Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.09.2019
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–916-sonli qarorining 6-bandiga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 29-30-son, 280-modda) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi qaror qiladi:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–916-sonli qaroriga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 29-30-son, 280-modda) xo‘jalik boshqaruv organlari va korxonalar (keyingi o‘rinlarda — xo‘jalik yurituvchi subyekt) tomonidan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni, innovatsion loyihalarni ishlab chiqish, tajriba-konstruktorlik ishlari va ularni ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilish ishlarini moliyalashtirish uchun tashkil qilingan modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va foydalanish tartibini belgilaydi.
3. Mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan Jamg‘armaning mablag‘larini to‘plash xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan unga xizmat ko‘rsatadigan tijorat banklaridan birida ochiladigan maxsus hisob raqamida amalga oshiriladi.
13. Smetaning xarajatlar qismi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi” 54-sonli qaroriga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 1999-yil, 2-son, 9-modda), unda nazarda tutilgan xarajatlar guruhlari bo‘yicha xarajatlar yoyilmasini va ular asosidagi hisob-kitoblarni to‘la ilova qilgan holda tuziladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi