriktiriladi.

Joylashgan joyi

(pochta manzili)

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuridik shaxs tomonidan so‘rovnoma shakllantirilganda ko‘rsatilgan manzil hisoblanadi.

Telefon raqami

(mavjud bo‘lsa)

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuridik shaxs tomonidan so‘rovnoma shakllantirilganda ko‘rsatilgan telefon raqami.

Elektron pochta manzili

(mavjud bo‘lsa)

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuridik shaxs tomonidan so‘rovnoma shakllantirilganda ko‘rsatilgan elektron pochta manzili.

Tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha kodi va nomi

(THShT)

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq tashkilotlar tuzilishi mumkin bo‘lgan shaklning (tijorat (mas’uliyati cheklangan jamiyat, aksiyadorlik jamiyati va boshqalar), notijorat (muassasa, jamoat fondi, jamoat birlashmasi va boshqalar) kodi bo‘lib, yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlari asosida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar tomonidan belgilanadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ nomi

Qonunchilikda belgilangan yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki).

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana

Yuridik shaxs tashkil etilgan sana

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan raqam

Yuridik shaxs davlat ro‘yxatdan o‘tkazilgan reyestr raqami

Kichik tadbirkorlik subyektiga mansubligi

Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 24-avgustdagi 275-son qaroriga 1-ilovaga muvofiq kichik tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo‘lgan tashkilotlar.

Faollik holati

Faoliyat ko‘rsatayotgan, faoliyat ko‘rsatmayotgan va tugatilgan yuridik shaxslarning holati

Ustav fondi

Tijorat tashkilotlarida ulushlarga yoki muassislarning aksiyalariga bo‘lingan fond.

Ta’sischilar

Yuridik shaxslarning ta’sischilari hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslar.

Rahbar

Korxona va tashkilotda ijro etuvchi organi funksiyasini amalga oshirayotgan jismoniy shaxs

Bunda ma’lumotlar yuridik shaxslarning faollik holati (faoliyat ko‘rsatayotgan, faoliyat ko‘rsatmayotgan va tugatilgan) bo‘yicha taqdim etiladi.

Foydalanuvchilar bevosita vakolatli organning axborot resurslari yordamida real vaqt rejimida so‘ralayotgan alohida yuridik shaxsning STIR raqamini kiritib, mazkur bandda keltirilgan ma’lumotlarni bepul olishlari mumkin.

1. Davlat xizmati nomi

Kredit tarixini olish

2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy shaxslar

3. Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar)

“Kredit byurolari”

4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgarga� bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSh ShIR ma’lumotlari);

ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);

elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzili.

5. Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori

Bir yil ichida birinchi marta xizmatdan foydalanish — bepul, keyingilari uchun — BHMning 5 foizi miqdori.

Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etilganda:

18 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;

0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablag‘lar — vakolatli organga;

b) YIDXP orqali murojaat etilganda:

10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;

11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyih�larini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablag‘lar — vakolatli organga o‘tkaziladi.

6. Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:

Real vaqt rejimida

7. Izoh:

1. Davlat xizmati nomi

Fuqarolik holati dalolatnomalari arxiv ma’lumotnomalari (tug‘ilish, nikoh, nikohdan ajralish, o‘lim, yolg‘iz ona, otalikni belgilash, familiya, ism va otasining ismi o‘zgartirilganligi, ma’lumotlar mavjud yoki mavjud emasligi haqida va boshqa ma’lumotlar)

2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy shaxslar

3. Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy adliya boshqarmalari fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish arxivlari

4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

1. So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSh ShIR ma’lumotlari);

ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);

yashash manzili;

elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

2. Hujjat so‘ralayotgan shaxsning ma’lumotlari:

familiyasi, ismi, otasining ismi;

ma’lumotnoma turi (tug‘ilish, nikoh, nikohdan ajralish, o‘lim, yolg‘iz ona, otalikni belgilash, ma’lumotlar mavjud yoki mavjud emasligi haqida va boshqa ma’lumotlar);

dalolatnoma yozuvi qayd etilgan yil va sana:

talab etilayotgan ma’lumotlar qayd etilishi mumkin bo‘lgan davr;

dalolatnoma yozuvi qayd etilgan hudud (hudud nomi yoki respublika miqyosida).

3. So‘rovnomaga ilova qilinadigan hujjatlar:

uchinchi shaxslar manfaatida harakat qilinayotganda — notarial tasdiqlangan ishonchnoma (chet elda yashovchi fuqaro tomonidan berilgan hamda chet tilida tuzilgan ishonchnoma belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qo‘yilgan bo‘lishi lozim);

tegishli holatlarda marhumga qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar;

qonuniy vakil bo‘lsa, buni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

Pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi.

5. Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori

Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdori.

Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etilganda — yig‘im Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;

b) YIDXP orqali murojaat etilganda:

11,75 foiziRaqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (shu jumladan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablag‘lar — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.

6. Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati

2 ish kuni

7. Izoh


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi