Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.12.2003
Hujjat 20.12.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 24-moddasiga muvofiq surishtiruv olib boruvchi, tergovchi, prokuror, sud gumonlanuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga qonunda belgilangan vosita va usullar bilan himoyalanishlari uchun imkoniyat yaratib berishga majburdirlar.
Sudlar Jinoyat-protsessual kodeksining 25-moddasi talablariga binoan taraflarning o‘zaro tortishuvi tamoyiliga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlashga majburdirlar.
3. Jinoyat-protsessual kodeksining 487-moddasining mazmuniga ko‘ra sudning ishni har taraflama tekshirib ko‘rishiga xalaqit bergan, hamda qonuniy va asoslantirilgan hukm chiqarishiga ta’sir etgan va ta’sir etishi mumkin bo‘lgan himoya huquqining buzilishini sud qarorining bekor bo‘lishiga asos bo‘ladigan himoya huquqini jiddiy buzish deb tushunmoq lozim.
Jinoyat-protsessual kodeksining 51-moddasiga muvofiq advokatning ishtirok etishi majburiy hisoblangan hollarda himoyachining sud majlisida, surishtiruv va dastlabki tergov vaqtida ishtirok etmasligi ham jinoyat-protsessual qonunni jiddiy buzish hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Gumonlanuvchining, ayblanuvchining advokat olish huquqini, aniq nimada gumonlanayotganligini yoki ayblanayotganligini, sudlanganning esa — u qanday jinoiy harakatni sodir etganlikda aybli deb topilganligini bilishi lozimligini kafolatlovchi JPK ning 46, 48-moddalari talablariga rioya etish zarurligiga e’tibor qaratilsin. Shuning uchun jinoyat ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qarorda, ayblash fikrida va hukmda JPKning 361, 379, 467-moddalarida nazarda tutilgan holatlar aniq bayon etilgan bo‘lishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Jinoyat-protsessual kodeksining 53-moddasiga muvofiq advokatning ishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilgan vaqtdan boshlab, u gumonlanuvchini yoki ayblanuvchini so‘roq qilishda, shuningdek ular ishtirokida amalga oshiriladigan boshqa tergov harakatlarida ishtirok etishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Jinoyat-protsessual kodeksining 51-moddasiga muvofiq “o‘zining jismoniy kamchiliklari yoki ruhiy kasalliklari sababli himoya huquqini amalga oshirishda qiynaladigan shaxslar” deganda, xususan, aqli raso deb topilgan bo‘lsalarda, ammo ruhiy faoliyatlari doimiy yoki vaqtincha buzilgan, nutqida, ko‘rishida, eshitishida jiddiy kamchiliklari bo‘lgan yoki boshqa og‘ir xastalik bilan kasallangan shaxslarni tushunish lozimligi uqdirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Jinoyat-protsessual kodeksining 52-moddasiga muvofiq gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi ish yuritilayotgan istalgan vaqtda advokatdan voz kechishga haqlidir. Bunday voz kechishga faqat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining tashabbusi bilan va faqat advokatning ishda qatnashishiga uni taklif etish orqali ta’minlanadigan real imkoniyatlar mavjud bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Jinoyat-protsessual kodeksining 79-moddasida advokatning ishda ishtirok etishini istisno etuvchi boshqa holatlar ham nazarda tutilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Jinoyat-protsessual kodeksining 53-moddasiga muvofiq, qamoqda saqlanayotgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi jinoyat sudlov ishlarini yurgizishning barcha bosqichlarida soni va muddati cheklanmagan holda advokat bilan holi uchrashish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Jinoyat-protsessual kodeksining 449-moddasiga ko‘ra advokat bilan ta’minlangan yoki ta’minlanmaganidan qat’i nazar, sudlanuvchi ham taraflar muzokarasida ishtirok etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Jinoyat-protsessual kodeksining 20, 473-moddalariga muvofiq hukmni e’lon qilish va uni sudlanganga, oqlanganga topshirish ularni ona tilida yoki ular tushunadigan boshqa tilda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Birinchi bosqich sudi berilgan shikoyatlar va protestlar to‘g‘risida sudlanganlarni, oqlanganlarni, advokatlarni va JPK ning 498-moddasida ko‘rsatilgan boshqa shaxslarni xabardor qilishi va ularning protest yoki shikoyat ustidan e’tiroz berish huquqini tushuntirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Jinoyat-protsessual kodeksining 498-moddasiga ko‘ra hukm chiqargan sud ishni kassatsiya bosqichi sudida ko‘rish kuni to‘g‘risida shu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarni xabardor qilishi shart. Ushbu talabga rioya etmaslik ishni ko‘rishni boshqa kunga qoldirishga olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Jinoyat-protsessual kodeksi 479-moddasining 4-qismiga asosan protsess ishtirokchilari ishni kassatsiya tartibida ko‘rishda ishtirok etishga haqlidirlar. Bu masala sud tomonidan ishni kassatsiya tartibida ko‘rishga tayyorlash bosqichida hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Sud hukmni ijro qilish bilan bog‘liq masalalarni JPK ning 532, 542-moddalari tartibiga ko‘ra hal qilishda advokatning ishda ishtirok etishiga, agar sudlangan, uning qarindoshlari yoki boshqa manfaatdor shaxslar bu haqda iltimos qilayotgan bo‘lsalar, yo‘l qo‘yishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Jinoyat-protsessual kodeksining 50-moddasiga muvofiq huquqiy yordam ko‘rsatilganlik uchun haq to‘lashdan faqat haq to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmagan mehnat qobiliyatini yo‘qotgan shaxslar ozod qilinishlari mumkin.
26. Jinoyat-protsessual kodeksining 476 va 496-moddalariga muvofiq sudlar jinoyat protsessining barcha bosqichlarida yo‘l qo‘yilgan himoya huquqini buzish hollariga munosabatlarini bildirishlari lozim.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi