Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

Hujjat 14.05.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 37-moddasida ifoda qilingan zaruriy mudofaa huquqi fuqarolarning shaxsi, uy-joy va mulk haqidagi konstitutsiyaviy qoidalarni kafolatlaydi, fuqarolarning davlat mulkini, davlat va jamoat manfaatlarini qo‘riqlash borasidagi Konstitutsiyada belgilangan burchlarni amalga oshirishni ta’minlaydi. Bu esa sudlardan odil sudlovni amalga oshirishda zaruriy mudofaa to‘g‘risidagi qonun talablariga og‘ishmay, qat’iy rioya etishni talab etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Sudlarga tushuntirilsinki, Jinoyat kodeksining maxsus qismida nazarda tutilgan harakatlar uni sodir etgan shaxsning javobgarlikka tortilganligi yoki aqli norasolik tufayli, jinoiy javobgarlik yoshiga to‘lmaganligi sababli va boshqa asoslarga ko‘ra javobgarlikdan ozod qilinganligidan qat’i nazar, Jinoyat kodeksining 37-moddasi doirasida himoyalanishiga asos beruvchi ijtimoiy xavfli tajovuz deb hisoblanadi.
4. Qonun mazmuniga ko‘ra, tajovuzning xarakteri va xavflilik darajasiga butunlay muvofiq bo‘lmagan mudofaani va buning oqibatida tajovuzchiga hech qanday zaruriyatsiz Jinoyat kodeksining 100, 107-moddalarida nazarda tutilgan qasddan zarar yetkazilsagina zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish deb topiladi. Tajovuzchiga uning hujumini qaytarish vaqtida ehtiyotsizlik bilan yetkazilgan zarar jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.
9. Zaruriy mudofaa chegarasidan chiqib odam o‘ldirish Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a, b, d, j, r, s” bandlarida ko‘rsatilgan holatlarda sodir etilgan hollarda ham Jinoyat kodeksining 100-moddasi bilan tavsiflanishi lozim.
12. Sudlar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib odam o‘ldirishda, og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazishda aybli topilganlarga nisbatan jazo choralari belgilashda, Jinoyat-protsessual kodeksining 467-moddasi talabiga ko‘ra har bir muayyan ish yuzasidan jinoyatning sodir etilishi holatlarini va sudlanuvchilarning shaxsiga oid ma’lumotlarni e’tiborga olib, ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlash masalasini muhokama qilishlari kerak. Agar ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilash lozim bo‘lsa, bu holat hukmda asoslantirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Jinoyat kodeksining 100, 107-moddalari bilan sudlangan shaxslardan, ularni davolashga sarflangan mablag‘larni undirish qonunda ko‘rsatilmagan. Bunday shaxslarni davolash harakatdagi qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi