Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida

Tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyini yoki ustun muzokara kuchini aniqlash va e’tirof etish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Tovar yoki moliya bozorida raqobat muhitini tahlil qilishda foydalaniladigan ma’lumotlar

3-bob. Tovar yoki moliya bozorining tovar chegaralarini aniqlash

4-bob. Tovar va moliya bozoridagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozor ulushini aniqlash

5-bob. Tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyekt yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchini e’tirof etish

6-bob. Tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyekt yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchining bekor bo‘lganligini e’tirof etish

7 -bob. Yakunlovchi qoidalar

Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini va ustun muzokara kuchini e’tirof etish hamda raqobatning cheklanishiga va (yoki) iste’molchilarning, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlarni aniqlash tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini e’tirof etish

3-bob. Raqamli platforma operatorining ustun muzokara kuchi

4-bob. Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyi va ustun muzokara kuchiga egaligini bekor qilish

5-bob. Ustun mavqeni yoki ustun muzokara kuchini suiiste’mol qilishni taqiqlash

6-bob. Yakunlovchi qoidalar

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etish tartibi

3-bob. Tabiiy monopoliya subyekti maqomini bekor qilish tartibi

4-bob. Yakunlovchi qoidalar

Tabiiy monopoliya subyekti hamda ishlab chiqarilgan va/yoki realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) * hajmlari to‘g‘risida so‘rovnoma (anketa)

Raqobatga qarshi kelishuvlarni va muvofiqlashtirilgan harakatlarni aniqlash tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Raqobatga qarshi kelishuvlar, muvofiqlashtirilgan harakatlar va iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishni aniqlash

3-bob. Raqobatga qarshi kelishuv, muvofiqlashtirilgan harakatlar va iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishning dalillari

4-bob. Savdolardagi raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarni aniqlash

5-bob. Aniqlangan raqobatga qarshi kelishuvlarni, muvofiqlashtirilgan harakatlarni ko‘rib chiqish

6-bob . Raqobatga qarshi kelishuv va muvofiqlashtirilgan harakat bo‘yicha javobgarlikdan ozod etish

7-bob. Yakunlovchi qoidalar

Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun oldindan rozilik olish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Oldindan rozilik olish bo‘yicha talablar va shartlar

3-bob. Iqtisodiy konsentratsiyani nazorat qilish tartibi

4-bob. Shaxslar guruhini aniqlash

5-bob. Oldindan rozilik olish uchun ariza berish tartibi va shakli

6-bob. Oldindan rozilik berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori, uni hisoblash va to‘lash tartibi

7-bob. Oldindan rozilik olish uchun arizani ko‘rib chiqish tartibi va natijalari

8-bob. Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirishda kompensatsiya choralari

9-bob. Iqtisodiy konsentratsiyaga doir bitimlarga oldindan rozilik olish tartibini buzish

10-bob. Yakunlovchi qoidalar

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga ruxsatnoma olish PASPORTI

Shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarni ko‘rib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olish PASPORTI

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh VA ISTE’MOLChILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISh QO‘MITASI QAROR

Xizmatlarning moliya bozorida monopol yuqori va monopol past narxlarni aniqlash tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Xizmatlarning moliya bozorida monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash

3-bob. Yakunlovchi qoidalar

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarishning asosiy shartlari

3-bob. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligini o‘rganish

4-bob. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish

5-bob. Yakunlovchi qoidalar

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari RO‘YXATI

Hujjat 03.08.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjat hali kuchga kirgan emas
O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-son Farmoniga muvofiq quyidagilar Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 3-bobi (Savdolarni va iqtisodiy konsentratsiyani monopoliyaga qarshi tarzda tartibga solish).
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
 LexUZ sharhi
1.Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyini yoki ustun muzokara kuchini aniqlash va e’tirof etish hamda raqobatni bevosita yoxud bilvosita cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlarni aniqlash tartibini belgilaydi.
19. Shaxslar guruhining tegishli tovar va moliya bozoridagi ulushi O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasiga muvofiq tovar bozori hududida faoliyat yurituvchi va shaxslar guruhini tashkil etuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ulushlari yig‘indisi sifatida belgilanadi.
21. O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasiga muvofiq tovar yoki moliya bozorida quyidagilar ustun mavqe deb e’tirof etiladi:
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeyi yoxud ustun muzokara kuchi e’tirof etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektga yoki shaxslar guruhiga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha xabarnoma yuboradi, mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining tovarlariga nisbatan narxlar davlat tomonidan tartibga solingan taqdirda esa, bu haqda narxni tartibga soluvchi organga ham xabar qiladi.
 LexUZ sharhi
Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshisida belgilangan holatlar vujudga kelganda, xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi o‘n kun muddatda bu to‘g‘risida monopoliyaga qarshi organni xabardor qilishi shart.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga (keyingi o‘rinlarda — Qonun) muvofiq raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini va ustun muzokara kuchini e’tirof etish hamda raqobatning cheklanishiga va (yoki) iste’molchilarning, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlarni aniqlash tartibini belgilaydi.
Raqamli platforma operatori O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega deb e’tirof etilgan bo‘lsa, u holda mazkur bandning birinchi — uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlaridan qat’i nazar ustun mavqega ega deb e’tirof etiladi.
9. Raqamli platforma operatori mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishgan sanadan e’tiboran ikki oy muddatda monopoliyaga qarshi organni xabardor qiladi.
 LexUZ sharhi
mazkur Nizomning 8 va 15-bandlarida ko‘rsatilgan shartlarga nomuvofiqligi aniqlanganda;
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etish va ularning ushbu maqomini bekor qilish tartibini belgilaydi.
Monopoliyaga qarshi organ taqdim etilgan so‘rovnoma ma’lumotlarini mazkur Nizomning 2 va 6-bandlarida qayd etilgan talablarga muvofiqligini va xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan faoliyat turlari bo‘yicha tovarlar yoki xizmatlar realizatsiya qilinayotganligini o‘rganadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan taqdim etilgan so‘rovnoma ma’lumotlaridan uning mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan talablar yoki faoliyat turlariga muvofiq ekanligi aniqlangan taqdirda, mazkur xo‘jalik yurituvchi subyekt ushbu faoliyat turlari bo‘yicha tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etilishiga asos bo‘ladi.

T/r

Ko‘rsatkichlarning nomi

Axborot va ko‘rsatkichlar

1.

Tabiiy monopoliya subyektining to‘liq nomi

2.

Yuqori tashkilotning nomi (mavjud bo‘lganda)

3.

Tabiiy monopoliya subyekti joylashgan joy (pochta manzili), telefon raqami, faksi, elektron pochtasi

4.

Rahbarning F.I.O.

5.

Bank rekvizitlari, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR)

6.

Ustav kapitali tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ustav kapitali summasi, muassislar, aksiyadorlar (qatnashchilar) tarkibi)

7.

Faoliyatining asosiy turi

8.

Tabiiy monopoliya sharoitlarida amalga oshiriladigan faoliyat turi

Tabiiy monopoliya sharoitlarida amalga oshiriladigan faoliyat turining ko‘rsatiladigan respublika, viloyat, tuman va shaharlari nomi

9.

_________da tabiiy monopoliya sharoitlarida ishlab chiqarilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) (davr) hajmi

natura ifodasida

mln so‘m

10.

_________da keyinchalik tashish (berish) uchun tabiiy monopoliya sharoitlarida sotib olingan tovarlar (davr) hajmi **

natura ifodasida

mln so‘m

11.

_________da tabiiy monopoliya sharoitlarida o‘z ehtiyojlari uchun foydalanilgan, ishlab chiqarilgan (sotib olingan) tovarlar (ishlar, xizmatlar) (davr) hajmi

natura ifodasida

12.

_________da, shu jumladan:

(davr)

natura ifodasida

mln so‘m

Abonentlar soni

-

aholiga

natura ifodasida

mln so‘m

Abonentlar soni

-

budjet tashkilotlariga ***

natura ifodasida

mln so‘m

Abonentlar soni

-

boshqa iste’molchilarga — yuridik shaxslarga tabiiy monopoliya sharoitlarida realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning umumiy hajmi ***

natura ifodasida

mln so‘m

Abonentlar soni

13. Vakolatli organ tomonidan kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarning sodir etilganligini tasdiqlovchi, ushbu Nizomning 11 va 12-bandlarida nazarda tutilgan dalillardan tashqari qo‘shimcha dalillar tovar va moliya bozorlarida amalga oshirilgan tahlillar va o‘rganishlar davomida aniqlanishi mumkin.
Bunda vakolatli organ tomonidan ushbu Nizomning 3-bobida keltirilgan dalillar aniqlangan taqdirda, raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlar sodir etilmaganligini isbotlash ushbu kelishuvlar va (yoki) muvofiqlashtirilgan harakatlarni sodir etishda ishtirok etgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar zimmasida bo‘ladi.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq iqtisodiy konsentratsiya ustidan davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy konsentratsiyani ko‘rib chiqish va oldindan rozilik olish tartibini belgilaydi.
6. Iqtisodiy konsentratsiya bo‘yicha monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan holatlarda quyidagi shartlardan biri mavjud bo‘lganda olinadi:
9. Yagona (umumiy) iqtisodiy manfaatga ega bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni 10-moddasi shartlaridan biriga yoki bir nechtasiga muvofiq bo‘lgan shaxslar yig‘indisi — shaxslar guruhi deb e’tirof etiladi.
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
18. Ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan ma’lumot, axborot yoki hujjatlarsiz va ularning taqdim etishning imkoniyati bo‘lmaganligini asoslovchi sabablar yozma ravishda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, monopoliyaga qarshi organ tomonidan ariza ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi. Bunday hollarda monopoliyaga qarshi organ arizani ko‘rib chiqmasdan ikki kun mobaynida ariza beruvchiga elektron shaklda xabarnoma yuboradi va arizani ko‘rmasdan qaytaradi.
20. Yig‘imlar mazkur Nizomning 21 va 22-bandlarida ko‘rsatilgan tartibda hisoblanadi.
Mazkur Nizomning 19-bandi ikkinchi xatboshisiga asosan oldindan rozilik berilganligi uchun to‘lanadigan to‘lovlar monopoliyaga qarshi organning hisobvarag‘iga to‘liq o‘tkaziladi.
32. Iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha mazkur Nizomning 3-ilovasida nazarda tutilgan shaklga muvofiq monopoliyaga qarshi organ quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
39. Investor xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) mazkur Nizomning 5-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan miqdorda olish uchun bir tomonlama bitimlarni (meros, huquqiy vorislik) tuzishda meros bo‘yicha huquqqa ega bo‘lgan kundan boshlab, bu to‘g‘risida o‘n besh kalendar kun mobaynida monopoliyaga qarshi organga bildirishnoma yuborishi kerak.
tegishli vakolatli organlar 15 kun muddatda ushbu bandning uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni monopoliyaga qarshi organga taqdim etadi;
soliq organlari 15 kun muddatda ushbu bandning beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni monopoliyaga qarshi organga taqdim etadi;
 LexUZ sharhi

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga oldindan rozilik berish to‘g‘risidaqaror

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish sohasidagi vakolatli organ:

a) O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi:

agar qatnashchilar yoki harakatni amalga oshiruvchi qatnashchilardan biri respublikaning bir nechta hududida yoxud barcha hududlarida o‘z faoliyatini amalga osh�radigan holatlarda;

agar bitimlar ishtirokchilari respublikaning turli hududlarida joylashgan holatlarda;

b) Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining hududiy organlari:

xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyatini respublikaning ayni bir hududi doirasida amalga oshiradigan holatlarda.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi, STIR, yuridik manzili, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi va joyi, xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami, elektron pochta manzili, sodir etish nazarda tutilgan xatti-harakat nomi, muassislari (qatnashchilari) tarkibi va ularning jamiyat ustav fondidagi ulushlari miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

qo‘shib olinadigan (yuboriladigan) xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi, STIR, yuridik manzili, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi va joyi, xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami, elektron pochta manzili, muassislari (qatnashchilari) tarkibi va ularning jamiyat ustav fondidagi ulushlari miqdori to‘g‘risida quyidagi ma’lumot:

T/r

Muassislar tarkibi

Ulushlar miqdori

Nominal qiymatda

%

1.

...

qo‘shib oladigan xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) qatnashishi to‘g‘risida quyidagi ma’lumot:

T/r

Xo‘jalik yurituvchi subyekt nomi

STIR raqami

Faoliyat turi

Ulush miqdori %

1.

...

qo‘shib olinadigan (yuboriladigan) xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) qatnashishi to‘g‘risida ma’lumot:

T/r

Xo‘jalik yurituvchi subyekt nomi

STIR raqami

Faoliyat turi

Ulush miqdori %

1.

...

b) amalga oshirilayotgan harakatlar har bir qatnashchisining ariza berilgan kundan oldingi ikki yil mobaynida yoxud agar faoliyat ikki yildan kamroq muddatni tashkil etsa, faoliyat amalga oshirilgan muddat davomidagi olib borgan faoliyat turlari, ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan xizmatlar) va realizatsiya qilingan tovar turlarining nomlari hamda ularning hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

v) bitim taraflarining o‘tgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy va statistika hisobotlar, bunda hisobotlar nazorat qiluvchi organga hisobotni topshirilganligini tasdiqlovchi nusxasi bilan taqdim etilishi lozim;

g) shaxslar guruhining tarkibi to‘g‘risida, bunday shaxslarning ushbu shaxslar guruhiga kirish asoslari ko‘rsatilgan ma’lumotlar;

d) xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarining (ulushlarining) 25 foizdan ko‘prog‘iga bevosita yoki bilvosita egalik qilish orqali haqiqatda nazorat qiladigan jismoniy shaxslar — asosiy benefitsiar mulkdorlar to‘g‘risidagi ma’lumot.

Axborot tarkibida tijorat sirining mavjudligi uni vakolatli organga taqdim qilishni rad etish uchun asos bo‘lmaydi, bunda xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar ishtirokchilari vakolatli organga axborot taqdim etishda, tijorat siridan iborat bo‘lgan ma’lumotlarning to‘liq ro‘yxatini ko‘rsatishi kerak.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

bitim taraflarining oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud bo‘lmagan taqdirda — aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam bo‘lmagan va ming baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.

To‘lovl�r to‘liq monopoliyaga qarshi organning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

30 kalendar kun.

Bitim raqobatni, shu jumladan, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni paydo qilish yoxud kuchaytirish vositasida cheklashga olib kelishiga yoki olib kelishi mumkinligiga asoslar paydo bo‘lgan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ arizachiga xabarnoma yuborish orqali arizani ko‘rib chiqish muddatini ko‘pi bilan ikki oyga uzaytirishi mumkin.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berilishi tovar yoki moliya bozorida tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelmasligi lozim.

Monopoliyaga qarshi organ hatto tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoxud kuchayishiga va raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan taqdirda ham, agar xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi yuridik shaxslar o‘z harakatlari (bitimlari) iste’molchilarga sezilarli tarzda naf keltirishini isbotlab bersa, harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantiradi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

1 yil

11.

Izoh:

Agar tegishli bitimda ishtirok etayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan biri aktivlarining balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik ming baravari miqdoridan ortiq yoxud ularning aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish bo‘yicha bitimlar uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish zarur.

Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish talab etilmaydi:

davlat ishtirokidagi korxonalarning qo‘shib yuborilishiga yoki qo‘shib olinishiga yoxud ularning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) olinishiga doir bitimlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshirilgan hollarda;

xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish chog‘ida uning muassislariga;

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarni ko‘rib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik berish to‘g‘risidaqaror

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Q�nunchilikda nazarda tutilgan hollarda xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidan (ustav kapitalidan) aksiyalarni (ulushlarni) tasarruf etish huquqini olish uchun shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan bitimlar tuzish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Jismoniy va yuridik shaxslar (shaxs va/yoki shaxslar guruhi)

4.

Ruxsat etish sohasidagi vakolatli organ:

a) O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mit�si tomonidan:

respublikaning bir nechta hududida yoki barcha hududlarida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda;

agar xo‘jalik yurituvchi subyekt va investor yoki shaxslar guruhi hisoblanadigan investorlar respublikaning turli hududlarida joylashgan bo‘lsa, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda;

xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) xorijiy investorlartomonidan olishda.

b) Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan:

respublikaning ayni bir hududi doirasida o‘z faoliyatini amalga oshiradigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

talabgor — aksiyani (ulushni) oluvchi jismoniy shaxs uchun — F.I.O., arizachining pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid ma’lumotlar (norezident bo‘lgan jismoniy shaxs uchun — pasportning ko‘chirma nusxasini), JShShIR, telefon raqami, elektron pochta manzili va o‘zining boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) qatnashishi to‘g‘risida quyidagi ma’lumot:

T/r

Xo‘jalik yurituvchi subyekt nomi

STIR raqami

Faoliyat turi

Ulush miqdori %

1.

...

talabgor — aksiyani (ulushni) oluvchi yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, yuridik manzili, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi va joyi, xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami, elektron pochta manzili (norezident bo‘lgan yuridik shaxs uchun –davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatning ko‘chirma nusxasini yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat), muassislari (qatnashchilari) tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

Muassislari (qatnashchilari)ning jamiyat ustav fondidagi ulushlari miqdori haqidagi quyidagi ma’lumot:

T/r

Muassislar tarkibi

Ulushlar miqdori

Nominal qiymatda

%

1.

...

talabgor — yuridik shaxsning boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) qatnashishi to‘g‘risida quyidagi ma’lumot:

T/r

Xo‘jalik yurituvchi subyekt nomi

STIR raqami

Faoliyat turi

Ulush miqdori %

1.

...

ustav fondidan aksiya (ulush) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt nomi, STIR, yuridik manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili, ustav fondidan investor (aksiya (ulush) oluvchi shaxs) tomonidan olinadigan aksiyalar (ulushlar) miqdori, ustav fondiga talabgor tomonidan kiritiladigan mol-mulkning qiymati, muassislari (qatnashchilari) tarkibi va ularning jamiyat ustav fondidagi ulushlari miqdori ko‘rsatilgan ma’lumot:

T/r

Muassislar tarkibi

Ulushlar miqdori

Nominal qiymatda

%

1.

...

ustav fondidan aksiya (ulush) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt — yuridik shaxsning boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) qatnashishi to‘g‘risida quyidagi ma’lumot:

T/r

Xo‘jalik yurituvchi subyekt nomi

STIR raqami

Faoliyat turi

Ulush miqdori %

1.

...

b) amalga oshirilayotgan harakatlar har bir qatnashchisining ariza berilgan kundan oldingi ikki yil mobaynida yoxud agar faoliyat ikki yildan kamroq muddatni tashkil etsa, faoliyat amalga oshirilgan muddat davomidagi olib borgan faoliyat turlari, ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan xizmatlar) va realizatsiya qilingan tovar turlarining nomlari hamda ularning hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

v) bitim taraflarining o‘tgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy va statistika hisobotlari (chet el yuridik shaxslari uchun statistika hisobotlari talab etilmaydi). Bunda hisobotlar nazorat qiluvchi organga hisobot topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan taqdim etilishi zarur, chet tilidagi hisobotlar rasman davlat tiliga tarjima qilingan va notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi lozim;

g) shaxslar guruhining tarkibi to‘g‘risida, bunday shaxslarning ushbu shaxslar guruhiga kirish asoslari ko‘rsatilgan ma’lumotlar

d) xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarining (ulushlarining) 25 foizdan ko‘prog‘iga bevosita yoki bilvosita egalik qilish orqali haqiqatda nazorat qiladigan jismoniy shaxslar — asosiy benefitsiar mulkdorlar to‘g‘risidagi ma’lumot

Axborot tarkibida tijorat sirining mavjudligi uni monopoliyaga qarshi organga taqdim qilishni rad etish uchun asos bo‘lmaydi, bunda xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar ishtirokchilari monopoliyaga qarshi organga axborot taqdim etishda, tijorat siridan iborat bo‘lgan ma’lumotlarning to‘liq ro‘yxatini ko‘rsatishi kerak.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

bitim taraflarining oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud bo‘lmagan taqdirda — aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam bo‘lmagan va ming baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.

To‘lovlar to‘liq monopoliyaga qarshi organning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

30 kalendar kun.

Bitim raqobatni, shu jumladan, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni paydo qilish yoxud kuchaytirish vositasida cheklashga olib kelishiga yoki olib kelishi mumkinligiga asoslar paydo bo‘lgan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ arizachiga xabarnoma yuborish orqali arizani ko‘rib chiqish muddatini ko‘pi bilan ikki oyga uzaytirishi mumkin.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) xorijiy investor obyektiv sabablarga ko‘ra moliyaviy hisobotni taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, bunda moliyaviy hisobot topshirish muddati tugamagan yoki investorning ro‘yxatdan o‘tgan davlati qonunchiligida boshqa holatlar nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu hujjat mavjud bo‘lmagan taqdirda ham iqtisodiy konsentratsiya bo‘yicha istalgan bitimni tuzishga oldindan rozilik olishi zarur, bundan murojaat yilida tashkil etilgan va moliyaviy hisobotlarga ega investorlar mustasn�;

b) arizachi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda (axborotlarda) kiritilgan holatlar o‘zgargan taqdirda, bu haqda monopoliyaga qarshi organni qaror qabul qilgungacha yozma shaklda xabardor qilishi shart;

v) monopoliyaga qarshi organ harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berishi tovar yoki moliya bozorida tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelmasligi lozim.

Monopoliyaga qarshi organ hatto tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoxud kuchayishiga va raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan taqdirda ham, agar xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi yuridik shaxslar o‘z harakatlari (bitimlari) iste’molchilarga sezilarli tarzda naf keltirishini isbotlab bersa, harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantiradi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

1 yil

11.

Izoh:

Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish zarur bo‘ladi, agar:

shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan aksiyadorlik jamiyati ovoz beruvchi aksiyalarining 25 foizidan ortig‘ini tasarruf etish huquqini olsa;

shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan mas’uliyati cheklangan jamiyatning yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarning uchdan bir qismidan ortig‘ini tasarruf etish huquqini olsa;

bi�imda ishtirok etayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan biri aktivlarining balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik ming baravari miqdoridan ortiq yoxud ularning aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa.

Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish talab etilmaydi:

davlat ishtirokidagi korxonalarning qo‘shib yuborilishiga yoki qo‘shib olinishiga yoxud ularning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) olinishiga doir bitimlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshirilgan hollarda;

xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish chog‘ida uning muassislariga;

xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z aksiyalarini (ulushlarini) olishga doir bitimlarga;

aksiyadorlik jamiyati (mas’uliyati cheklangan jamiyat yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat) o‘z ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini saqlab qolgan holda, boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga o‘zgartirilganda;

aksiyalar (ulushlar) keyinchalik qayta sotish maqsadida investitsiya vositachilari tomonidan olinganda;

ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) jismoniy shaxs tomonidan olishga doir bitimlarga, agar ariza bilan murojaat etilgan paytda bunday jismoniy shaxs biron-bir xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) 25 foizidan ko‘prog‘ini tasarruf etmagan bo‘lsa.

Qimmatli qog‘ozlar savdolarining tashkilotchilari aksiya (ulush) oluvchilarni xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi aksiyalarni olish tartibiga rioya qilishning zarurligi to‘g‘risida xabardor qilishi shart.

1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibini nazarda tutadi.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni (keyingi o‘rinlarda — xo‘jalik yurituvchi subyektlar) majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarishni ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.
13. Banklar va boshqa kredit tashkilotlarini majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish masalalarini ko‘rib chiqishda ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan axborotlarga qo‘shimcha ravishda banklar va boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlar, normalar va cheklashlar ko‘rib chiqiladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi