Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.01.1995
Hujjat 17.03.1994 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
2. O‘zbekiston Respublikasining diplomatik pasporti to‘g‘risidagi Nizom hamda diplomatik pasport beriladigan shaxslar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Diplomatik pasportlar “O‘zbekiston Respublikasining diplomatik pasporti to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan beriladi.
2. Ushbu bo‘limning 1-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan hollar doimiy yashash uchun chet elga jo‘nab ketishga ruxsat berishni rad etish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Ushbu Tartibning IV bo‘limida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha chet elga borishga ruxsat berishning rad etilishi, javob berishning belgilangan muddatdan ortiqcha kechiktirilishi fuqaro tomonidan yuqori organga shikoyat qilinishi mumkin, bu organ bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda javob berishi kerak, fuqaro uning qaroridan norozi bo‘lganda sudga shikoyat qilishi mumkin. Mazkur Tartibning IV bo‘lim 1-bandining “b” va “j” bandlarida ko‘rsatilgan sabablar bo‘yicha chet elga borish huquqini cheklash ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.

T/r

Chet elga boruvchi mansabdor shaxslar

Safarga yo‘llash to‘g‘risidagi qarorni qabul qiluvchi mansabdor shaxs yoki instansiya

1.Bosh vazir, Prezidentning Davlat maslahatchilari va Prezident apparati Ishlar Boshqaruvchisi va bosh konsultantlariO‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
Bosh vazirning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar hokimlari va Toshkent shahri hokimi
2.Vazirlar, davlat qo‘mitalari, idoralari va davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlariO‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasining Bosh viziri
3.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi, ularning o‘rinbosarlari, parlament delegatsiyalari tarkibidagi O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining xalq deputatlariO‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy Kengashi (tegishli ravishda)
4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparatining mas’ul xodimlariO‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bilan kelishgan holda Davlat maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqaruvchisi
5.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi apparatining mas’ul xodimlariOliy Kengash Raisi bilan kelishgan holda Oliy Kengash tegishli qo‘mitasining raisi (Qoraqalpog‘iston Respublikasida tegishli ravishda)
6.Vazirlar Mahkamasi apparatining mas’ul xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi apparatining mas’ul xodimlariBosh vazir bilan kelishgan holda Bosh vazirning tegishli o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi
7.Vazirlarning o‘rinbosarlari, davlat qo‘mitalari, idoralar va davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlari rahbarlarining o‘rinbosarlari, viloyatlar hokimlarining o‘rinbosarlari va Toshkent shahri hokimining o‘rinbosarlariTegishli vazirliklar, idoralar, muassasalar, hokimliklarning rahbarlari
8.Shaharlar va tumanlarning hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, viloyat, shahar va tuman Kengashlarining deputatlari, bu tuzilmalar apparatlarining xodimlari (shu jumladan, viloyatlar hokimliklari)Tegishli viloyat hokimliklari yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
9.Toshkent shahar tumanlarining hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining deputatlari, bu organlar apparatining xodimlariToshkent shahar hokimligi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi