Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

Hujjat 11.12.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. Sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 53-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini, barcha mulk shakllari teng huquqliligini va bab-baravar huquqiy muhofaza etilishini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) — tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘z tavakkalchiligi va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 3-bobida nazarda tutilgan kafolatlarni buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar, bunday harakatlar xususiyati va kelib chiqqan oqibatlarga bog‘liq ravishda, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (bundan buyon matnda — MJtK) 2411-moddasida qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan. Bunda qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish deganda — quyidagilar tushuniladi:
Keyingi tahrirga qarang.
6. Sudlar qonuniy asoslarda amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatini qonunga xilof ravishda, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunida va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tadbirkorlik faoliyati asoslari va tartibiga rioya etmagan holda daromad (foyda) olishga qaratilgan hamda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladigan tadbirkorlik faoliyati yuritishdan farqlay olishlari lozim.
Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olmasdan qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyatini yuritish deganda, O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-maydagi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq litsenziyalovchi organning maxsus ruxsatnomasi olinishi talab etiladigan tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan bunday ruxsatnomaga ega bo‘lmagan holda shug‘ullanish tushuniladi. Litsenziya, unda ko‘rsatilgan faoliyat turini belgilangan muddat mobaynida amalga oshirishga ruxsat beradigan, shuningdek mazkur faoliyatni amalga oshirish sharoitlarini belgilaydigan rasmiy hujjat hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan holda ancha miqdorgacha (MJtK 176-moddasi ikkinchi qismi), shu jumladan takroran ancha miqdorda (MJtK 176-moddasi uchinchi qismi), savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirish uchun har doim ma’muriy javobgarlik kelib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda — JK) 188-moddasining birinchi qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlik, basharti, ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlab ancha miqdorda savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirish uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng bir yil davomida (MJtK 37-moddasi) shunday qilmishni yana ancha miqdorda sodir etgan holdagina kelib chiqadi.
JK 188-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari mavjud bo‘lganda, shaxs muqaddam ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlab, savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirish uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan yoki tortilmaganligidan qat’iy nazar, jinoiy javobgarlik kelib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Ruxsatnoma olinishi majburiy bo‘lgan hollarda (MJtK 165, 1763-moddalari, JK 190-moddasi), shaxsning harakatlarida maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish belgilari mavjudligi to‘g‘risidagi masalani hal etishda, sudlar, faoliyatning ayrim turlari (ularning ro‘yxati qonunda belgilanadi) faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) orqali amalga oshirilishi mumkinligidan kelib chiqishlari lozim.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasiga ko‘ra, litsenziyalash sohasini davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va litsenziya beruvchi organlar (vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat organlari) amalga oshiradilar. Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni amalga oshiruvchi litsenziya beruvchi organlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Tadbirkorlik faoliyatining maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olmasdan amalga oshirilishi, agar aybdor ilgari (bir yil mobaynida) MJtK 165 yoki 1763-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, JK 190-moddasi birinchi qismi bilan javobgarlikni keltirib chiqaradi.
JK 190-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari mavjud bo‘lganda, shaxs tadbirkorlik faoliyatini maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olmasdan amalga oshirganligi uchun ilgari ma’muriy javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligidan qat’iy nazar, jinoiy javobgarlik kelib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Qonun mazmuniga ko‘ra, MJtK 165, 176, 1763-moddalari, JK 188, 190-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar subyekti, nafaqat yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega bo‘lgan shaxs, balki tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan holda amalga oshirayotgan shaxs ham bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13-2. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, JK 79-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq JK 189, 190-moddalari bilan sudlangan shaxslardan sudlanganlik holati muddatidan ilgari JK 78-moddasida sudlanganlik holati tugallanishi uchun nazarda tutilgan umumiy muddatlarning kamida to‘rtdan bir qismi o‘tganda olib tashlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi