Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2020
Hujjat 03.11.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
3. Xorijiy valyutadagi kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan mazkur Tartibning 2-bandiga muvofiq loyihani valyuta bilan o‘zini qoplash va uning xalq xo‘jaligi uchun ahamiyatini hisobga olgan holda 10 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga qarz oluvchi korxonaga u kreditdan foydalangan va uni tugagan davrda tushgan valyuta mablag‘lari hajmidan ortiq bo‘lmagan summa (hisoblangan foizlar ham shu jumlaga kiradi) beriladi.
Toshkent shahri

1994-yil “___”___________

Bundan keyin “Qarz beruvchi” deb ataluvchi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi nomidan _
_______________________________________________________________________ bir tomondan

(F.I.O, lavozimi )

va bundan keyin “Qarz oluvchi”ning deb ataluvchi
______________________________________ nomidan _____________________________________

(nomi)

(F.I.O, lavozimi)

ikkinchi tomon bo‘lib______________________________________________________________ ga

(asos)

muvofiq “Qarz oluvchi”ga “Qarz oluvchi”ning mulkini garovga qo‘yish sharti bilan __________muddatga _________________________________________ qarz berish to‘g‘risida ushbu

(raqam va so‘z bilan)

shartnomani tuzdilar.

I. “Qarz beruvchi”:

1.1 “Qarz oluvchi”ga Respublika valyuta jamg‘armasi hisobidan 2-ilovaga muvofiq muddatlarda to‘langan holda, ilova qilinayotgan garov shartnomasiga (1-ilova) muvofiq mol-mulkni garovga qo‘yish sharti bilan ____________________________________________________ qarz berish;

(raqam va so‘z bilan)

1.2. Qarzni yilga libor +________________ foiz stavkasi bo‘yicha berish;

“Qarz oluvchi”dan berilgan qarz summasi qoldig‘ning 0,1 foizi hamda muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun (ammo ko‘pi bilan 30 kun) uchun foizlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarz bo‘yicha penya undirish;

1.3. Kreditlardan foydalanish va ularni to‘lash, yozilgan to‘langan foizlarni hisobga olib borish;

1.4. Garov to‘g‘risidagi shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab 3 kun mobaynida mablag‘larni ___________________________________

(bankning nomi)

____________________ -son schyotiga o‘tkazish yo‘li bilan __________________________________
miqdorida bir yo‘la kredit berish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

II. “Qarz oluvchi”:

2.1. Kreditdan belgilangan maqsadga muvofiq _____________________________ uchun foydalanish;
2.2. Kreditdan foydalanganlik uchun “Qarz beruvchi”ga 1.2-bandga muvofiq:
dastlab muddatli qarzlar bo‘yicha libor + …..yillik foiz;

muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun qarz summasining 0,1 foizi hisobidan foizlar to‘lashni;

Kreditni va yozilgan foizlarni 2-ilovaga muvofiq o‘z vaktida to‘lash va qaytarishni ta’minlash;
2.3. Kreditni va yozilgan foizlarni 2-ilovaga muvofiq o‘z vaqtida va to‘liq qaytarishni ta’minlash;
2.4. Ushbu shartnomaning 3.1.- bandiga muvofiq “Qarz beruvchi”ga o‘zining_____________________
____________________________________________________________ dagi valyuta schyotidan

(bankning nomi)

valyuta mablag‘larini so‘zsiz undirib olish huquqini berish;

2.5. Qarzlar to‘liq to‘langungacha “Qarz oluvchining hisobidagi mablag‘lardan boshqa tashkilotlar va korxonalarga qarzlar berishda foydalanmaslik hamda boshqa Qarz beruvchilar oldida “Qarz oluvchi”ning qarzlarni to‘lashga qodirligini yomonlashtirish va “Qarz beruvchi” oldidagi majburiyatlarning bajarilmasligiga olib kelishi mumkin bo‘lgan majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmaslik;

2.6. Tushadigan barcha valyutalarni faqat _______________________________________________ da

(bankning nomi)

ochilgan o‘z schyotlariga o‘tkazish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

III. “Qarz beruvchi” quyidagi huquqlarga ega:

3.1. “Qarz oluvchi” ushbu shartnomaning 2.1 — 2.6-bandlarida nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda “Qarz beruvchi” barcha mablag‘larni, qarz oluvchi bilan kelishmasdan, o‘z farmoyishi bilan “Qarz oluvchi”ning joriy valyuta schyotidan undirib olish bo‘yicha qat’iy va qaytarib olinmaydigan huquqga egadir.

3.2. “Qarz oluvchi” bilan kelishilgan holda, ushbu kredit shartnomasining 4.1-bandiga muvofiq, o‘z farmoyishi bilan, kredit “Qarz oluvchi”ning hisobidagi mablag‘larning bo‘sh qoldiqlar hisobidan muddatidan oldin to‘lashni amalga oshirish huquqiga ega.

3.3. Ushbu shartnomaning 1.2.-bandida nazarda tutilgan 30 kunlik muddat o‘tgach, “Qarz oluvchi” joriy valyuta schyotida mablag‘ yetishmagan taqdirda “Qarz beruvchi” olingan kredit bo‘yicha to‘liq hisob-kitob qilish uchun kreditni garovning yetishmayotgan mablag‘lar summasiga muvofiq qismi hisobidan undirib olish huquqiga ega bo‘ladi.

IV. “Qarz oluvchi” quyidagi huquqlarga egadir:

4.1. Asosiy qarzni va u bo‘yicha foizlarni muddatidan oldin to‘lash.

V. Alohida shartlar:

5.1. Shartnoma shartlarini o‘zgartirish uni uzaytirish yoki bekor qilish tomonlar o‘rtasidagi yozma ravishdagi qo‘shimcha kelishuv bo‘yicha amalga oshiriladi.

5.2. Tomonlardan birortasi mustaqil shaxs sifatidagi o‘z faoliyatini tugatganda yoki uning yuridik nizomida o‘zgarishlar bo‘lganda boshqa tomon oldidagi o‘z majburiyatlarini o‘z faoliyati to‘xtagungacha (o‘zgartirishlar kuchga kirgungacha) bajarishi kerak, ushbu majburiyatlarni bajirish tugatilgan (o‘zgartirilgan) tomonning huquqiy vorisi zimmasiga tushadigan hollar bundan mustasno.

VI.Boshqa shartlar:

6.1. Tomonlar mazkur shartnomaning qat’iy maxfiyligini ta’minlash va uni o‘zaro kelishuvsiz uchinchi tomonga oshkor qilmaslik majburiyatini o‘z zimmasiga oladilar.

6.2. Ushbu shartnomani bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan nizolar tomonlarning kelishuviga erishilmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik sudida ko‘rib chiqiladi.
6.3. Mazkur shartnoma ikkala tomon imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va “Qarz oluvchi” o‘z zimmasiga olgan barcha majburiyatlarni to‘liq bajargan vaqtgacha amalda bo‘ladi.
6.4. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan va har qaysi tomonda bittadan nusxasi saqlanadigan 2 nusxada tuziladi.

VII. Tomonlarning yuridik manzillari:

Qarz beruvchi: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, 700078, Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankidagi valyuta schyotiga __________________________ MFO 172682116.
Qarz oluvchi:

“Qarz beruvchi” nomidan

“Qarz oluvchi” nomidan

Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent shahri

199 __ yil “ __ ” ________

Biz quyida imzo chekuvchilar, Nizom asosida ish ko‘ruvchi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda “Vazirlik” deb ataladi) nomidan ____________________________
_________________________________________________________________

(FIO, lavozimi)

bir tomon va Ustav asosida ish ko‘ruvchi korxona (keyingi o‘rinlarda “Garovda qo‘yuvchi” deb ataladi) nomidan _____________________________________________________________________

(FIO, lavozimi)

ikkinchi tomon bo‘lib ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:
1. ________________dagi ____son kredit shartnomasi bo‘yicha “Vazirlik” “Garovga qo‘yuvchiga” __
________________________________________________________________ miqdorida kredit

(summa raqamlar va yozuv bilan)

berdi.

2. Yuqorida qayd etilgan kredit shartnomasi o‘z vaqtida bajarilishining ta’minlash uchun “Garovga qo‘yuvchi” “Vazirlikka” quyidagilarni garov sifatida qo‘ydi ____________________
_____________________________________________________________________________________
_____________________________________________________________________________________
_____________________________________________________________________________________
(miqdori, qiymati va joylashgan o‘rni ko‘rsatilgan holda mol-mulkining ro‘yxati).

3. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni tomonlar _______________________________________________
(summa raqamlar va yozuv bilan)

miqdorida baholaydilar.

4. Garovga qo‘yilgan mol-mulk to‘lig‘icha garovga qo‘yuvchining foydalanishida qoladi.

5. “Garovga qo‘yuvchi” tomonidan kreditni qaytarish bo‘yicha majburiyatlari bajarilmagan taqdirda “Vazirlik” “Garov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida belgilangan tartibda undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish huquqiga ega bo‘ladi.

6. Mazkur shartnomani tasdiqlash va ro‘yxatga olish bo‘yicha sarf-xarajatlarni “Garovga qo‘yuvchi” to‘laydi.
7. Ushbu garov shartnomasi tasdiqlanishi munosabati bilan garov shartnomasida ko‘rsatilgan ____
______________________________________________________ ga tegishli bo‘lgan ______________

(korxonaning nomi)

____________________________________________________________________________________
___________________________________________________________________________ ni

(garovga qo‘yilgan mol-mulkning nomi)

garov shartnomasining amal qilish to‘xtatilgunga qadar boshqaning ixtiyoriga o‘tkazishga taqiq solinadi.

8. Shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan olti nusxada tuzildi, ulardan biri notarius hujjatlar yig‘majildida qoladi, uch nusxasi “Vazirlikka”, ikki nusxasi “Garovga qo‘yuvchi”ga beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 700078 Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5. “O‘zmilliybank”dagi valyuta schyoti ________ MFO 172682116

Vazirlik nomidan

Garovga qo‘yuvchi nomidan

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi