Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

“Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq hamda davlat sud ekspertlarining yuqori malakasi va kasb darajasini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ushbu Nizom “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining davlat sud-ekspert muassasalarida (keyingi o‘rinlarda ekspert muassasalari deb ataladi) davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
19. Komissiya majlisi ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq shakllar bo‘yicha protokol va savol varag‘i shaklida rasmiylashtiriladi. Protokol Komissiya raisi va uning kotibi tomonidan imzolanadi, savol varag‘i Komissiya kotibi tomonidan imzolanadi.
25. Komissiyaning qarori asosida ekspert muassasasining kadrlar bo‘yicha bo‘linmasi tomonidan uch ish kuni mobaynida xodimga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma topshiriladi. Guvohnoma Komissiya raisi va kotibi tomonidan imzolanadi hamda guvohnomani bergan ekspert muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi.
26. Muayyan ekspert mutaxassisligi bo‘yicha davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tgan va boshqa ekspert mutaxassisligi bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rgan xodimga Komissiyaning tegishli qarori bilan ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga qistirma varaqcha berilgan holda qo‘shimcha ekspert mutaxassisligi bo‘yicha sud ekspertizasini mustaqil o‘tkazish huquqi beriladi.
27. Ekspert muassasasining kadrlar bo‘yicha bo‘linmasida ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida berilgan guvohnomalar reyestri yuritiladi. Reyestrda:
Toshkent shahri

20___ yil “___” ___________


Qatnashganlar: ______________________
___________________________________

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil “___” _______dagi _____-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida Ekspert-malaka komissiyasi _____________________________________________________________

(davlat sud-ekspert muassasasining nomi)

_______________________________________________________________________

(davlat sud-ekspert muassasasi bo‘linmasining nomi)

xodimini ______________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

____________________________________ ekspertizasini mustaqil o‘tkazish huquqi

(sud ekspertizasi turi)

bilan davlat sud eksperti sifatida attest�tsiyadan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqdi.

Bilim darajasini aniqlash uchun unga __________ ta savol berildi.
_________________________________ta to‘g‘ri javob berildi.

Ekspert-malaka komissiyasi qaror qiladi:
Xodim malakadan o‘tgan deb hisoblansin va unga _____________________________

(sud ekspertizasi turi)

ekspertizasini mustaqil o‘tkazish huquqi bilan davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma berilsin.
Xodim attestatsiyadan o‘tmagan deb hisoblansin va unga guvohnoma berish rad etilsin.
Ekspert-malaka komissiyasining tavsiyalari:
_______________________________________________________________________
_______________________________________________________________________
Komissiya raisi ____________________
Komissiya kotibi ___________________

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi