Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.05.2014
Hujjat 02.05.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli, 2003-yil 19-dekabrdagi 20-sonli va 2006-yil 3-fevraldagi 5-sonli qarorlariga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)
Sudning hukmda yoritilgan xulosalari hamma vaqt ham yetarli darajada asoslantirilmaydi. Qator ishlar bo‘yicha hukmlar JPK 26 va 455-moddalarining talabiga zid holda dastlabki tergovda to‘plangan, lekin sud majlisida tekshirilmagan yoki o‘z tasdig‘ini topmagan dalillarga asoslantirilgan Konstitutsiya va jinoyat-protsessual qonun normalariga zid holda aybdorlikni asoslantirish uchun qonunni buzish yo‘li bilan olingan dalillarni keltirish hollari uchraydi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasiga muvofiq jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxs o‘zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar bilan ta’minlangan holda oshkora sud muhokamasida qonuniy tartibda aniqlanmasdan turib aybdor hisoblanmaydi.
3. Sudlarning e’tibori JPK 22-moddasiga binoan ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun faqat qonunda nazarda tutilgan tartibda to‘plangan, tekshirilgan va baholangan ma’lumotlardan foydalanish mumkinligiga qaratilsin. Bunda JPK 26 va 455-moddalari talabiga binoan hukm faqat sud majlisida tekshirilgan va sud majlisi bayonnomasida o‘z aksini topgan dalillarga asoslantirilgan bo‘lishi lozim.
Jinoyat-protsessual kodeksining 117-moddasiga binoan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilmaydilar, shuning uchun ham ular sudda ilgarigi ko‘rsatuvlaridan bosh tortganlarida, sud ularning ko‘rsatuvlariga, dastlabki tergov bosqichida qonunning qayd etilgan talablari ularga tushuntirilgan taqdirdagina, asoslanishi mumkin.
6. Qonunga zid ravishda olingan barcha dalillar yuridik kuchga ega bo‘lmasdan hukmga asos qilib olinishi mumkin emasligi sudlarga tushuntirilsin. Qonunga zid ravishda olingan dalillarga tergov olib borishning noqonuniy, ruhiy va jismoniy kuch ishlatish usullarini ko‘llab olingan dalillar, shuningdek jinoyat-protsessual qonun boshqa normalarining buzilishi (masalan, himoya huquqining buzilishi) natijasida olingan dalillar kiradi. Dalil qonunga zid ravishda olingan deb topilgan taqdirda, sud ishdagi dalillar yig‘indisidan uni chiqarish to‘g‘risidagi o‘zining qarorini, qonunning buzilishi nimadan iborat ekanligini ko‘rsatgan holda, asoslantirishi lozim.
7. Jinoyat-protsessual kodeksining 17-moddasi talabiga binoan sud insonning sha’ni va qadr qimmatini kamsitadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli ma’lumotlar tarqalib ketishiga olib keladigan, unga ma’naviy azob-uqubat yetkazadigan ma’lumotlarni, agarda bunday ma’lumotlar ishdagi dalillarga oid bo‘lmasa, hukmda ko‘rsatishga haqli emas.
8. Sudlarga tushuntirilsinki, JPK 467-moddasi mazmuniga ko‘ra sud hukmning tavsif qismida ushbu ishda muhokama qilinmayotgan shaxs (shaxslar)ning jinoyatdagi ishtirokini ko‘rsatishga haqli emas. Bunday hollarda hukmda sudlanuvchi tomonidan jinoyat boshqa shaxs (shaxslar) ishtirokida, uning ismi, familiyasi va shaxsiga oid boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilmasdan, sodir etilganligi qayd qilib o‘tilishi mumkin.
Jinoyat-protsessual kodeksining 466-moddasiga binoan hukmning kirish qismida ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan sudlanuvchi xususidagi boshqa ma’lumotlar deb — xususan jazo tayinlashda, jazoni o‘tash turini aniqlashda, mahkumni o‘ta xavfli retsidivist deb topishda inobatga olinishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar hisoblanishi lozimligi sudlarga tushuntirilsin. Bular qatorida sudlanuvchi salomatligining ahvoli to‘g‘risidagi (masalan, nogironlik), unda davlat mukofotlari, maxsus unvonlarning borligi haqidagi ma’lumotlar ham bo‘lishi mumkin. Shaxsning muqaddam sudlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, agar qonunda belgilangan tartibda sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan bo‘lsa, hukmning kirish qismida ko‘rsatilishi kerak. JKning 77-moddasiga muvofiq sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi munosabati bilan uning barcha huquqiy oqibatlari bekor bo‘ladi. Shuning uchun u hukmning kirish va tavsif qismlarida ko‘rsatilmaydi.
Shuning bilan birga ayblov hukmining tavsif qismi mazmuni tartibga solingan JPK 467-moddasi talabiga ko‘ra, agar jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, hukmda jinoyatning har bir ishtirokchisi tomonidan aynan qanday jinoiy harakatlar sodir etilganligi aniq ko‘rsatilishi kerak.
Jinoyat-protsessual kodeksining 467-moddasiga binoan ayblovning o‘zgartirilishi sud tomonidan hukmning tavsif qismida asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
Sud JPK 415-moddasiga binoan ayblovni o‘zgartirishga va sudlanuvchining harakatini qonunning boshqa moddasiga yoki qonun moddasining boshqa qismi, bandiga qayta tavsiflashga, shuningdek jinoyatning ayrim epizodlarini, agar sudlanuvchi qonunning yangi moddasi bilan tavsiflanayotgan harakatlari uning aybiga kirgan bo‘lib, e’lon qilingan ayblovga nisbatan faktik holatlari bilan jiddiy farq qilmagan va og‘irroq jinoyat belgilari bo‘lmagan taqdirdagina, sudlanuvchiga ayb e’lon qilinmagan qonun moddasi bilan tavsiflashga haqli.
Bundan kelib chiqib, masalan, sud aybdorning JK 97-moddasi 2-qismining bir bandidan ikkinchi bandiga, agarda bu qasddan odam o‘ldirish sabablarini hisobga olgan holda ayblov mazmunining buzilishiga olib kelsa, jinoyat ishini qayta tergovga yubormasdan turib o‘zgartirishga haqli emas.
Jazo tayinlashning umumiy asoslari to‘g‘risidagi qonunni qo‘llayotib, sudlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi 1-sonli qaroridagi tushuntirishlarga amal qilishlari va hukmning tavsif qismida sud tomonidan u yoki bu jazoni tayinlash haqidagi xulosaga kelganlik asoslarini ko‘rsatishlari, shuningdek, ushbu jinoyat uchun jinoyat qonunida ko‘rsatilgan jazodan ham kamroq jazo tayinlash, qo‘shimcha jazoni tatbiq etish, harbiy hamda maxsus unvondan mahrum qilish asoslarini ko‘rsatishlari zarur.
Jinoyat kodeksining 56-moddasida sanab o‘tilgan jazoni og‘irlashtiradigan holatlar ro‘yxati qat’iy bo‘lib, kengaytirilgan talqinga yo‘l qo‘yilmaydi, jazoni yengillashtiruvchi holatlar esa sud tomonidan aniq ish holatlaridan kelib chiqib hukmning tavsif qismida asoslar keltirilgan holda kengaytirilishi mumkin. Jinoyatni tavsiflash belgilari, shuningdek, shaxsning sudlanganlik holatini qonunda ko‘rsatilgan tartibda tugallanishi yoki olib tashlanishi jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar sifatida keltirilmasligi kerak. Hukmda aybdorning birgina shaxsini inobatga olgan holda jazo tayinlanganligi to‘g‘risida qayd etish yetarli bo‘lmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Agarda Jinoyat kodeksi moddasi (moddalari)ning sanksiyasi majburiy qo‘shimcha jazoni ko‘zda tutgan bo‘lsa, sud tomonidan u faqat JKning 57-moddasida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha qo‘llanmasligi mumkin. Agarda qo‘shimcha jazo muqobil tarzda ko‘zda tutilgan bo‘lib, sud uni qo‘llashni rad qilish to‘g‘risida xulosaga kelgan bo‘lsa, hukmning tavsif qismida buni asoslantirishga majbur. Bu holat alkogolik va giyohvand deb topilgan aybdorlarga nisbatan sud tomonidan majburiy davolash chorasini qo‘llashni rad etgan holatlarga ham taalluqlidir.
16. Ayblov hukmining qaror qismida JPK 468-moddasiga binoan sudlanuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, Jinoyat kodeksining uni aybli deb e’tirof etishga asos bo‘lgan moddasi (moddaning qismi, bandi), sudlanuvchining o‘ta xavfli retsidivist deb topilganligi (basharti sud shunday qaror qabul qilgan bo‘lsa), sudlanuvchiga har bir jinoyat uchun tayinlangan jazo turi va me’yori, uzil-kesil tayinlangan o‘talishi lozim bo‘lgan jazo chorasi, ozodlikdan mahrum etish jazo turi qo‘llanilganda jazoni o‘tash lozim bo‘lgan tegishli tartibli koloniya turi; sudlanuvchi shartli ravishda hukm qilinganda, sinov muddati va mahkumning ustidan kuzatuv olib borish vazifasi yuklatilgan jamoa va shaxs; ushlab turilgan yoki qamoqda saqlangan vaqtni jazo muddati hisobiga kiritish to‘g‘risida qaror; hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasiga oid qaror; mahkumning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar, JPK 533-moddasi asoslari bo‘yicha hukmning ijrosini kechiktirish to‘g‘risidagi qaror yoritilishi lozim.
Jinoyat-protsessual kodeksining 471-moddasiga ko‘ra ham ayblov, ham oqlov hukmining qaror qismida qo‘zg‘atilgan fuqaroviy da’vo yoki sudning tashabbusi bilan ziyonni qoplash to‘g‘risidagi qaror; ashyoviy dalillar hamda ishga ilova qilingan boshqa narsalar va hujjatlar, protsessual chiqimlar, shuningdek, hukm ustidan apellyatsiya shikoyati berish hamda apellyatsiya protesti bildirish tartibi va muddati to‘g‘risida qaror bo‘lishi zarur.
17. Jinoyat kodeksining 70 va 71-moddalariga binoan ish sudda ko‘rilayotgan vaqtgacha sharoit o‘zgardi yoki shaxs namunali xulqi, mehnatga yoki o‘qishga halol munosabati bilan o‘zini ko‘rsatib, ijtimoiy xavfliligini yo‘qotdi deb e’tirof etilsa, yoki u qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan deb topilsa, sud hukmning tavsif qismida qabul qilingan qarorni aniq holatlarni keltirgan holda asoslantirishi, qaror qismida esa sudlanuvchini aybdor deb topishi va qonun talabiga ko‘ra unga jazo tayinlanmasligini ko‘rsatishi lozim.
Oqlov hukmi chiqarilayotganda uning tavsif qismida JPKning 469-moddasiga binoan sudlanuvchiga qo‘yilgan ayblovning mohiyati; sud aniqlagan ish holatlari, sudlanuvchining aybsizligi to‘g‘risidagi sud xulosasini tasdiqlovchi dalillar; sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybi bor deb da’vo qilishga asos bo‘lgan dalillarni sud nima uchun ishonchga sazovor emas yoki yetarli emas deb hisoblashi yoki nima uchun jinoiy hodisaning o‘zi yuz bermagan yoxud sudlanuvchi sodir etgan qilmishni jinoyat emas deb hisoblashi; fuqaroviy da’voga oid qarorning asoslari bayon qilinadi.
Hukmning qaror qismida JPK 470-moddasida sanab o‘tilgan barcha ko‘rsatmalar to‘lig‘icha yoritilishi lozim. Bundan tashqari oqlanganga qonunga xilof ravishda jinoiy javobgarlikka tortish oqibatida yetkazilgan ma’naviy va moddiy zararlarni qoplash bo‘yicha uning huquqlari tushuntirilishi kerak.
20. Jinoyat-protsessual kodeksining 465-moddasiga muvofiq ish qaysi tilda ko‘rilgan bo‘lsa, hukm shu tilda, aniq va tushunarli iboralarda bayon qilinadi. Hukmda noaniq iboralarni ishlatish, rasmiy hujjatlarda ishlatish qabul qilinmagan qisqartirish va so‘zlarni qo‘llashga, shuningdek, ishga oid bo‘lmagan holatlarni yoritish bilan hukmni ortiqcha to‘ldirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi