Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

Hujjat 19.05.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
2. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish (JK 73, 89-moddalari) va jazoni yengilroq jazo turi bilan almashtirishga oid (JK 74, 90-moddalari) masalani sudlar har bir mahkumga alohida yondashuvni ta’minlagan holda hal etishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Shaxs tomonidan jazoning o‘talmay qolgan qismi davomida qasddan yangi jinoyat sodir etilganligi munosabati bilan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishning bekor qilinishi (JK 73-moddasi beshinchi qismi) o‘z-o‘zidan unga nisbatan keyinchalik jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qo‘llanilishini rad etish uchun asos bo‘lmaydi. Bunday hollarda sud nafaqat mahkumga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishning bekor qilinishi faktidan kelib chiqishi, balki uning shaxsi, xulq-atvorini, mehnatga munosabati va h.k.larga oid barcha ma’lumotlar majmuini inobatga olishi lozim.
5. JK 74-moddasiga muvofiq ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan shaxsga nisbatan sud jazoning o‘talmagan qismini yengilroq jazo turi bilan almashtirishi mumkin. Buning uchun mahkum tomonidan jazoning qonunda belgilangan qismi haqiqatda o‘talganligi, mazkur jazo turi uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarining bajarilganligi va mehnatga halol munosabatda bo‘lganligi asos bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish instituti JK 74-moddasiga muvofiq jazosi yengilroq jazo turi bilan almashtirilgan shaxslarga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, mahkum tomonidan yengilroq jazoning JK 73-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan, mazkur jazo ijrosi boshlangan kundan hisoblanadigan muayyan muddati amalda o‘talganidan so‘ng u jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinishi mumkin.
10. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, JPK 536-moddasi birinchi qismiga muvofiq, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirishga oid masala, jinoyat ishi qaysi sudlovga tegishliligidan qat’iy nazar, mahkum jazoni o‘tayotgan jazoni o‘tash muassasasi yoki jazoni ijro etuvchi organ (bundan buyon matnda-jazoni ijro etuvchi organ) joylashgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi, harbiy sudi sudyasi tomonidan yakka tartibda hal etiladi.
11. Jazoni ijro etuvchi organning jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirishga oid taqdimnomasini o‘z ish yurituviga qabul qilish masalasini hal etishda, sudya u JIK 164-moddasi ikkinchi qismi talablariga javob berish-bermasligini va taqdim etilgan materiallarda mahkumning xulq-atvorini, uning butun jazoni o‘tash davrida mehnatga va o‘qishga nisbatan bo‘lgan munosabatini tavsiflovchi ma’lumotlar, mahkumning jazo o‘tashi uchun asos bo‘lgan hujjatlar nusxalari, jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar to‘liq yoki qisman qoplanganligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar mavjud-mavjud emasligini tekshirishi lozim.
13. Sudya mahkum, uning qonuniy vakili, advokat jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish to‘g‘risida JK 73, 74, 89 va 90-moddalarida ko‘rsatilgan muddatlar qismi haqiqatda o‘talmasdan turib iltimosnoma bilan murojaat etganligini aniqlaganda, iltimosnomani qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi va uni ariza egasiga qaytaradi. Mazkur shaxslar jazo muddatining qonunda belgilangan qismi mahkum tomonidan o‘talgandan so‘ng qayta iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqlidirlar.
14. Agar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish rad etilgan mahkumga nisbatan tegishli iltimosnoma takroran sudga JIK 164-moddasi beshinchi qismida belgilangan olti oylik muddatdan ilgari kelib tushsa, sudya iltimosnomani qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi va uni ariza egasiga qaytaradi. Bunda qonunda belgilangan olti oylik muddat sud tomonidan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
22. JK 75-moddasi birinchi qismiga muvofiq shaxs hukm chiqarilgandan keyin o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan va boshqara olmaydigan darajada ruhiy kasallikka, shuningdek, jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan boshqacha og‘ir kasallikka chalinib qolsa, jazoni o‘tashdan ozod qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
24. JK 75-moddasining birinchi qismi mazmuniga ko‘ra, shaxsni og‘ir kasallikka chalinganligi munosabati bilan jazoni o‘tashdan ozod qilish masalasini hal etishda mahkumda tayinlangan jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan kasallikning aniqlanishi hal etuvchi ahamiyatga ega.
Jazoni ijro etuvchi organning tegishli taqdimnomasini ko‘rishda, sud O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008-yil 9-sentabrda 1854-son bilan ro‘yxatga olingan Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2008-yil 13-avgustdagi 12/9-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlarni kasalligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod qilishga taqdim etish uchun asos bo‘ladigan kasalliklar ro‘yxati” asosida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi maxsus tibbiy komissiyasining xulosasiga baho beradi.
25. Jazoni ijro etuvchi organning mahkumni og‘ir kasallikka chalinganligi munosabati bilan jazoni o‘tashdan ozod qilish to‘g‘risidagi taqdimnomasini o‘z ish yurituviga qabul qilishga oid masalani hal etishda, sudya u JIK 165-moddasi ikkinchi qismi talablariga javob berish-bermasligini va taqdim etilgan materiallarda mahkumning jazo o‘tashi uchun asos bo‘lgan hujjatlar nusxalari, mahkumning kasalligini tavsiflovchi batafsil ma’lumotlar, shu jumladan, tibbiy komissiya xulosasi mavjud-mavjud emasligini tekshirishi lozim.
Sudya mahkumni og‘ir kasallikka chalinganligi munosabati bilan jazoni o‘tashdan ozod qilish to‘g‘risidagi taqdimnomani qabul qilishni JIK 165-moddasi birinchi qismiga muvofiq taqdim etilishi shart bo‘lgan hujjatlar (tibbiy komissiya xulosasi, mahkumning shaxsiy ishi) yo‘qligi sababli rad etishga haqli emas. Bunday hollarda sud jazoni ijro etuvchi organga tegishli materiallarni sudga darhol taqdim etish to‘g‘risida so‘rovnoma yuborishi lozim.
27. JK 75-moddasining beshinchi qismiga muvofiq axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tash davrida mehnat qobiliyatini yo‘qotgan yoki pensiya yoshiga yetgan shaxslar, shuningdek, bunday jazoni o‘tash davrida homiladorlik va tug‘ish uchun ta’til berilgan ayollar jazodan ozod etiladilar.
29. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, jazoni ijro etuvchi organ rahbari, shuningdek uning vakili sudning JPK 534 yoki 536-moddasiga muvofiq chiqarilgan ajrimi ustidan apellatsiya, kassatsiya, nazorat tartibida shikoyat berish huquqiga ega emas, chunki qonunga (JPK 55-1, 56, 57-boblari) ko‘ra, sud qarori ustidan shikoyat (protest) berish huquqi mahkumga, uning qonuniy vakiliga, advokatga, prokurorga, shuningdek, jabrlanuvchi va uning qonuniy vakili (vakili)ga tegishli.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi