Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

Hujjat 16.02.2023 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ushbu Qonun bilan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning umumiy mehnat stajiga ishlangan hamda ijtimoiy soliq to‘langan davrni qo‘shib hisoblashni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 3, 165-modda, № 5, 267-modda, № 8, 469-modda, № 9, 588, 592-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 6, 337-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
2) 9-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi “tarjimonning” degan so‘zdan keyin “shu jumladan surdotarjimonning” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3) 70-modda chiqarib tashlansin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “ayollar va” degan so‘zlar “ayollar, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 88-modda ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
ikkinchi — beshinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi — yettinchi qismlar deb hisoblansin;
9) 102-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
10) 1021-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
11) 113-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi “ijobiy tavsifga ega” degan so‘zlar “tuzalish yo‘liga o‘tgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12) 116-moddaning ikkinchi qismidagi, 118-moddaning ikkinchi qismidagi, 120-moddaning ikkinchi qismidagi va 124-moddaning ikkinchi qismidagi “Ijobiy tavsifga ega” degan so‘zlar “Tuzalish yo‘liga o‘tgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 131-moddaning birinchi qismidagi “Ijobiy tavsifga ega mahkuma ayollarga” degan so‘zlar “Tuzalish yo‘liga o‘tgan mahkuma ayollarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14) 164-moddaning to‘rtinchi qismidagi “mahkum belgilangan rejimga va mehnatga vijdonan munosabatda bo‘lsa” degan so‘zlar “mahkum tuzalish yo‘liga o‘tgan bo‘lsa” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi