20.01.2023 yildagi PQ-14-son

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Talab etiladigan mablag‘ va moliyalashtirish manbai

Mas’ul ijrochilar

I. Aholi orasida OIV infeksiyasi profilaktikasini kuchaytirish va zararlanganlikni aniqlash bo‘yicha tekshiruvlar qamrovini oshirish

1.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV infeksiyasi epidemiyasiga barham berishni ko‘zda tutuvchi “95-95-95” strategiyasi doirasida OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslarning 95 foizi o‘z maqomini bilishiga erishish maqsadida davolash-profilaktika muassasalarida klinik ko‘rsatmalar asosida bemorlarni OIVga ixtiyoriy tekshiruvlar bilan qamrab olish hamda aholi o‘rtasida OIV infeksiyasini erta aniqlash va profilaktik tadbirlar olib borish.

1. Aholini OIV infeksiyasini aniqlash bo‘yicha tekshiruvlar bilan keng qamrab olish uchun har yili kamida 177 ming nafar odam o‘rtasida ekspress testlar o‘tkazish.

2. Test to‘plamlariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, buyurtma tayyorlash va ularni xarid qilish.

3. Aholi orasida OIV infeksiyasi bo‘yicha tibbiy maslahatlar berish, axborot-targ‘ibot materiallarini tayyorlash va aholiga yetkazish, targ‘ibot ishlarini olib borish. OIV infeksiyasi bilan bog‘liq stigmatizatsiya va diskriminatsiyaning oldini olish bo‘yicha maxsus tadbirlar (treninglar, kampaniyalar va boshqalar) o‘tkazish.

4. Davolash-profilaktika muassasalari mutaxassislari uchun OIV infeksiyasi masalalariga doir o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda trenerlarni tayyorlash.

5. OIV infeksiyasini aniqlash maqsadida o‘z-o‘zini testdan o‘tkazish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish va ijobiy tajribani amaliyotga joriy etishga doir taklif ishlab chiqish.

6. Turli guruhlar uchun maqsadli va moslashtirilgan o‘z-o‘zini testdan o‘tkazish axborot kampaniyalarini ishlab chiqish va o‘tkazish.

Respublika budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

nodavlat notijorat tashkilotlar, hamkor tashkilotlar

2023-yil

1 124,88 mln so‘m

2024-yil

1 259,86 mln so‘m

2025-yil

1 411,04 mln so‘m

2026-yil

1 580,37 mln so‘m

2027-yil

1 770,02 mln so‘m

Mahalliy budjet mablag‘lari

2023-yil

809,91 mln so‘m

2024-yil

907,10 mln so‘m

2025-yil

1 015,95 mln so‘m

2026-yil

1 137,87 mln so‘m

2027-yil

1 274,41 mln so‘m

Xalqaro tashkilotlar grantlari

2.

Aholi orasida OIV infeksiyasini faol aniqlash maqsadida 15 ta OITSga qarshi kurash markazlari va ularning 63 ta tumanlararo diagnostika laboratoriyalarini so‘nggi avlodga mansub diagnostik test-tizimlar (IFA) bilan uzluksiz ta’minlash.

1. Diagnostik test-tizimlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, moliyalashtirish uchun buyurtmalarni tayyorlash, test-tizimlarni xarid qilish va yetkazish.

2. Aholi orasida OIVni aniqlash maqsadida IFA usulida har yili kamida 2,4 million ta tekshiruv o‘tkazish.

Respublika budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2023-yil

2 502,0 mln so‘m

2024-yil

6 600,0 mln so‘m

2025-yil

6 600,0 mln so‘m

2026-yil

6 600,0 mln so‘m

2027-yil

6 600,0 mln so‘m

3.

OIV infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlarda davolash samaradorligi monitoringini olib borish maqsadida OITSga qarshi kurash markazlarini zaruriy test-tizimlar (immunoblot, PZR, SD4) bilan uzluksiz ta’minlash.

1. Ehtiyojni aniqlash, moliyalashtirish uchun buyurtmalarni tayyorlash.

2. Ehtiyojdan kelib chiqib, test-tizimlarni (immunoblot, PZR, SD4) xarid qilish va yetkazish. Jumladan, 2023 — 2027-yillarda OITSga qarshi kurash markazlarini kamida 75 mingta immunoblot, 254 mingta SD4 hamda 631 mingta PZR test-tizimlar bilan ta’minlash.

OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish bo‘yicha Global jamg‘arma mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2023-yil

0,50 mln AQSh doll.

2024-yil

0,50 mln AQSh doll.

2025-yil

0,50 mln AQSh doll.

2026-yil

0,50 mln AQSh doll.

2027-yil

0,50 mln AQSh doll.

Respublika budjeti mablag‘lari

2023-yil

0,39 mln AQSh doll.

2024-yil

0,68 mln AQSh doll.

2025-yil

0,75 mln AQSh doll.

2026-yil

0,82 mln AQSh doll.

2027-yil

0,89 mln AQSh doll.

4.

OIV infeksiyasi yuqishi va tarqalishi ehtimoli yuqori bo‘lgan guruhlardan aholiga OIV infeksiyasining tarqalish zanjirini uzish maqsadida ushbu guruhlar orasida OIV infeksiyasini faol aniqlash va profilaktik tadbirlar olib borish bo‘yicha ishlarni tashkil etish.

1. Sog‘liqni saqlash vazirligi va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan tuzilgan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi maqsadli bitim va kelishuvlarda OIV infeksiyasi yuqishi va tarqalish ehtimoli yuqori bo‘lgan guruhlar orasida OIV infeksiyasini aniqlash bo‘yicha tadbirlarni belgilash va reja asosida olib borish.

2. OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olishga doir tadbirlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarning ishtirokini kengaytirish, shu jumladan o‘quv mashg‘ulotlarni tashkil etish.

OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish bo‘yicha Global jamg‘arma mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

nodavlat notijorat tashkilotlar

2023-yil

0,55 mln AQSh doll.

2024-yil

1,45 mln AQSh doll.

2025-yil

1,72 mln AQSh doll.

2026-yil

1,92 mln AQSh doll.

2027-yil

1,92 mln AQSh doll.

5.

Respublika OITSga qarshi kurash markazi laboratoriya majmuasini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish va uning xalqaro sifat standarti talablariga muvofiq bo‘lishiga erishish.

1. Respublika OITSga qarshi kurash markazi laboratoriya majmuasining xalqaro akkreditatsiya talablariga mosligini baholash.

2. Kamchiliklarni bartaraf etishga doir tadbirlarni belgilash.

3. Laboratoriya majmuasini akkreditatsiya talablariga mos holda jihozlash va asbob-uskunalar bilan ta’minlash.

4. Akkreditatsiya talablari asosida ish yurituv hujjatlarini tayyorlash.

5. Mutaxassislarning malakasini oshirish.

6. Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilot vakillarini taklif qilish va zarur xulosani olish.

OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish bo‘yicha Global jamg‘arma, BMTTD, YUNISEF, YuNEYDS mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

hamkor tashkilotlar

2023-yil

0,05 mln AQSh doll.

2024-yil

0,05 mln AQSh doll.

6.

Migrantlarni OIV infeksiyasini ixtiyoriy tekshirish bilan qamrab olishni kengaytirish.

1. Uzoq muddat xorijda bo‘lib, O‘zbekistonga qaytgan migrantlar orasida OIVga qarshi kurash samaradorligini oshirish va kasallik tarqalishi ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2023-yil 1-avgust

Xalqaro tashkilotlar grantlari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Bojxona qo‘mitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

nodavlat notijorat tashkilotlar, hamkor tashkilotlar

2. Migrantlar va ularning oilalari o‘rtasida OIV infeksiyasi xavfi, himoya choralari va davolanish imkoniyatlari to‘g‘risida xabardorlikni oshirish kampaniyalarini tashkil etish.

2023 — 2027-yillar

II. OIV infeksiyasi tashxisoti, davolash va profilaktikasi, OIV bilan yashovchi shaxslarga tibbiy-ijtimoiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish

7.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV infeksiyasi epidemiyasiga barham berishni ko‘zda tutuvchi “95-95-95” strategiyasi doirasida OIV bilan yashovchi shaxslarni davolash bilan qamrab olish darajasini 95 foizga yetkazish maqsadida ularni retrovirusga qarshi dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash hamda ulardan 95 foizining qonida virus yuklamasini aniqlanmaydigan darajaga tushirish.

1. Retrovirusga qarshi dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, moliyalashtirish uchun buyurtmalarni tayyorlash.

2. Ehtiyojdan kelib chiqib, retrovirusga qarshi dori vositalarini xarid qilish va yetkazish.

3. Yangi aniqlangan hamda OIV infeksiyasi bilan yashovchi shaxslarni retrovirusga qarshi terapiya bilan qamrab olish.

4. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti�ing tavsiyalari asosida OIV infeksiyasini erta aniqlash, oldini olish va davolash bo‘yicha amaldagi klinik bayonnomalarni qayta ko‘rib chiqish va ularni amaliyotga tatbiq qilish.

OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish bo‘yicha Global jamg‘arma mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2023-yil

1,50 mln AQSh doll.

2024-yil

1,60 mln AQSh doll.

2025-yil

1,80 mln AQSh doll.

2026-yil

1,60 mln AQSh doll.

2027-yil

1,00 mln AQSh doll.

Respublika budjeti mablag‘lari

2023-yil

3,95 mln AQSh doll.

2024-yil

4,63 mln AQSh doll.

2025-yil

4,93 mln AQSh doll.

2026-yil

5,33 mln AQSh doll.

2027-yil

5,90 mln AQSh doll.

8.

OIVning onadan bolaga yuqishining oldini olish maqsadida OIV infeksiyali onalardan tug‘ilgan olti oylikkacha bo‘lgan bolalarni quruq sut aralashmasi bilan uzluksiz ta’minlash.

1. OIVning onadan bolaga yuqishiga barham berish maqsadida profilaktik tadbirlarni o‘tkazish.

2. Respublika bo‘yicha OIV infeksiyali onalardan tug‘ilgan olti oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlar sonini aniqlash, quruq sut miqdorini hisoblash, texnik vazifa ishlab chiqish.

3. Quruq sut aralashmasini xarid qilish va yetkazish. Jumladan, har yili kamida 40 ming o‘ram quruq sut aralashmasi bilan ta’minlash.

4. OIV infeksiyali onalardan tug‘ilgan olti oylikkacha bo‘lgan bolalarni quruq sut aralashmasi bilan ta’minlash.

Respublika budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2024-yil

2 051,28 mln so‘m

2025-yil

2 297,43 mln so‘m

2026-yil

2 573,12 mln so‘m

2027-yil

2 881,90 mln so‘m

9.

OIV infeksiyasiga chalingan bemorlar orasida virusli, bakterial va zamburug‘ etiologiyali yondosh kasalliklar kelib chiqishining oldini olish va davolash maqsadida ularni zarur dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash.

1. Yondosh kasalliklari mavjud OIV infeksiyali shaxslarni aniqlash.

2. Davolash bayonnomalariga muvofiq zarur dori vositalari miqdorini hisoblash va ularni xarid qilish.

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

2027-yil

Mahalliy budjet mablag‘lari

373,4 mln so‘m

410,8 mln so‘m

451,8 mln so‘m

497,0 mln so‘m

546,7 mln so‘m

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

2027-yil

Respublika OITSga qarshi kurash markaziga ajratilgan budjet mablag‘lari

5,0 mln so‘m

5,6 mln so‘m

6,1 mln so‘m

6,7 mln so‘m

7,4 mln so‘m

10.

Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalar bilan zararlanish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar o‘rtasida “Do‘stona xonalar” orqali jinsiy aloqa yo‘li bilan yuquvchi kasalliklarni sindromal davolash va profilaktik tadbirlarni olib borish maqsadida ularni dori vositalari, tibbiy buyumlar va profilaktik vositalar bilan uzluksiz ta’minlash.

1. Dori vositalari, tibbiy buyumlar va profilaktik vositalarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, moliyalashtirish uchun buyurtmalarni tayyorlash va ehtiyojdan kelib chiqib, ularni xarid qilish va yetkazish.

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

2027-yil

Mahalliy budjet mablag‘lari

534,4 mln so‘m

596,1 mln so‘m

602,7 mln so‘m

609,3 mln so‘m

615,9 mln so‘m

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. “Do‘stona xonalar” orqali jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalar bilan zararlanish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslarni sindromal davolash bilan qamrab olish hamda ular orasida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borish.

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

2027-yil

Respublika OITSga qarshi kurash markaziga ajratilgan budjet mablag‘lari

26,7 mln so‘m

29,8 mln so‘m

30,1 mln so‘m

30,4 mln so‘m

30,7 mln so‘m

11.

OIV infeksiyasi bilan yashovchi shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.

OIV infeksiyasining uchinchi va to‘rtinchi klinik bosqichida bo‘lgan o‘n sakkiz yoshdan katta bemorlarga nogironlikni belgilash mezonlarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”g� 62-son qaroriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-avgust

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

12.

OIV infeksiyasi bilan kasallangan shaxslarga doimiy tibbiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish.

OIV infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni parvarish qilish, qo‘llab-quvvatlash va doimiy kuzatuvni olib borish, ularga huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatilishini tashkil etish.

2023 — 2027-yillar

Xalqaro tashkilotlar grantlari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

nodavlat notijorat tashkilotlar, hamkor tashkilotlar

13.

Aholi o‘rtasida OIV infeksiyasi profilaktikasi masalalari bo‘yicha keng ko‘lamli axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish.

1. OIV infeksiyasi profilaktikasi masalalari bo‘yicha 2023-yilga mo‘ljallangan media-rejani ishlab chiqish. Kelgusida tegishli yil uchun media-reja ?shlab chiqilishini ta’minlash.

2023-yil 15-fevral

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar,

Xalqaro tashkilotlar grantlari,

ijrochilar mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2023 — 2027-yillar (har yili 1-fevralga qadar)

2. Ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi orasida OIV infeksiyasi profilaktikasi, diagnostikasi va davolashga doir masalalar bo‘yicha keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini olib borish, maqolalar, teleko‘rsatuvlar, radioeshittirishlar, audiovizual targ‘ibot materiallarini tayyorlash.

3. Samolyot, poyezd, avtobus, metro, supermarket, bozorlarda OIV infeksiyasi bo‘yicha aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan roliklar va radiomaslahatlarni taqdim etish.

2023 — 2027-yillar

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati,

Transport vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

14.

OIV infeksiyasini parenteral yo‘l (teri va shilliq qatlamlarning yaxlitligini buzuvchi muolajalar) orqali yuqtirish yoki yuqtirish xavfi ostida qoldirish holatlarini aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish.

1. OIV infeksiyasini yuqtirish yoki yuqtirish xavfi ostida qoldirish, shuningdek, shaxsning kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida boshqa shaxsga OIV infeksiyasini yuqtirish holatlarini aniqlash jarayonida tuziladigan hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladigan tekshiruv hujjatlarining standart namunalarini ishlab chiqish.

2023-yil 1-may

-

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil,

Advokatlar palatasi

2. Tekshiruv hujjatlarining standart namunalarini manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish va o‘rnatilgan tartibda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i — Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlash.

2023-yil 1-iyun

15.

OIV infeksiyasi tarqalishi ustidan epidemiologik nazoratni amalga oshirish.

1. Davolash-profilaktika muassasalari faoliyatiga OIV infeksiyasi profilaktikasiga doir chora-tadbirlar joriy etish.

2023 — 2027-yillar

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining bajarilishi ustidan nazorat tadbirlarini amalga oshirish.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

III. OITSga qarshi kurash markazlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash

16.

Retrovirusga qarshi davolanayotgan bemorlarda dori vositalarining nojo‘ya ta’sirini erta aniqlash va davolash samaradorligini oshirish maqsadida OITSga qarshi kurash markazlari poliklinika bo‘limlarini zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlash.

1. 3 turdagi (EKG, densitometr, UTT) tibbiy uskunalar uchun texnik vazifa ishlab chiqish.

2023-yil 1-may

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. EKG, densitometr va UTT uskunalarini xarid qilish va yetkazish. Jumladan, Respublika OITSga qarshi kurash markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri OITSga qarshi kurash markazlarini 15 ta UTT, 15 ta densitometr va 14 ta EKG uskunalari bilan ta’minlash.

3. OIV infeksiyali bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish.

2024-2025-yillar

Investitsiya dasturi asosida

5 244,2 mln so‘m

17.

OITSga qarshi kurash markazlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash maqsadida 15 ta markaz binolarida kapital ta’mirlash, rekonstruksiya va qurilish ishlarini amalga oshirish hamda ularning laboratoriyalarini asbob-uskunalar bilan jihozlash.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va tasdiqlash.

2. Qurilish va ta’mirlash ishlarini olib borish.

Osiyo taraqqiyot banki hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining imtiyozli qarz mablag‘lari

7,5 mln AQSh doll.

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

3. Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish.

2023-2024-yillar

OITSga qarshi kurash markazlarining tumanlararo diagnostika laboratoriyalarida qurilish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish:

1. Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va tasdiqlash.

2. Qurilish va ta’mirlash ishlarini olib borish.

3. Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish.

1. Navoiy viloyati Xatirchi va Qiziltepa tumanlararo diagnostika laboratoriyalarini kapital ta’mirlash.

2023-2024-yillar

Mahalliy budjet mablag‘lari

3 mlrd so‘m

2. Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanlararo diagnostika laboratoriya binosini joriy ta’mirlash.

2024-2025-yillar

Investitsiya dasturi asosida

150,0 mln so‘m

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanlararo diagnostika laboratoriyasini qurish, Beruniy tumanlararo diagnostika laboratoriyasini ta’mirlash.

2024-2025-yillar

2 042,1 mln so‘m

4. Buxoro viloyati Olot, Vobkent va G‘ijduvon tumanlararo diagnostika laboratoriyalarini kapital ta’mirlash.

2025-2026-yillar

750,0 mln so‘m

5. Xorazm viloyati Xiva tumanlararo diagnostika laboratoriyasini kapital ta’mirlash.

2025-2026-yillar

250,0 mln so‘m

6. Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Urgut va Samarqand tumanlararo diagnostika laboratoriyalarini kapital ta’mirlash.

2026-2027-yillar

2 500,0 mln so‘m

7. Jizzax viloyati Forish va G‘allaorol tumanlararo diagnostika laboratoriyalarini kapital ta’mirlash.

2024-2025-yillar

2 206,8 mln so‘m

8. Qashqadaryo viloyati G‘uzor va Shahrisabz tumanlararo diagnostika laboratoriyalarini kapital ta’mirlash.

2024-2025-yillar

1 200,0 mln so‘m

9. Farg‘ona viloyati So‘x tumanlararo diagnostika laboratoriyasini tashkil qilish.

2024-2025-yillar

362,2 mln so‘m

10. Sirdaryo viloyati Boyovut va Oqoltin tumanlararo diagnostika laboratoriyalarini kapital ta’mirlash.

2025-2026-yillar

1 944,8 mln so‘m

18.

OIV diagnostika laboratoriyalari ish sifatini yaxshilash maqsadida OITSga qarshi kurash markazlarining tumanlararo diagnostika laboratoriyalarini zarur diagnostika asbob-uskunalari va texnika bilan jihozlash.

1. Texnik vazifa ishlab chiqish.

2. 21 turdagi tibbiy diagnostika uskunalari va texnikani xarid qilish va yetkazish.

Investitsiya dasturi asosida

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2024-yil

12 697,9 mln so‘m

2025-yil

7 252,6 mln so‘m

2026-yil

7 358,3 mln so‘m

2027-yil

6 986,0 mln so‘m

19.

Aholiga tibbiy xizmatni yaqinlashtirish, OIV infeksiyasini tashxislash va davolash sifatini oshirish maqsadida OITSga qarshi kurash markazlarining avtomobil parkini yangilash.

1. Ehtiyojdan kelib chiqib, buyurtmalarni tayyorlash.

2. 54 dona maxsus avtotransport vositalarini xarid qilish.

2023 — 2026-yillar

OITSga qarshi kurash markazlarining budjetdan tashqari mablag‘lari

(hisob-kitoblar asosida)

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

IV. Tibbiyot muassasalarining kadrlar va ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

20.

OIV infeksiyasiga tashxis qo‘yish, davolash va oldini olishda zamonaviy usullarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq qilish maqsadida tibbiyot xodimlarining malakasini xorijda oshirish.

1. Xorijga malaka oshirishga yuboriladigan kamida 50 nafar tibbiyot xodimlarining ro‘yxatini shakllantirish.

2. Ushbu xodimlarni ish joylarida zarur tayyorgarlikdan o‘tkazish.

3. Tibbiyot xodimlarini OIV infeksiyasini davolash, tashxislash va oldini olish masalalari bo‘yicha malaka oshirish uchun xorijga yuborishni tashkil etish.

2023 — 2027-yillar

Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

21.

Soha bo‘yicha xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan ilmiy va amaliyot yo‘nalishlarida tajriba almashish maqsadida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish.

1. Sohaga tegishli dasturlarni amalga oshiruvchi xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda loyihalar ishlab chiqish.

2. Loyihalarni tegishli tashkilotlar bilan kelishish va amalga oshirish.

2023 — 2027-yillar

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

22.

Respublikada OIV infeksiyasiga qarshi kurashish sohasida olib boriladigan tizimli tadbirlarni takomillashtirish orqali butun aholi o‘rtasida OIV infeksiyasi tarqalishini kamaytirish maqsadida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish.

1. OIV infeksiyasi profilaktikasi, diagnostikasi va uni davolash sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlarini aniqlash va tadqiqotlar ro‘yxatini shakllantirish.

2023 — 2027-yillar

Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar,

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi

2. OIV infeksiyasining tarqalish sur’atlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, ularning faolligini baholash, OIV infeksiyasini yuqtirgan bemorlarni davolash samarasini o‘rganish bo‘yicha dozorli epidemiologik nazorat tadbirlarini o‘tkazish.

OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish bo‘yicha Global jamg‘arma va xalqaro tashkilotlar mablag‘lari

2023-yil

0,40 mln AQSh doll.

2025-yil

4 582,0 mln so‘m

3. Maqsadli grantlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, shu jumladan OIV infeksiyasi bilan yashovchi shaxslar orasida OIV infeksiyasi masalalariga doir tadqiqotlarni amalga oshirish.

2023-2024-yillar

xalqaro tashkilotlar mablag‘lari

2000,0 mln so‘m

4. O‘tkazilgan tadbirlarning samaradorligini baholash va amalga oshiriladigan davolash-profilaktika ishlarini yaxshilash uchun tegishli tavsiyalar ishlab chiqish.

2025 — 2027-yillar

3000,0 mln so‘m

5. Ilmiy xodimlarning mavjud axborot tizimlaridan ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va qarorlar qabul qilish bo‘yicha bilim va salohiyatini oshirish.

Xalqaro tashkilotlar grantlari

23.

OITSga qarshi kurashish tizimini raqamlashtirish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va hisobotlarni yuritishni soddalashtirish maqsadida OIV infeksiyasi bo‘yicha idoralararo axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

1. OIV infeksiyasi aniqlangan holatlar monitoringini olib borish, real vaqt rejimida dori vositalari, test-tizimlar va boshqa vositalarning harakatlanishini kuzatib borish hamda idoralararo hamkorlikni amalga oshirish imkonini beruvchi elektron axborot tizimini yaratish.

2. Mazkur tizim hamda Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi va boshqa manfaatdor tashkilotlarning elektron bazalari o‘rtasida “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali elektron hamkorlikni amalga oshirish.

2023-yil yakuniga qadar

OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish bo‘yicha Global jamg‘arma mablag‘lari

0,1 mln AQSh doll.

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

OIV infeksiyasiga qarshi kurash sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish.

1. OIV infeksiyasi bilan bog‘liq me’yoriy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish, ilg‘or amaliyotlarni joriy etish yo‘nalishida xorijiy tajribani o‘rganish.

2. Ilg‘or xorijiy ilmiy-amaliy markazlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

3. OIV infeksiyasiga qarshi kurash sohasida xalqaro standartlarni keng joriy etish.

2023 — 2027-yillar

Xalqaro tashkilotlar grantlari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

nodavlat notijorat tashkilotlar, hamkor tashkilotlar

Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishi uchun jami xarajatlar:

119 940,64 mln so‘m va 53,93 mln AQSh dollari

shundan:

mln so‘m

mln AQSh dollari

Davlat budjeti mablag‘lari

45 851,9

28,27

OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish bo‘yicha Global jamg‘arma mablag‘lari va boshqa donor tashkilotlar mablag‘lari

-

18,16

Mahalliy budjet mablag‘lari

13 383,34

-

OITSga qarshi kurash markazlariga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar

178,5

Investitsiya dasturi mablag‘lari

50 944,9

Osiyo taraqqiyot banki hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining qarz mablag‘lari

-

7,5

Xalqaro tashkilotlar mablag‘lari

9 582,0