Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 19.01.2024 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin:
a) 3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
b) 5-bandning oltinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — Milliy geoaxborot tizimi)” so‘zlari “Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimida (UZKAD)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Milliy geoaxborot tizimiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — Milliy geoaxborot tizimi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidan “, tuman (shahar) yer kadastri daftari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
birinchi — to‘rtinchi xatboshilardan “Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “yer maydonida noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish” so‘zlari “yer maydonini qaytarish va/yoki unda noqonuniy qurilgan imoratlarni buzish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “Davlat soliq qo‘mitasi” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Davlat soliq qo‘mitasi” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning to‘rtinchi — yettinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi to‘rtinchi-beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
v) 5-bandning ikkinchi — yettinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) 11-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-avgustdagi “Uchinchi shaxslarga soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish chora-tadbirlari haqida”gi 529-son qarorida” so‘zlari “tegishlicha Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 186-son, 2021-yil 19-avgustdagi “Uchinchi shaxslarga soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish chora-tadbirlari haqida”gi 529-son hamda 2022-yil 18-oktabrdagi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 610-son qarorlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
nomlanishidagi “2022-2023-yillarda” so‘zlari “2022 — 2024-yillarda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
a) nomlanishi, muqaddima, 3 va 4-bandlar, 1 va 3-ilovalardagi “Davlat soliq qo‘mitasi” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 5-ilova quyidagi mazmundagi 9 — 11-pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin:

9.

Geografik obyektlarga nom berish tartibini yanada takomillashtirish.

Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) filiallarida geografik obyektlarga nom berish sohasida kadastr organlariga yuklatilgan vazifalarni bajaradigan xodimlarning ish haqi xarajatlarini Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga muvofiq tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ijara va mulk huquqi asosida sotishdan tushgan mablag‘larning Davlat kadastrlari palatasiga yo‘naltiriladigan qismi (“Yerelektron” AATni texnik ko‘llab-quvvatlash va uni yuritish bilan bog‘liq shtat birliklarini saqlash uchun) hisobidan moliyalashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yildan boshlab

Kadastr agentligi

10.

Kadastr sohasida oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonlari va ishlab chiqarishdagi uzviylikni ta’minlash maqsadida Kadastr agentligining tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarda tegishlicha oliy ta’lim muassasalari kafedralarining amaliyot filiallarini ochish.

1. Kadastr agentligining tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi quyidagi tashkilotlarda tegishlicha oliy ta’lim muassasalari kafedralarining amaliyot filiallarini ochish:

a) “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti kafedrasi filialini — Respublika aerogeodeziya markazida;

b) O‘zbekiston milliy universiteti kafedrasi filialini — Davlat kadastrlari palatasida;

v) Toshkent davlat texnika universiteti kafedrasi filialini — Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasida;

g) Termiz muhandislik-texnologiya instituti kafedrasi filialini — Respublika aerogeodeziya markazining Surxondaryo hududlararo bo‘linmasida;

d) Guliston davlat universiteti kafedrasi filialini — Davlat kadastrlari palatasining Sirdaryo viloyati boshqarmasida;

e) Qoraqalpoq davlat universiteti kafedrasi filialini — Respublika aerogeodeziya markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasida;

j) Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti kafedrasi filialini — Davlat kadastrlari palatasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasida;

z) Farg‘ona politexnika instituti kafedrasi filialini — Respublika aerogeodeziya markazining Farg‘ona hududlararo bo‘linmasida;

i) Urganch davlat universiteti kafedrasi filialini — Respublika aerogeodeziya markazining Xorazm hududlararo bo‘linmasida;

k) Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti kafedrasi filialini — Respublika aerogeodeziya markazining Samarqand hududlararo bo‘linmasida.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil mart

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kadastr agentligi

2. Kafedralar amaliyot filiallarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan o‘lchash vositalari, texnika va mebel bilan jihozlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil may

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kadastr agentligi

11.

Kadastr sohasida oliy ta’lim muassasalari va Kadastr agentligining tizim tashkilotlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Oliy ta’lim va ishlab chiqarishdagi uzviylikni ta’minlash maqsadida Agentlikning hududiy tuzilmalarida tegishlicha oliy ta’lim muassasalari kafedralarining amaliyot filiallarini ochish ishlarini amalga oshirish.

Hamkorlik shartnomalari

2024-yil mart

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kadastr agentligi

.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi