Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonuni ommaviy axborot vositalaridan fuqarolarning shaxsiy hayotlariga aralashish, ularning sha’ni, qadr-qimmatlari va ishchanlik obro‘siga tajavuz qilish maqsadida foydalanishni man etadi.
Fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 100-moddasiga muvofiq o‘zining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar yuzasidan, basharti, bunday ma’lumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga to‘g‘ri kelishini isbotlay olmasa, sud yo‘li bilan raddiya talab qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Plenum “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunni sud amaliyotida qo‘llashda, qanday ma’lumotlar tarqatilganligi va ular qadr-qimmatga qanchalik putur yetkazgani kabi masalalar yuzasidan muammolar yuzaga kelganligini ta’qidlaydi hal qiluv qarorlarida hamma vaqt ham sha’n va qadr-qimmatga putur yetkazuvchi ma’lumotlarga raddiya berishning aniq usuli hamda raddiya berilishi lozim bo‘lgan muddat ko‘rsatilmaydi. Sud xarajatlarini undirish masalasi muhokama qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 100-moddasi va “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxs ommaviy axborot vositasida e’lon qilingan, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va o‘zining sha’ni hamda qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan ma’lumotlar bo‘yicha raddiya berishni tahririyatdan talab qilishga haqli ekanligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Qonunlarni to‘g‘ri tatbiq etish, fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan huquqlarini amalga oshirishlariga yordam berishini hisobga olib, sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini himoya qilish haqidagi ishlarni sudlar sinchkovlik bilan ko‘rishlari zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. FKning 100-moddasi 2-qismiga asosan manfaatdor shaxs sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini badnom qiluvchi ma’lumotlar uning vafot etgan oila a’zolari yoki qarindoshlariga nisbatan tarqatilganda ham ularning sud orqali himoya qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. O‘zbekiston Respublikasi FKning 163-moddasiga asosan sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlarga raddiya berish haqidagi talablarga da’vo muddati tatbiq qilinmaydi.
FKning 1021-moddasi 2-qismiga binoan agar zarar qadr-qimmat va ishchanlik obro‘-e’tiborini haqoratlovchi ma’lumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan bo‘lsa, ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qat’i nazar, qoplanishini nazarda tutish lozim.
FKning 1022-moddasiga muvofiq ma’naviy zararni qoplash miqdorini aniqlashda sudlar jabrlanuvchiga yetkazilgan ma’naviy zararning og‘irligiga subyektiv bahosi, shuningdek, da’vogarning jismoniy va ma’naviy azoblarining darajasini tasdiqlovchi obyektiv ma’lumotlar xususiyati va haqoratlovchi yolg‘on ma’lumotlari tarqatilgan doirani hamda boshqa ahamiyatga molik holatlarni e’tiborga olishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi