Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

Hujjat 19.03.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-fevraldagi PQ-1474-son qarori bilan tasdiqlangan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturini bajarish yuzasidan hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishni davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
a) 21-kichik bandga “barcha vazirliklar” so‘zlaridan oldin “tadbirkorlarning “ishonch telefoni” orqali tushayotgan murojaatlarini ko‘rib chiqish” so‘zlari qo‘shilsin;
b) 23-kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining (keyingi o‘rinlarda tadbirkorlik subyektlari deb ataladi) adliya organlari telefon aloqasining maxsus liniyasi (keyingi o‘rinlarda “ishonch telefoni” deb ataladi) orqali tushadigan ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha arizalari, takliflari va shikoyatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.
qo‘ng‘iroq qilgan shaxsga ushbu Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan axborot va ma’lumotlarni ma’lum qilishni taklif etishi shart.
15. “Ishonch telefoni” orqali tushgan murojaatlar adliya organlarining mas’ul xodimlari tomonidan umumlashtiriladi va ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladigan adliya organlarining “ishonch telefoni” orqali tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini ro‘yxatga olish daftarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda ko‘rib chiqish uchun tegishli adliya organi rahbariyatiga kiritiladi.
16. Ushbu Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan axborot va ma’lumotlar taqdim etilmagan murojaatlar ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.
17. Qabul qilingan murojaat bo‘yicha o‘sha kunning o‘zida adliya organining mas’ul xodimi tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha “nazorat kartochkasi” to‘ldiriladi. Nazorat kartochkasi murojaatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining mas’ul xodimlari tomonidan qabul qilinganda vazirlikning Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasiga, murojaat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining mas’ul xodimlari tomonidan qabul qilinganda esa — tashkiliy nazorat va tahlil bo‘limlariga yuboriladi.
Nazorat kartochkasi ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan hollarda to‘ldirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi