Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

Hujjat 20.11.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 68-moddasining talablaridan kelib chiqqan holda, yer umummilliy boylik ekanligi, undan oqilona foydalanish zarurligi va u davlat tomonidan muhofaza qilinishini inobatga olib, erga oid nizolarni sudlar tomonidan hal etishda O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi va yer munosabatlarini tartibga solishga oid boshqa qonunchilik hujjatlari to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Bunda sudlarning e’tibori Yer kodeksining 33-moddasida nazarda tutilgan hujjatlargina yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanishiga qaratilsin.
4. Sudlarga tushuntirilsinki, Yer kodeksi 22-moddasining birinchi qismi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda Fuqarolik kodeksi deb yuritiladi) 549-moddasi birinchi qismining mazmuniga ko‘ra, davlat egaligida bo‘lgan yer uchastkalari yoki boshqa ko‘chmas mulklarning qonunda belgilangan tartibda boshqa shaxsning egaligiga o‘tkazilishi, yer uchastkalari yoki boshqa ko‘chmas mulklardan ijara huquqi asosida foydalanib kelayotgan shaxslarning ijara shartnomasining muddati tugaguniga qadar undan foydalanish huquqidan mahrum etmaydi.
5. Sudlar Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq, muddati tugaganligi munosabati bilan yer uchastkasini ijaraga olish huquqini bekor qilish to‘g‘risidagi da’volarni ko‘rishda, ushbu Kodeksning 244-moddasi asosida yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish holatlariga e’tibor qaratishlari lozim.
Shuningdek, Yer kodeksining 24, 36-moddalari talabi hamda qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda Vazirlar Mahkamasining individual xususiyatga ega bo‘lgan yer munosabatlariga oid hujjatlari ma’muriy sudlarda nizolashilishi mumkin.
Yer kodeksining 36-moddasida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tugatish;
Yer kodeksining 86, 87-moddalarida nazarda tutilgan hollarda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararni undirish;
9. Yerga oid qonunchilik hujjatlari bilan tegishli organlarning vakolatiga taalluqli masalalar sudlar tomonidan hal qilinmasligiga, jumladan Yer kodeksining 23-moddasiga asosan yer uchastkasini berish (realizatsiya qilish) bo‘yicha vakolatli organlar belgilanganligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
11. Sudlar “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib quyish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12, 27 va 34-moddalaridan kelib chiqib, shuni nazarda tutishlari lozimki, ushbu Qonun kuchga kirgan kundan boshlab yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishda, huquq egasiga belgilangan kompensatsiya berilishi bilan bog‘liq nizolar dastlab sudga qadar kompensatsiya komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqilishi, biroq masalaning qonunchilikda belgilangan muddatlarda kompensatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilmaganligi arizani sud tomonidan ko‘rib chiqilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi Kodeksi (bundan buyon matnda MSIYutK deb yuritiladi) 27-moddasi birinchi qismining 5-bandiga asosan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq nizolarni ko‘rishda arizachi tomonidan noaniq (masalan, kadastr yig‘majildi, kadastr pasporti, guvohnoma va davlat reyestridan ko‘chirmani haqiqiy emas deb topish haqida) talab qo‘yilganda, nizoning asl mohiyatidan kelib chiqqan holda ma’muriy sudlar sudning faol ishtiroki tamoyili asosida talabga aniqlik kiritish choralarini ko‘rib, arizani mazmunan ko‘rishlari lozim.
14. “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ hisoblanishi sababli, sudlarning e’tibori ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq nizolarni ko‘rishda, ish bo‘yicha javobgar sifatida Davlat kadastrlari palatasining viloyat hududiy boshqarmalari jalb qilinishi lozimligiga qaratilsin.
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarining vujudga kelish asoslari Yer kodeksining 31-moddasida ko‘rsatilgan bo‘lib, erga oid nizolarni ko‘rishda arizachida bunday huquqlar mavjud yoki mavjud emasligi, arizachi MSIYutK 185-moddasi talabi bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxs hisoblanishi yoki hisoblanmasligiga aniqlik kiritish lozim.
15. Sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmonining (bundan buyon matnda PF-6243-sonli Farmon deb yuritiladi) 4-bandi bilan mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlariga oid qaror, farmoyish yoki boshqa turdagi hujjat qabul qilish, shu jumladan tuman va shahar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni belgilash, e’tirof etish, o‘zgartirish, bekor qilish huquqi 2021-yil 1-avgustdan bekor qilingan.
Shu bilan birga, PF-6243-sonli Farmonning 8-bandida ushbu Farmon rasman e’lon qilingan kundan boshlab Yer kodeksiga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilguniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy vakillik va ijro hokimiyati organlari tomonidan mazkur Farmonda nazarda tutilganidan boshqacha tartibda yer uchastkalarini ajratish qat’iyan to‘xtatilganligi qayd etilgan.
Shu sababli, Yer kodeksining 23-moddasiga o‘zgartishlar 2021-yil 16-avgustda kiritilgan bo‘lsa ham, tuman (shahar) hokimlari 2021-yil 9-iyundan boshlab yer uchastkalarini egalik qilish va foydalanish uchun ajratish (realizatsiya qilish) vakolatiga ega emasliklariga sudlarning e’tibori qaratilsin.
16. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Yer kodeksining 10 va 21-moddalari talablariga muvofiq yer uchastkasini bo‘lish imkoniyati bo‘lmasa, bunday yer uchastkasi bir necha shaxslar tomonidan birgalikda egalik qilinadigan va foydalaniladigan yer uchastkasi deb e’tirof etiladi, bu hol ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestrida aks ettiriladi.
17. Birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkalarini bo‘lish va undan foydalanish tartibini belgilash haqidagi nizolarni hal qilishda sudlar Yer kodeksi 22-moddasining to‘rtinchi qismiga asosan ulushlarga mutanosib ravishda yer uchastkasini bo‘lish yoki foydalanish tartibini belgilash haqidagi kadastr organi mutaxassisining fikri yoki sudga oid ekspertiza xulosasidan kelib chiqishi lozim.
19. Yer kodeksi 62-moddasining to‘rtinchi qismi talabiga muvofiq yer uchastkasining yoxud undagi imoratning u yoki bu qismi kommunal xizmatdan (yoritish, kanalizatsiya, truboprovod, sug‘orish qurilmalari va shu kabilar), yer uchastkalarining egalari yoki undan foydalanuvchilar esa mustaqil ravishda yoki transportda kirib chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lib qoladigan bo‘lsa, yer uchastkasining bo‘linishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
20. Fuqarolik kodeksi 223-moddasining beshinchi qismidan kelib chiqib, birgalikda egalik qiluvchilar o‘rtasidagi yer uchastkalarini bo‘lishda ulushlarga nisbatan nomutanosiblik vujudga kelganda, sudlar nizoni hal etishda erga bo‘lgan huquqdagi farq uchun tegishli pul summasini undirish yoki boshqacha kompensatsiya belgilanishi lozimligiga e’tibor qaratsinlar.
24. Sudlar Yer kodeksi 36-moddasining 6 — 11-bandlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning bekor qilish masalasi Yer kodeksining 38-moddasiga muvofiq, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organning yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan ogohlantirganidan keyin tuman (shahar) hokimiga yer uchastkasini olib qo‘yish haqida kiritilgan taqdimnomasi asosida tuman (shahar) hokimining yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni bekor qilish va yer maydonini olib qo‘yish haqidagi da’vo arizasiga binoan sud tartibida hal etilishini inobatga olishlari lozim.
25. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, Yer kodeksi 38-moddasining ikkinchi qismiga asosan Kadastr agentligi organlari yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan xabardor qilgandan keyin yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni bekor qilish haqida sudga da’vo arizasini kiritishi, basharti nizoli yer uchastkasiga nisbatan yer ijara shartnomasi mavjud bo‘lmagan holdagina amalga oshirilishi mumkin.
26. Sudlar fermer xo‘jaliklari bilan yer uchastkasi ijara shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda Fuqarolik kodeksining 384-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fermer xo‘jaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) talablariga rioya qilinganligini tekshirishlari lozim.
Bunday shartnomalar o‘z-o‘zidan haqiqiy emasligidan kelib chiqib, Fuqarolik kodeksi 113-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra sudlar o‘z tashabbuslari bilan shartnomaning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llashga haqli ekanligini inobatga olishlari lozim.
Shu bilan birga, Yer kodeksi 24-moddasining sakkizinchi qismi mazmuniga ko‘ra yer uchastkasidan foydalanish huquqi ushbu yer uchastkasini ijarachisi tomonidan faqat o‘ziga kreditlar olish uchun garovga qo‘yilishi mumkinligi inobatga olinishi kerak.
31. Sudlarning e’tibori Yer kodeksining 30-moddasiga asosan servitutning muhim sharti bunday huquqni o‘rnatishni talab qilgan yer uchastkasining mulkdori, egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi va ijarachisining o‘zganing uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqini o‘rnatmasdan turib, tegishli ehtiyojlarini qondirish imkonsiz ekanligiga qaratilsin.
Servitut belgilanishi bilan bog‘liq (Yer kodeksi 30-moddasi ikkinchi qismi) xarajatlar da’vogar zimmasiga yuklatilishi sudlarga tushuntirilsin.
Sudlarga tushuntirilsinki, Yer kodeksining 911-moddasiga ko‘ra, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
34. Sudlarga tushuntirilsinki, “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga asosan olib qo‘yilayotgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati olib qo‘yilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qiymati yer uchastkasi olib qo‘yilishi tartib-taomili boshlanguniga qadar bo‘lgan paytdagi yoki yer uchastkasi olib qo‘yilishi haqidagi xabar ko‘chmas mulk obyektining qiymatiga, shuningdek olib qo‘yilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarga ta’sir ko‘rsatilguniga qadar bo‘lgan paytdagi holatga ko‘ra baholovchi tashkilot tomonidan faqat mulkdorning yoki huquq egasining huquqlari yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi