Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.11.2009
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
1. Sudlarning e’tibori fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlarini va jinoyat ishlari yuzasidan sud chiqimlarini undirilishida O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, 1994-yil 3-noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining 533-sonli “Davlat boji stavkalari” va 1993-yil 19-avgustdagi “Davlat boji, yig‘imlar va boshqa soliqsiz chet el valyutasidagi to‘lovlar stavkalari to‘g‘risida”gi 423-sonli qarorlariga, talablarini qat’iy bajarishga qaratilsin.
Sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 110-moddasining 2-qismiga muvofiq, faqatgina jismoniy shaxs davlat bojini to‘lashdan ozod qilinishi mumkin. Davlat daromadiga undiriladigan sud xarajatlarini to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash, shuningdek, ularning miqdorini kamaytirish esa jismoniy shaxslarga ham, yuridik shaxslarga ham qo‘llanilishi mumkin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 328-moddasi va 336-moddasining 1-qismiga muvofiq, ushbu kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, sudlarga beriladigan arizalardan davlat boji ariza berilgunga qadar to‘lanadi. Shunga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha taraflarni sud xarajatlarini to‘lashdan ozod qilish masalasi sudya tomonidan da’vo arizasini qabul qilish vaqtida, zarur hollarda esa hal qiluv qarori chiqarishda hal qilinadi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-sonli “Davlat boji, yig‘imlari va boshqa soliqsiz chet el valyutasidagi to‘lovlarning stavkalari to‘g‘risida”gi qaroriga 2 va 3-son Ilovalarga muvofiq, chet el fuqarosi ishtirokidagi yoki chet el valyutasida undirish amalga oshiriladigan nizolar yuzasidan sudga taqdim etilgan da’vo arizalaridan davlat boji chet el valyutasida (AQSh dollarida yoki unga tenglashtirilgan summada) da’vo qiymatining 10 foizi miqdorida to‘lanishi sudlarga tushuntirilsin.
14. Davlat boji undirish bilan bir vaqtda sudya hal qiluv qarorida sud chiqimlarini undirish haqida ham ko‘rsatishi lozim. Fuqarolik-protsessual kodeksining tegishli moddasida ko‘rsatilgan sud chiqimlarining ro‘yxati kengaytirilishi mumkin emas. Ishni ko‘rish yoki hal qiluv qarorining ijrosi yuzasidan sarflangan, lekin mazkur moddada ko‘zda tutilmagan, xarajatlar undirilishi mumkin emas.
15. Fuqarolik-protsessual kodeksining tegishli moddasiga muvofiq, taraflar mulkiy ahvollariga qarab, sud jarayonining har qanday bosqichida sud xarajatlarini to‘lashni kechiktirishni yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashni, shuningdek bu xarajatlarning miqdorini kamaytirishni suddan so‘rashga haqlidirlar.
16. Davlat bojini qaytarish O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 342-moddasida ko‘rsatilgan asoslarga muvofiq amalga oshiriladi. Boj Qonunda talab qilinganidan ortiqcha miqdorda to‘langan bo‘lsa, shu ortiqcha to‘langan qismi qaytariladi. Qonunda qayd etilgan boshqa hollarda boj to‘liq miqdorda qaytarilishga tegishlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 337-moddasiga binoan sudlarning qarorlari ustidan apellyatsiya, kassatsiya hamda nazorat tartibida keltirilgan arizalardan, da’vo arizasi (shikoyat) berilganda to‘lanishi kerak bo‘lgan qiymatning ellik foizi, mulkiy nizolar bo‘yicha esa — nizo yuritilayotgan summadan hisoblab chiqariladigan boj qiymatning ellik foizi miqdorida boj olinadi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi