Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

“Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish tartibi

3-bob. Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish tartibi

4-bob. Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan zararlarning o‘rnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplab berish tartibi

5-bob. Mulkiy va ma’naviy zararlarni qoplab berish tartibi

6-bob. Respublika va hududiy kompensatsiya jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisobot, nazorat va javobgarlik

Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni qoplab berish SXEMASI

Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy va ma’naviy zararlarni qoplab berish SXEMASI

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika maqsadli jamg‘armasidan mablag‘ ajratish bo‘yicha respublika kuzatuv kengashining TARKIBI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha hududiy kompensatsiya jamg‘armalaridan mablag‘ ajratish bo‘yicha hududiy kuzatuv kengashlarining NAMUNAVIY TARKIBI

Hujjat 10.01.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
a) 53-bandning 1 — 6-kichik bandlaridagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha mazkur mablag‘lar Toshkent shahar mahalliy budjeti va O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti o‘rtasida teng ulushlarda taqsimlanadi” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha hududiy maqsadli jamg‘armalarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 54-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar, Toshkent shahar mahalliy budjetlari va O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mahalliy budjetlari shaxsiy g‘azna” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha hududiy maqsadli jamg‘armalar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 6-band “budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi” so‘zlaridan keyin “, mazkur Nizomning 61-bandida ko‘rsatilgan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlar bundan mustasno” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
v) 7-bandning oltinchi xatboshisi “rejali budjet mablag‘lari” so‘zlaridan keyin “hamda Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha maqsadli jamg‘armalar mablag‘lari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
a) qarorning nomidagi “Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armalar” so‘zlari “Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha maqsadli jamg‘armalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-banddagi “Vazirlar Mahkamasining davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armasi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika maqsadli jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
g) ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati asosida yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra tegishli hujjatlarni jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘armalar kuzatuv kengashlarining (keyingi o‘rinlarda — kuzatuv kengashlari) ishchi organlariga murojaat qiladi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Kuzatuv kengashlari

Kuzatuv kengashlarining ishchi organlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan zararlarning o‘rnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplanishini moliyalashtirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Uch ish kuni mobaynida

3-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari

Etkazilgan zararlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha hududiy maqsadli jamg‘armalar hisobidan qoplab beradi.

Uch ish kuni mobaynida

4-bosqich

Kuzatuv kengashlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Mablag‘lardan maqsadli tejab foydalanishni belgilangan tartibda nazorat qilib boradi, mablag‘lardan foydalanish hisobini yuritadi hamda belgilangan tartibda hisobotini shakllantiradi.

Doimiy

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxs

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy va ma’naviy zararlarni qoplash bo‘yicha ariza, sud qarori va boshqa tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.

Ixtiyoriy

2-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Yuridik xizmat ariza va unga ilova qilingan tegishli hujjatlarni o‘rganib chiqib, quyidagi takliflardan birini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi yoki hokimga kiritadi:

1) ariza va unga ilova qilingan hujjatlarga asosan unda ko‘rsatilgan mablag‘larni to‘lab berish;

2) arizaga ilova qilingan sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritish (shikoyat loyihasini ilova qilgan holda).

Uch ish kuni ichida

3-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi

Yuridik xizmatning tegishli takliflari asosida quyidagi harakatlardan birini amalga oshiradi:

1) hisob-kitob bo‘limiga sud hujjatida ko‘rsatilgan mablag‘larini qoplab berish bo‘yicha ko‘rsatma beradi;

2) sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritadi.

Uch ish kuni ichida

4-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. Hisob-kitob bo‘limi:

a) hududiy kompensatsiya jamg‘armasida mavjud mablag‘lar doirasida ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda ko‘rsatilgan mablag‘larni ariza beruvchining bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi;

Bir ish kuni ichida

b) hududiy kompensatsiya jamg‘armasida yetarli mablag‘lar mavjud bo‘lmaganda mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashiga taklif kiritadi.

Ikki ish kuni ichida

2. Yuridik xizmat ariza beruvchiga ijro bo‘yicha ish yuritish to‘xtatilganligi haqida sudning tegishli qarorini (ajrimini) ilova qilgan holda xat yuboradi.

Ikki ish kuni ichida

5-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. Sudning ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi qarori (ajrimi) kelib tushgan kundan boshlab, sud hujjatida ko‘rsatilgan mablag‘lar ariza beruvchining tegishli bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

2. Sud hujjati belgilangan tartibda bekor qilinganda hududiy kompensatsiya jamg‘armasidan mablag‘lar to‘lashni rad etish to‘g‘risida ariza beruvchiga xat yuboradi.

Bir ish kuni mobaynida

6-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hududiy kompensatsiya jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan to‘lovlarni davlat organlarining budjetdan tashqari maxsus hisobvarag‘idan qoplash uchun talabnoma kiritadi.

Uch ish kuni mobaynida

5. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta’minlash hamda yer uchastkalarini olib qo‘yish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qarorining 5-banddagi “Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armalar” so‘zlari “Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha maqsadli jamg‘armalar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “2020 — 2022-yillarda Jizzax viloyatining Zomin tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-noyabrdagi 698-son qarorining 8-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘arma” so‘zlari “Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika maqsadli jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi