Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

I. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 5-maydagi Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Reglamenti (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil № 6, 97-modda):
1) 9-moddasining ikkinchi qismidagi “deputatlar guruhlari, fraksiyalar, bloklarning” degan so‘zlar “fraksiyalarning, bloklarning va boshqa deputatlar guruhlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 14-moddasi chiqarib tashlansin;
3) 20-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4) III bobi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5) 49-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
6) 62-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 10-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Oliy Majlisga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi va a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining raisi va a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi. Mazkur nomzodlar lavozimga tayinlanishi yoki saylanishidan avval Oliy Majlisning yoki Oliy Majlis Kengashining topshirig‘iga binoan tegishli qo‘mitalarda, komissiyalarda muhokama qilinadi.
7) 74-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
8) 79-moddasidagi “organlarga” degan so‘z “uni kiritgan organlarga (mansabdor shaxslarga)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 100-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
101, 102, 103 va 104-moddalari tegishincha 102, 103, 104 va 105-moddalar deb hisoblansin;
11) ruscha matni 2-moddasining ikkinchi qismidagi, beshinchi moddasining ikkinchi qismidagi, 13-moddasining birinchi qismidagi, 17-moddasining birinchi qismidagi, 23-moddasidagi, V bobining nomidagi, 48, 50, 51 va 52-moddalaridagi, 58-moddasining birinchi qismidagi, 60, 69 va 70-moddalaridagi, 71-moddasining birinchi va ikkinchi qismlaridagi, 73, 76, 78 va 86-moddalaridagi, 87-moddasining birinchi va uchinchi qismlaridagi, 89, 90 va 95-moddalaridagi tegishli kelishikdagi “Sovet (Kengash)” degan so‘zlar shunday kelishikdagi “Kengash” degan so‘z bilan almashtirilsin.
II. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 5-maydagi Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qo‘mitalari va komissiyalari to‘g‘risidagi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 98-modda):
1) 2-moddasining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2) 36-moddasi chiqarib tashlansin;
3) 39-moddasining to‘rtinchi xatboshisidagi “ish qog‘ozlarini yuritadi” degan so‘zlar “ish qog‘ozlarini yuritish uchun javobgar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) ruscha matni 5-moddasining birinchi qismidagi, 11-moddasining birinchi qismidagi, 23-moddasining birinchi qismidagi, 29, 33, 34 va 35-moddalaridagi, 37-moddasining oltinchi, yettinchi va to‘qqizinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Sovet (Kengash)” degan so‘zlar shunday kelishikdagi “Kengash” degan so‘z bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi