Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.11.2009
Hujjat 14.06.2002 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
1. Sudlarning e’tibori fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlarini va jinoyat ishlari yuzasidan sud chiqimlarini undirilishida 1992-yil 9-dekabr kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuniga, 1994-yil 3-noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining 533-sonli “Davlat boji stavkalari” va 1993-yil 19-avgustdagi “Davlat boji, yig‘imlar va boshqa soliqsiz chet el valyutasidagi to‘lovlar stavkalari to‘g‘risida”gi 423-sonli qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq boshqarmasi tomonidan 1993-yil 28-iyun kuni tasdiqlangan “Davlat boji to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma talablarini qat’iy bajarishga qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 110-moddasining 2-qismiga muvofiq, faqatgina jismoniy shaxs davlat bojini to‘lashdan ozod qilinishi mumkin. Davlat daromadiga undiriladigan sud xarajatlarini to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash, shuningdek, ularning miqdorini kamaytirish esa jismoniy shaxslarga ham, yuridik shaxslarga ham qo‘llanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-sonli “Davlat boji, yig‘imlari va boshqa soliqsiz chet el valyutasidagi to‘lovlarning stavkalari to‘g‘risida”gi qaroriga 2 va 3-son Ilovalarga muvofiq, chet el fuqarosi ishtirokidagi yoki chet el valyutasida undirish amalga oshiriladigan nizolar yuzasidan sudga taqdim etilgan da’vo arizalaridan davlat boji chet el valyutasida (AQSh dollarida yoki unga tenglashtirilgan summada) da’vo qiymatining 10 foizi miqdorida to‘lanishi sudlarga tushuntirilsin.
14. Davlat boji undirish bilan bir vaqtda sudya hal qiluv qarorida sud chiqimlarini undirish haqida ham ko‘rsatishi lozim. Fuqarolik-protsessual kodeksining tegishli moddasida ko‘rsatilgan sud chiqimlarining ro‘yxati kengaytirilishi mumkin emas. Ishni ko‘rish yoki hal qiluv qarorining ijrosi yuzasidan sarflangan, lekin mazkur moddada ko‘zda tutilmagan, xarajatlar undirilishi mumkin emas.
15. Fuqarolik-protsessual kodeksining tegishli moddasiga muvofiq, taraflar mulkiy ahvollariga qarab, sud jarayonining har qanday bosqichida sud xarajatlarini to‘lashni kechiktirishni yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashni, shuningdek bu xarajatlarning miqdorini kamaytirishni suddan so‘rashga haqlidirlar.
16. Davlat bojini qaytarish “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasida ko‘rsatilgan asoslarga muvofiq amalga oshiriladi. Boj Qonunda talab qilinganidan ortiqcha miqdorda to‘langan bo‘lsa, shu ortiqcha to‘langan qismi qaytariladi. Qonunda qayd etilgan boshqa hollarda boj to‘liq miqdorda qaytarilishga tegishlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunining 2-moddasiga va “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qo‘llanmaning 22-bandiga binoan sudlarning qarorlari ustidan apellyatsiya, kassatsiya hamda nazorat tartibida keltirilgan arizalardan, da’vo arizasi (shikoyat) berilganda to‘lanishi kerak bo‘lgan qiymatning ellik foizi, mulkiy nizolar bo‘yicha esa — nizo yuritilayotgan summadan hisoblab chiqariladigan boj qiymatning ellik foizi miqdorida boj olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi