Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 06.02.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari vakolatlari, mahalliy Kengash raisi va hokim lavozimlari bir-biridan ajratilganligi hokimiyatlar bo‘linishiga oid konstitutsiyaviy tamoyilning mahalliy darajada ijrosini ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi.
Shu bilan birga, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlar mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning haqiqiy “ovoziga” aylantirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yishni talab etmoqda.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan hokimlar va xalq deputatlari Kengashlari vakolatlari taqsimlanishiga asoslangan davlat hokimiyatini tashkil etishning yangi modelini to‘liq amalga oshirish, mahalliy Kengashlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi rolini kuchaytirish, mahalliy davlat hokimiyatini yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda yo‘lga qo‘yish maqsadida:
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
5. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda mazkur Farmonga 3-ilovaga muvofiq qonunchilik hujjatlari bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasida ixtisoslashtirish bo‘yicha takliflarni Adliya vazirligiga kiritsin.
ushbu Farmonning 1-2-ilovalarida nazarda tutilgan takliflarni ro‘yobga chiqarish maqsadida tegishli qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish to‘g‘risida;

T/r

Vakolatning qisqacha mazmuni

Vakolat o‘tkazilishi taklif etilayotgan organ

Normativ-huquqiy hujjat

1.

Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari bilan kelishgan holda tegishli hududda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari

O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni

(13-modda)

2.

Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari bilan kelishgan holda davlat ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, bundan respublika tasarrufidagi ta’lim muassasalari mustasno.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni

(27-modda)

3.

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manba hisoblanadigan ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini saqlash poligonlarining joyini davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilash.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari

O‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni

(21-modda)

4.

Atmosfera havosining holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi korxonalar, inshootlar, transport magistrallari va boshqa obyektlarni qurish joylarini belgilash, ularni qurish hamda qayta qurish loyihalarini kelishish.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari

O‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni

(22-modda)

5.

Radioaktiv chiqindilarni va kimyoviy moddal�rni ko‘mib tashlashga (davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda) rozilik berish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni

(42-modda)

6.

Chiqindilar ko‘mib tashlanadigan joylarni (xavfli chiqindilar bundan mustasno) belgilash.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni

(22-modda)

7.

Shahar yo‘lovchilar transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish haqini to‘lashning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi tariflarini belgilash.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

O‘zbekiston Respublikasining “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonuni

(16-modda)

8.

Yo‘nalishlarni tashkil etish, shu jumladan yangi yo‘nalishlar ochish va ishlab turganlarini o‘zgartirish, bekatlarni, to‘xtab o‘tish va dispetcherlik manzillarini joylashtirish yerini kelishish.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari

O‘zbekiston Respublikasining “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonuni

(19-modda)

9.

Shahar yo‘lovchilar transportidan foydalanish chog‘ida fuqarolarning alohida toifalari uchun imtiyozli tariflar joriy etish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

O‘zbekiston Respublikasining “Transport to‘g‘risida”gi Qonuni

(11-modda)

10.

Xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi qarorlarni mahalliy mehnat organlarining taqdimnomalari bo‘yicha yoki mustaqil ravishda olti oygacha muddatga to‘xtatib turish.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi

(98-modda)

O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni

(18-modda)

11.

Ish o‘rinlarini tashkil etishga bo‘lgan ehtiyojning dastlabki parametrlarini tasdiqlash.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari

O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni

(23-modda)

12.

Hududlarning ekologik holati yoki hududlarda transport vositalari va odamlar harakatining alohida tartibidan kelib chiqib, aviatsiya ishlarini bajarish shartlari va cheklovlarini belgilash.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi

(95-modda)

13.

Tabiiy ofat, avariyalar ro‘y bergan taqdirda va boshqa favqulodda holatlarda, shuningdek korxona vodoprovod suvini limitdan ortiqcha olgan taqdirda, aholining ichimlik suvga bo‘lgan ehtiyojlarini va maishiy ehtiyojlarini birinchi navbatda qondirish manfaatlarini ko‘zlab, kommunal vodoprovodlardan sanoat maqsadlari uchun ichimlik suv iste’molini qisqartirish yoki taqiqlab qo‘yish, idoralarga qarashli ichimlik suv beradigan xo‘jalik vodoprovodlari suvidan sanoat maqsadlari uchun foydalanishni vaqtincha cheklab qo‘yish.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari

O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni

(57-modda)

14.

Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bo‘yicha xizmatlar uchun tariflarni tasdiqlash.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

O‘zbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi Qonuni

15.

Tabiiy obyektlarga, transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlariga nom berish hamda ularning nomlarini o‘zgartirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni

(11-modda)

16.

Hovli, uy atrofi hududlarini saqlash va turar joylardan foydalanish qoidalarini tasdiqlash.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari

O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni

(23-modda)

17.

Mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining chegaralarini hamda tegishli obyektlar hududlarida shaharsozlik faoliyatini tartibga solish tartibotini belgilash.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi

(21-modda)

18.

Aholi punktlarining hududiy zonalari toifalariga mahalliy sharoitlardan kelib chiqib o‘zgartirish kiritish, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalarini hisobga olgan holda ularga yer uchastkalarini hamda boshqa obyektlarni kiritish.

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari

O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi

(63-modda)

19.

Toshkent shahri hududida alohida tartibga solinadigan sha�arsozlik faoliyati obyektlarini umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar jumlasiga kiritish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taqdimnoma kiritish.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi

O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi

(76-modda)

20.

Quyidagi toifadagi alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarini mahalliy ahamiyatga molik (umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar jumlasiga kiritilmagan) obyektlar jumlasiga kiritish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdimnoma kiritish:

tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siriga duchor bo‘lgan hududlar;

yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori konsentratsiyalardan ortiqcha kimyoviy va (yoki) biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar bilan, yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori darajalardan ortiqcha radioaktiv moddalar bilan ifloslangan hududlar.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi

(76-modda)

21.

Tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siriga duchor bo‘lgan hududlarni umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar jumlasiga kiritish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taqdimnoma kiritish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi

(76-modda)

22.

Quyidagi toifadagi alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarini mahalliy ahamiyatga molik (umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar jumlasiga kiritilmagan) obyektlar jumlasiga kiritish:

muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;

hayot faoliyatining alohida rejimiga ega bo‘lgan aholi punktlari (harbiy obyektlar, boshqa rejimli hududlar, davlat qo‘riqxonalari hududlarida va qo‘riqlanadigan boshqa tabiiy hududlarda joylashgan aholi punktlari) hududlari;

Nukus shahri hamda viloyatlarning ma’muriy markazlari bo‘lgan shaharlar hududlari, shuningdek madaniy meros obyektlari mavjud bo‘lgan shaharlar hududlari.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi

(76-modda)

23.

Investitsiya faoliyati sohasida eshituvlarni amalga oshirish.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari

O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni

(33-modda)

24.

Mahalliy ahamiyatga molik tabiat bog‘larini davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida tashkil etish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni

(23-modda)

25.

Tabiiy obyektlarni davlat tabiat yodgorliklari deb e’lon qilish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni

(27-modda)

26.

Buyurtma qo‘riqxonalarini tashkil etish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni

(31-modda)

27.

Tabiiy pitomniklarni tashkil etish.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari

O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni

(33-modda)

28.

Mahalliy ahamiyatga molik kurort tabiiy hududlarni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan tashkil etish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni

(36-modda)

29.

Rekreatsiya zonalarini, jumladan davlat o‘rmon fondi uchastkalaridagi rekreatsiya zonalarini vakolatli davlat organlari bilan kelishgan holda tashkil etish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni

(38-modda)

30.

Mahalliy ahamiyatga molik botanika va dendrologiya bog‘larini tashkil etish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni

(18-19-moddalar)

31.

Ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlarni tasdiqlash.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-son Farmoni

32.

O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha hududiy harakatlar rejalarini tasdiqlash.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-son qaroriga 1-ilova

(30-band)

33.

Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari direktorlarining qonunchilik bilan zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan hisobotini har yil yakuni bo‘yicha eshitish.

Eshitish natijalari bo‘yicha Markaz direktorlarini rag‘batlantirish (shu jumladan boshqa lavozimlarga ko‘tarish) va ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rish (shu jumladan lavozimidan ozod qilish) bo‘yicha taklif kiritish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5279-son qarori

(2-band)

T/r

Vakolat va funksiyaning qisqacha mazmuni

Tizimlashtiriladigan vakolat va funksiya

Normativ-huquqiy hujjat

1.

Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshliqlarining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi hisobotini har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida eshitish.

Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshliqlarining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, shuningdek, jamoat xavfsizligi haqidagi hisobotini har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida eshitish.

O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni

(131-modda)

Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshliqlarining o‘rinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlarining jamoat xavfsizligi haqidagi hisobotini har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida eshitish.

Mahalla huquq-tartibot maskanlarining profilaktika katta inspektorlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash holati to‘g‘risidagi hisobotini har olti oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida eshitish.

Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshliqlarining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi hisobotini har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida eshitish.

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni

(252-modda)

Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshliqlarining o‘rinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlarining jamoat xavfsizligi haqidagi hisobotini har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida eshitish.

Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshliqlarining hisobotini har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari majlislarida eshitish.

Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshliqlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlarining hisobotlarini har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari majlislarida eshitish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-sonli Farmoni

(2-band)

Muvofiqlashtirish boshqarmalari boshliqlarining hisobotini har chorakda, ularning o‘rinbosarlari hisobotini har oyda Toshkent shahri tumanlari xalq deputatlari Kengashlari majlislarida eshitish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-fevraldagi PQ-3528-son qarori

(5-band)

Jamoat xavfsizligini ta’minlash natijalarining tahlilini har oyda hisobot davri yakuniga ko‘ra xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining majlislarida muhokama qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi PQ-4075-son qarori

(1-band)

2.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi hisobotini har chorakda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlarida eshitish.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlarining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, shuningdek, jamoat xavfsizligi haqidagi hisobotini yiliga ikki marotaba xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida eshitish.

O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni

(131-modda)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlarining jamoat xavfsizligi haqidagi hisobotini har chorakda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlarida eshitish.

Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi hisobotini har chorakda xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlarida eshitish.

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni

(252-modda)

Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlarining jamoat xavfsizligi haqidagi hisobotini har chorakda xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlarida eshitish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Toshkent shaha� va viloyatlar Kengashlari majlislarida har chorakda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining hisobotlarini eshitish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-sonli Farmoni

(2-band)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari majlislarida hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari o‘rinbosarlari — jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlarining hisobotini har chorakda eshitish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoni

(6-band)

3.

Adliya vazirligi hududiy organlarining huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati haqidagi axborotini har yili tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlariga taqdim etish.

Hududiy adliya organlari rahbarlarining joylardagi norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati haqidagi axborotini har yili xalq deputatlari viloyatlar, tuman va shahar Kengashlarida eshitish.

O‘zbekiston Respublikasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni

(8-modda)

Hududiy adliya boshqarmalari boshliqlarining joylardagi norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risidagi axborotini har yarim yillik yakunlari bo‘yicha tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga taqdim etish.

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni

(253-modda)

Tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlarining boshliqlari har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida axborot taqdim etish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri, hududiy adliya boshqarmalari boshliqlarining joylarda norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborotini har yarim yil yakuni bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlarida eshitish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son Farmoni

(6-band)

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hududiy boshqarmalarining huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati to‘g‘risidagi axborotini har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida eshitish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-fevraldagi PQ-2761-son qarori

(7-band)

4.

Hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, budjetning daromadlar bazasini oshirish �a yangi ish o‘rinlari barpo etish bo‘yicha hisobotini har chorakda eshitish.

Viloyat va Toshkent shahar hokimlarining tegishli hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari, shu jumladan budjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish o‘rinlari barpo etish yuzasidan hisobotlarini tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida har chorakda eshitish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi PF-5283-son Farmoni

(2-band)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlaridagi vazifalarning bajarilishi yuzasidan hisobotini har chorak yakuni bo‘yicha eshitish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni

(12-band)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosarining, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimlari birinchi o‘rinbosarlarining Dasturlarni (respublikada kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, aholining o‘�ini o‘zi band qilishini rivojlantirish, ayollar uchun imkoniyatlarni oshirish va yosh avlodni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari) amalga oshirish samaradorligi borasidagi hisobotlarini har chorakda eshitish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi PQ-4498-son qarori

(7-band)

5.

Hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, budjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish o‘rinlari barpo etish bo‘yicha hisobotini har chorakda eshitish.

Tuman va shahar hokimlarining tegishli hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari, shu jumladan budjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish o‘rinlari barpo etish yuzasidan hisobotlarini xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida har chorakda eshitish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi PF-5283-son Farmoni

(2-band)

Tuman (shahar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari tuman (shahar) oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari bilan birgalikda dasturlar ijrosini, shu jumladan ajratilgan kreditlar samaradorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotini har chorak yakuni bo‘yicha eshitish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-son qarori

(5-band)

Tuman va shaharlar hokimlari birinchi o‘rinbosarlarining kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, aholining o‘zini o‘zi band qilishini rivojlantirish, ayollar uchun imkoniyatlarni oshirish va yosh avlodni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlarini amalga oshirish samaradorligi borasidagi hisobotini har chorakda eshitish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi PQ-4498-son qarori

(7-band)

Tumanlar (shaharlar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari — Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari rahbarlarining dasturlar ijrosini, shu jumladan, ajratilgan kreditlar samaradorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotini har chorak yakuni bo‘yicha eshitish.

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-son qarori

(6-band)

Tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining hokim yordamchilari axborotlarini eshitish yakunlari bo‘yicha hisobotini eshitish.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-avgustdagi 450-son qaroriga 1-ilova

(7-band)

6.

Har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) hokimlarining o‘z hududlarining shaharsozlik hujjatlari ijrosi yuzasidan hisobotlarini tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari Kengashlarida eshitish.

Viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) hokimlarining shaharsozlik hujjatlari ijrosi va geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalar faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini har yili tegishincha viloyatlar, �uman va shahar Kengashlarida eshitish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-299-son qarori

(14-band)

Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalarning o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini har yili tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida eshitish.

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son qaroriga 3-ilova

(6-band)

7.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlarining — yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni hal etishga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish choralarini ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotini har oyda kamida bir marotaba eshitish.

Yoshlar ishlari agentligi hududiy (boshqarmalari) bo‘linmalari rahbarlarining yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni hal etishga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish choralarini ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotini har yarim yilda tegishincha xalq deputatlari viloyatlar, tuman va shahar Kengashlarida eshitish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PF-6017-son Farmoni

(11-band)

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan rahbarlarning hisobotini eshitish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Farmoni

(11-band)

8.

Tegishli prokurorlarning hisobotlarini eshitish.

Tegishli prokurorlarning o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarini har yil yakuni bo‘yicha tegishincha xalq deputatlari viloyatlar, tuman va shahar Kengashlarida eshitish.

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni

(24-modda)

Tegishli prokurorlarning o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Kengashlarida har yil yakuni bo‘yicha eshitish.

O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni

(5-modda)

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini har yarim yilda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida eshitish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni

(4-band)

9.

Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hududda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek, sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi hisobotlarini tegishincha xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida har yarim yillik yakuni bo‘yicha eshitish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hududda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek, sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi hisobotlarini har yarim yillik yakunlari bo‘yicha tegishincha xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida eshitish.

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni

(255-modda)

Toshkent shahrida tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalari rahbarlari va mutaxassislarining hisobotini har chorakda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashida eshitish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyundagi PQ-3039-son qarori

(3-band)

10.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlarning tahlili, hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini o‘rganish natijalarini har oyda bir marotaba xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida muhokama qilish.

Xalq qabulxonalari tomonidan ularga kelib tushayotgan murojaatlarning mazmuni va ularning tahlili haqidagi axborotni tegishincha xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida har chorakda muhokama qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son qarori

(19-band)

Jamoatchilik nazoratining natijalari, aniqlangan muammolar to‘g‘risida umumlashgan ma’lumotlar, shuningdek, tegishli mansabdor shaxslarning hisobotini eshitish bo‘yicha takliflarni har chorakda xalq deputatlari Kengashlari majlislarida muhokama qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-apreldagi PF-5700-son Farmoni

(1-band)

T/r

Vazifa va funksiyalar belgilangan normalar

Normativ-huquqiy hujjat nomi

Mas’ul

I. Mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasida aniq belgilanishi nazarda tutilayotgan vazifa va funksiyalar

1.

5-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:

uy-joy t�g‘risidagi qonunchilikning ijrosini ta’minlash;

uy-joy fondini va kommunal obyektlarni boshqarishni tashkil etish;

o‘z tasarrufidagi hududda kommunal xizmatlarga oid tarif siyosatini belgilangan tartibda shakllantirish;

uy-joy fondini hisobga olish;

davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va fuqarolarga ijara shartnomasi shartlari asosida berish;

davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ulardan belgilangan maqsadda foydalanish uchun yuridik shaxslarga arenda shartnomasi shartlari asosida berish;

uy-joy fondidan foydalanilishi va uning asralishi, aholiga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar sifati ustidan nazoratni ta’minlash;

aholining ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam ta’minlangan toifalari orasidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish hamda ularni aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan uy-joy bilan ta’minlash;

fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam ta’minlangan toifalari uchun uy-joy qurish;

uy-joy quruvchilarga uy-joy qurish uchun, shuningdek, uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga doimiy foydalanishga belgilangan tartibda yer uchastkalari berish;

uy-joy fondiga xizmat ko‘rsatuvchi kommunal xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va transport infratuzilmasi obyektlarining lozim darajada saqlanishi hamda rivojlantirilishini ta’minlash;

davlat uy-joy fondining turar joylarini bronlashtirish va almashtirish;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

2.

8-modda. Uy-joy fondi turlari

...

(uchinchi qism) Davlat uy-joy fondiga quyidagilar kiradi:

mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘lgan, mahalliy budjetga tushgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan munitsipal uy-joy fondi;

...

mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘lgan, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan barpo etilgan, shuningdek, xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta’minlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanish uchun berilgan aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi.

3.

12-modda. Yer tuzishning vazifalari va mazmuni

...

(ikkinchi qism) Yer tuzish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, mahalliy davlat hokimiyati organining topshirig‘iga yoki yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari tomonidan amalga oshiriladi.

...

O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

4.

25-modda. Jarima

...

(beshinchi qism) Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan belgilanadigan jarimaning eng ko‘p miqdori ushbu Kodeksning 6-moddasiga binoan fuqarolarga — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oshmasligi kerak.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks

Bosh prokuratura, Oliy sud

5.

10-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari

Tabiatni muhofaza qilish sohasida:

o‘z hududida tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, mintaqaning (hududning) ekologiya dasturini tasdiqlash;

tabiiy resurslarni hisobga olish va ularning ahvoliga baho berish, ekologiya jihatidan zararli bo‘lgan obyektlarni ro‘yxatga olish;

tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni moddiy-texnika jihatidan ta’minlash;

tabiiy resurslardan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatn�malarni belgilangan tartibda berish;

tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlar undirish;

tabiatning muhofaza qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish, atrof-muhitga zarar yetkazayotgan mahalliy ahamiyatga molik obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to‘xtatish va qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish.

O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

6.

22-modda. Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish shartlari

...

(ikkinchi qism) Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishning atrof-muhitga xavfsizligi uchun chiqindilarning mulkdorlari javob beradilar. Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlarini tegishli hududga joylashtirish masalalarini mahalliy davlat hokimiyati organlari hal qiladi.

7.

33-modda. Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy tartiboti

...

(uchinchi qism) O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining qarorlarida tabiatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy rag‘batlantirishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.

...

8.

7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi tasarrufiga quyidagilar kiradi, chunonchi:

o‘z hududidagi suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash;

suv resurslaridan foydalanishni tartibga solish va ularni muhofaza qilish sohasida qonuniylik hamda huquq-tartibotni ta’minlash;

suv obyektlari holatini hisobga olib borish va ularga baho berish, suvlardan foydalanilishi va ularning muhofaza qilinishi, belgilangan suv olish limitlariga rioya etilishi, suvdan foydalanuvchilarning suvdan foydalanish hisobini yuritishlari ustidan nazorat qilib borish;

suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha aniq yo‘naltirilgan ro‘yxatlarni shakllantirish va tasdiqlashda, shuningdek, ularning amalga oshirilishini nazorat qilishda ko‘maklashish;

suv iste’molchilari uyushmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarini ta’mirlash hamda tiklash, tomorqa yerlariga suv yetkazib berish tadbirlarini amalga oshirishda ko‘maklashish;

suv obyektlarini saqlash va ularning holatini yaxshilash, suvlarning zararli ta’sir ko‘rsatishining, shuningdek, bulg‘anishining oldini olish va uni bartaraf etish hamda avariyalar, toshqin, sel va tabiiy ofatlar natijasida vayron bo‘lgan obyektlarni tiklash yuzasidan tadbirlar o‘tkazish;

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa masalalarni tartibga solish.

O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni

Suv xo‘jaligi vazirligi

9.

41-modda. Aholini markazlashgan tartibda suv bilan ta’minlash

...

(ikkinchi qism)

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar olayotgan suvlarini hisobga olib borishni tashkil etadi, suv bilan ta’minlash manbalaridagi suvning sifati holatini muntazam kuzatib boradi va manbalarda suv sifati o‘zgarganligi hamda ishlatilgan suv miqdori haqida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar, ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish, sanitariya nazorati organlariga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga ma’lumotlar berib turadi

10.

87-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi nizolarni hal qilishga doir vakolati

Tegishli hududda suv obyektlaridan foydalanish masalalari yuzasidan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda fuqarolar o‘rtasidagi suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi nizolarni hal qilish mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatiga kiradi, suv xo‘jaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari hamda shunga vakolatli boshqa organlar hal qilishi lozim bo‘lgan nizolar bundan mustasno.

11.

6-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tasarrufiga quyidagilar kiradi:

sog‘liqni saqlash sohasida inson huquqlarini himoya qilish;

fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi qonunchilik bajarilishini ta’minlash;

sog‘liqni saqlash tizimining boshqaruv organlarini shakllantirish, uning muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish;

birlamchi tibbiy-sanitariya va tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkil etish, ulardan hammaning bahramand bo‘la olishini ta’minlash, tasarrufdagi hududda fuqarolarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash;

farmatsevtika faoliyatining yo‘nalishini — dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalashni belgilangan tartibda amalga oshirish;

sog‘liqni saqlash xarajatlarini moliyaviy ta’minlashning o‘z manbalarini shakllantirish;

fuqarolarning sanitariya-epidemiologiya jihatidan xotirjamligini ta’minlash, profilaktika, sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;

atrof-muhitni muhofaza etish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash;

favqulodda vaziyatlarda odamlarning hayotini saqlab qolish va ularning sog‘lig‘ini muhofaza etish chora-tadbirlarini ko‘rish, fuqarolarni favqulodda vaziyat zonasidagi ahvol va ko‘rilayotgan chora-tadbirlardan xabardor qilish;

sog‘liqni saqlash tizimi organlari, muassasalari va korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish, sog‘liqni saqlash muassasalarida ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordam sifatini nazorat qilib borish;

nogironligi bo‘lgan shaxslarning va tibbiy-ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning kuch-quvvatini tiklaydigan muassasalar tashkil etish va ular faoliyatini ta’minlash;

oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

fuqarolarga sanitariya-gigiyena va ekologiya ta’limi berishni tashkil etish;

sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlarini rivojlantirishni rag‘batlantiruvchi sharoitlar yaratish;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni

Sog‘liqni saqlash vazirligi

12.

5-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi

Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshiradilar.

O‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Transport vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

13.

53-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

tegishli hududda atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi.

14.

113-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z hududi doirasida:

energiyadan oqilona foydalanish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;

energiyadan oqilona foydalanishni rivojlantirish davlat dasturlari va loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

energiyadan oqilona foydalanishni rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlarni va loyihalarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

energiyadan oqilona foydalanishga doir dasturlari va loyihalarining ijrosi yuzasidan tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;

energiya jihatidan samarador va energiya jihatidan tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni

Energetika vazirligi

15.

12-modda. Madaniy meros obyektini Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatiga kiritish

Tarixiy-madaniy qimmatga ega bo‘lgan obyektlarni Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatiga kiritish O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning takliflari asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni

Madaniy meros agentligi

16.

12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining shahar yo‘lovchilar transporti faoliyatini tartibga solish va boshqarish sohasidagi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash va kompleks mintaqaviy dasturlarni tasdiqlash;

aholiga transport xizmati ko‘rsatish haqida shahar yo‘lovchilar transportini boshqarish organi bilan shartnoma tuzish va transport harakatini tashkil etish rejasini tasdiqlash;

yo‘l qo‘yiladigan doiradagi tariflarni belgilash va ularga rioya etilishi ustidan nazoratni uyushtirish;

bekatlar, to‘xtab o‘tish va dispetcherlik manzillarini, boshqa obyektlarni joylashtirish, qurish va obodonlashtirish masalalarini hal etish;

yo‘lovchilar tashish ishining sifati ustidan nazorat qilish;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasining “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonuni

Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

17.

19-modda. Yo‘nalishlarni tashkil etish. Bekatlar, to‘xtab o‘tish va dispetcherlik manzillari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari va shahar yo‘lovchilar transportini boshqarish organlari, aholining ehtiyojlariga qarab yo‘nalish tarmoqlarini hamda shahar yo‘lovchilar transportining har xil turlarini ulardan samarali foydalanishni nazarda tutgan holda rivojlantirishni ta’minlaydilar.

Yo‘nalishlarni tashkil etish, shu jumladan yangi yo‘nalishlar ochish va ishlab turganlarini o‘zgartirish, bekatlarni, to‘xtab o‘tish va dispetcherlik manzillarini joylashtirish yerini aniqlash shahar yo‘lovchilar transportini boshqarish organi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.

18.

7-modda. Davlat hokimiyati mahalliy organlarining davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi vakolatlari

Davlat yer kadastrini yuritish sohasida quyidagilar davlat hokimiyati mahalliy organlarining vakolatlariga kiradi:

yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar hamda ularga oid bitimlarning davlat ro‘yxatiga olinishini tashkil etish;

davlat yer kadastrini yuritish ishlarini mahalliy budjet hisobidan moliyalash;

davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish va nazorat qilish;

qonunchilikka mu�ofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasining

Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

19.

11-modda. Davlat hokimiyati mahalliy organlarining asosiy vakolatlari

Davlat hokimiyati mahalliy organlarining avtomobil transport sohasidagi asosiy vakolatlari quyidagilardir:

avtomobil transportini rivojlantirish kompleks mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga, barcha tashuvchilarning faoliyati uchun teng sharoitlar yaratishga ko‘maklashish;

avtomobil transportining moddiy-texnika va ijtimoiy negizini mustahkamlashga ko‘maklashish.

Davlat hokimiyati mahalliy organlari qonunchilikka muvofiq avtomobil transporti sohasida boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi Qonuni

Transport vazirligi

20.

11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni tashkil etadilar;

davlat yer kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ishlarini qonunchilikda belgilangan tartibda mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiradilar;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonuni

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

21.

14-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

tegishli safarbarlik topshiriqlari bajarilishini ta’minlaydilar;

o‘z hududlarida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda safarbarlik rejalari hamda davlat va safarbarlik zaxiralari moddiy boyliklarini jamlash topshiriqlari bajarilishi ustidan nazorat olib boradilar;

harbiy hisobga olish ishini, harbiy va muqobil xizmatga chaqirishni, safarbarlik, harbiy yig‘inlarni tashkil etishda, shuningdek, safarbarlik va urush davrida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga bron berishda qatnashadilar;

fuqaro muhofazasi tadbirlari bajarilishini ta’minlaydilar;

hududiy mudofaa tadbirlarini rejalashtirishda va ularning bajarilishini ta’minlashda qatnashadilar;

Qurolli Kuchlarning zarur mahalliy ishlab chiqarish mahsulotlariga, issiqlik va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlaydilar, ularga aloqa vositalarini beradilar, kommunal-maishiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatadilar;

harbiy qismlar, Qurolli Kuchlarning korxona, muassasa va tashkilotlari ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda er, xizmat xonalari hamda turar joy beradilar;

fuqarolarning harbiy xizmatni o‘tashi, jangovar harakatlarda qatnashishi munosabati bilan ularga, shuningdek, ularning oila a’zolari uchun belgilangan ijtimoiy kafolatlar amalga oshirilishini ta’minlaydilar;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.

O‘zbekiston Respublikasining “Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonuni

Mudofaa vazirligi

22.

18-modda. Urush holati

...

(ikkinchi qism) O‘zbekiston Respublikasi hududiga qo‘shinlar to‘satdan hujum qilgan yoki bostirib kirgan taqdirda harbiy okruglar qo‘shinlarining qo‘mondonligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari urush holati e’lon qilinishini kutmay hujumni yoki bosqinni daf etishning barcha chora-tadbirlarini ko‘rishlari shart.

23.

11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishga oid umumdavlat dasturlarini bajarishda ishtirok etadilar;

chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishga oid mahalliy dasturlarni tasdiqlaydilar;

chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratib beradilar;

chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlarini tegishli hududga joylashtirish masalalarini hal etadilar;

chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qiladilar;

chiqindilarni to‘plash va utilizatsiya qilish korxonalari tashkil etilishiga ko‘maklashadilar;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.

O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

24.

14-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida:

qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risidagi qonunchilik ijro etilishini ta’minlaydilar;

o‘z hududlarida qon va uning tarkibiy qismlari donorligini tashkil etadilar;

qon va uning tarkibiy qismlari donorligini rivojlantirishga mahalliy budjetdan mablag‘lar ajratadilar.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasida qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi Qonuni

Sog‘liqni saqlash vazirligi

25.

9-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazorati

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

26.

10-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanishda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolarning ishtiroki

...

Ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarishga aholini jalb etish maqsadida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, fuqarolar vakillaridan mahalliy davlat hokimiyati organlari qarori bilan maslahatlashuv komissiyalari tuzilishi mumkin. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni va ularning qo‘riqlanma zonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi, ana shu hududlarda yashovchi aholining manfaatlariga daxldor qarorlar maslahatlashuv komissiyalarining xulosalari inobatga olingan holda qabul qilinadi.

...

27.

11-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat boshqaruvi

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

28.

12-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish uchun yer uchastkalarini zaxira qilish

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish maqsadida maxsus vakolatli davlat organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning taklifiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan yer uchastkalari zaxira qilinadi.

...

29.

13-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va ularning faoliyat yuritishini tugatish

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan tashkil etiladi.

...

30.

17-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo‘riqlanishini tashkil etish

...

Agar davlat buyurtma qo‘riqxonalari va davlat tabiat yodgorliklari yuridik hamda jismoniy shaxslarga berilmagan yer uchastkalarida joylashgan bo‘lsa, ularning qo‘riqlanishini ta’minlash mahalliy davlat hokimiyati organlari va maxsus vakolatli davlat organlari zimmasiga yuklatiladi.

...

Kurort tabiiy hududlarni va rekreatsiya zonalarini qo‘riqlash mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ta’minlanadi.

...

31.

40-modda. Suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari hamda er usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalari

...

Suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari hamda yer usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalari tegishincha ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xo‘jaligi, sanitariya nazorati organlarining, geologiya tashkilotlarining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.

32.

48-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni moliyalashtirish

...

Davlat buyurtma qo‘riqxonalarini, davlat tabiat yodgorliklarini tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish uchun mablag‘lar mazkur muhofaza etiladigan tabiiy hududlar qaysi mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlari tasarrufida bo‘lsa, shu mahalliy davlat hokimiyati organ�ari, davlat organlari tomonidan ajratiladi.

33.

9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi hududiy dasturlarning ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi;

tegishli davlat organlarining aholini yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasining “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni

Sog‘liqni saqlash vazirligi

34.

7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining avtomobil yo‘llari sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini rivojlantirish hududiy dasturlarini maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalari tarmoqlarini rivojlantirish hamda takomillashtirish istiqbollarini maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda belgilaydi;

shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlar va ovullarning transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini loyihalashtirish sohasidagi normalar hamda standartlarga rioya etilishini ta’minlaydi;

xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini saqlashni ta’minlaydi;

xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining hisobini yuritadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonuni

Transport vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

35.

20-modda. Avtomobil yo‘llaridan foydalanish tartibi

...

(ikkinchi qism) Xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llaridan, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalaridan foydalanish tartibi maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonuni

Transport vazirligi

36.

6-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining muzeylarni boshqarish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan hamda o‘z hududida joylashgan muzeylarda turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining but saqlanishini ta’minlaydi;

o‘z hududidagi davlat muzeylarini moliyalashtirish miqdorini o‘z vakolatlari doirasida belgilaydi;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasining “Muzeylar to‘g‘risida”gi Qonuni

Madaniy meros agentligi

37.

9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining elektr energetikasi sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

elektr energetikasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

elektr energetikasi obyektlarini joylashtirish to‘g‘risida qonunchilikda belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi;

kelgusi yil uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan taqdim etilgan elektr energiyasi iste’moli hajmlarini kelishib oladi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tezkor-dispetcherlik boshqaruviga, shuningdek, elektr energiyasini hosil qilish, uzatish va taqsimlashga aralashishga haqli emas.

O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonuni

Energetika vazirligi

38.

8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yong‘in xavfsizligi sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

yong‘in xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlari amalga oshirilishida ishtirok etadi;

yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarining bajarilishini tashkil etadi;

mahalliy budjetlarning yong‘in xavfsizligiga, shu jumladan �ng‘indan saqlash xizmatining ta’minoti xarajatlariga doir qismining ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va ijro etilishini ta’minlaydi;

yong‘in o‘chiruvchilar depolari qurilishini amalga oshiradi, yong‘indan saqlash xizmatining mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan bo‘linmalarini belgilangan tartibda saqlaydi va moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlaydi;

yong‘in xavfsizligini ta’minlashning ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirilishini amalga oshiradi;

tegishli hududda yong‘inga qarshi alohida rejim o‘rnatadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

39.

15-modda. Yong‘inlarni o‘chirish

...

(beshinchi qism) Yong‘inlarni o‘chirish uchun yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarining kuchlari va vositalarini jalb qilishning mintaqalararo hamda mahalliy darajalardagi rejalari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.

40.

21-modda. Yong‘inga qarshi alohida rejim

Yong‘in xavfi yuqori bo‘lganda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan tegishli hududlarda yong‘inga qarshi alohida rejim o‘rnatilishi mumkin.

41.

8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z hududlari doirasida:

arxeologiya merosi obyektlari lozim darajada muhofaza qilinishi va saqlanishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi;

arxeologiya merosi obyektlarining but saqlanishi holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeologga arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini tashkil etishda yordam beradi;

er qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xo‘jalik, yo‘lsozlik ishlari va boshqa ishlar uchun yer uchastkalari ajratilishini loyihalashtirishda arxeologiya obyektlarini saqlash talablariga rioya qilinishini qonunchilikka muvofiq ta’minlaydi;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolarni arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, saqlash hamda targ‘ib qilishga doir tadbirlar o‘tkazishga ixtiyoriy asosda jalb etadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni

Madaniy meros agentligi

42.

9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholi o‘rtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

aholi o‘rtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi hududiy dasturlarning amalga oshirilishini tashkil etadi;

aholi o‘rtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi maqsadida tegishli davlat boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalarining hamda boyitilgan oziq-ovqat mahsuloti va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun mo‘ljallangan vitamin-mineral aralashmalar ishlab chiqaruvchilarning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

boyitilgan oziq-ovqat mahsulotining va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun mo‘ljallangan vitamin-mineral aralashmalarning sifati hamda xavfsizligini va ularni saqlash sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Aholi o‘rtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni

Sog‘liqni saqlash vazirligi

43.

8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining arxiv ishi sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan, tegishli hududda joylashgan davlat arxivlari va id�raviy arxivlarda turgan arxiv hujjatlarining saqlanishi uchun lozim darajadagi shart-sharoitlarni ta’minlaydi;

Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan, tegishli hududda joylashgan arxivlar va idoraviy arxivlarda turgan arxiv hujjatlarining holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

tegishli hududdagi davlat arxivlarini moliyalashtirish miqdorini o‘z vakolatlari doirasida belgilaydi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuni

Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi

44.

9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

Qoraqalpog‘isto� Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining OITSga qarshi kurashish markazini, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalarining va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining OITSga qarshi kurashish markazlarini, shuningdek, tumanlararo OIV infeksiyasiga tashxis qo‘yish laboratoriyalarini zamonaviy davolash-tashxis qo‘yish asbob-uskunalari bilan jihozlash hamda ularni ta’mirlash-rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;

aholi o‘rtasida OIV infeksiyasi profilaktikasi masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni

Sog‘liqni saqlash vazirligi

45.

12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ekologik nazorat sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishida ishtirok etadi;

hududiy ekologik dasturlarni tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

tegishli hududda davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi;

ekologik nazoratning boshqa subyektlari va ommaviy axborot vositalari bilan davlat ekologik nazorati masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

46.

8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

aholining ijtimoiy muhofaza qilinishini ta’minlashga, qonuniylik va huquq-tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘radi;

tegishli hududda huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalarning o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni

Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya

47.

7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda o‘z vakolatlari doirasida ishtirok etadi;

aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tegishli hududiy bo‘linmalarining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

hududlarning sanitariya-epidemiologik holatini yaxshilashga va tozaligini saqlashga, aholining sanitariya madaniyati darajasini oshirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni

Sog‘liqni saqlash vazirligi

48.

26-modda. Xo‘jalik va ichimlik suvi bilan ta’minlashga doir talablar

...

(ikkinchi qism)

Markazlashtirilgan tartibda xo‘jalik va ichimlik suvi yetkazib beriladigan suv quvurlari hamda ularning manbalari uchun maxsus tartibli sanitariya muhofazasi zonalari belgilanib, ular mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.

49.

31-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududining sanitariya muhofazasi

...

(to‘rtinchi qism)

Yuqumli va parazitar kasalliklarning paydo bo‘lish yoki tarqalish xavfi yuzaga kelgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlarining, ular o‘rinbosarlarining taqdimnomasiga ko‘ra tegishli hududlarda yoki obyektlarda belgilangan tartibda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etishi mumkin.

Cheklovchi tadbirlar (karantin) o‘tkazish tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.

50.

8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasida�i vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

tegishli hududda yoshlarga oid davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi;

yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

tegishli hududda yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar va muassasalarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;

yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishning samaradorligini oshirish uchun yoshlarning ehtiyoji monitoringi olib borilishini va baholanishini ta’minlaydi;

yoshlarning bandligi va ularni ishga joylashtirish siyosati ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi, mehnat bozori va yosh mutaxassislarni ishga joylashtirish amaliyoti monitoringini tashkil etadi;

yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni

Yoshlar ishlari agentligi

51.

8-modda. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi

Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

52.

12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;

hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

tegishli hududda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshiradi;

mahalliy ahamiyatga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish to‘g‘risidagi masalalarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

53.

22-modda. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi nazorat

...

Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

...

54.

8-modda. O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi

O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlikdunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni

55.

12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

tabiiy pichanzorlarda va yaylov joylarda pichan o‘rish hamda chorva mollarni o‘tlatish normalarini tasdiqlaydi;

tegishli hududda o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshiradi;

mahalliy ahamiyatga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish to‘g‘risidagi masalalarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

56.

18-modda. Botanika bog‘lari

...

Botanika bog‘lari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan tashkil etiladigan umumdavlat ahamiyatiga molik botanika bog‘lari va mahalliy ahamiyatga molik botanika bog‘lariga bo‘linadi.

...

57.

19-modda. Dendrologiya bog‘lari

...

Dendrologiya bog‘lari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan tashkil etiladigan umumdavlat ahamiyatiga molik dendrologiya bog‘lari va mahalliy ahamiyatga molik dendrologiya bog‘lariga bo‘linadi.

...

58.

24-modda. O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi nazorat

O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi nazorat davlat, idoraviy, ishlab chiqarish hamda jamoatchilik nazorati tarzida amalga oshiriladi.

O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

...

59.

30-modda. O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish

...

O‘�imlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish normalari va tartibi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.

...

60.

37-modda. Daraxtlar va butalarni kesish

...

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga faqat sanitariya maqsadlarida kesish hamda binolarni, inshootlarni va kommunikatsiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq holda kesish tartibida, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.

61.

44-modda. O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish normalari va normativlari

O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish normalari va normativlari quyidagilardan iborat:

...

tabiiy pichanzorlarda va yaylov joylarda pichan o‘rish hamda chorva mollarni o‘tlatishning mahalliy da�lat hokimiyati organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq tasdiqlangan normalari.

...

62.

9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ijtimoiy xizmatlar sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida:

ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;

ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;

ijtimoiy xizmatlar sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

ijtimoiy xizmatlar monitoringi yuritilishini ta’minlaydi;

ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlaydi va ularning hisobini yuritadi, ularga tegishli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadi;

aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari tahlilini o‘tkazadi;

ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat boshqaruvining hududiy organlari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

ijtimoiy xizmatlar sohasidagi boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

63.

10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida:

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

bolalarning har tomonlama, barkamol rivojlanishiga hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalanishiga ko‘mak�ashuvchi axborotdan erkin foydalanish uchun ularga sharoitlar yaratadi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘radi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi hamda ushbu faoliyatda ishtirok etuvchi boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

64.

14-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining urug‘chilik sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

urug‘chilik sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

urug‘chilik sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalarining urug‘chilik sohasida tadbirlar o‘tkazishga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi;

sug‘urta urug‘lik fondini tashkil etish uchun urug‘chilik xo‘jaliklarini aniqlaydi;

urug‘lik ekinlarini joylashtirish uchun urug‘chilik xo‘jaliklarini aniqlash bo‘yicha komissiya tuzadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonuni

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

65.

9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risidagi qonunchilikning ijro etilishini ta’minlaydi;

fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasidagi hu�udiy dasturlarning ishlab chiqilishini, tasdiqlanishini va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

tegishli davlat boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalarining fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

tegishli hududdagi tibbiyot muassasalarida ko‘rsatilayotgan, shu jumladan fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasida ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati ustidan nazoratni ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni

Sog‘liqni saqlash vazirligi

66.

7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida:

yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

yaylovlarda pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish normalari hamda muddatlarini tasdiqlaydi;

yaylovlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha choralar ko‘radi;

yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasining “Yaylovlar to‘g‘risida”gi Qonuni

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

67.

8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida energiya jihatidan samarador, energiyani tejovchi va innovatsion zamonaviy texnologiyalarning yaratilishi hamda joriy etilishiga, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining ishlab chiqarilishini tashkil etishga ko‘maklashadi;

qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qiladi;

qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini joylashtirish uchun yer uchastkalarining berilishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni

Energetika vazirligi

68.

10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining turizm sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

tegishli hududda turizm sohasidagi davlat siyosatini hamda ushbu sohani muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

turizm sohasidagi davlat dasturlarini va hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

vakolatli davlat organi va (yoki) uning hududiy bo‘linmasi bilan kelishuvga ko‘ra turizm sohasidagi hududiy dasturlarni, shu jumladan qisqa muddatli hamda o‘rta muddatli istiqbolda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar rejasini tasdiqlaydi;

tegishli hududda turizm sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi;

turistlar va ekskursantlarning tegishli hududlarda joylashgan turistik resurslardan hamda aloqa vositalaridan moneliksiz foydalanishini, shuningdek, ularning tibbiy, huquqiy va boshqa turdagi yordam olishini ta’minlaydi;

mavjud turistik salohiyatni tahlil qiladi va tegishli hududda turizmni rivojlantirish to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni taqdim etadi;

tegishli hududda joylashgan turistik resurslarni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi va ularni joriy etadi;

tegishli hududda turistik industriya obyektlarini rejalashtirish va qurish hamda ularning zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini ta’minlash bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;

investorlarni qidirish va jalb etishni, shuningdek, tegishli hududda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning barcha bosqichlarida ularga ko‘maklashishni amalga oshiradi;

aholi bandligi va daromadlarini oshirish maqsadida turizm sohasida tadbirkorlikni rivojlantiradi va qo‘llab-quvvatlaydi;

turistik axborot markazlarini tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni

Turizm qo‘mitasi

69.

7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasida davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi;

xotin-qizlarni huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

70.

14-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

atom energiyasidan foydalanish sohasidagi masalalarning jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida muhokama etilishini tashkil qiladi hamda unda ishtirok etadi;

radiatsiyaviy ta’sirdan fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i saqlanishini, jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, mol-mulki himoya qilinishini, shuningdek, atrof-muhit muhofaza qilinishini ta’minlashga doir tadbirlarda ishtirok etadi;

avariyaga oid tashqi rejani ishlab chiqishda ishtirok etadi;

yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini qurish uchun yer uchastkalarini ajratish bo‘yicha yer kadastri materiallarini tasdiqlaydi;

tegishli hududda atom energiyasidan foydalanish obyekti bilan bog‘liq avariya yuz bergan taqdirda jismoniy va yuridik shaxslarning harakatlar qilishga shayligi us�idan davlat nazoratini amalga oshiradi;

atom energiyasidan foydalanish obyekti bilan bog‘liq avariya oqibatlarini bartaraf etishga, cheklashga va kamaytirishga doir tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etadi;

aholini tegishli hudud doirasidagi radiatsiyaviy vaziyat va amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor etadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni

Energetika vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

71.

9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida:

ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishda qatnashadi;

ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirishda qatnashadi;

ilmiy faoliyatni rivojlantirish va uning zamonaviy infratuzilmasini yaratishga ko‘maklashadi;

ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning uzviy bog‘liqligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilaydi va amalga oshiradi;

ilmiy ishlanmalarni yaratish, qo‘llash va ommalashtirish bilan bog‘liq tizimli ishlarni tashkil etadi;

mahalliy axborot makonida ilm-fan va texnologiyalar asoslarini, yutuqlarini, shuningdek, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasiga oid tegishli tadbirlarni targ‘ib etishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

72.

20-modda. Davlat ilmiy dasturlari

...

(beshinchi qism) Ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlar tegishli hudud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish va yangi ilmiy ishlanmalarni joriy etishga qaratilgan ilmiy loyihalardan iborat bo‘ladi. Ular mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

73.

13-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonunchilikning ijro etilishini ta’minlaydi;

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

maktabgacha yoshdagi bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;

o‘z vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat-xususiy sheriklik borasidagi faoliyatni amalga oshiradi;

ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining va maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining ijtimoiy himoya qilinishini, hayoti, sog‘lig‘i muhofaza qilinishini, shuningdek huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga ko‘maklashadi;

maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimiga investitsiyalar jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘ra�i;

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beradi;

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra tegishli hududda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi, tugatadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

74.

27-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini tartibga solish bo‘yicha vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida hamda investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda quyidagilarni amalga oshiradi:

mahalliy darajada mamlakatning tegishli hududiga investitsiya qilish hajmlarini kengaytirishni rag‘batlantirishga qaratilgan investitsiya siyosatini olib borish, shu jumladan investitsiyalarni jalb qilish, hududda investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, tegishli hududdagi korxonalarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash;

investitsiya qilishni talab qiladigan istiqbolli loyihalarni, shuningdek bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini hamda yer uchastkalarini hududlarning ehtiyojlari va salohiyatidan (resurs, tabiiy-iqlim, mehnat va h.k.) kelib chiqqan holda o‘rganish va aniqlash;

investorlarning faoliyati bilan bevosita bog‘liq masalalarni, shuningdek, zarur hollarda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish vositasida istiqbolli tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;

tegishli hududdagi investitsiya loyihalarini, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash, ularni hal etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish;

chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar faoliyatini, shuningdek, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilishini tahlil qilish asosida tegishli hududning iqtisodiyotiga jalb etilayotgan investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish;

tegishli hududning chet el banklari, fondlar, agentliklar va kompaniyalar bilan investitsiyaviy hamkorlik yo‘nalishlarini o‘zaro manfaatli asosda rivojlantirish va diversifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

investitsiyalarni tegishli hududga jalb etish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni va yanada qulay shart-sharoitlar yaratish uchun chet el investitsiyalarini jalb qilish sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

75.

28-modda. Investitsiyalar jalb etishni amalga oshiruvchi davlat organlarining funksiyalari

Investitsiyalarni jalb etish, amalga oshirish va himoya qilish maqsadida investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi, boshqa davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari:

O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatining imkoniyatlari va shart-sharoitlari haqidagi axborotni tayyorlaydi hamda tarqatadi;

salohiyatli investorlarga faoliyatining huquqiy, iqtisodiy va boshqa masalalari bo‘yicha maslahat beradi hamda ularga yuzaga keladigan masalalarni hal etishda zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatadi;

chet el investitsiyalari masalalari bo‘yicha xalqaro munosabatlarda o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish yuritadi.

76.

9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining innovatsion faoliyat sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

tegishli hududda innovatsion faoliyat sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;

tegishli hududda innovatsion loyihalarni shakllantirish, moliyalashtirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda innovatsion faoliyat sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

tegishli hududda innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi;

vakolatli davlat organining tavsiyasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan innovatsion faoliyatni, shuningdek, yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishni va texnologiyalar transferini moliyalashtiradi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

77.

27-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

ta’lim sohasidagi vakolati davlat boshqaruvi organlari bilan kelishilgan holda davlat ta’lim muassasalarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, bundan respublika tasarrufidagi ta’lim muassasalari mustasno;

o‘z vakolatlari doirasida tegishli hududda davlat ta’lim muassasalari uchun moliyalashtirish hajmini belgilaydi;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish masalalari yuzasidan hamkorlik qiladi;

davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlarni (mikrouchastkalarni) belgilaydi;

ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ta’lim tashkilotlariga ko‘maklashadi;

ta’lim oluvchilar uchun sifatli ta’limni, tarbiyani ta’minlash, ularning iste’dodini shakllantirish va namoyon etish maqsadida joylarda ularga zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqadi;

o‘z vakolatlari doirasida ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklikni rivojlantiradi va nodavlat ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirishga ko‘maklashadi;

umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

78.

14-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta’minlaydi;

nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy himoya qilish va ularning huquqlarini ta’minlashga doir hududiy dasturlarni shakllantiradi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilaydi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

79.

23-modda. Ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi

...

(uchinchi qism) Mahalliy ijro hokimiyati organlari ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini rivojlantirish dasturlaridan kelib chiqqan holda shakllantiradi. Ish o‘rinlarini tashkil etishga bo‘lgan ehtiyojning dastlabki parametrlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shakllantiriladi, aniqlashtiriladi va tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

80.

10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida:

vasiylik va homiylik sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;

vasiylik va homiylik sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

vasiylik va homiylik sohasidagi vazifalarni bajaruvchi hududiy davlat boshqaruvi organlari faoliyatini nazorat qilishni hamda muvofiqlashtirib borishni amalga oshiradi;

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning, shuningdek, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;

axborot tizimini yuritadi;

...

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Tumanlar, shaharlar hokimlari vasiylikni yoki homiylikni belgilash va tugatish bo‘yicha, shuningdek, v�siylarni yoki homiylarni o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonuni

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

81.

11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining transport sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida:

transport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;

transport sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

transport tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirishda ishtirok etadi;

transport tizimini rivojlantirishga va zamonaviy transport infratuzilmasini yaratishga ko‘maklashadi;

transport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga, transport majmuining barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratishga, shuningdek transport tizimining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi;

shahar yo‘lovchi transportidan foydalanish chog‘ida fuqarolarning alohida toifalari uchun imtiyozli tariflar joriy etish choralarini ko‘radi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Transport to‘g‘risida”gi Qonuni

Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi

82.

17-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

xususiylashtirish maqsadida bo‘sh turgan yer uchastkalarining aniqlanishi va elektron onlayn auksionga qo‘yilishini ta’minlaydi;

yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lardan hududlarni rivojlantirish uchun maqsadli ravishda foydalanilishini ta’minlaydi;

elektron onlayn a�ksionga qo‘yilayotgan bo‘sh turgan yer uchastkalari to‘g‘risidagi axborotni o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi.

O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

83.

15-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari gidrometeorologiya faoliyati sohasida o‘z vakolatlari doirasida:

hududiy ahamiyatga ega bo‘lgan gidrometeorologiya faoliyatining amalga oshirilishini tashkil etadi va ushbu faoliyatni muvofiqlashtiradi;

gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

hududiy dasturlarni moliyalashtiradi hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiradi, shu jumladan ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini hamda gidrometeorologiya faoliyatini moliyalashtirish sohasidagi davlat organlarining hududiy boshqarmalarini ushbu dasturlarni bajarishga jalb etishni amalga oshiradi;

davlat gidrometeorologik kuzatuvlar tarmog‘ini va atrof tabiiy muhit ifloslanishining monitoringini tashkil etish uchun yer uchastkalarini ajratadi;

maxsus vakolatli davlat organiga gidrometeorologiya faoliyatini amalga oshirishda hamda xavfli gidrometeorologik hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga va ijtimoiy sohaga salbiy ta’sirini yumshatishda ko‘maklashadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Adliya vazirligi

84.

11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;

ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasini rivojlantirishga qaratilgan hududiy dasturlarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;

ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishiga xususiy sektorni jalb etishga ko‘maklashadi;

ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi loyihalarning ro‘yobga chiqarilishi monitoringini amalga oshiradi;

ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bo‘yicha xizmatlar uchun tariflarni tasdiqlaydi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

85.

17-modda. Munitsipal mulk

...

Mahalliy budjet mablag‘lari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqa mablag‘lari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan o‘zga mulk, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tasarrufida turgan munitsipal uy-joy fondi, kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim tizimlarining korxonalari hamda muassasalari, madaniyat va madaniy faoliyat tashkilotlari, xo‘jalik jamiyatining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi hamda intellektual mulk obyektlari munitsipal mulk jumlasiga kirishi mumkin.

...

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Madaniy meros agentligi

86.

18-modda. Davlat mulkining toifasini o‘zgartirish

Davlat mulki respublika mulki toifasidan munitsipal mulk toifasiga, munitsipal mulk toifasidan esa respublika mulki toifasiga o‘tkazilishi mumkin.

Davlat mulki toifasining o‘zgartirilishi davlatning mulkka bo‘lgan mulk huquqi tugatilishiga olib kelmaydi.

Davlat mulkining toifasini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Agentlik tomonidan davlat mulki reyestriga tegishli yozuvlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.

87.

20-modda. Davlat mulkini boshqarish subyektlari

Davlat mulkini boshqarish subyektlari quyidagilardan iborat:

...

mahalliy davlat hokimiyati organlari.

...

88.

22-modda. Agentlikning davlat mulkini boshqarish sohasidagi vakolatlari

...

Agentlik:

...

davlat muassasalarining, shu jumladan davlat organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat mulkini boshqarish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

...

89.

25-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat mulkini boshqarish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan hollarda xo‘jalik jamiyatlaridagi davlat ulushlariga nisbatan aksiyador (ishtirokchi) vazifalarini amalga oshiradi;

mahalliy budjet mablag‘lari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqa mablag‘lari hisobidan tashkil etilgan yoki sotib olingan davlat unitar korxonalarida, davlat muassasalarida muassis vazifalarini amalga oshiradi;

davlat mulkiga egalik qilish mezonlariga muvofiq bo‘lmagan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish, qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi;

munitsipal mulkni belgilangan tartibda ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga beradi;

munitsipal mulkni davlat unitar korxonalariga va davlat muassasalariga operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirish to‘g‘risida o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi;

munitsipal mulk hisobidan tashkil etilgan davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqaruv organlari orqali ularning kuzatuv kengashlari a’zolarini va ijroiya organlari rahbarlarini tayinlashni (tanlov o‘tkazishni, saylashni) belgilangan tartibda, korporativ boshqaruv prinsiplariga muvofiq tashkil etadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishincha o‘z tasarrufidagi hududda turgan tegishli hududdagi quyidagi munitsipal mulkni sotish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi:

binolari va inshootlarining umumiy maydoni ikki ming kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini, shu jumladan moliyalashtirish manbalariga ega bo‘lmagan va qurilishi tugallanmagan shu o‘lchamdagi ko‘chmas mulk obyektlarini;

davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushini, basharti ushbu korxonalar asosiy vositalarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ellik ming baravaridan ko‘p bo‘lmasa va ular xodimlarining o‘rtacha yillik soni besh yuz nafardan oshmasa.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan binolar hamda inshootlarning umumiy maydoni ikki ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan, biroq besh ming kvadrat metrdan ko‘p bo‘lmagan munitsipal mulkni (bundan xususiylashtirilmaydigan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan xususiylashtiriladigan davlat mulki mustasno) sotish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

90.

33-modda. Davlat ishtirokidagi korxonani tashkil etishning umumiy qoidalari

...

Davlat ishtirokidagi korxonani tashkil etish monopoliyaga qarshi kurashish organining oldindan berilgan roziligi olinganidan keyin:

...

munitsipal mulk negizida — mahalliy davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

91.

39-modda. Davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruv tizimini joriy etish

Davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida tegishincha Agentlik, maxsus vakolatli davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari:

davlat ishtirokidagi korxonalar boshqaruv organlarining hisobdorligini nazorat qiladi va tegishli biznes-rejalar ko‘rsatkichlari bajarilmagan taqdirda qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘radi;

davlat ishtirokidagi korxonalarning rivojlantirish strategiyalari tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashlari tarkibiga mustaqil a’zolarni jalb etadi;

davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy hisobotlarini moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq tayyorlash va xalqaro kredit reytinglariga erishish masalalarini muvofiqlashtiradi;

davlat ishtirokidagi korxonalarning sohaga oid bo‘lmagan aktivlarini qisqartirish choralarini ko‘radi;

xaridlar jarayonlarini auditdan o‘tkazish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazoratining samaradorligini oshirish choralarini ko‘radi;

davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashlari tomonidan har chorakda ijroiya organlarining korxona faoliyatining samaradorligi, shu jumladan amalga oshirilgan xaridlar to‘g‘risidagi hisobotlari eshitib borilishini nazorat qiladi;

korporativ boshqaruv tizimining joriy etilishi yiliga kamida bir marta baholashdan o‘tkazilishini nazorat qiladi;

davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashlari va ijroiya organlari a’zolarining javobgarligi sug‘urta qilinishini nazorat qiladi.

92.

18-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;

alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash sohasidagi hududiy dasturlarning ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va bajarilishini ta’minlaydi;

aholi, eng avvalo, yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga hamda alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning zarari to‘g‘risidagi bilimlarni tarqatishga qaratilgan profilaktika tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlaydi;

tegishli hududda alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining ijro etilishini ta’minlaydi;

fuqarolarning sog‘lig‘ini alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning salbiy ta’siridan himoya qilish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish masalalari yuzasidan nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni ta’minlaydi;

alkogolga yoki nikotinga qaram bo‘lib qolgan shaxslarga tibbiy-sanitariya yordamini moliyaviy, moddiy-texnik, tashkiliy jihatdan ta’minlash masalalarini hal etadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonuni

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi

93.

14-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining gidrotexnika inshootlari xavfsizligi sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

suv resurslaridan foydalanishda va atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishda gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlaydi;

gidrotexnika inshootlarini joylashtirish haqida, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgan hollarda ulardan foydalanishni cheklash haqida qonunchilikda belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi;

gidrotexnika inshootlarining avariyalari oqibatlarini tugatishda ishtirok etadi;

gidrotexnika inshootlarining favqulodda vaziyatlarni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan avariyalari xavfi to‘g‘risida aholini xabardor qiladi;

o‘z vakolatlari doirasida gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash sohasida xa�qaro hamkorlikni amalga oshirishda ishtirok etadi;

gidrotexnika inshootlarini saqlab turish uchun O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksida belgilangan tartibda mablag‘lar ajratadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni

Suv xo‘jaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi

94.

9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish uchun shart-sharoitlar yaratadi;

Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni ta’minlash uchun yer uchastkalarini beradi;

Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni ta’minlashda ishtirok etadi, shuningdek Davlat chegarasini jihozlashga ko‘maklashadi;

Davlat chegarasini dyelimitatsiya, demarkatsiya, redemarkatsiya qilish va uning o‘tish chizig‘ini aniqlashtirish natijalariga ko‘ra egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berilgan yoki boshqa asoslarga binoan olingan yer uchastkalarining, O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklarining chegaralari o‘zgarishi masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishda ixtiyoriy asosda ishtirok etish uchun jalb qilishga ko‘maklashadi;

o‘tkazish punktlariga tutash bo‘lgan hududlardagi yo‘lbo‘yi infratuzilmasining yaratilishini va tegishli tartibini ta’minlaydi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi Qonuni

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari

95.

25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat chegar�sini belgilash, o‘zgartirish, qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi:

...

egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berilgan yoki boshqa asoslarga binoan olingan yer uchastkalari chegaralarini, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari chegaralarini Davlat chegarasini dyelimitatsiya, demarkatsiya, redemarkatsiya qilish va Davlat chegarasining o‘tish chizig‘ini aniqlashtirish natijalariga ko‘ra o‘zgartirish masalalari bo‘yicha qarorlar loyihalarini tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritadi.

...

96.

36-modda. Normativ-huquqiy hujjatning rasmiy matnini tasdiqlash

Normativ-huquqiy hujjatning rasmiy matnini tasdiqlash:

...

mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlariga nisbatan — tegishli hokim tomonidan imzolash orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni

Adliya vazirligi

97.

16-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholini ro‘yxatga olish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyalarni tuzadi;

ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini hisobga olgan holda aholi punktlarida doimiy yashovchi aholi sonini ko‘rsatgan holda ushbu punktlarning to‘liq ro‘yxati tuzilishini ta’minlaydi;

ma’muriy-hududiy birliklarda ko‘chalarning nomlari, uylar va xonadonlarning raqamlari ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar bo‘lishini ta’minlaydi;

jalb etilgan ro‘yxatga oluvchi xodimlar tarkibini tasdiqlaydi;

ro‘yxatga oluvchi xodimlarni tanlab olish va o‘qitishni tashkil etadi;

aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish doirasidagi ishlarni bajarishga jalb etiladigan shaxslarning o‘qishi va ishlashi uchun yaroqli mebel hamda aloqa vositalari bilan jihozlangan vaqtinchalik xonalar, shuningdek, zarur transport vositalari berilishini ta’minlaydi;

ro‘yxatga olish varaqlarini va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlarini vaqtincha saqlash uchun qo‘riqlanadigan xonalar ajratish yuzasidan cho�alar ko‘radi;

aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarning muvofiqlashtirilishini tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonuni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

98.

21-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining dehqon xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

dehqon xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etishga ko‘maklashadi hamda zarur shart-sharoitlar yaratadi;

dehqon xo‘jaliklari bilan hamkorlik qilish uchun eksport qiluvchilarni jalb etadi, ularga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda har tomonlama ko‘maklashadi;

dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarining amalga oshirilishida ishtirok etadi;

dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlarni �shlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

dehqon xo‘jaliklarining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash, ularni suv resurslari bilan ta’minlash, ularga zarur urug‘liklar, ko‘chatlar, mineral o‘g‘itlarni yetkazib berish borasida amaliy yordam ko‘rsatadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

99.

8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tomorqa xo‘jaliklarini yuritishni tashkil etish va ularni rivojlantirish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

tegishli hudud�a tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirishga doir asosiy ko‘rsatkichlarni shakllantiradi;

tomorqa xo‘jaliklarining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilashga, ularni suv resurslari, zarur urug‘liklar, ko‘chatlar, mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlashga doir tegishli chora-tadbirlarni, shuningdek, tomorqa xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlarni belgilaydi.

O‘zbekiston Respublikasining “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

100.

9. 2019-yil 1-sentabrdan boshlab foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini, shu jumladan ta’lim muassasalari (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bundan mustasno), sog‘liqni saqlash va sport, madaniyat, xususan kinoteatrlar, klublar, konsert-tomosha ko‘rsatish muassasalari va kinolashtirish obyektlari, shuningdek, davlat tashkilotlarining bo‘sh turgan yer uchastkalaridan (keyingi o‘rinlarda — foydalanilmayotgan aktivlar) doimiy foydalanish huquqini xo‘jalik faoliyatiga jalb qilish va sotish tartibi joriy etilsin. Unga muvofiq:

Foydalanilmayotgan aktivlarning mulkdorlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi va uning hududiy boshqarmalari hamda D�vlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va uning hududiy boshqarmalarining tegishli so‘rovi kelib tushgan vaqtdan boshlab ikki oy muddatda balansda saqlovchining yuqori turuvchi tashkiloti (agar mavjud bo‘lsa) bilan kelishilgan, foydalanilmayotgan obyektlar va bo‘sh turgan yer uchastkalaridan samarali foydalanish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni (keyingi o‘rinlarda — “yo‘l xaritasi”) taqdim etishi shart;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida foydalanilmayotgan obyektlarni xo‘jalik faoliyatiga jalb qilish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan “yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi;

foydalanilmayotgan aktivlarning balansda saqlovchisi tomonidan “yo‘l xaritasi” taqdim etilmagan yoki unda nazarda tutilgan foydalanilmayotgan aktivlardan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan muddatda bajarilmagan yoxud “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash rad etilgan hollarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘z vakolatlari doirasida foydalanilmayotgan aktivlarni olib qo‘yish, jumladan sotish yoki ijaraga berish uchun bo‘sh turgan davlat mulki obyektini Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining tegishli hududiy boshqarmalariga berish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.

Bunda, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli bo‘lgan, uch oydan ortiq foydalanilmasdan bo‘sh turgan obyektlar, ijtimoiy obyektlar bundan mustasno, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun “E-auksion” elektron savdo platformasiga onlayn auksion savdolariga chiqariladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-son Farmoni

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

101.

4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2021-yil uchun Davlat budjeti loyihasini tayyorlashda respublikaning turistik zonalaridagi alohida yer uchastkalari, shu jumladan jismoniy shaxslar foydalanishida bo‘lgan 1 gektardan ortiq yer uchastkalari uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer solig‘ining 3 baravarigacha oshirilgan stavkasini belgilash imkoniyatini ko‘zda tutsin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-iyuldagi PF-6027-son

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

102.

1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tartibni joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari Soliq kodeksi bilan belgilanadigan soliq stavkalari asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab yer solig‘i stavkasiga 0,5 dan 2,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda yer solig‘i stavkalarini belgilaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PF-6121-son Farmoni

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

103.

1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tartibni joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:

tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan belgilangan, Toshkent shahri bo‘yicha esa Soliq kodeksida belgilangan yer solig‘i stavkalariga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun, ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko‘cha kesimida 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni kiritish huquqi beriladi.

104.

3. Belgilansinki, professional futbol klubini tashkil qilish mahalliy davlat hokimiyati organlari, sport tashkilotlari, shuningdek, tijorat tuzilmalari, yuridik va jismoniy shaxslardan iborat muassislar tomonidan ularning shakllantirilayotgan klublar tashkiliy va moliyaviy masalalarini hal etishdagi imkoniyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 1-maydagi PQ-338-son qarori

Sport vazirligi

105.

1. Belgilab qo‘yilsinki, 2019-yil 1-yanvardan boshlab:

vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansida hisobga olingan konlar va istiqbolli maydonlar joylashgan yer uchastkalarini berishda (realizatsiya qilishda) yer fondi toifasidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qo‘mitasining ijobiy xulosasi olinadi;

...

noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma asosida yer qa’ridan foydalanuvchining murojaatiga ko‘ra mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tegishli yer uchastkalari o‘n kundan oshmagan muddatda ochiq savdolarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ruxsatnomaning amal qilish muddati va yer qa’ri uchastkasining chegaralariga muvofiq ajratib beriladi;

yer qa’ridan foydalanuvchilarga berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan oldin bekor qilinganda Davlat geologiya va mineral resurslari qo‘mitasi tomonidan bu haqda uch kun muddatda Davlat soliq qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga yozma ma’lumot beriladi;

noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan oldin bekor qilinganda tegishli yer maydonlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan zaxiraga qaytariladi;

noruda foydali qazilmalarni qazib olish hajmlari yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan uzluksiz ikki yil davomida bajarilmagan taqdirda (fors-major holatlaridan tashqari) haqiqatda qazib olingan hajmdan kelib chiqib, noruda foydali qazilmalar zaxiralarining o‘zlashtirilmay qoladigan qismi davlat balansiga va ular joylashgan yer uchastkalari mahalliy davlat hokimiyati organlari zaxirasiga qaytariladi. Bunda, ilgari berilgan ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilmasdan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi;

...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4078-son qarori

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

106.

15. Belgilansinki, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, ularni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) olayotgan va tarbiya qilayotgan oilalarni moddiy, huquqiy va psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash maqsadida:

...

2021-yil 1-sentabrdan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining tashabbusi bilan, yetim bolalar va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni vasiylikka va homiylikka olgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan oilalarga ushbu bolalar 18 yoshga to‘lguniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida moddiy yordam puli to‘lash amaliyoti joriy etiladi;

...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5216-son qarori

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

107.

Viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining boshqaruv apparatlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-apreldagi 123-son qarori bilan tasdiqlangan Viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining boshqaruv apparatlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom

Adliya vazirligi

108.

Qarorga 3-ilovaning 8-bandi

Suv xo‘jaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan xorijiy investitsiyalar, XMI va XHMT kreditlari, grantlari ishtirokidagi ustuvor investitsiya loyihalarining taqdimotlarini oshkoralik asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlarida muhokamasini tashkil qiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-son qarori

Suv xo‘jaligi vazirligi

109.

Qarorning 2-bandi, Ma’muriy reglamentga 1-ilovadagi sxema

Tuman (shahar) hokimliklari manfaatdor davlat tashkilotlari bilan birgalikda har yili noyabr oyiga qadar (zaruratga ko‘ra, yilning boshqa davrlarida) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududlarni ixtisoslashtirish, bo‘sh turgan, zaxiradagi va kelgusida zaxiraga olinadigan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish bo‘yicha loyihalarni tayyorlaydi hamda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining navbatdan tashqari sessiyasiga kiritadi;

kiritilgan loyihalar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan ma’qullangandan so‘ng, tuman (shahar) hokimligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ochiq elektron tanlovga qo‘yish choralarini ko‘radi;

xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan hududlarni ixtisoslashtirish yo‘nalishlari yil davomida zaxiradagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha loyiha tayyorlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Tuman (shahar) hokimliklari tayyorlangan loyihalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining navbatdan tashqari sessiyasiga kiritadi. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan kiritilgan loyihalarni ko‘rib chiqadi va ma’qullaydi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarori

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

110.

Qarorning 1-bandi

Tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilganligi;

...

xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlariga asosan ajratiladigan mahalliy budjetlar qo‘shimcha manbalarining 3 foizi miqdoridagi ajratma;

...

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-dekabrdagi 779-son qarori

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

111.

Qarorga 2-ilovaning 24-bandi

Hududiy komissiya har chorakda o‘z faoliyati yuzasidan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga axborot taqdim etib boradi.

Qarorga 2-ilovaning 39-bandi

Tuman (shahar) komissiyasi har chorakda o‘z faoliyati yuzasidan tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga axborot taqdim etib boradi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-son qarori

Vazirlar Mahkamasi

112.

Qarorga ilovaning 10-bandi “a” kichik bandi

Davlat organlari va boshqa tashkilotlarga, shu jumladan xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga fuqarolar yig‘ini faoliyatiga doir masalalar yuzasidan takliflar kiritishi va ularning ko‘rib chiqilishida ishtirok etishi.

Qarorga ilovaning 27-bandi

Faoliyati “yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” deb topilgan fuqarolar yig‘inlari, mahallalardagi xotin-qizlar faollarining faoliyatidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qabul qilingan harakatlar dasturlarining ijrosi har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashida muhokama qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 485-son qarori

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

113.

Qarorga 1-ilovadagi nizomning 35-bandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar turizm va madaniy meros bosh boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish — vazir taqdimnomasiga asosan belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Bunda, vazir taqdimnomasi tegishli mahalliy xalq deputatlari Kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritilishi shart.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 475-son qarori

Turizm qo‘mitasi

II. Mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlari taqsimlanishi natijasida ijroiya hokimiyati organlari mas’ul etib belgilanayotgan vazifa va funksiyalar

114.

11-modda. Turar joyga bo‘lgan mulk huquqi

...

(uchinchi qism) Turar joyga bo‘lgan mulk huquqi muddatsiz bo‘lib, fuqarolar va yuridik shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda shaxsning o‘ziga tegishli turar joyga o‘z xohishi va manfaatlariga ko‘ra egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqi buzilishini bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Turar joylarning ko‘rinishini o‘zgartirishga, ularni qayta qurish yoki buzishga mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli ruxsatnomasi bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

115.

161-modda. Ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari

...

(beshinchi qism) Ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joy mulkdori mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tegishli ruxsatnoma olmasdan o‘ziga qarashli joyni o‘zboshimchalik bilan qayta qurgan yoki o‘zgartirgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi hamda bu joyni o‘z hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart.

116.

21-modda. Uy-joy fondidan foydalanish va uni saqlash ustidan davlat nazorati

Uy-jo� fondidan foydalanish va uni saqlash, shuningdek, turar joylardan foydalanish hamda ularni saqlashning normativ texnik talablarga muvofiqligi ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

117.

24-modda. Uy, kvartira mulkdorining huquq va majburiyatlari

...

(beshinchi qism) Ko‘p kvartirali uydagi kvartira mulkdori mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tegishli ruxsatnoma olmasdan o‘ziga qarashli joyni o‘zboshimchalik bilan qayta qurgan yoki o‘zgartirgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi hamda bu joyni o‘z hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart.

118.

35-modda. Davlat uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi

...

(beshinchi qism) Turar joyni ijaraga berish shartnomasi mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari yoki ular vakolat bergan organlar bilan turar joyni olayotgan fuqarolar o‘rtasida yozma shaklda, qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi. Turar joyni ijaraga berish shartnomasi�ing yozma shaklda bo‘lishiga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy emasligiga sabab bo‘ladi.

119.

45-modda. Turar joy hujjati (orderi)

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridan turar joy berish to‘g‘risidagi qaror asosida mahalliy davlat hokimiyati organi fuqaroga berilgan turar joyga ko‘chib kirish uchun asos bo‘ladigan yagona namunadagi hujjat (order) beradi.

120.

56-modda. Ijaraga oluvchining o‘zi egallab turgan turar joy o‘rniga kichikrog‘ini olish huquqi

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi, agar belgilangan normadan ortiqcha turar joy maydoniga ega bo‘lsa, voyaga yetgan oila a’zolarining roziligiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlariga yoki turar joyni bergan korxona, muassasa, tashkilotga belgilangan tartibda murojaat etib, egallab turgan turar joyini kichikroq hajmdagi turar joyga almashtirishni so‘rashi mumkin.

121.

82-modda. Yotoqxonalar berish va ulardan foydalanish

...

(uchinchi qism) Uylarni yotoqxonalarga o‘tkazish, shuningdek, yotoqxonalarga uylar maqomini berish uy-joy fondining mulkdorlari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

122.

98-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarini ro‘yxatdan o‘tkazish

Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari kooperativ a’zolarining umumiy yig‘ilishi qabul qilgan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

123.

99-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari uylaridan turar joy olish va ulardan foydalanish huquqini amalga oshirish shartlari hamda tartibi

...

(ikkinchi qism) Uy-joy qurish va uy-joy kooperativla�i uyidagi kvartiralarga mahalliy davlat hokimiyati organi beradigan orderga muvofiq ko‘chib kiriladi. Order berishni rad etish ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

124.

106-modda. Turar joyni almashtirish

...

(uchinchi qism)Turar joylarni almashtirish huquq va majburiyatlarni o‘zaro o‘tkazish tarzida mahalliy davlat hokimiyati organlari qaroriga binoan amalga oshiriladi.

125.

110-modda. Turar joylar almashtirilishini rasmiylashtiruvchi organlar

Bir aholi punkti chegarasi doirasidagi davlat uy-joy fondining turar joylarini almashtirish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan rasmiylashtiriladi.

Agar turar joylar turli aholi punktlarida bo‘lsa, almashtirish almashtirilayotgan turar joylardan biri joylashgan joydagi (almashtirish ishtirokchilarining xohishiga ko‘ra) mahalliy davlat hokimiyati organlarida rasmiylashtiriladi.

126.

111-modda. Turar joylarni almashtirish to‘g‘risida ariza

Turar joylarni almashtirish istagida bo‘lgan fuqarolar mahalliy davlat hokimiyati organlariga belgilangan shaklda arizani topshiradilar.

127.

112-modda. Turar joylarni almashtirishni rasmiylashtirish

Turar joylarni almashtirish to‘g‘risidagi shartnoma turar joylarni almashtirish rasmiylashtirilgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladigan almashtiruv hujjatlari (orderlari) olingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

...

Davlat uy-joy fondidagi turar joyni almashtirish shartnomasi almashtirish rasmiylashtirilayotgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.

128.

101-modda. Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish tartibi

...

(to‘rtinchi qism) Ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqaro muhofazasi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish sohasidagi organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi organlari tomonidan tuziladi.

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi

129.

423-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi

...

(yettinchi qism)Soliq solish obyekti yo‘q qilingan, vayron bo‘lgan yoki buzib tashlangan taqdirda, soliqni undirish mol-mulk yo‘q qilingan, vayron bo‘lgan yoki buzib tashlangan oydan e’tiboran tugatiladi. Soliq summasini qayta hisob-kitob qilish mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan yo‘q qilinganlik, vayron bo‘lganlik yoki buzib tashlanganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, amalga oshiriladi.

130.

48-modda. Saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali tashviqot olib borish

...

(to‘rtinchi qism) Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchrashuvlar o‘tkazish uchun jihozlangan xonalarni bepul ajratishi, zarur ma’lumot va axborot materiallarini olishda yordam ko‘rsatishi shart.

O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

Markaziy saylov komissiyasi

131.

49-modda. Ovoz berish binolari hamda uchastka saylov komissiyalari binolari

...

(to‘rtinchi qism) Tutash hududlarni obodonlashtirish, fuqarolar, ayniqsa jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, saylov komissiyalarini texnik vositalar, mebel, ashyolar, ofis texnika vositalari, transport bilan ta’minlash mahalliy davlat hokimiyati organlarining, aloqa vositalari bilan ta’minlash esa raqamli texnologiyalar sohasidagi vakolatli davlat organi zimmasiga yuklatiladi.

132.

32-modda. Yer uchastkasining plani. Yer uchastkasining chegaralarini joyning o‘zida belgilash

...

(uchinchi qism) Yer uchastkasining planini va tavsifini tuzish, joyning o‘zida uning chegaralarini belgilash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi bo‘linmalari tomonidan bajariladi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

133.

1144-modda. Qonun bo‘yicha meros olinganida merosni muhofaza qilish va uni boshqarish

...

(to‘rtinchi qism)Agar qonun bo‘yicha merosxo‘rlar bo‘lmasa yoki noma’lum bo‘lsa, mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi merosni boshqaruvchi tayinlanishini so‘rab notariusga murojaat etishi lozim. Qonun bo‘yicha merosxo‘rlar hozir bo‘lganlari taqdirda, ularning talabi bilan merosni boshqaruvchi meros hisobidan zarur bo‘lgan xarajatlar va oqilona haq to‘langan holda chaqirib olinishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi

Adliya vazirligi

134.

1157-modda. Egasiz qolgan mol-mulk

...

(ikkinchi qism) Meros mol-mulk meros ochilgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining arizasi bo‘yicha meros ochilgan kundan e’tiboran uch yil o‘tganidan keyin sudning qarori asosida egasiz deb topiladi. Meros mol-mulk, agar uni qo‘riqlash va boshqarish bilan bog‘liq xarajatlar uning qiymatidan oshib ketsa, ko‘rsatilgan muddat o‘tishidan oldin egasiz deb topilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi

Adliya vazirligi

135.

43-modda. Tabiatni shovqin, tebranish, elektromagnit maydonlari va boshqa zararli fizik ta’sirlardan muhofaza qilish

Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, ayrim shaxslar zararli ishlab chiqarish shovqinlari, tebranish, elektromagnit maydonlarining va zararli fizik ta’sirlar ko‘rsatuvchi boshqa omillarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rishlari shart.

O‘zbekiston Respublikasining Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

136.

8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining shartnoma munosabatlari sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida:

davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish shartnomalarini, shuningdek, kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarish ishlarini muvofiqlashtirib boradi;

xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi shartnoma munosabatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish chora-tadbirlarini ko‘radi.

O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuni

Adliya vazirligi

137.

10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqaro muhofazasi sohasidagi vako�atlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

fuqaro muhofazasi rejalarini ishlab chiqadilar va ularning tegishli hududda amalga oshirilishiga rahbarlik qiladilar;

tegishli hududdagi tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan fuqaro muhofazasi tadbirlarining bajarilishini tashkil etadilar va nazorat qilib boradilar;

fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalari tayyorlanishini hamda shay holatda saqlab turilishini ta’minlaydilar;

tashkilotlar rahbarlari va aholining zamonaviy qirg‘in vositalari qo‘llanilgan paytdagi himoyalanish usullariga o‘rgatilishini tashkil etadilar;

zamonaviy qirg‘in vositalari qo‘llangan sharoitda aholi hayot faoliyatining ta’minlanishini kafolatlovchi fuqaro muhofazasiga oid mol-mulk, moddiy-texnika, oziq-ovqat, tibbiy va boshqa xil zaxiralar hajmlarini belgilaydilar hamda ularning to‘planishi, saqlanishi, yangilab borilishi va shay holatda saqlab turilishi uchun javob beradilar;

urush davrida, idoraviy bo‘ysunuvidan qat’iy nazar, tashkilotlarning barqaror ishlashini ta’minlash tadbirlarini tashkil etadilar va amalga oshiradilar;

fuqaro muhofazasi sohasida axborotlar yig‘ish va almashinishni, shuningdek, zamonaviy qirg‘in vositalarining qo‘llanish tahdidi yoki qo‘llanganligi to‘g‘risida aholini o‘z vaqtida xabardor qilinishini ta’minlaydilar;

aholini evakuatsiya qilish va bo‘lib-bo‘lib joylashtirishga, uning xavfsiz zonalarga o‘rnashib olishiga tayyorgarlik ko‘rish hamda shu ishlarni tashkil etish, davolash muassasalari va boshqa tashkilotlar ishini yo‘lga qo‘yish tadbirlarini amalga oshiradilar;

qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etadilar va amalga oshiradilar, o‘z tasarruflaridagi hududda jamoat tartibi saqlanishini ta’minlaydilar;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.

O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi Qonuni

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

138.

12-modda. Davlat kadastrlarini yuritish

Davlat kadastrlarini yuritish tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

...

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonuni

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

139.

9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘zlariga berilgan vakolatlar doirasida o‘z hududlarida joylashgan madaniy meros obyektlarini aniqlaydilar hamda ularni hisobga oladilar, muhofaza qiladilar, asraydilar va ulardan foydalanadilar, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilikning ijro etilishini ta’minlaydilar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalarini madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish tadbirlarini o‘tkazishga jalb etadilar.

O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni

Madaniy meros agentligi

140.

13-modda. Aholini yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi masalalariga doir axborot bilan ta’minlash

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari aholiga yod yetishmasligi kasalliklarining kelib chiqishi va tarqalishi omillari, bunday kasalliklarning profilaktikasiga doir choralar to‘g‘risida ishonchli va o‘z vaqtida axborot berilishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasining “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni

Sog‘liqni saqlash vazirligi

141.

14-modda. Yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish

...

(beshinchi qism) Aholi punktlari va boshqa hududlar uchun yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlari tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublika�ining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

142.

12-modda. Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha komissiyalarning asosiy vazifalari

...

(uchinchi qism) Komissiyalarning tarkibi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari va xodimlari, fuqarolik jamiyati institutlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakillari, shuningdek, fan va madaniyat arboblari, ekspertlar, mutaxassislar hamda tegishli faoliyat sohalarida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan boshqa shaxslar orasidan shakllantiriladi. Respublika komissiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar komissiyalari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklarining rahbariyati tomonidan boshqariladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

143.

14-modda. Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarni davlat ekspertizasidan o‘tkazish

...

(beshinchi qism) Kadastr agentligi davlat ekspertizasini o‘tkazish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar mutaxassislarini, yetakchi olimlarni, fan va madaniyat arboblarini, shuningdek tegishli faoliyat sohalarida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan boshqa shaxslarni jalb etishga haqli.

144.

22-modda. Ekologik nazorat natijalarini ro‘yobga chiqarish shakllari

Davlat, idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazorati natijalarini ro‘yobga chiqarish shakllari quyidagilardan iborat:

...

korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda fuqarolarning hayoti va sog‘�ig‘iga boshqa real tahdid yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organi, mahalliy davlat hokimiyati organining qarorini qabul qilish;

maxsus vakolatli davlat organining, mahalliy davlat hokimiyati organining atrof muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish, tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risida, shuningdek, atrof-muhitga, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqida sudga ariza bilan murojaat qilishi;

atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi materialni maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish;

O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

145.

23-modda. Ijtimoiy xizmatlar monitoringi va ularni baholash

...

(to‘rtinchi qism) Ijtimoiy xizmatlar monitoringini va ularni baholashni davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, qonunchilikka muvofiq boshqa davlat organlari amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

146.

35-modda. Turistlar va ekskursantlarning xavfsizligi kafolatlari

...

(ikkinchi qism) Vakolatli davlat organi manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda turistlar hamda ekskursantlarning xavfsizligini va himoya qilinishini, jamiyat va davlat manfaatlarini, turizmdan shaxslarning qonunga xilof migratsiyasi, ularning mehnatini ekspluatatsiya qilish hamda ularni boshqacha tarzda ekspluatatsiya qilish maqsadida foydalanishga qarshi kurashishni ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqadi.

...

(to‘rtinchi qism) Mahalliy davlat hokimiyati organlari barcha turistik yo‘nalishlar bo‘yicha turistlar va ekskursantlarning himoya qilinishini va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hududiy dasturlar ishlab chiqadi hamda ularning bajarilishini tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi

147.

37-modda. Turistlar va ekskursantlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan, qutqaruv va shoshilinch xizmatlar

...

(ikkinchi qism) Qidiruv-qutqaruv xizmatlari, shoshilinch operativ xizmatlar va boshqa qutqaruv xizmatlari mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, sog‘liqni saqlash, aloqa, ichki ishlar organlari, davlat o‘rmon xo‘jaligi, gidrometeorologiya, fuqaro aviatsiyasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadi.

148.

23-modda. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvi

Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvi xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

...

Atom energiyasidan foydalanish obyekti bilan bog‘liq bo‘lgan avariya sodir bo‘lgan taqdirda jismoniy va yuridik shaxslarning harakat qilishga shayligi ustidan davlat nazoratini mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hudud doirasida amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasining “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni

Energetika vazirligi

149.

50-modda. Radiatsiyaviy ta’sir natijasida atrof-muhitga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash

...

(ikkinchi qism) Zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotga davlat boshqaruvi organlari, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan taqdim etiladi.

150.

32-modda. Maslahat berish va axborot jihatidan qo‘llab-quvvatlash

Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro moliya institutlari huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi vakolatxonalari investorlarning muammolari va masalalarini hal etish maqsadida o‘z vakolatlariga taalluqli masalalar bo‘yicha ularga maslahat va axborot yordami ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

151.

15-modda. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi vakolatlari

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning bajarilishini o‘z vakolatlari doirasida tashkil etadi hamda muvofiqlashtiradi.

O‘zbekiston Respublikasining “Geodeziya va kartografiya to‘g‘risida”gi Qonuni

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

152.

18-modda. Umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish

...

(ikkinchi qism) Umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar maxsus vakolatli davlat organi tomonidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, boshqa yuridik shaxslar bilan hamkorlikda bajariladi.

153.

51-modda. Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar ota-onasining hamda boshqa qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari

...

(ikkinchi qism) Mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ta’lim tashkilotlari voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarni tarbiyalashda, ularning jismoniy hamda ruhiy sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlashda, shuningdek, individual qobiliyatlarini rivojlantirishda ularning ota-onasiga hamda boshqa qonuniy vakillariga ko‘maklashadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

154.

23-modda. Ijtimoiy infratuzilma obyektlarini nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlariga rioya etgan holda loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning, shu jumladan o‘rindiqli aravachalardan hamda yetaklovchi itlardan foydalanuvchi shaxslarning barcha ijtimoiy infratuzilma obyektlariga (turar joylarga, jamoat va ishlab chiqarish binolariga, imoratlar va inshootlarga, sog‘liqni saqlash va sport obyektlariga, madaniy-tomosha muassasalariga hamda boshqa muassasalarga) moneliksiz kirishi uchun shart-sharoitlar yaratishi shart.

O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

155.

43-modda. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish va ularning bandligini ta’minlash

...

(uchinchi qism) Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan xodimlarining soni yigirma nafardan ortiq bo‘lgan tashkilotlarda xodimlar umumiy sonining kamida uch foizi miqdorida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam soni belgilanadi.

156.

11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining madaniy faoliyat sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

madaniy faoliyat sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

tegishli hududda joylashgan madaniyat muassasalari va tashkilotlariga ko‘maklashadi;

madaniy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi;

madaniy faoliyat sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda ishtirok etadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni

Madaniyat vazirligi

157.

13-modda. Davlat organlarining fazoviy ma’lumotlar sohasidagi vakolatlari

Davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari:

fazoviy ma’lumotlar sohasidagi yagona davlat siyosatini shakllantirishga doir takliflarni ishlab chiqish va kiritishda ishtirok etadi hamda uning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

fazoviy ma’lumotlar sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish bilan bog‘liq ishlarda ishtirok etadi;

maxsus vakolatli davlat organi bilan hamkorlikda tegishli tarmoq uchun sohaga oid fazoviy ma’lumotlar ishlab chiqilishini hamda tarmoqqa oid geoaxborot resurslarini ishlab chiqishga va fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasining geoportallarini yaratish hamda saqlab turishga doir ishlarning bajarilishini tashkil etadi;

bazaviy fazoviy ma’lumotlarning va metama’lumotlarning maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilishini ta’minlaydi;

sohaga oid ochiq fazoviy ma’lumotlardan foydalanilishini ta’minlaydi;

tegishli tarmoq yoki hudud uchun sohaga oid fazoviy ma’lumotlarga ishlov berilishini amalga oshiradi.

Davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Fazoviy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

158.

36-modda. Favqulodda vaziyatlarda transport ishini tashkil etish

...

(to‘rtinchi qism)O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar natijasida yuzaga kelgan hamda odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga, harakat xavfsizligiga hamda yuklarning but saqlanishiga tahdid soladigan avariyalar, halokatlar, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini tugatishda transport tashkilotlariga, tashuvchilarga yordam ko‘rsatadi, shuningdek, ularni bartaraf etish, odamlar hayotini qutqarish hamda sog‘lig‘ini saqlash, moddiy va madaniy qimmatliklarni himoya qilish, zararni (ziyonni) kamaytirish choralarini ko‘radi.

O‘zbekiston Respublikasining “Transport to‘g‘risida”gi Qonuni

Transport vazirligi

159.

83-modda. Sudyalarni uy-joy bilan ta’minlash

Uy-joyga muhtoj bo‘lgan sudya mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda sud joylashgan erda xizmat turar joyi bilan ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni

Oliy sud

160.

11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

seysmik xatarni kamaytirish va aholini yuz berishi mumkin bo‘lgan kuchli zilzilalarga tayyorlash ishlarini tashkil etadi;

seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi;

yuz berishi mumkin bo‘lgan kuchli zilzilalarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash hamda tadqiqot va loyihalash ishlarini olib borish borasida boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;

aholini kuchli zilzilalar vaqtida tegishli harakatlarni bajarishga va tadbirlarni amalga oshirishga tayyorlash bo‘yicha seysmik faol zonalarda seminar va treninglar tashkil etilishiga bevosita ko‘maklashadi;

qurilish tashkilotlari tomonidan seysmik faol zonalar uchun normativlarga muvofiq ishlab chiqilgan loyihalarga qat’iy rioya etilishini nazorat qiladi;

mavjud bo‘lgan hamda qurilayotgan binolar va inshootlarning elektron texnik pasportlarini shakllantirishda, ularni yangilashda, shuningdek monitoringini o‘tkazishda ishtirok etadi;

seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi yangi ishlanmalarni amalga oshirishda bevosita tashkiliy-amaliy yordam ko‘rsatadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

161.

17-modda. Zilzila oqibatlarini bartaraf etish

...

(ikkinchi qism) Zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbarligida hamda ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari, seysmologiya sohasidagi mutaxassislar ishtirokida zarar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish asosida tezkor chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqadi.

162.

10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining organik mahsulotlar sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

qishloq xo‘jaligi korxonalariga va qayta ishlash korxonalariga organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish va realizatsiya qilish uchun yer uchastkalari ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatadi;

organik mahsulotlar to‘g‘risidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan mahsulotlarning organik mahsulotlar sifatida realizatsiya qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi;

aholini organik mahsulotlar yetishtirish to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlaydi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Organik mahsulotlar to‘g‘risida”gi Qonuni

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

III. Bekor qilinishi taklif etilayotgan vazifa va funksiyalar

163.

252-modda. Xalq deputatlari Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish

...

(uchinchi qism) Mahalla huquq-tartibot maskanlarining profilaktika katta inspektorlari jamoat xavfsizligini ta’minlash holati to‘g‘risida har olti oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi.

...

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni

Ichki ishlar vazirligi

164.

15-modda. Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari

...

(uchinchi qism) Profilaktika inspektorlari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori bilan lavozimga tasdiqlanadi.

...

O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida” Qonuni

Ichki ishlar vazirligi

a) 4-bandning beshinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat” so‘zlari “mahalliy ijroiya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“a” kichik banddagi “mahalliy davlat” so‘zlari “mahalliy ijroiya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandning uchinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat” so‘zlari “mahalliy ijroiya” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni bilan tasdiqlangan Mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining amalga oshirilishi bo‘yicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish tartibining “Bajarish muddati” ustunidagi “Har oyda” so‘zlari “Har yarim yilda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) Ichki ishlar organlari tayanch punkti to‘g‘risidagi nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshisidan “tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qarori bilan lavozimga tasdiqlanib, uning majlisida” degan so‘zlari chiqarib tashlansin.
7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat” so‘zlari “mahalliy ijroiya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat” so‘zlari “mahalliy ijroiya” so‘zlari bilan almashtirilsin.
37-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “har oyda” so‘zlari “har yarim yilda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
43-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “har oyda” so‘zlari “har yarim yilda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) Toshkent shahar hokimligi namunasida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 12-bandi ijrosi bo‘yicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish sxemasi II bosqichidagi “har oyda” so‘zlari “har yarim yilda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi “Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-230-son qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisidagi “har chorakda tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlariga” so‘zlari “har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi