Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

Hujjat 10.05.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan mahkumga nisbatan Jinoyat kodeksining 451-moddasi (voyaga yetmaganga nisbatan esa — Jinoyat kodeksining 821-moddasi)ga muvofiq inspeksiya tomonidan majburiy jamoat ishlarini boshqa jazo turi bilan almashtirish to‘g‘risida sudga taqdimnoma yuboriladi. Sud majburiy jamoat ishlarining o‘talmagan muddatini majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatini ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Bo‘yin tovlanilgan vaqt o‘talgan jazo muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Ish turlari

Ish mazmuni

1.

Shaharlar, tumanlar, posyolkalar, dam olish zonalari, sport va bolalar maydonchalari, tarixiy-arxitektura yodgorliklari, qabristonlarni obodonlashtirish.

Irrigatsiya tarmoqlarini yotqizish va tozalash; hududlarni tozalash, qishki yig‘ishtirishlar: supurish yoki qor kurash, yaxmalakni yo‘q qilish, qorni va qor-muzni ko‘chirish; yozgi yig‘ishtirish: hududlarni supurish va axlatlarni to‘plash; hovli-joy hududini qo‘l bilan yig‘ishtirish: namlab supurish va zinalarni yuvish, derazalarni yuvish, dahlizga chiqishdagi maydonchani supurish va yuvish; ishlab chiqarish hududlarini yig‘ishtirish; yo‘llarni, aylanma ko‘prik va ko‘priklarni ta’mirlash* va qurish*; hududlarni ko‘kalamzorlashtirish; o‘tkazilgan daraxtlarni parvarish qilish (sug‘orish, shakl berish, o‘rish, organik va ma’danli o‘g‘itlar bilan qo‘shimcha oziqlantirish); elektr ta’minoti obyektlari bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar (elektr tarmoqlarini qurish va ulardan foydalanish*); suv ta’minoti obyektlari (suv quvurlari tarmoqlarini qurish va ulardan foydalanish*); dam olish zonalari, sport va bolalar maydonchal�ri, tarixiy-arxitektura yodgorliklari, qabristonlarni obodonlashtirish.

2.

Qurilish-montaj ishlari

Bolalar maydonchalari va sport obyektlari, cho‘milish hovuzlari, maktablar, kasalxonalar va boshqa obyektlar* qurish.

3.

Yuk ortish-tushirish ishlari

Vagonlar, avtomashinalardan yuk tushirish; vagonlarga, avtomashinalarga yuk ortish, omborlarda ishlash.

4.

Sog‘liqni saqlash tizimidagi ishlar

Kasalxona va boshqa tibbiyot muassasalarining binolari va hududlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlar (farroshlar, sanitarlar, hovli-hudud tozalovchilari, bog‘bonlar, qorovullar, texnik xodimlar)*.

5.

Xalq ta’limi tizimidagi ishlar

Ta’lim muassasalarining binolari va hududlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlar (farroshlar, hovli-hudud tozalovchilari, bog‘bonlar, qorovullar, texnik xodimlar)*.

6.

Meva-sabzavot bazalaridagi ishlar

Meva-sabzavot mahsulotlarini saralash va idishlarga joylashtirish, idishlarni tuzatish, ortish, tushirish.

7.

Agrosanoat kompleksidagi mavsumiy ishlar

Mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari (meva-sabzavot mahsulotlarini yig‘ishtirish**, paxta terish**, ekinlarni o‘tash**, chorva ozuqasi tayyorlash, chorva mollari boqish va boshqalar).

8.

Ikkilamchi xomashyolarni tayyorlash va topshirish bo‘yicha ishlar

Makulatura, shisha idishlar, ishlatilgan shinalar, ikkilamchi polimerlar, ikkilamchi metall buyumlarni to‘plash va shu kabilar.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi