T/r | Ish turlari | Ish mazmuni |
1. | Shaharlar, tumanlar, posyolkalar, dam olish zonalari, sport va bolalar maydonchalari, tarixiy-arxitektura yodgorliklari, qabristonlarni obodonlashtirish. | Irrigatsiya tarmoqlarini yotqizish va tozalash; hududlarni tozalash, qishki yig‘ishtirishlar: supurish yoki qor kurash, yaxmalakni yo‘q qilish, qorni va qor-muzni ko‘chirish; yozgi yig‘ishtirish: hududlarni supurish va axlatlarni to‘plash; hovli-joy hududini qo‘l bilan yig‘ishtirish: namlab supurish va zinalarni yuvish, derazalarni yuvish, dahlizga chiqishdagi maydonchani supurish va yuvish; ishlab chiqarish hududlarini yig‘ishtirish; yo‘llarni, aylanma ko‘prik va ko‘priklarni ta’mirlash* va qurish*; hududlarni ko‘kalamzorlashtirish; o‘tkazilgan daraxtlarni parvarish qilish (sug‘orish, shakl berish, o‘rish, organik va ma’danli o‘g‘itlar bilan qo‘shimcha oziqlantirish); elektr ta’minoti obyektlari bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar (elektr tarmoqlarini qurish va ulardan foydalanish*); suv ta’minoti obyektlari (suv quvurlari tarmoqlarini qurish va ulardan foydalanish*); dam olish zonalari, sport va bolalar maydonchal�ri, tarixiy-arxitektura yodgorliklari, qabristonlarni obodonlashtirish. |
2. | Qurilish-montaj ishlari | Bolalar maydonchalari va sport obyektlari, cho‘milish hovuzlari, maktablar, kasalxonalar va boshqa obyektlar* qurish. |
3. | Yuk ortish-tushirish ishlari | Vagonlar, avtomashinalardan yuk tushirish; vagonlarga, avtomashinalarga yuk ortish, omborlarda ishlash. |
4. | Sog‘liqni saqlash tizimidagi ishlar | Kasalxona va boshqa tibbiyot muassasalarining binolari va hududlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlar (farroshlar, sanitarlar, hovli-hudud tozalovchilari, bog‘bonlar, qorovullar, texnik xodimlar)*. |
5. | Xalq ta’limi tizimidagi ishlar | Ta’lim muassasalarining binolari va hududlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlar (farroshlar, hovli-hudud tozalovchilari, bog‘bonlar, qorovullar, texnik xodimlar)*. |
6. | Meva-sabzavot bazalaridagi ishlar | Meva-sabzavot mahsulotlarini saralash va idishlarga joylashtirish, idishlarni tuzatish, ortish, tushirish. |
7. | Agrosanoat kompleksidagi mavsumiy ishlar | Mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari (meva-sabzavot mahsulotlarini yig‘ishtirish**, paxta terish**, ekinlarni o‘tash**, chorva ozuqasi tayyorlash, chorva mollari boqish va boshqalar). |
8. | Ikkilamchi xomashyolarni tayyorlash va topshirish bo‘yicha ishlar | Makulatura, shisha idishlar, ishlatilgan shinalar, ikkilamchi polimerlar, ikkilamchi metall buyumlarni to‘plash va shu kabilar. |