Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.09.2004
Hujjat 20.12.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Bunday hollarda jinoiy qilmishni ish holatlaridan kelib chiqib, 97-moddaning tegishli bandlari bilan yoki shu moddaning 1-qismi va 25-modda orqali 97-modda 2-qismining “a” bandi bilan tavsiflanishi kerak.
7. Jinoyat kodeksi 97-modda 2-qismining “b” bandi o‘ldirilgan ayolning homiladorlik muddati va homilaning kelajakda yashash qobiliyatidan qat’iy nazar qo‘llaniladi. Bunday holda javobgarlik jabrlanuvchining homilador ekanligini aybdor bilgan taqdirdagina yuzaga keladi.
8. Aybdorning harakatlarini “v” bandi bo‘yicha tavsif qilganda jabrlanuvchining ojiz ahvoli deb uning jismoniy yoki ruhiy holati (jismoniy kamchiligi, balog‘at yoshdaligi, ruhiy jihatdan nosog‘lomligi, kasal yoki hushsiz ahvoldaligi va h.k.) tufayli unga nisbatan sodir etilayotgan harakatlarning mohiyati va mazmunini anglab yetmagan yoki o‘zining xatti-harakatlarini boshqara olmagan holatda bo‘lishi va aybdor jabrlanuvchining shu ahvolda ekanligini bilishligi lozim.
Boshqa shaxslarga tan jarohatlari yetkazilgan taqdirda aybdorning harakatlari “d” bandidan tashqari Jinoyat kodeksining qasddan badanga shikast yetkazishni ko‘zda tutuvchi moddalari bilan ham tavsif qilinishi darkor.
12. Qasddan odam o‘ldirishni 97-modda 2-qismining “j” bandi bilan tavsif qilishda qonun juda ham rahmsizlikni odam o‘ldirishning usuli bilangina emas, balki aybdorning juda raxmsizligini namoyon etuvchi boshqa holatlar bilan ham bog‘lashligini e’tiborga olish kerak.
14. Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “i” bandi bilan o‘zi va boshqa shaxsning qanday bo‘lmasin moddiy manfaatdor bo‘lishiga (pul, buyum, mulk, mulkiy huquq, uy-joyga egalik qilish huquqi) yoki moddiy javobgarlikdan qutulishiga (qarz, nafaqa to‘lash va h.k.), shuningdek, boshqa g‘araz maqsadlarga erishish istagi bilan sodir etilgan qasddan odam o‘ldirish harakatlari tavsif qilinishi kerak.
Aybdorning harakatlarini “i” bandi bilan tavsif qilishda sudlar, odam o‘ldirish jinoyati faqat qanday bo‘lmasin moddiy manfaatga ega bo‘lish niyati aybdorda jabrlanuvchini hayotidan mahrum etishdan oldin yuzaga kelgan hollardagina g‘araz maqsadda sodir etilgan deb tanilishini e’tiborga olishlari kerak. Agarda bunday niyat odam o‘ldirilgandan so‘ng paydo bo‘lgan bo‘lsa, uning harakatlarini tegishlicha odam o‘ldirish va o‘g‘irlik deb tavsif qilish lozim bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “p” bandi dispozitsiyasida ko‘rsatilgan uyushgan guruh deb uning barqarorligini, unda tashkilotchining bo‘lishini, odatda, bir necha jinoyatni sodir etish maqsadida tuzilganligini, jinoyatni amalga oshirish rejasi va yo‘l-yo‘rig‘i ishlanganligini, har bir ishtirokchi o‘rtasida vazifalar taqsimlanganligini, texnika bilan ta’minlanganligini, jinoyatni yashirish choralari ko‘rilganligini, umumiy intizomga va jinoiy guruh tashkilotchisining ko‘rsatmalariga itoat qilinishi va h.k. tushunmoq lozim.
18. Xavfli retsidivist deb shaxs tergov organi tomonidan u ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risida qarorda tanilishi tushuntirilsin. Bunda Jinoyat kodeksining 34-moddasi talabidan kelib chiqqan holda ilgari hukm qilingan jinoyatiga o‘xshash jinoyat sodir etgan, Jinoyat kodeksida alohida ko‘rsatilgan hollarda esa maxsus qismning boshqa moddalari bilan ham hukm qilingan shaxsning qasddan yangi jinoyat sodir etishi tushunilishi ta’kidlansin.
19. Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining ikki yoki undan ortiq bandlarida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lgan qasddan odam o‘ldirish harakatlari shu holatlarni ko‘zda tutgan barcha bandlar bilan tavsif qilinishi lozim. Bunday holatlarda jazo har bir band bo‘yicha alohida tayinlanmasligi kerak, ammo jazo tayinlashda aybni og‘irlashtiradigan bir necha holatlar borligi inobatga olinishi lozim.
20. Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a”, “b”, “d”, “r”, “s” bandlarida ko‘rsatilgan holatlarda, to‘satdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida odam o‘ldirish, shuningdek, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib odam o‘ldirish, javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda odam o‘ldirish deb tavsif qilinmasligi kerak.
22. Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan shaxs tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlari bilan bog‘liq holda qasddan odam o‘ldirishini, Jinoyat kodeksining 220-modda dispozitsiyasi jabrlanuvchini hayotidan mahrum etishni o‘z ichiga qamrab olmasligi sababli, Jinoyat kodeksining qasddan odam o‘ldirish va ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqargan harakatlari uchun javobgarlikni ko‘zda tutuvchi moddalari bilan tavsif qilinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi