Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Vazirlar Mahkamasining “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 24-sentabrdagi 445-son qaroriga muvofiq plastik kartochkalar yordamida to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha terminallar bilan jihozlanishi kerak bo‘lgan chakana savdo va pullik xizmatlar sohasi obyektlari ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqsin hamda kengaytirsin;
 LexUZ sharhi

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Uzoq muddatli omonatlar hajmini ko‘paytirish va naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish

(2009-yilda bank depozitlari hajmini kamida 50 foizga oshirish)

1.

2009-yilda quyidagilar bo‘yicha minimal foiz stavkalari darajasini o‘rnatish:

yuridik shaxslarning 6 oydan ortiq muddatli depozitlariga — Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan 75 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda;

aholining 1 yildan ortiq muddatli depozitlariga — Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan 150 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda ;

jismoniy shaxslarning plastik kartalaridagi mablag‘larga — Markaziy bankning amaldagi q�yta moliyalashtirish stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda.

Respublika bank kengashining qarori

2009-yil 1-maygacha

Markaziy bank, tijorat banklari

2.

Bank muassasalari tarmoqlarini yanada kengaytirish:

2009-yilda qo‘shimcha ravishda 340 ta yangi mini banklar va kassalar ochish, shu jumladan 250 ta — qishloq joylarda, ularning umumiy sonini 3900 taga yetkazgan holda, xususan, 2300 ta — qishloq joylarda;

Chora-tadbirlar kompleksi

2009-yil davomida

Markaziy bank, tijorat banklari, Banklar assotsiatsiyasi

2009 — 2015-yillar mobaynida aholisi soni 500 tadan ko‘p bo‘lgan barcha aholi punktlarida mini-banklar faoliyat ko‘rsatishini ta’minlagan holda qishloq joylarda mini-banklar tizimini kengaytirish;

Tijorat banklari kengashlari qarorlari

Jadvalga muvofiq

Mini-banklar va jamg‘arma kassalar zarur hollarda ishdan tashqari vaqtda (18:00 dan 21:00 gacha) va dam olish kunlari faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash.

Normativ hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish

2009-yil 1-iyungacha

3.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun egasining nomi yozilgan uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga) omonat jamg‘armalarini joriy etish:

ota-onalar tomonidan bolalar uchun Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda foizlarni qo‘shib hisoblagan holda egasining nomi yozilgan omonat jamg‘armalarni ochish hamda bola 16 yoshga to‘lganda omonatni qaytarib olish sharti bilan ularni kapitallashtirish;

bolalar uchun omonat jamg‘armasini ochgan jismoniy shaxslar — ota-onalarga ular tomonidan kredit summasining kamida 25 foizi miqdorda omonat jamg‘arilgan taqdirda imtiyozli ta’lim kreditini olishga ustunlik huquqini berish.

Banklar kengashlarining qarori

2009-yil 1-iyul

Tijorat banklari

4.

Yangidan tashkil etilgan “Qishloq qurilish bank” ATBda quyidagilarni nazarda tutuvchi uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatli) qurilish-uy-joy omonat jamg‘armasini joriy qilish:

jismoniy shaxs tomonidan Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda foizlarni qo‘shib hisoblagan holda uy-joy qurish uchun maqsadli omonat jamg‘armalarini ochishni;

maqsadli omonat jamg‘armani ochgan jismoniy shaxsga omonatchi tomonidan kredit summasining kamida 25 foizi jamg‘arilgan taqdirda, uy-joy qurish uchun imtiyozli kreditni olishga ustunlik huquqini berish.

“Qishloq qurilish bank” ATB Kengashi qarori

2009-yil 1-iyul

“Qishloq qurilish bank” ATB

5.

Xalq banki tomonidan quyidagi shartlarda tarqatiladigan maqsadli pul-buyum yutuqli lotereyalarni chiqarish:

yutuq fondi chiqarilgan lotereyalar hajmining kamida 70 foizi;

yutuq sifatida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning iste’mol tovarlarini o‘ynash;

Xalq banki tomonidan ta’sis etish orqali aholi o‘rtasida tarqatish.

Xalq banki Kengashi qarori

2009-yil 1-iyulgacha

Xalq banki, Moliya vazirligi

6.

Xalq banki huzurida jismoniy shaxslar uchun amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalarining tezkorligi, ishonchliligi va qulayligini ta’minlaydigan plastik kartalarda foydalangan holda “Uz-to‘1ov” milliy to‘lov tizimini tashkil etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2009-yil 1-iyulgacha

Xalq banki

7.

Aholi uchun qo‘yish muddati yakuniga yetgandan so‘ng qo‘shimcha bonus foizlari to‘lanadigan yutuqli omonatlarning yangi turlarini joriy qilish:

milliy valyutadagi depozitlar bo‘yicha — yillik 20 foizgacha;

chet el valyutasidagi depozitlar bo‘yi�a — yillik 10 foizgacha, shuningdek, “VIZA”, “Master-kard” xalqaro valyuta plastik kartalarini bepul taqdim qilish.

Tijorat banklari kengashlari qarori

Doimiy

Tijorat banklari

8.

Banklar tomonidan omonatchilarga ularning talabnomasiga ko‘ra bir chet el valyutasini boshqasiga naqd pulsiz almashtirib berish xizmatini taqdim qilgan holda turli valyutadagi (dollar, yevro, funt steriling) omonatlarni joriy qilish.

Tijorat banklari kengashlari qarori

2009-yil 1-maygacha

Tijorat banklari

9.

Tijorat bankining har bir filialida kamida bir shtat birligida plastik kartochkalar bo‘yicha mutaxassis shtatini joriy etish va uning asosiy majburiyatlari etib quyidagilarni belgilash:

savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida t�lovlarni qabul qilish terminallarining uzluksiz ishlashini monitoring qilish;

savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarining plastik kartalar bo‘yicha ularning hisob-raqamiga tushgan savdo tushumlarini o‘z vaqtida o‘tkazib berilishini nazorat qilish;

mijozlarga plastik kartalarni ishlatish masalalari yuzasidan maslahatlar berish va ulardan foydalanishda yuzaga keladigan nosozliklarni bartaraf etishni tashkil qilish;

to‘lov terminallarini o‘rnatish yuzasidan savdo va xizmat ko‘rsatish subyektlarini topish va ular bilan muzokaralar o‘tkazish.

Tijorat banklari boshqaruvlari qarori

2009-yil 1-iyulgacha

Tijorat banklari

10.

Hisob egalariga real vaqt rejimida mobil va elektron aloqa tizimlari (Internet va “SMS” — banking) orqali bank hisob-raqamlarini boshqarish va ma’lumot olish imkonini beruvchi zamonaviy dasturiy mahsulotlar va texnologiyalarni joriy etish.

Chora-tadbirlar

Doimiy

Tijorat banklari, O‘zAAA

II. Plastik kartalar orqali to‘lovlarni qabul qilish terminallarini qo‘llashni yanada kengaytirish va chakana savdoning huquqiy asoslarini takomillashtirish

11.

Tijorat banklari tomonidan savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarning foiz stavkasi bo‘yicha aylanma mablag‘ini to‘ldirish uchun Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 80 foizidan oshmaydigan miqdorda va kelgusida ularni naqd pul tushumida qaytarish sharti bilan kreditlar berish.

Tijorat banklari kengashlari qarori

Doimiy

Tijorat banklari

12.

2009-yilda savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida 12,5 mingta terminal o‘rnatish va ularning umumiy sonini 40 ming donaga yetkazish orqali plastik kartalardan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish terminallari tarmog‘ini yanada kengaytirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2009-yil davomida

Tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlari Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Muomaladagi plastik kartalar miqdorini 5 mln donaga yetkazish.

Kompleks chora-tadbirlar

2009-yil davomida

Tijorat banklari

14.

Aholi zich joylashgan tumanlarga supermarketlar va univermaglarni joylashtirish orqali ularning tarmog‘ini kengaytirish hamda ularda plastik kartalar orqali to‘lovlarni qabul qilish terminallarini qo‘llashni majburiy qilish.

Hukumat qarori loyihasi

2009-yil 1-maygacha

Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlari Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

15.

Ishlab chiqarilishi faqat yuridik shaxs shaklidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan iste’mol tovarlari va xizmatlari ro‘yxatini tartibga solish.

Hukumat qarori loyihasi

2009-yil 1-iyulgacha

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi

III. Uzoq muddatli omonatlarni jalb qilishni rag‘batlantirish va bank xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha reklama tadbirlari

16.

Ommaviy axborot vositalarida banklarda omonatlarni joylashtirishning jozibador shartlari to‘g‘risida keng yoritish, jumladan:

depozitlarga joylashtirilgan mablag‘larning to‘liq qaytarilishi davlat tomonidan ta’minlanishi;

tijorat banklaridagi omonatlardan olingan daromadlar hamda tijorat banklari aksiyalari bo‘yicha dividendlar soliqqa tortishdan ozod qilinishi;

depozit muddati yakunlangach omonatchining birinchi talabi bilan depozit summasi naqd pulda, shu jumlada� xorijiy valyutada to‘lab berilishi.

Reklama tadbirlari, maqolalar, ko‘rsatuvlar

Doimiy

Tijorat banklari, O‘zMTRK, Matbuot va axborot agentligi

17.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 31-oktabrdagi “Aholining omonatlarini jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida tanlov o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-994-son qaroriga muvofiq tijorat banklarining aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha faoliyatini yanada rag‘batlantirish.

Chora-tadbirlar

Har yili

Markaziy bank, Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari

18.

Hamkorlikni kengaytirish, bank xizmatlarining yangi turlari va yo‘nalishlarini joriy qilish maqsadida aholi o‘rtasida doimiy ravishda so‘rovnomalar o‘tkazish, joylarda davra suhbatlari va seminarlar o‘tkazish.

Chora-tadbirlar

Har yili

Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari, Markaziy bank

19.

Bank tomonidan taklif etilayotgan xizmatlar, omonatlar turlari va foiz stavkalari, aholi va kichik biznes subyektlariga plastik kartalar va boshqa xizmatlar bo‘yicha taqdim etilayotgan sharoitlar to‘g‘risida har oyda axborotlar e’lon qilib borish.

Chora-tadbirlar

Har yili

Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari, Markaziy bank

20.

Respublikaning hududlarida “Biznes uchun omonatlar va kreditlar” mavzusida ko‘rgazma-seminarlar o‘tkazish hamda aholi va tadbirkorlik subyektlariga bepul maslahatlar va ma’lumotlar taqdim qilish.

Seminarlar o‘tkazish reja-jadvalini tasdiqlash

2009-yil 1-maygacha

Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari, Markaziy bank, SSP, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlari Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

21.

Savdo va servis korxonalari, kommunal xo‘jaliklar, boshqa korxonalar va muassasalar rahbarlari ishtirokida tovarlar va xizmatlarni xarid qilishda plastik kartalardan foydalanish hamda oylik maoshlarni unga o‘tkazishdagi mavjud imtiyozlar va afzalliklarni tushuntirish maqsadida turkum seminarlar o‘tkazish.

Seminarlar o‘tkazish reja-jadvalini tasdiqlash

2009-yil II chorak

Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari, Markaziy bank, SSP, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlari Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

 LexUZ sharhi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi