T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Nazorat qiluvchi | Mas’ullar |
I. Texnologik klasterlar faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish |
“Navoiy kimyo texnoparki” texnologik klasteri faoliyatini tashkil etish |
1. | “Navoiy kimyo texnoparki” texnologik klasterini (keyingi o‘rinlarida — Navoiy texnologik klasteri) boshqarish direksiyasi faoliyatini tashkil etish. | 1. Navoiy texnologik klasteri faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash. 2. Boshqarish direksiyasini o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. | 2022-yil noyabr | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudov | “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
3. Boshqarish direksiyasini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar smetasini tasdiqlash. | 2022-yil dekabr |
4. Navoiy texnologik klasteri bosh rejasini ishlab chiqish va Ma’muriy kengashga tasdiqlash uchun kiritish. | 2023-yil fevral |
5. Navoiy texnologik klasteri hududida davlat xizmatlari markazining filialini tashkil etish va davlat xizmatlarini ko‘rsatib borish. | 2023-yil mart |
2. | Navoiy texnologik klasteri hududini belgilab olish va mavjud bino-inshootlar va yer maydonlarini o‘tkazib berish. | 1. “O‘zkimyosanoat” AJ ta’sischiligida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida Navoi� texnologik klasterini boshqarish direksiyasini tashkil etish va Kuzatuv kengashining mazkur qarorda keltirilgan bino-inshoot hamda yer maydonlarini o‘tkazib berishga doir qarorini qabul qilish. | 2022-yil noyabr | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudov | “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Navoiy viloyati hokimligi (N. Tursunov) |
2. “Navoiyazot” AJ hududidagi 9,8 gektar maydonda joylashgan bino-inshootlar va 16,2 gektar yer maydonini qoldiq balans qiymatida “O‘zkimyosanoat” AJga o‘tkazib berish bo‘yicha topshirish-qabul qilish dalolatnomasini o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirish. | 2023-yil yanvar |
3. | Navoiy texnologik klasteri hududini kengaytirish. | 1. Navoiy texnologik klasteri uchun ajratiladigan 122 gektar qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yer toifasini sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yer toifasiga o‘zgartirish. | 2022-yil noyabr | Bosh vazir o‘rinbosari Sh. G‘aniyev | Navoiy viloyati hokimligi (N. Tursunov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (A. Voitov), Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (F. Pulatov) |
2. Davlat yer kadastri ma’lumotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish. | 2022-yil dekabr |
4. | Navoiy texnologik klasterini samarali tashkil etish uchun boshqarish direksiyasiga malakali kadrlarni jalb qilish. | 1. Nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish va ular o‘rtasida tanlov o‘tkazish. | 2022-yil dekabr | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudov | “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov) |
2. Tanlov natijalariga ko‘ra, malakali mutaxassislar bilan boshqarish direksiyasi shtat birliklarini to‘ldirish. | 2023-yil yanvar — mart |
5. | Navoiy texnologik klasterini zarur energiya resurslari bilan ta’minlash va infratuzilma tizimlariga ulash. | 1. Navoiy texnologik klasterini zarur energiya resurslari bilan ta’minlash hamda infratuzilma tizimlariga ulash bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqish. 2. Infratuzilma tizimlariga ulash xarajatlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash. | 2023-yil fevral | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudov | “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Sh. Hidoyatov), Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (A. Abduvaliyev), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (U. Mustafoyev), “O‘zbekiston MET” AJ (D. Isakulov), “Hududgazta’minot” AJ (B. Eshmuratov), “O‘ztransgaz” AJ (B. Narmatov), Navoiy viloyati hokimligi (N. Tursunov) |
3. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish. | 2023-yil mart |
6. | Navoiy texnologik klasteri boshqarish direksiyasining ma’muriy binosini qurish va moddiy-texnika bazasini shakllantirish. | 1. Navoiy texnologik klasteri ma’muriy binosini mavjud bino-inshootlar bazasida yoki yengil konstruksiya asosida qurish loyiha chizmasini ishlab chiqish va qurish ishlarini olib borish. | 2023-yil yanvar | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudov | “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Navoiy viloyati hokimligi (N. Tursunov) |
2. Navoiy texnologik klaste�i ma’muriy binosini zaruriy aloqa, tashkiliy texnika va mebel bilan jihozlash. | 2023-yil fevral |
“Farg‘ona kimyo texnoparki” texnologik klasteri faoliyatini tashkil |
7. | “Farg‘onakimyo texnoparki” texnologik klasterini (keyingi o‘rinlarida — Farg‘ona texnologik klasteri) boshqarish direksiyasi faoliyatini tashkil etish. | 1. Farg‘ona texnologik klasteri faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash. 2. Boshqarish direksiyasini o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. | 2022-yil noyabr | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudov | “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
3. Boshqarish direksiyasini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar smetasini tasdiqlash. | 2022-yil dekabr |
4. Farg‘ona texnologik klasteri bosh rejasini ishlab chiqish va Ma’muriy kengashga tasdiqlash uchun kiritish. | 2023-yil fevral |
5. Davlat xizmatlari markazining filialini tashkil etish va davlat xizmatlarini ko‘rsatib borish. | 2023-yil mart |
8. | Farg‘ona texnologik klasteri hududini belgilab olish va mavjud bino-inshootlar va yer maydonlarini o‘tkazib berish. | 1. “O‘zkimyosanoat” AJ ta’sischiligida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Farg‘ona texnologik klasterni boshqarish direksiyasini tashkil etish hamda Kuzatuv kengashining mazkur qarorda keltirilgan bino-inshootlar va yer maydonlarini o‘tkazib berishga doir qarorini qabul qilish. | 2022-yil noyabr | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudov | “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Farg‘ona viloyati hokimligi (X. Bozarov) |
2. “Farg‘onaazot” AJ hududidagi 2,67 gektar maydonda joylashgan bino-inshoot va 19,63 gektar yer maydonini qoldiq balans qiymatida “O‘zkimyosanoat” AJga o‘tkazib berish bo‘yicha topshirish-qabul qilish dalolatnomasini o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirish. | 2023-yil yanvar |
9. | Farg‘ona texnologik klasterini samarali tashkil etish uchun boshqarish direksiyasiga malakali kadrlarni jalb qilish. | 1. Nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish va ular o‘rtasida tanlov o‘tkazish. | 2022-yil dekabr | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudov | “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov) |
2. Tanlov natijalariga ko‘ra, malakali mutaxassislar bilan boshqarish direksiyasi shtat birliklarini to‘ldirish. | 2023-yil yanvar — mart |
10. | Farg‘ona texnologik klasterini zarur energiya resurslari bilan ta’minlash va infratuzilma tizimlariga ulash. | 1. Farg‘ona texnologik klasterini zarur energiya resurslari bilan ta’minlash hamda infratuzilma tizimlariga ulash bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqish. 2. Infratuzilma tizimlariga ulash xarajatlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash. | 2023-yil fevral | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudov | “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Sh. Hidoyatov), Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (A. Abduvaliyev), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (U. Mustafoyev), “O‘zbekiston MET” AJ (D. Isakulov), “Hududgazta’minot” AJ (B. Eshmuratov), “O‘ztransgaz” AJ (B. Narmatov), Farg‘ona viloyati hokimligi (X. Bozarov) |
3. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish. | 2023-yil mart |
11. | Farg‘ona texnologik klasteri boshqarish direksiyasining ma’muriy binosini qurish va moddiy-texnika bazasini shakllantirish. | 1. Farg‘ona texnologik klasteri ma’muriy binosini mavjud bino-inshootlar bazasida yoki yengil konstruksiya asosida qurish loyiha chizmasini ishlab chiqish va qurish ishlarini olib borish. | 2023-yil fevral | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudov | “O‘zkimyosanoat” �J (O. Temirov), Farg‘ona viloyati hokimligi (X. Bozarov) |
2. Farg‘ona texnologik klasteri ma’muriy binosini zaruriy aloqa, tashkiliy texnika va mebel bilan jihozlash. | 2023-yil aprel |
“Qoraqalpog‘iston kimyo texnoparki” texnologik klasteri faoliyatini tashkil etish |
12. | “Qoraqalpog‘iston kimyo texnoparki” texnologik klasterini (keyingi o‘rinlarida — Qoraqalpog‘iston texnologik klasteri) boshqarish direksiyasi faoliyatini tashkil etish. | 1. Qoraqalpog‘iston texnologik klasteri faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash. 2. Boshqarish direksiyasini o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. | 2022-yil noyabr | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudov | “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
3. Boshqarish direksiyasini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar smetasini tasdiqlash. | 2022-yil dekabr |
4. Qoraqalpog‘iston texnologik klasteri bosh rejasini ishlab chiqish va Ma’muriy kengashga tasdiqlash uchun kiritish. | 2023-yil fevral |
5. Davlat xizmatlari markazining filialini tashkil etish va davlat xizmatlarini ko‘rsatib borish. | 2023-yil mart |
13. | Texnologik klaster hududini belgilab olish va yer ajratib berish. | 1. “O‘zkimyosanoat” AJ ta’sischiligida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Qoraqalpog‘iston texnologik klasterini boshqarish direksiyasini tashkil etish. | 2022-yil dekabr | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudov | “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q. Sariyev), “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov) |
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ustyurt tekisligi hududidan belgilangan tartibda yer maydonini “O‘zkimyosanoat” AJga o‘tkazib berish bo‘yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish. | 2023-yil mart |
14. | Qoraqalpog‘iston texnologik klasterini samarali tashkil etish uchun boshqarish direksiyasiga malakali kadrlarni jalb qilish. | 1. Nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish va ular o‘rtasida tanlov o‘tkazish. | 2022-yil dekabr | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudov | “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov) |
2. Tanlov natijalariga ko‘ra, malakali mutaxassislar bilan boshqarish direksiyasi shtat birliklarini to‘ldirish. | 2023-yil yanvar — mart |
15. | Qoraqalpog‘iston texnologik klasterini zarur energiya resurslari bilan ta’minlash va infratuzilma tizimlariga ulash. | 1. Qoraqalpog‘iston texnologik klasterini zarur energiya resurslari bilan ta’minlash hamda infratuzilma tizimlariga ulash bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqish. | 2023-yil fevral | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudov | “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Sh. Hidoyatov), Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (A. Abduvaliyev), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (U. Mustafoyev), “O‘zbekiston MET” AJ (D. Isakulov), “Hududgazta’minot” AJ (B. Eshmuratov), “O‘ztransgaz” AJ (B. Narmatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q. Sariyev) |
2. Infratuzilma tizimlariga ulash xarajatlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash. | 2023-yil mart |
3. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish. | 2023-yil aprel |
16. | Qoraqalpog‘iston texnologik klasterini boshqarish direksiyasining ma’muriy binosini qurish va moddiy-texnika bazasini shakllantirish. | 1. Qoraqalpog‘iston texnologik klasteri ma’muriy binosini yengil konstruksiya asosida qurish loyiha chizmasini ishlab chiqish va qurish ishlarini olib borish. | 2023-yil mart | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudov | “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q. Sariyev) |
2. Qoraqalpog‘iston texnologik klasteri ma’muriy binosini zaruriy aloqa, tashkiliy texnika va mebel bilan jihozlash. | 2023-yil aprel |
Texnologik klasterlar faoliyatini rivojlantirish |
17. | Direksiyalar faoliyatini samarali tashkil etish uchun ushbu sohada ilg‘or tajribaga ega xorijiy kompaniyalar va konsultantlarni jalb etish. | 1. Tajribaga ega xorijiy kompaniyalar va konsultantlarni jalb etish bo‘yicha tender e’lon qilish. | 2022-yil noyabr | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudov | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Ku�ratov), “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov) |
2. Tender natijalariga ko‘ra xorijiy kompaniyalar va konsultantlar bilan tegishli shartnomalarni rasmiylashtirish. | 2023-yil yanvar |
18. | Direksiyalar tomonidan, shu jumladan yetakchi xalqaro kompaniyalar bilan qo‘shma korxonalar tashkil etish orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar sonini oshirish. | 1. Kimyo va gaz-kimyo sanoatida loyihalash bo‘yicha salohiyatli hamkorlar ro‘yxatini shakllantirish. | 2023-yil aprel | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudov | “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov) |
2. Qo‘shma korxonalar tashkil etish uchun yetakchi xalqaro kompaniyalarni tanlab olish va muzokaralar olib borish. | Doimiy ravishda |
19. | Innovatsion kimyoviy ilmiy-ishlab chiqarish va ta’lim klasterini tashkil etish. | 1. Klasterning faoliyat yo‘nalishlari va ta’lim dasturlarini kimyo sanoatini uzoq muddatli rivojlantirishning ilg‘or xalqaro tendensiyalari bilan uzviy bog‘liqlikda ishlab chiqib, ishchi guruhga tasdiqlash uchun kiritish. 2. Injiniring kompaniyasini jalb qilgan holda, klasterning moddiy-texnika bazasini, uning hududida quriladigan obyektlar, shu jumladan muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini barpo etish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish. | 2023-yil mart | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudov | “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) |
3. Qurilish-montaj va ishga tushirish ishlarini bajarish bo‘yicha pudrat tashkilotlarini qonunchilikka muvofiq aniqlash. | 2023-yil iyul |
20. | Texnologik klasterlarni tashkil etishning ahamiyati va mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | 1. Texnologik klasterlar faoliyati to‘g‘risida videoroliklar, teleko‘rsatuvlar tayyorlash. | 2022-yil dekabr | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudov | “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) |
2. Tayyorlangan videoroliklar, teleko‘rsatuvlarni mahalliy va xorijiy teleradiokanallarda, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish. | Doimiy ravishda |
II. Kimyo va gaz-kimyo sanoatida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni tizimli tashkil etish |
21. | Texnologik zanjirning har bir bo‘g‘inida investitsiya loyihalari, tegishli ishlab chiqarish quvvatlari, shuningdek, ularni amalga oshirish muddatlari ko‘rsatilgan holda, har bir texnologik klasterni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 1. Har bir texnologik klasterni rivojlantirish bo‘yicha konsepsiyani ishlab chiqish. | 2023-yil iyun | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudov | “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov) |
2. Har bir texnologik klasterni rivojlantirish konsepsiyasi loyihalarini yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalari va mutaxassislarni jalb qilgan holda, ekspertizadan o‘tkazish. | 2023-yil avgust |
22. | Texnologik klasterlar hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish va amalga oshirish ishlarini jadallashtirish. | 1. O‘zaro uzviy bog‘liqlikni ta’minlagan holda, har bir texnologik klasterda loyihalar joylashuvini belgilab olish. | 2023-yil aprel | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudov | “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov) |
2. 30 ta istiqbolli loyiha bo‘yicha batafsil marketing tadqiqotlarini olib borish va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish. | 2024-yil may |
3. Investitsiya loyihalarining loyiha hujjatlari ishlab chiqilgandan so‘ng, ular bo‘yicha mustaqil ekspertiza xulosalarini olish va xorijiy investorlar bilan hamkorlik shartlarini kelishish natijalariga ko‘ra ushbu loyihalarning ustuvorligi bo‘yicha amalga oshirish ketma-ketligi, strategiyasi va moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida aniq takliflarni Ma’muriy kengashga taqdim etib borish. 4. Texnologik klasterlarga xorijiy va mahalliy investorlarni keng jalb etish bo‘yicha “road show” taqdimotlarini tashkil etib borish. | Tarmoq jadvaliga muvofiq |
23. | Yillik investitsiya dasturlariga kiritgan holda, texnologik klasterlarda ishlab chiqariladigan asosiy, butlovchi va yordamchi xomashyo hamda yarim tayyor mahsulotlardan foydalangan holda tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha yangi ishlab chiqarish loyihalarini joylashtirishni rag‘batlantirish. | 1. Texnologik klasterlar hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini investitsiya dasturlariga kiritib borish. 2. Investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqariladigan xomashyo va yarimtayyor mahsulotlarni chuqur qayta ishlash jarayoniga mahalliy tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etish. 3. Texnologik klasterlar tomonidan respublika hududlarida tashkil etilgan kichik sanoat zonalarida o‘z mahsulotlari taqdimotini (“road show”) o‘tkazib borish hamda o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish. 4. Taqdimot natijalariga ko‘ra, kichik sanoat zonalari qatnashchilari tomonidan o‘rnatilgan tartibda tegishli murojaatlarni kiritish. | Doimiy ravishda (har yarim yilda) | Bosh vazir o‘rinbosari J. Xodjayev | “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari |
24. | Kimyo va gaz-kimyo sohasida istiqbolli ilmiy ishlanmalar va tadqiqot loyihalari portfelini shakllantirish. | 1. Yetakchi xorijiy investorlar va ilm-fan vakillari ishtirokida ilmiy anjumanlar tashkil etish. | Har yili oktyabr oyida | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudov | “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) |
2. Ilmiy anjumanlar doirasida ilmiy ishlanmalar va tadqiqot loyihalari muhokamasini o‘tkazish, loyiha va ishlanmalar portfelini shakllantirish. | Har yili dekabr oyida |
25. | Istiqbolli loyihalar portfeliga muvofiq ilmiy ishlanmalar hamda tadqiqotlarni tashkil etish, ularning ishlab chiqarishga transferini amalga oshirish va ularni tijoratlashtirish. | “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq ilmiy-texnik kengashining qarori bilan istiqbolli loyihalar portfeliga muvofiq ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga yo‘naltirish. | Tarmoq jadvaliga muvofiq | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudov | “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov) |
26. | Kimyo va gaz-kimyo sohasida innovatsiyalarni yaratishga doir buyurtmalarni shakllantirish. | 1. Ilmiy-tadqiqot markazlarini tashkil etish va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish. | 2024-yil noyabr | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudo� | “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov) |
2. Ilmiy-tadqiqot markazlarini joylashtirish, ularni moddiy-texnika bazasini yaratish va kadrlar bilan ta’minlashga oid tashkiliy masalalarini hal qilish. | 2025-yil dekabr |
27. | Yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. | 1. Yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasining ijobiy tajribasini o‘rganish. | 2023-yil fevral | Bosh vazir o‘rinbosari J. Xodjayev | “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) |
2. “O‘zkimyosanoat” AJ va boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhlarni yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy tashkilotlarga maqsadli o‘rganish va o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun yuborish hamda natijasi bo‘yicha tayyorlangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil iyun |
28. | Innovatsion faoliyatni amalga oshirish, kadrlarni tayyorlash hamda o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni o‘rnatish. | 1. Kadrlar tayyorlash sohasida yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | 2023-yil aprel | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudov | “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) |
2. Sohada malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlagan holda ularni xorijiy ta’lim tashkilotlarida qayta tayyorlash, malakasini oshirish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Doimiy ravishda |
III. Xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi (fondidagi) “O‘zkimyosanoat” AJ va davlat ulushini xususiylashtirish |
29. | “Farg‘onaazot” AJ ustav kapitalidagi (fondidagi) “O‘zkimyosanoat” AJ va davlat ulushini xususiylashtirish. | 1. Talabgorlar bilan Axborotni oshkor etmaslik to‘g‘risidagi bitimni (NDA) imzolash va ularni majburiyatga ega bo‘lgan takliflarni shakllantirish uchun tegishli ma’lumotlar bilan ta’minlash. | 2022-yil oktyabr | Bosh vazir o‘rinbosari J. Qo‘chqorov | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov) |
2. Sotilishi belgilangan davlat ulushi bo‘yicha talabgorlardan majburiyatga ega bo‘lgan qat’iy narx takliflarini (binding offers) olish choralarini ko‘rish. | 2022-yil noyabr |
3. Talabgorlar bilan muzokaralar o‘tkazish orqali g‘olibni aniqlash, oldi-sotdi shartnomasini imzolash. | 2022-yil dekabr |
30. | “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ustav kapitalidagi (fondidagi) “O‘zkimyosanoat” AJ ulushini xususiylashtirish. | 1. Jamiyatning kon zaxiralarini (Tubegatan kaliyli tuz koni) JORC standartlari asosida tahlil qilish va baholash ishlarini amalga oshirish. | 2022-yil dekabr | Bosh vazir o‘rinbosari J. Qo‘chqorov | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov) |
2. Xususiylashtirish jarayonlari boshlanganligi to‘g‘risida e’lon berish va dastlabki saralash bosqichi (RfQ) doirasida arizalarni qabul qilish. | 2023-yil yanvar |
3. Talabgorlar bilan Axborotni oshkor etmaslik to‘g‘risidagi bitimni (NDA) imzolash va ularni majburiyatga ega bo‘lgan takliflarni shakllantirish uchun tegishli ma’lumotlar bilan ta’minlash. | 2023-yil mart |
4. Sotilishi belgilangan davlat ulushi bo‘yicha talabgorlardan qat’iy narx takliflarini (binding offers) olish. | 2023-yil may |
5. Talabgorlar bilan muzokaralar o‘tkazish orqali g‘olibni aniqlash, oldi-sotdi shartnomasini imzolash. | 2023-yil iyun |
31. | “Navoiyazot” AJ ustav kapitalidagi (fondidagi) “O‘zkimyosanoat” AJ va davlat ulushini xususiylashtirishga tayyorlash. | 1. Xususiylashtirish strategiyasini va uni amalga oshirish “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish uchun professional konsultantlarni jalb qilish. | 2023-yil yanvar | Bosh vazir o‘rinbosari J. Qo‘chqorov | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev), “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov) |
2. “Navoiyazot” AJ faoliyatini kompleks o‘rganish (due diligence) ishlarni yakunlash. | 2023-yil mart |
3. “Navoiyazot” AJ aksiyalarining birlamchi bozor holatini (Market sounding) o‘rganish. | 2023-yil iyul |
4. O‘tkazilgan o‘rganish natijalari asosida korxona ishlab chiqarish quvvatlarining o‘zaro bog‘liqligini inobatga olgan holda, ishlab chiqarish sexlari va infratuzilmasini ajratish bo‘yicha hamda birlamchi bozor holati bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlardan (market sounding) kelib chiqib, “Navoiyazot” AJni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | 2023-yil avgust |
32. | “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ ustav kapitalidagi (fondidagi) “O‘zkimyosanoat” AJ ulushini xususiylashtirish. | 1. Xususiylashtirish jarayonlarini amalga oshirish bo‘yicha professional konsultantlar jalb qilish. | 2022-yil noyabr | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudov | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Moliya vazir��igi (O. Nasritdinxodjayev), “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov) |
2. Salohiyatli talabgorni aniqlash bo‘yicha tender shartlarini tayyorlash va tender e’lon qilish. | 2023-yil yanvar |
3. Tenderni o‘tkazish va uning natijasiga ko‘ra salohiyatli talabgorni aniqlash, u bilan muzokaralar o‘tkazish hamda yakuniy takliflarni Davlat tender komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritish. | 2023-yil may |
4. Davlat tender komissiyasi qaroriga muvofiq g‘olib deb topilgan investor bilan oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish. | 2023-yil iyun |
33. | “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ ustav kapitalidagi (fondidagi) “O‘zkimyosanoat” AJning 100 foiz ulushini sotishni tashkillashtirish. | 1. “Katta to‘rtlik”ka kiruvchi xorijiy tashkilotning baholash ishlarini tashkil etish hamda natijalari bo‘yicha baholash hisobotini taqdim qilish. 2. Ulushni sotishni rasmiylashtirish bo‘yicha xalqaro yuridik kompaniya konsultantini to‘g‘ridan to‘g‘ri jalb qilish | 2022-yil oktyabr | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudov | “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev) |
3. Xalqaro yuridik kompaniya ishtirokida korxonani xususiylashtirish bo‘yicha “Tatneft” kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazish. | 2022-yil oktyabr — dekabr |
4. Muzokaralar natijasi bo‘yicha Davlat tender komissiyasiga ulushni sotish yuzasidan aniq takliflar kiritish. | 2023-yil dekabr |
5. Davlat tender komissiyasi qaroriga muvofiq ulushlarni sotish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish. | 2023-yil mart |
34. | “Kimyotrans-logistik” (100 foiz), “Hamkor-kimyoservis” (100 foiz) va “Kimyotrans” (25 foiz) mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ustav kapitalidagi “O‘zkimyosanoat” AJ ulushini sotishni tashkil etish. | 1. Ulushning sotilishi va bozor qiymatini belgilashni tashkil etish bo‘yicha “O‘zkimyosanoat” AJ kuzatuv kengashi qarorini qabul qilish. | 2022-yil dekabr | Bosh vazir o‘rinbosari J. Mirzamahmudov | Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev), “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov) |
2. Ulushni baholash (bozor qiymatini aniqlash) va baholash hisobotining haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda baholovchi (auditor) tashkilotlarni jalb etish. | 2023-yil yanvar |
3. Ulushni baholan�an qiymatdagi boshlang‘ich narx bilan qonunchilikda belgilangan tartibda ommaviy savdolarga chiqarish. | 2023-yil fevral |
35. | “Kimyogartaomchi” (100 foiz), “Osiyo tehno-proekt injiniring” (51 foiz) va “Kimyosavdota’minot” (22,98 foiz) mas’uliyati cheklangan jamiyatlardagi “O‘zkimyosanoat” AJning ulushlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshirish orqali sotishni tashkil etish. | 1. Ulushlarni Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazish to‘g‘risida “O‘zkimyosanoat” AJ kuzatuv kengashining qarorini qabul qilish. | 2022-yil dekabr | Bosh vazir o‘rinbosari J. Qo‘chqorov | Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev), “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov) |
2. Ulushni topshirish-qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtirish. | 2023-yil yanvar |
3. “O‘zkimyosanoat” AJ ustav kapitalini o‘tkazilgan ulushlarning balans (qoldiq) qiymatiga kamaytirish, ustavni yangi tahrirda tasdiqlash va aksiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida jamiyatning tegishli boshqaruv organi qarorini qabul qilish. | 2023-yil fevral |
4. Avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarishlariga kiritilgan o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalarni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organida ro‘yxatidan o‘tkazish. | 2023-yil mart |
5. “O‘zkimyosanoat” AJning yangi tahrirdagi ustavini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. | 2023-yil aprel |
6. Ulushni baholash (bozor qiymatini aniqlash) va baholash hisobotining haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda baholovchi (auditor) tashkilotlarni jalb etish. | 2023-yil may |
7. Ulushni ommaviy savdolarga qonunchilikda belgilangan tartibda chiqarish. | 2023-yil iyun |