Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 08.05.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
6. Belgilansinki, 5-ilovaga muvofiq 2024-yil 1-iyuldan boshlab Suv xo‘jaligi vazirligi va uning tuzilmasidagi tashkilotlar xodimlarining yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyentlari oshirilgan miqdorda hamda 2025-yildan boshlab ko‘p yillik mehnati uchun rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda har oylik ustamalar qo‘llanadi.
Mazkur Farmonning 5-ilovasida ko‘zda tutilgan tartib joriy etilishi munosabati bilan yuzaga keladigan xarajatlar 2024-yilda Suv xo‘jaligi vazirligiga davlat budjetidan ajratilgan, shu jumladan nasos stansiyalarining elektr energiyasi xarajatlarini qoplash uchun ko‘zda tutilgan mablag‘larning iqtisod qilinishi kutilayotgan qismi hisobidan, 2025-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida ko‘zda tutiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

Tarkibiy tuzilma

Bo‘ysunuv

Funksiyalar

Yuqori bo‘g‘in

Markaziy apparat

vazir

1. Suv siyosatini yuritish.

2. Yagona suv balansini yuritish.

3. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish.

4. Hududiy organlar faoliyatini baholashning maqsadli ko‘rsatkichlarini belgilash.

5.Transchegaraviy suv resurslarini b�shqarish va foydalanish.

Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati

vazir

1. Suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha kunlik, operativ (tezkor) ma’lumotlar tunu kun olinishini ta’minlash.

2. Axborot tizimlarini yaratish, raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish hamda ularni boshqarish.

3. Suv balansi yuritilishini ta’minlash.

4. Tasdiqlangan suv olish limitlari va grafiklari asosida suv olishni ta’minlash.

5. Yer usti va yer osti suvlaridan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

vazir

1. O‘ta muhim gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini, ishonchli ishlashini hamda qo‘riqlanishini nazorat qilish.

2. O‘ta muhim gidrotexnika inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, foydalanishga qabul qilish, konservatsiyalash va tugatish ishlarida ishtirok etish hamda tegishli xulosalar berish.

3. O‘ta muhim gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik qoidalarini ishlab chiqish va mezonlarini belgilash.

4. Yer usti suvlari obyektlarida suvning oqilona boshqarilishi, suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.

5. Irrigatsiya tizimlari va sug‘orish tarmoqlaridan foydalanish jarayonida ularning barqaror ishlashini nazorat qilish.

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

vazirning birinchi o‘rinbosari

1. Suv muammolarini aniqlash hamda ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlari dasturlarini ishlab chiqish.

2. Global iqlim o‘zgarishining respublika iqtisodiyoti tarmoqlariga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash.

3. Sohaga ilmiy-innovatsion yangiliklarni joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish.

4. Suvni tejaydigan texnologiyalar samaradorligini oshirishning ilmiy asoslarini takomillashtirish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish.

Suv xo‘jaligida islohotlar markazi

vazirning birinchi o‘rinbosari

1. Suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar va indikatorlarga erishish holatini tahlil qilib borish.

2. Transchegaraviy, xalqaro hamda mahalliy suv muammolarini tahlil qilish hamda yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

3. Suv xo‘jaligini isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlar va istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish.

4. Xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, konsalting kompaniyalari va mutaxassislarning tavsiyalarini tahlil qilish va umumlashtirish, maqbul tashabbuslarning samarali implementatsiya qilinishini ta’minlash.

O‘rta bo‘g‘in

Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi

vazir o‘rinbosari — Ekspluatatsiya agentligi direktori

1. Tasdiqlangan suv olish limitlari, grafiklari va taqsimoti asosida suv yetkazib berilishini hamda suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash.

2. Nasos stansiyalari ish rejimini tartibga solish hamda elektr energiyasi iste’molini kamaytirish choralarini ko‘rish.

3. “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari xizmat ko‘rsatadigan hududda suv resurslarini boshqarish va hisobga olishda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish.

4. Suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta’minlash.

5. Kollektor-drenaj tarmoqlari va ulardagi inshootlarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash hamda yerlarning meliorativ barqarorligini ta’minlash ishlarini belgilangan tartibda tashkil qilish.

Suv xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti

Departament direktori

1. Loyihalarni amalga oshirish yuzasidan tizimli monitoring yuritish, shuningdek, buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash.

2. Suv xo‘jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlari bo‘yicha loyihalarning loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va bosh pudrat tashkilotlarini tender savdolari asosida aniqlash hamda tegishli shartnomalarni rasmiylashtirishni nazorat qilish.

3. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tender savdolari asosida bosh pudrat tashkilotlarini belgilangan tartibda aniqlash hamda tegishli shartnomalarni rasmiylashtirish.

4. Suv xo‘jaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini belgilangan tartibda ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni tashkil qilish.

“Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi

Vazir o‘rinbosari

(moliyaviy masalalar bo‘yicha)

1. Suv obyektlaridan baliqchilik maqsadlarida foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

2. Suv xo‘jaligi obyektlarining sohil bo‘yi mintaqa zonalari auksion orqali ijaraga berilishini tashkil etish.

3. Sohil bo‘yi mintaqalari bo‘yicha normativ hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish.

4. Suv oqimlarini boshqarishda daryo o‘zanlari hamda qirg‘oqlaridan foydalanishni tartibga solish.

Quyi bo‘g‘in

“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari

Ekspluatatsiya agentligi

1. Belgilangan limitlar asosida suv iste’molchilariga suv yetkazib berish.

2. O‘ziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish.

3. Sug‘orish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni himoya zonalari bilan birgalikda soz holatda saqlash, ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish.

4. Iste’molchilar kesimida yetkazib berilgan suv hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish.

5. O‘z hisobidagi suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisobotini yuritishni raqamlashtirish.

T/r

Suv xo‘jaligi vazirligi tarkibiy tuzilmasi

Mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyentlarini oshirish miqdori *

Ko‘p yillik mehnati uchun lavozim maoshiga har oylik ustama miqdorlari **

1.

Vazirlik markaziy apparati

1,8

1 — 5 yil — 0,2

5 — 10 yil — 0,3

10 — 20 yil — 0,4

20 yildan ortiq — 0,6

2.

Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi

1,8

2.1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari

1,4

2.2.

Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari

1,4

2.3.

Irrigatsiya tizimi boshqarmalari

1,4

2.4.

Nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari

1,4

2.5.

Meliorativ ekspeditsiyalar

1,4

2.6.

Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi ***

1,4

2.7.

Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmas� ***

1,4

2.7.1.

Amu-Buxoro mashina kanali Olot tuman boshqarmasi ***

1,4

2.7.2.

Amu-Buxoro mashina kanali Qiziltepa tuman boshqarmasi

1,4

2.8.

Qirg‘oq himoyalovchi dambalar va o‘zan rostlovchi inshootlar boshqarmasi

1,4

2.9.

Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi

1,4

2.10.

Suv omborlaridan foydalanish boshqarmalari

1,4

2.11.

Orolbo‘yi delta boshqarmasi

1,4

2.12.

Tuyamo‘yin gidrouzelidan foydalanish boshqarmasi ***

1,4

2.13.

Amudaryo chap qirg‘oq himoya dambalar boshqarmasi

1,4

2.14.

Navoiy viloyati suv omborlari va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmasi

1,4

2.15.

Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi

1,4

2.16.

Farg‘ona vodiysi magistral kanallaridan foydalanish boshqarmasi

1,4

2.16.1

Katta Farg‘ona magistral kanali boshqarmasi

1,4

2.17.

Janubiy Mirzacho‘l kanalidan foydalanish boshqarmasi

1,4

3.

Suv xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti

1,8

4.

Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish i�speksiyasi

1,8

4.1.

Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalari

1,4

5.

Suv xo‘jaligida islohotlar markazi

1,8

6.

Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati

1,8

7.

Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasining ilmiy-axborot markazi ****

3,0

b) ilmiy darajaga ega xodimlariga 2025-yil 1-yanvardan boshlab Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-son qarori bilan tasdiqlangan Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi tatbiq etiladi.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bunda:

o‘rta va quyi bo‘g‘inlarda suvni samarali boshqarishni tashkil qilish;

suv hisobini yuritish hamda “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari o‘rtasida taqsimlash;

suv hisobining samaradorligini ta’minlash orqali suv solig‘i bazasi�i oshirish choralarini ko‘rish;

iqtisod qilingan resurslar (suv, energiya yoki ekspluatatsion xarajatlar) miqdoriga qarab, samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI)ni joriy qilish choralarini ko‘rishni ko‘zda tutish.

Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish

2024-yil 30-may

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev, R. Qarshiyev)

2.

Suv xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bunda:

budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarda buyurtmachi sifatida ishtirok etish;

qurilishda zamonaviy va tejamkor texnologiyalarni keng qo‘llash;

loyiha va qurilish ishlari belgilangan muddatlarda yakunlanishiga hamda innovatsion yechimlar joriy qilinishiga qarab, samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI)ni joriy qilish choralarini ko‘rishni ko‘zda tutish.

Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish

2024-yil 10-iyun

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev, D. Xojiaxmedov)

3.

Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bunda:

barcha manbalar bo‘yicha suv resurslari to‘g‘risidagi tezkor ma’lumotlarni uzluksiz, onlayn rejimda olish, tahlil qilish va zarur hollarda, tezkor choralar ko‘rish tizimini yo‘lga qo‘yish;

er usti va yer osti suvlari to‘g‘risida iqtisodiyot tarmoqlari kesimida ma’lumotlarni yig‘ishda raqamli texnologiyalardan keng foydalanish.

Vazir buyrug‘ini ishlab chiqish va tasdiqlash

2024-yil 20-iyun

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Kon-geologiya vazirligi

(A. Kadirxodjayev)

4.

Suv xo‘jaligida islohotlar markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bunda:

sohada olib borilayotgan islohotlarni chuqurlashtirib borish;

tizimli muammolarni tahlil qilgan holda sohani strategik va innovatsion yechimlar hamda istiqbolli tashabbuslar asosida rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash;

sohani raqamlashtirish hamda suv obyektlarining boshqaruviga xususiy sektorni jalb qilish;

sohaga oid ma’nan eskirgan qoida va me’yorlarni belgilovchi hujjatlarni zamon talablariga moslashtirish;

suv xo‘jaligi tashkilotlarining faoliyatini ilg‘or xorijiy amaliyotlar asosida tashkil etish yo‘nalishlarini ko‘zda tutish.

Vazir buyrug‘ini ishlab chiqish va tasdiqlash

2024-yil 30-iyun

Strategik islohotlar agentligi (B. Raxmatov),

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev, T. Butunbayev)

5.

“Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bunda:

Ekologiya vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasining asosiy vosita va tovar-moddiy boyliklari hamda shtat birliklarini Suv xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazish;

Topshirish – qabul qilish tadbirlari

2024-yil 15-iyunga qadar

Ekologiya vazirligi

(J. Kazbekov),

Suv xo‘jaligi vazirligi

( X. Quvondiqov)

suv xo‘jaligi obyektlarida bozor mexanizm-larini keng joriy qilishga oid qaror loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda:

suv fondi yerlaridan samarali foydalanish;

baliqchilik sanoatini yanada rivojlantirishga manfaatli imkoniyatlar yaratish;

daryo o‘zanlarini suv resurslarini to‘g‘ri boshqarilishini ta’minlagan holda tartibga solishni ko‘zda tutish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish

2024-yil 20-iyul

Suv xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev, X. Quvondiqov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov)

6.

Suv xo‘jaligi sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish, komplaens nazorat hamda ichki audit yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan tarkibiy tuzilmalarning nizomlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vazir buyrug‘i

2024-yil 15-iyun

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxonov)

7.

1. Tabiiy suv obyektlarining suv fondi yerlarini Suv xo‘jaligi vazirligi balansiga o‘tkazish.

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

2024-yil 15-avgust

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari,

Suv xo‘jaligi vazirligi (X. Quvondiqov),

Kadastr agentligi

(F. Po‘latov)

2. Suv fondi yerlaridan foydalanish bo‘yicha mahalliy hokimliklar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar bilan tuzilgan ijara shartnomalari Suv xo‘jaligi vazirligi tashkilotlari tomonidan qayta rasmiylashtirilishini ta’minlash.

Shartnomalarni qayta rasmiylashtirish

2024-yil yakuniga qadar

3. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari-ning sohil bo‘yi mintaqalarini foydalanuvchi va ijarachilarga berish vakolatini bekor qilish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish

2024-yil 20-iyul

Suv xo‘jaligi vazirligi (X. Quvondiqov)

8.

Suv fondi yerlarini xatlovdan va doimiy foyda-lanish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, bunda:

kanal va kollektorlar ostidagi yerlarni hamda suv fondi yerlarining kadastrini shakllantirish bo‘yicha 5 yillik dastur ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish

2024-yil 15-iyul

Suv xo‘jaligi vazirligi (D. Xojiaxmedov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Kadastr agentligi

(A. Allaberganov)

Suv xo‘jaligi vazirligi

(X. Quvondiqov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun 2024-yil Davlat budjeti parametrlarida Suv xo‘jaligi vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarga nazarda tutilgan mablag‘larning yil yakuniga qadar iqtisod qilinishi kutilayotgan qismidan ajratib borish.

Moliyalashtirishni ochish

2024-yil 1-iyundan boshlab

9.

Suv xo‘jaligi vazirligining Davlat suv kadastrini muvofiqlashtirish hamda yagona suv balansini yuritish borasidagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bunda:

tegishli davlat idoralarining hisobdorligini belgilash;

taqdim etilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning shaklini ishlab chiqish va davriyligini belgilash;

suv hisobi yuritilishini raqamlashtirish choralarini ko‘rish.

Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish

2024-yil 15-avgust

Suv xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Ekologiya vazirligi

(J. Kazbekov),

Kon-geologiya vazirligi

(A. Kadirxodjayev),

Kadastr agentligi

(F. Po‘latov),

Raqamlashtirish vazirligi

(O. Pekos)

10.

Aholi tomorqa yerlariga suv yetkazib berish tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha tartib ishlab chiqish, bunda tomorqa yerlarda suv hisobi, shu jumladan, minimal soliq stavkasini belgilash orqali yuritilishini ta’minlash.

Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish

2024-yil 10 avgust

Suv xo‘jaligi vazirligi (R. Qarshiyev),

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

(A. Xaitov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari

11.

“O‘zsuvqurilish” AJ va uning tarkibiga kiruvchi davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalar faoliyatini o‘rganish hamda ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish

2024-yil 1-iyul

Davaktiv agentligi (A. Ortiqov),

Suv xo‘jaligi vazirligi (X. Quvondiqov),

Qurilish va kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov),

“O‘zsuvqurilish” AJ (R. Umarov)

12.

Soha xodimlarining ish haqi miqdorlarini oshirish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni:

2024-yilda Suv xo‘jaligi vazirligiga davlat budjetidan ajratilgan, shu jumladan nasos stansiyalarining elektr energiyasi xarajatlari uchun ko‘zda tutilgan mablag‘larning iqtisod qilinishi kutilayotgan qismi hisobidan qoplab borish;

Xarajatlar smetasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish

2024-yil may — dekabr

Suv xo‘jaligi vazirligi

(X. Quvondiqov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

2025-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ko‘zda tu�ish.

Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun loyihasini ishlab chiqish

2024-yil noyabr

13.

Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyati samaradorligini oshirish, bunda:

Inspeksiyaga gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini berish;

Suvdan foydalanish qoidalari buzilishi yuzasidan xabar bergan jismoniy shaxslarni rag‘batlantirish tizimini joriy qilish;

daryo o‘zanlari, sohil bo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shag‘al materiallarini noqonuniy qazib olish natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun undirish vakolatini Inspeksiyaga o‘tkazish;

Inspeksiya faoliyatida idoraviy formali kiyim-bosh va farqlash belgilarini joriy etish.

Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish

2024-yil 1-avgust

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev, R. Raximov),

Ekologiya vazirligi

(O. Qudratov)

14.

Amudaryo va Sirdaryo havzalari suv xo‘jaligi birlashmalari hamda Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasi ilmiy-axborot markazi faoliyatini o‘rganish, moddiy-texnik ta’minotini va mehnatga haq to‘lash tizimini yaxshilash hamda malakali ekspertlarni jalb qilish imkoniyatlarini oshirish.

Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish

2024-yil 20-iyul

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev, T. Butunbayev),

Amudaryo havzasi suv xo‘jaligi birlashmas� (M. Maxramov),

Sirdaryo havzasi suv xo‘jaligi birlashmasi (O. Xolxo‘jayev),

Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasi ilmiy-axborot markazi (D. Ziganshina)

15.

Suvdan maxsus foydalanish va suvni maxsus iste’mol qilish uchun zarur bo‘lmagan ruxsatnomalar berish bilan bog‘liq ortiqcha jarayonlarni bekor qilish.

Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish

2024-yil 15-iyun

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Ekologiya vazirligi (O. Qudratov),

Kon-geologiya vazirligi (A. Kadirxodjayev)

16.

Sho‘r yuvish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida yetkazib beriladigan suv miqdorining hisobi, shu jumladan, minimal soliq stavkasini belgilash orqali, yuritilishini ta’minlash.

Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish

2024-yil 10-iyul

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Raqamlashtirish vazirligi

(O. Pekos)

17.

Kadrlar tayyorlash, tanlash va joy-joyiga qo‘yishning samarali mexanizmlarini joriy qilish, ularning malakasini oshirish orqali salohiyatini mustahkamlash choralarini ko‘rish.

Chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish

2024-yil 20-sentabr

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev, T. Butunbayev),

“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti (B. Mirzayev)

18.

Sohada vujudga kelayotgan muammolarning zamonaviy ilmiy ishlanmalar asosida yechimini topish hamda ilmiy faoliyatni kuchaytirish, bunda:

ilmiy laboratoriyalar faoliyatini samarali tashkil etish;

amalda tatbiq etiladigan ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirish;

suv xo‘jaligida obyektlar qurilishi, resurs tejovchi texnologiyalar joriy qilinishi va boshqa ilmiy yechimlar zarur bo‘lgan yo‘nalishlarda ilmiy kuzatuvni tashkil qilish.

Chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish

2024-yil 15-oktabr

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev, T. Butunbayev),

ISMITI

(A. O‘razkeldiyev)

19.

Sohada o‘zaro integratsiya tizimini inobatga olgan holda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yo‘nalishlarini belgilash.

Chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish

2024-yil 20-avgust

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev, T. Butunbayev),

Raqamlashtirish vazirligi

(A. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

20.

2024 — 2026-yillarga mo‘ljallangan cuv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish strategiyasi loyihasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish

2024-yil 30-iyun

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev)

21.

Suv xo‘jaligi vazirligiga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning, shu jumladan, nasos stansiyalarining elektr energiyasi xarajatlarini qoplash uchun ko‘zda tutilgan mablag‘larning iqtisod qilinishi kutilayotgan qismini amalga oshirilishi belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun qayta taqsimlash bo‘yicha takliflar kiritish.

Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar tomonidan nasos stansiyalari va vertikal sug‘orish quduqlarini ishlatish uchun 2024-yilda sarflanadigan elektr energiyasi miqdori ushbu maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning aniqlangan rejasiga muvofiqlashtirilishini ta’minlash.

Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish

Har oy yakuni bilan

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev, X. Quvondiqov)

22.

2025-yilda suv xo‘jaligi infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha zarur jarayonlarni jadallashtirish, bunda:

O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlanti-rish dasturiga 2025 — 2027-yillarda kiritiladigan irrigatsiya va melioratsiya obyektlari bo‘yicha hududiy dasturlarni shakllantirish;

shakllantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Dasturga takliflar kiritish

Dasturga takliflar kiritish

2024-yil 15-may

2024-yil 30-may

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Suv xo‘jaligi vazirligi (D. Xojiaxmedov)

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (S. Sa’dullayev),

Suv xo‘jaligi vazirligi (D. Xojiaxmedov)

23.

“Termiz suv yo‘llari texnik uchastkasi”, “Xo‘jayli suv yo‘llari texnik uchastkasi” va “Cholish suv yo‘llari texnika bo‘limi” davlat muassasalarini Suv xo‘jaligi vazirligining Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi tizimiga o‘tkazish va ularning faoliyatini respublika budjetidan moliyalashtirish.

Ushbu muassasalarning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, shu jumladan, texnik flot kemalari, yordamchi kemalar va mexa�izmlarni xarid qilish, jihozlash hamda mavjudlarida ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha uch yillik dastur ishlar chiqish.

Ushbu korxonalar uchun malakali xodimlarni tayyorlash maqsadida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida alohida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 30-iyun

2024-yil 30-iyun

2024-yil 1-sentabr

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

Suv xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov)

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev)

24.

Mavsumiy toshqinlar va sel kelishi oqibatida respublikadagi daryo, soy va kanallar suv o‘tkazish qobiliyati kamayib ketishining oldini olish bo‘yicha yagona tizimi yaratish maqsadida idoralararo ishchi guruh tuzish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 1-iyun

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov),

FVV (A. Kuldashev)

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev)

a) 5.3-bandning “a” kichik bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
v) 6.1-bandning “a” kichik bandidagi “2023” raqami “2024” raqami bilan almashtirilsin.
b) izoh qismida:
5.6-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisi “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi,” so‘zlari “suv xo‘jaligi tashkilotlari, “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi,” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshi “Raqamli texnologiyalar vazirligi” so‘zlaridan keyin “Suv xo‘jaligi vazirligi,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshidagi “tomonidan Soliq qo‘mitasiga” so‘zlari “tomonidan Suv xo‘jaligi vazirligi va Soliq qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 25-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 3-ilova 6-pozitsiyasining “Ijro muddati” ustunidagi “mart” so‘zi “dekabr” so‘zi bilan almashtirilsin.
2-ilovaning 7-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
3-ilovadan “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi” bloki chiqarib tashlansin.
a) 6-bandning birinchi xatboshisi “hamda uning tizimiga kiruvchi” so‘zlaridan keyin “mintaqaviy markazlar,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi