Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

Hujjat 28.12.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. Xo‘jalik sudlari tovarlarni tanlab olmaslik bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlarini qo‘llashlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
3. FK 448-moddasining birinchi qismiga muvofiq, agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida sotib oluvchi (oluvchi)ning yetkazib beruvchi joylashgan erda tovarlarni tanlab olishi nazarda tutilgan bo‘lsa, sotib oluvchi (oluvchi) o‘ziga topshirilayotgan tovarlarni ular topshiriladigan joyda ko‘zdan kechirishi lozim. Tovarlarning shartnomaga nomuvofiqligi aniqlanganda, u bunday tovarlarni olishdan bosh tortishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, Qonunning 31-moddasiga muvofiq, tovarlarni tanlab olmaslik, shuningdek yetkazib beruvchi shartnomada belgilangan muddatda (davrda) ularni yetkazib berganda tovarlarni olishni asossiz rad etganlik uchun sotib oluvchi yetkazib beruvchiga tanlab olinmagan (o‘z muddatida olinmagan) tovarlar qiymatining 5 foizi miqdorida, tez buziladigan tovarlar bo‘yicha esa 10 foizi miqdorida jarima to‘lashi nazarda tutilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Sotib oluvchi tomonidan tovarlarni bir necha bor tanlab olmaslik FKning 455-moddasiga muvofiq, mahsulot yetkazib berish shartnomasini jiddiy buzish hisoblanadi va mahsulot yetkazib beruvchining shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortishi uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
11. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, Qonunning 24-moddasiga muvofiq, tovarlarni tanlab olmaslik uchun javobgarlik chorasi qonun hujjatlari yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, qo‘llaniladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi