Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

Hujjat 21.05.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘RQ-600-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 9-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 26-band bilan to‘ldirilsin:
2) 10-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 101, 102 va 103-bandlar bilan to‘ldirilsin:
3) 15-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
4) 18-modda birinchi qismining ikkinchi bandidagi “davlat notarial idoralari” degan so‘zlar “notarius” degan so‘z bilan almashtirilsin”;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
uchinchi qismidagi “Davlat notarial idorasi” degan so‘zlar “Notarius” degan so‘z bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “Davlat notarial idorasi” degan so‘zlar “Notarial idora” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
o‘n birinchi qismidagi “Davlat notarial idorasi” degan so‘zlar “Notarius” degan so‘z bilan almashtirilsin;
o‘n to‘qqizinchi qismidagi “Ijro yozuvlari bo‘yicha yozuvni amalga oshirganlik” degan so‘zlar “Ijro yozuvlarini yozganlik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

a) adliya organlari tomonidan

xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarini, shuningdek xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini

BHMning 12,5 baravari

respublika, viloyatlararo nodavlat notijorat tashkilotlarini

BHMning 3 baravari

faoliyatini viloyat hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini

BHMning 1 baravari

faoliyatini tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini

BHMning 50 foizi

diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari va diniy o‘quv yurtlarini

BHMning 20 baravari

boshqa diniy tashkilotlarni

BHMning 10 baravari

diniy tashkilotlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun

ularni birinchi marta davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun belgilangan summaning 50 foizi

advokatlik byurolarini, advokatlik firmalarini va advokatlar hay’atlarini

BHMning 2 baravari

advokatlik byurolarini, advokatlik firmalarini va advokatlar hay’atlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun

ularni birinchi marta davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun belgilangan summaning 20 foizi

yuridik maslahatxonalarni

BHMning 1 baravari

b) Davlat xizmatlari markazlarida

chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganda

BHMning 10 baravari

sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari, auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchil�ri tashkilotlari, birjalar, lombardlar, investitsiya fondlarini, O‘zbekoziqovqatzaxira meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarni, bozorlarni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlari bilan aksiyadorlik jamiyatlari (shu jumladan xolding) shaklida tashkil etilayotgan xo‘jalik birlashmalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganda

BHMning 4 baravari

yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarini, yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni, yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlarini hamda yuridik shaxslar birlashmalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganda

BHMning 1 baravari

”;


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi