Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va aholining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarori 4-bandiga muvofiq qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga 50 mln so‘mgacha mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish amaliyotini yo‘lga qo‘yish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Talabgor tomonidan subsidiya olish uchun mazkur Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq so‘rovnoma to‘ldiriladi hamda quyidagi hujjatlar elektron (“pdf”) shaklda ilova qilinadi:
25. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining yoki viloyat hokimining subsidiya berish to‘g‘risidagi qarori asosida har chorakning ikkinchi oyi 10-sanasiga qadar mazkur Reglamentga 5-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq buyurtmanoma tasdiqlanadi hamda elektron hujjat shaklida QR-kod qo‘yilgan holda, idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli hududiy boshqarmalariga (keyingi o‘rinlarda — G‘aznachilik boshqarmalari) yuboriladi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Nodavlat ta’lim tashkiloti (talabgor)

1. Subsidiya olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi va so‘rovnomani to‘ldiradi.

1. Har chorak birinchi oyining 10-sanasiga qadar

2. So‘rovnomani tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat hokimligiga yuboradi.

2. Avtomatik tarzda

2-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari (mahalliy hokimliklar)

1. So‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning to‘g‘ri va to‘liq to‘ldirilganligini tekshiradi.

Bir ish kunida

2. So‘rovnoma to‘g‘ri to‘ldirilgan va hujjatlar to‘liq ilova qilinganda, YIDXP orqali talabgorga hujjatlar qabul qilinganligi to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.

Bir ish kunida

3. Hujjatlarda kamchiliklar aniqlanganda, bu haqda talabgorga YIDXP orqali xabarnoma yuborib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tushuntirish beradi.

Bir ish kunida

3-bosqich

Mahalliy hokimliklar

So‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatla�ni mas’ul tashkilotlarga yuboradi.

Bir ish kunida

4-bosqich

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining hududiy vakili, Davlat soliq boshqarmasi, Moliya boshqarmasi

Mavjud ma’lumotlar bazasi orqali so‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni o‘rganadi hamda tegishli ma’lumotlarni mahalliy hokimliklarga taqdim etadi.

Har chorak birinchi oyining 20-sanasiga qadar

5-bosqich

Mahalliy hokimliklar

1. Talabgorlarga baholash jarayoni o‘tkazilishi haqida elektron tarzda yoki boshqa aloqa vositasi orqali xabar beradi.

Baholash jarayonidan uch kun oldin

2. Talabgorlarni baholaydi va ularning natijalariga ko‘ra subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Har chorak birinchi oyining so‘nggi sanasiga qadar

3. Subsidiya ajratishni rad etish haqidagi qarorni rad etishning sabablarini ko‘rsatib, YIDXP orqali talabgorga yuboradi.

Bir ish kunida

6-bosqich

Mahalliy hokimliklar

Baholash natijalari asosida subsidiya ajratish bo‘yicha buyurtmanomani tasdiqlab (elektron hujjat shaklida QR-kod orqali), Moliya vazirligi G‘aznachiligining hududiy boshqarmasiga yuboradi.

Har chorak ikkinchi oyining 10-sanasiga qadar

7-bosqich

Moliya vazirligi G‘aznachiligining hududiy boshqarmalari

Buyurtmanomada ko‘rsatilgan miqdordagi subsidiyani ajra�adi va nodavlat ta’lim tashkilotlarining hisobvaraqlariga o‘tkazadi.

Har chorak ikkinchi oyining 15-sanasiga qadar

8-bosqich

Mahalliy hokimliklar

Nodavlat ta’lim tashkilotlariga subsidiya ajratish bo‘yicha har choraklik hisobotni Moliya vazirligiga kiritib boradi.

Har chorak keyingi oyning 25-sanasiga qadar

9-bosqich

Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi

Nodavlat ta’lim tashkilotlariga ajratilgan subsidiyaning sarflanishini nazorat qiladi.

Muntazam ravishda


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi