Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

Hujjat 17.01.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Shu bilan birga yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining har kimga o‘z huquq va erkinliklari sud orqali himoya qilinishi, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishiga oid normasini amalga oshirish maqsadida ma’muriy sudlarga murojaat qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, shuningdek davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish tartib-taomillarini soddalashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Shu munosabat bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan ma’muriy sudlarga murojaat qilishda davlat bojini fuqarolardan oldindan undirmasdan, ushbu bojni ishni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra aybdor tarafdan undirish tartibini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek davlat bojining ko‘rsatilgan stavkasi miqdori pasaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilmoqda.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘RQ-600-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar, № 7, 538-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1-bandidagi “davlat boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar “mahalliy davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi “1” raqamidan keyin “11” raqami bilan to‘ldirilsin;
2) ilova 3-bandining “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi