Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

 LexUZ sharhi

T/r

Ish turlari

Vaqt me’yori, soat

Ish turlarining bajarilganligini aniqlash

1-bob. O‘quv yuklamasining nazariy va amaliy komponentlari — 600 soat (o‘quv rejasi asosida)*

1.

O‘quv amaliyotini (modul amaliy mashg‘ulotini) o‘tkazish va ishlab chiqarish amaliyotiga (kvalifikatsion amaliyotga) rahbarlik qilish

O‘tkazilgan o‘quv amaliyotining (modul amaliy mashg‘ulotining) 1 akademik soat mashg‘uloti uchun 1 soat;

O‘tkazilgan ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlarining (kvalifikatsion amaliyotning) 1 akademik soat mashg‘ulotiga rahbarlik uchun 1 soat.

O‘quv mashg‘uloti jurnali asosida.

2-bob. Ishlab chiqarish ta’limini amalga oshirish — 960 soat*

2.

O‘quv amaliyotini (modul amaliy mashg‘ulotini) va ishlab chiqarish amaliyotlarini (kvalifikatsion amaliyotni) o‘tkazishga tayyorlanish

Har bir kunlik o‘quv amaliyotiga (modul amaliy mashg‘ulotiga) tayyorgarlik ko‘rish uchun — 2 soat.

Ishchi o‘quv rejada ishlab chiqarish ta’lim ustasiga ajratilgan o‘quv amaliyotlari bo‘yicha belgilangan soat bo‘yicha hisoblanadi.

Har bir kunlik o‘quv amaliyoti (modul amaliy mashg‘uloti) uchun zarur xomashyo va materiallarni qabul qilib olish, ularni tayyorlash va hisobini yuritish uchun — 1 soat.

Bosh usta va ishlab chiqarish ta’limi ustasining talabnoma, qaydnoma, dalolatnoma va bildirgisi asosida.

Har bir fan (modul) o‘qitish materiallari to‘plamlari yoki raqamli ta’lim resurs mate�iallarini ishlab chiqish uchun o‘quv rejada o‘quv yili uchun belgilangan soatning — 100 foizi, Respublika miqyosida ommalashtirish uchun — 120 foizi ajratiladi.

Professional ta’lim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlangan o‘qitish materiallari to‘plamlari asosida. Hammualliflikda tayyorlangan o‘qitish materiallari to‘plamlari mualliflar o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Raqamli ta’lim resurs materiallari ishlab chiqilgan va Respublika miqyosida ommalashtirilgan o‘qitish materiallari to‘plamlari Professional ta’limni rivojlantirish institutining tegishli mualliflik guvohnomasi asosida.

O‘qitish materiallari to‘plamlari yoki raqamli ta’lim resurs materiallarini takomillashtirish uchun o‘quv rejada o‘quv yili uchun belgilangan soatning 50 foizi ajratiladi.

3.

Ochiq darslar yoki master-klasslarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish

Bir ochiq dars uchun — 10 soat;

Direktor o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan grafik asosida. Bir o‘quv yilida ochiq dars uchun — 40 soat va master-klasslar o‘tkazish uchun — 80 soatdan oshmasligi kerak.

Bir master-klass uchun — 20 soat;

Master-klasslarni ommaviy axborot vositalariga yoritish — 40 soat.

4.

Qoldirgan (o‘zlashtirmagan) amaliy mashg‘ulotlarni (qayta topshirishni) qabul qilish

Qoldirilgan (o‘zlashtirilmagan) amaliy mashg‘ulotlarni (qayta topshirishni) qabul qilishda har bir o‘quvchi uchun — 0,3 soat. Bir o‘quv yilida ko‘pi bilan 30 soat;

O‘quv mashg‘uloti jurnali asosida.

Bir o‘quvchidan ishlab chiqarish amaliyoti (kvalifikatsion amaliyot) yakuni bo‘yicha o‘quvchilardan hisobotni qabul qilish uchun — 1 soat.

5.

O‘quv amaliyotini (modul amaliy mashg‘ulotni) tahlil qilish

Bir o‘quv amaliyoti (modul amaliy mashg‘uloti) uchun — 6 soat;

Bir o‘quv yili davomida ko‘pi bilan 60 soat.

Direktor o‘rinbosari tomonidan dars tahlili bo‘yicha o‘qituvchilardan to‘plangan xulosalar yakuniga ko‘ra o‘tkazilgan yig‘ilishi bayoni.

6.

Kasbiy-amaliy imtihonlarni o‘tkazish

Kasbiy fan (modul)lar majmuasi bo‘yicha davlat imtihoni uchun savollar to‘plamini ishlab chiqishda ishtirok etish uchun — 10 soat;

Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan.

Bir guruh o‘quvchilariga kasbiy-amaliy imtihonlarni topshiriqlarini ishlab chiqish uchun — 15 soat;

Bir guruh o‘quvchilarining ish o‘rinlarini tayyorlash uchun — 20 soat;

Bir guruh o‘quvchilariga maslahat berish uchun — 12 soat;

Kasbiy-amaliy imtihonlarni o‘tkazishda ishtirok etgan har bir kun uchun — 6 soat.

Kasbiy-amaliy imtihonlarni bayonnomasi asosida.

7.

O‘quvchilarni kasb bo‘yicha tashkil etilgan tanlovlarga tayyorlash

Tuman miqyosida ishtiroki uchun — 40 soat;

Professional ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i va tanlovda egallagan o‘rinni tasdiqlovchi hujjatlar asosida.

Bunda, soatlarni hisobga olishda ishlab chiqarish ta’limi ustasi tomonidan erishilgan natija (natijalar) uchun nazarda tutilgan soatlarning eng yuqori bo‘lgan bittasi inobatga olinadi.

Viloyat miqyosida ishtiroki uchun — 80 soat;

Respublika miqyosida ishtiroki uchun — 120 soat.

8.

Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari, shuningdek katta yoshdagilar o‘rtasida kasbga yo‘naltirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish

Bir targ‘ibot-tashviqot ishlari uchun — 4 soat;

Professional ta’lim muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlangan grafik asosida va amalda bajarilgan ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarining bildirgisi asosida.

Bir o‘quv yili davomida ko‘pi bilan — 40 soat.

9.

O‘quvchilarni mustaqil ta’lim ishlari bo‘yicha baholash

Bir o‘quv yilida ko‘pi bilan 80 soat ajratiladi

(har bir o‘quvchi uchun — 0.4 soat)

Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan.

10.

Ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va/yoki takomillashtirish ishlarida ishtirok etish

Bir kasb yoki mutaxassislik uchun ta’lim dasturini ishlab chiqishda ishtirok etish uchun — 150 soat, takomillashtirishda ishtirok etish uchun — 50 soat.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug‘i yoki topshirig‘i hamda ishtirok etganligi to‘g‘risidagi xat asosida.

Bir fan (modul) yoki amaliyotning namunaviy o‘quv dasturini ishlab chiqish uchun — bir fan (modul) yoki amaliyot yuklamasi jami soatlar miqdorining 25 foizi, takomillashtirish uchun — 15 foizi.

Bir fan (modul) yoki amaliyotning ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish uchun — bir fan (modul) yoki amaliyot yuklamasi jami soatlar miqdorining 20 foizi, takomillashtirish uchun — 10 foizi.

11.

Kasblar bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish va ularning faoliyatiga rahbarlik qilish

Bir to‘garak uchun — 60 soat.

Professional ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan. Bir o‘quv yilida 120 soatgacha ajratiladi.

12.

Ishlab chiqarish ta’limi ustalari o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etish

Tuman miqyosida ishtiroki uchun — 40 soat;

Professional ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i va tanlovda egallagan o‘rinni tasdiqlovchi hujjatlar asosida.

Bunda, soatlarni hisobga olishda ishlab chiqarish ta’limi ustasi tomonidan erishilgan natija (natijalar) uchun nazarda tutilgan soatlarning eng yuqori bo‘lgan bittasi inobatga olinadi.

Viloyat miqyosida ishtiroki uchun — 80 soat;

Respublika miqyosida ishtiroki uchun — 120 soat.

13.

Bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish, maslahat va taqriz berish. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi ishida ishtirok etish

Har bir bitiruvchiga — 8 soat, jami 120 soatgacha ajratiladi.

Professional ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i asosida.

Har bir bitiruvchining bitiruv malakaviy ishiga taqriz berish — 1 soat.

Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi bir kunlik ishtiroki uchun — 6 soat.

3-bob. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish — 80 soat*

14.

Sport, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rik tanlovlar, seminar, trening va konferensiyalar o‘tkazish va ularda ishtirok etish

Sport, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rik tanlovlar, seminar, trening va konferensiyalarni quyidagicha tashkil qilish:

respublika miqyos�da — 60 soat;

viloyat (shahar) miqyosida — 40 soat;

professional ta’lim muassasasida — 20 soat.

Bir ko‘rik tanlov, seminar, ko‘rgazmalarda, trening va konferensiyalarda ishtirok etish uchun — 6 soat.

Professional ta’lim muassasasi rahbarining tegishli buyrug‘i va o‘tkazilgan tadbirlar bayonnomasi asosida.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi