Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

×
 ×
“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

2-ILOVA
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning MA’MURIY REGLAMENTI

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi

3-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish SXEMASI

2-ILOVA
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ARIZA

3-ILOVA
Ko‘chmas mulkni bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning MA’MURIY REGLAMENTI

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Ko‘chmas mulkni bo‘lish hamda uning yangi chegaralarini belgilash xususiyatlari

3-bob. Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi

4-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
Ko‘chmas mulkni bo‘lish hamda uning yangi chegaralarini belgilash SXEMASI

4-ILOVA
Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning MA’MURIY REGLAMENTI

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Ko‘chmas mulkni birlashtirish hamda uning yangi chegaralarini belgilash xususiyatlari

3-bob. Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi

4-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash SXEMASI

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari RO‘YXATI

Hujjat 26.08.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning yangi mexanizmlari, jumladan, ko‘chmas mulklarni bo‘lish va birlashtirishning tartib-taomillari asoslari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatining “Xorazm viloyati” bloki 196-pozitsiyasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Xorazm viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida” so‘zlari “Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
uchinchi — beshinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi-to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha yettinchi-sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
yettinchi xatboshidagi “5b-ilovaga” so‘zlari “5a-ilovaga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “5v-ilovaga” so‘zlari “5b-ilovaga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2 — 4-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

(jismoniy va yuridik shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari)

Ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun vositachiga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining veb-sayti (keyingi o‘rinlarda — veb-sayt) orqali ro‘yxatdan o‘tadi hamda belgilangan miqdordagi to‘lovni amalga oshiradi.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar yuzaga kelgandan keyin bir oy muddatda

2-bosqich

1. Vositachi

(davlat xizmatlari markazlari, notarial idoralar, notariuslar, rieltorlik tashkilotlari, tijorat banklari, Davlat aktivlarini boshqarish

agentligi)

2. O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining veb-sayti

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga elektron shaklda yuboradi.

Real vaqt rejimida

3-bosqich

Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari

1. Arizani ko‘rib chiqishga qabul qiladi yoki qabul qilishni rad etadi.

2. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir harakatlarni amalga oshiradi.

3. Davlat reyestridan ko‘chirmani yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida xabarnomani vositachiga (YIDXP yoki veb-sayt orqali murojaat etilganda ariza beruvchiga) yuboradi.

Qonunda belgilangan muddatlarda

4-bosqich

Vositachi

(davlat xizmatlari markazlari, notarial idoralar, notariuslar, rieltorlik tashkilotlari, tijorat banklari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi)

Ariza beruvchini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir harakatlarni amalga oshirish natijasi yuzasidan xabardor qiladi.

Real vaqt rejimida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi
Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi

Sana “____” ___________

Davlat reyestrining tartib raqami ____________

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat reyestridan
KO‘CHIRMA

“____” ____________da kelib tushgan “____” ___________gi buyurtma asosida Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat reyestriga quyidagi huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida yozuv kiritildi:

1. Ko‘chmas mulk obyekti:
Ko‘chmas mulk obyekti turi:
Ko‘chmas mulk obyekti nomi:
Kadastr raqami:
Joylashgan joyi:
2. Ro‘yxatdan o‘tkazildi:
Huquq egasi, huquqdagi ulush:
STIR (huquq egasi yuridik shaxs bo‘lganda):
2.1. Yer uchastkasi:
Huquq turi:
Huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasi:
Huquqni belgilovchi hujjat rekvizitlari:
2.2. Bino va inshootlar:
Huquq turi:
Huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasi:
Huquqni belgilovchi hujjat rekvizitlari:
2.3. Ko‘p yillik dov-daraxtlar:
Daraxtlar soni, dona:
Huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasi:
Huquqni belgilovchi hujjat rekvizitlari:
3. Boshqa ma’lumotlar:
3.1. Hujjat bo‘yicha maydon (ga):
3.2. Amaldagi maydon (ga):

3.3. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bino va inshootlar maydoni (kv.m):

3.4. Taqiq, xatlov yoki cheklovlar mavjudligi:
Ipoteka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi:
Servitut davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi:

Binolar va inshootlar yoki ularning qismlariga bo‘lgan ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi:

4. Qo‘shimcha ma’lumotlar:
...
...

Agar sizda ko‘chirmaning haqiqiyligini tekshirish zarurati yuzaga kelsa, pastki chap burchakdagi QR-kodni skanerlang.


QR-kod

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

(Ko‘chmas mulklarning huquq egalari yoki ularning vakillari)

Ma’lumotnoma olish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti (keyingi o‘rinlarda — veb-sayt) orqali ro‘yxatdan o‘tadi hamda belgilangan miqdordagi to‘lovni amalga oshiradi.

Xohishga ko‘ra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti

So‘rovnomani Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tegishli tuman (shahar) filiali (keyingi o‘rinlarda — filial)ga yuboradi.

Real vaqt rejimida

3-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali

Filial ko‘chmas mulk joylashgan joyida ko‘chmas mulkni bo‘lish imkoniyatini o‘rganadi va abris tayyorlaydi hamda o‘rganishlar va abrisga asosan ko‘chmas mulkning kadastr rejasi ilova qilingan Ko‘chmas mulkni bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnoma (keyingi o‘rinlarda — dalolatnoma)sini tayyorlab, uni davlat xizmatlari markazlariga yuboradi yoki dalolatnoma rasmiylashtirishni rad etadi.

10 ish kunida

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Dalolatnoma va ko‘chmas mulkning kadastr rejasi kelib tushganligi haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.

Real vaqt rejimida

5-bosqich

Ariza beruvchi

(Ko‘chmas mulklarning huquq egalari yoki ularning vakillari)

Davlat xizmatlari markaziga kelib identifikatsiya qilish vositalari orqali yoki YIDXP yoxud veb-sayt orqali huquq egalarining ERIsi bilan dalolatnomani kelishadi.

3 ish kuni

6-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti

Dalolatnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni kelishish uchun qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limiga yuboradi.

Real vaqt rejimida

7-bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlari

1. Dalolatnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni kelishadi va uni davlat xizmatlari markaziga yuboradi.

2. Dalolatnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni kelishishni rad etadi.

3 ish kuni

8-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Dalolatnoma yoki dalolatnomani tayyorlashni rad etish haqida xabarnoma kelib tushganligi haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.

Real vaqt rejimida

Ko‘chmas mulkni bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash
DALOLATNOMASI

№ _________

____________ yil

Mazkur dalolatnoma, Davlat kadastrlari palatasi _______________________ boshqarmasining ____________ tuman filiali, ___________ tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlari vakillari va ko‘chmas mulk huquq egalari bilan ko‘chmas mulkni bo‘lish to‘g‘risida tuzildi.

1. Bo‘linayotgan ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

1.1. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq egasi: ______________________________________

Ko‘chmas mulk joylashgan manzil: ___________________________________________

Yer uchastkasining kadastr raqami: __________________________________________

Bino va inshootning kadastr raqami: ________________________________________

Yer uchastkasining maydoni (m²): ____________________________________________

Yer uchastkasi chegarasini o‘zgartirishga asos bo‘lgan hujjatlar: ___________________
_________________________________________________________________________

Yer uchastkasining alohida xususiyatlari: _____________________________________

2. Ko‘chmas mulkni joyida o‘rganish natijasida quyidagilar aniqlandi:

Bino va inshootlardan egalik qilish (foydalanish) tartibi mulkdorlar o‘rtasida yuqoridagi huquqni tasdiqlovchi hujjatlar asosida belgilangan bo‘lib, bo‘linayotgan yer uchastkasi O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 62-moddasi talablariga muvofiqligi, ya’ni yer uchastkalari yoxud undagi imoratning u yoki bu qismi kommunal xizmatdan (yoritish, kanalizatsiya, sug‘orish qurilmalari va shu kabilar), ko‘chmas mulklarning egalari yoki undan foydalanuvchilar esa mustaqil ravishda o‘zi yoki transportda kirib-chiqish imkonidan mahrum bo‘lib qolmasligi aniqlandi hamda ko‘chmas mulk egalarining o‘zaro kelishuvi, shuningdek, yer uchastkasidagi mavjud o‘zgarmas elementlar (devor, bino va x.k.)ni o‘rganish asosida ko‘chmas mulklar chegaralariga o‘zgartirish kiritildi.

3. Yer uchastkalariga o‘zgartirish kiritilgan ko‘chmas mulklar tarkibi quyidagilardan iborat:

3.1. Ko‘chmas mulk egasi: ___________________________________________________

Ko‘chmas mulk joylashgan manzil: ___________________________________________

Yer uchastkasining kadastr raqami: __________________________________________

Yer uchastkasining maydoni (m²): ____________________________________________

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar:_________________________

Ko‘chmas mulkning alohida xususiyatlari: _____________________________________

3.2. Ko‘chmas mulk egasi: ___________________________________________________

Ko‘chmas mulk joylashgan manzil: ___________________________________________

Yer uchastkasining kadastr raqami: __________________________________________

Yer uchastkasining maydoni (m²): ____________________________________________

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar: _________________________

Ko‘chmas mulkning alohida xususiyatlari: _____________________________________

4. Ushbu dalolatnoma, uning ajralmas qismi sifatida ilova qilingan ko‘chmas mulk chegaralari kadastr rejasi bilan birga haqiqiy hisoblanadi.

5. Ko‘chmas mulklarning egalari tomonidan mazkur dalolatnomaning tasdiqlanganligi keyinchalik alohida tashkil topgan yer uchastkalari va undagi bino va inshootlarga kadastr yig‘majildini qayta shakllantirish va ko‘chmas mulklarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.

XULOSA:

Yer uchastkalariga o‘zgartirish kiritilgan ko‘chmas mulklar mazkur dalolatnomaning 3-bandida keltirilgan tarkibda alohida ko‘chmas mulk deb hisoblansin.

Filial boshlig‘i

_________

____________________________

(F.I.O.)

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i

_________

____________________________

(F.I.O.)

Filial muhandisi

_________

____________________________

(F.I.O.)

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq egalari

_________

____________________________

(F.I.O.)

_________

____________________________

(F.I.O.)

20__ yil “___” _______ _________ tumani (shahri)

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

(Ko‘chmas mulklarning huquq egalari yoki ularning vakillari)

Ma’lumotnoma olish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti (keyingi o‘rinlarda — veb-sayt) orqali ro‘yxatdan o‘tadi hamda belgilangan miqdordagi to‘lovni amalga oshiradi.

Xohishga ko‘ra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti

So‘rovnomani Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tegishli tuman (shahar) filiali (keyingi o‘rinlarda — filial)ga yuboradi.

Real vaqt rejimida

3-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali

1. Ko‘chmas mulklar joylashgan joyida ko‘chmas mulklarni birlashtirish imkoniyatini o‘rganadi va abris tayyorlaydi hamda o‘rganishlar va abrisga asosan ko‘chmas mulkning kadastr rejasi ilova qilingan Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasi (keyingi o‘rinlarda — dalolatnoma)ni tayyorlaydi va uni davlat xizmatlari markaziga yuboradi.

2. Dalolatnoma rasmiylashtirishni rad etadi.

10 ish kunida

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Dalolatnoma va ko‘chmas mulkning kadastr rejasi kelib tushganligi haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.

Real vaqt rejimida

5-bosqich

Ariza beruvchi

(Ko‘chmas mulklarning huquq egalari yoki ularning vakillari)

Davlat xizmatlari markaziga kelib identifikatsiya qilish vositalari orqali yoki YIDXP yoxud veb-sayt orqali huquq egalarining ERIsi bilan dalolatnomani kelishadi.

3 ish kuni

6-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti

Dalolatnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni kelishish uchun qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limiga yuboradi.

Real vaqt rejimida

7-bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlari

1. Dalolatnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni kelishadi va uni davlat xizmatlari markaziga yuboradi.

2. Dalolatnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni kelishishni rad etadi.

3 ish kuni

8-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Dalolatnoma yoki dalolatnomani tayyorlashni rad etish haqida xabarnoma kelib tushganligi haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.

Real vaqt rejimida

Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash
DALOLATNOMASI

№ _________

____________ yil

Mazkur dalolatnoma, Davlat kadastrlari palatasi _______________________ boshqarmasining _____________ tuman filiali, ____________ tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlari vakillari va ko‘chmas mulk egalari bilan ko‘chmas mulklarni birlashtirish to‘g‘risida tuzildi.

1. Birlashtirilayotgan ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

1.1. Ko‘chmas mulklarga bo‘lgan huquq egalari: __________________________________

Ko‘chmas mulklar joylashgan manzil: ________________________________________

Yer uchastkalarining kadastr raqamlari: _____________________________________

Yer uchastkalarining maydonlari (m²): _______________________________________

Yer uchastkalari chegaralarini o‘zgartirishga asos bo‘lgan hujjatlar: _______________
________________________________________________________________________

Yer uchastkalarining alohida xususiyatlari: ___________________________________

1.2. Ko‘chmas mulklarning huquq egalari: _____________________________________

Ko‘chmas mulklar joylashgan manzil: ________________________________________

Yer uchastkalarining kadastr raqamlari: _____________________________________

Yer uchastkalarining maydonlari (m²): _______________________________________

Yer uchastkalari chegaralarini o‘zgartirishga asos bo‘lgan hujjatlar: _______________
________________________________________________________________________

Yer uchastkalarining alohida xususiyatlari: ___________________________________

2. Ko‘chmas mulklarni joyida o‘rganish natijasida quyidagilar aniqlandi:

Birlashtirilayotgan ko‘chmas mulklar O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 62-moddasi talablariga muvofiqligi, ya’ni yer uchastkalari yoxud undagi imoratning u yoki bu qismi kommunal xizmatdan (yoritish, kanalizatsiya, sug‘orish qurilmalari va shu kabi), ko‘chmas mulklarning egalari yoki undan foydalanuvchilar esa mustaqil ravishda o‘zicha yoki transportda kirib-chiqish imkonidan mahrum bo‘lib qolmasligi aniqlandi hamda ko‘chmas mulk egalarining o‘zaro kelishuvi asosida ko‘chmas mulklar chegaralariga o‘zgartirish kiritildi.

3. Birlashtirilgan ko‘chmas mulk tarkibi quyidagilardan iborat:

3.1. Ko‘chmas mulk egalari: _________________________________________________

Ko‘chmas mulk joylashgan manzil: ___________________________________________

Yer uchastkasining kadastr raqami: __________________________________________

Yer uchastkasining maydoni (m²): ____________________________________________

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar:_________________________

Ko‘chmas mulkning alohida xususiyatlari: _____________________________________

4. Ushbu dalolatnoma, uning ajralmas qismi sifatida ilova qilingan ko‘chmas mulk chegaralari kadastr rejasi bilan birga haqiqiy hisoblanadi.

5. Ko‘chmas mulklarning egalari tomonidan mazkur dalolatnomaning tasdiqlanganligi, keyinchalik birlashtirilgan yer uchastkasi va undagi bino va inshootlarga kadastr yig‘majildini qayta shakllantirish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.

XULOSA:

Yer uchastkasiga o‘zgartirish kiritilgan ko‘chmas mulk mazkur dalolatnomaning 3-bandida keltirilgan tarkibda alohida ko‘chmas mulk deb hisoblanadi.

Filial boshlig‘i

_________

____________________________

(F.I.O.)

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i

_________

____________________________

(F.I.O.)

Filial muhandisi

_________

____________________________

(F.I.O.)

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq egalari

_________

____________________________

(F.I.O.)

_________

____________________________

(F.I.O.)

20__ yil “___” _______ _________ tumani (shahri)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi