Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

×
 ×
Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida

ILOVA
Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

Hujjat 01.01.2024 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-869-son “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
6-banddagi “nazorat tartibida” degan so‘zlar “taftish tartibida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ilova matnidagi “nazorat tartibida” degan so‘zlar “taftish tartibida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 5-yanvardagi 1-mh-son “Advokatlik tuzilmalarining statistik ma’lumotlar shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2960, 2018-yil 5-yanvar) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2018-y., 10/18/2960/0513-son) 1-ilovaning matnidagi “nazorat instansiyasida”, “Nazorat instansiyasi” va “nazorat tartibida” degan so‘zlar tegishli ravishda “taftish instansiyasida”, “Taftish instansiyasi” va “taftish tartibida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi