Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qarorini bajarish yuzasidan hamda tadbirkorlik faoliyati erkinligini cheklovchi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishni davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
davlat boshqaruvi organlarining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan 2-ilovaga muvofiq ro‘yxatga asosan umummajburiy tusdagi hujjatlari, ulardagi ruxsat berish tartibotlarini bekor qilgan holda, bekor qilinishini ta’minlasin;

T/r

Bekor qilinayotgan ruxsat berish tartibotlari

Normativ-huquqiy hujjatlar nomi

Ilgari ruxsatnoma bergan organ

Saqlanib qolayotgan tartibga solish mexanizmi

Mas’ul organ

1.

Ma’naviy eskirgan yoki likvidli bo‘lmagan olmos asboblarini rekupiratsiyalash va qayta attestatsiyadan o‘tkazishga yo‘nalishni kelishish

Korxonalarda, muassasalar va tashkilotlarda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni olish, sarflash, hisobga olish va saqlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (1995-yil 20-iyulda 160-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan)

Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi Tadbirkorlik subyektining ichki buyrug‘i
2.

Bank nomini o‘zgartirishni kelishish

Bank ustav kapitali miqdorini, aksiyadorlar tarkibini, bank nomi va manzilini o‘zgartirish, ustavga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (1998-yil 19-dekabrda 573-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan)

Markaziy bankBank ustaviga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazishMarkaziy bank
3.

Bank (bank filiali)ning joylashgan joyi (pochta manzili)ni o‘zgartirishga dastlabki kelishish

Bank ustav kapitali miqdorini, aksiyadorlar tarkibini, bank nomi va manzilini o‘zgartirish, ustavga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (1998-yil 19-dekabrda 573-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan)

Markaziy bank Bank ustaviga (bank filialining nizomiga) tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazishMarkaziy bank
4.

Aksiz markalari berishga kvitansiya

O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (1999-yil 7-yanvarda 589-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan)

Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasiHisobga olishning xabar berish tartibi“Agrobank” ATB
5.

Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi a’zolari yoki ularning tayyorlash kooperativlari bilan meva-sabzavot mahsulotlari va ularni qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqishga doir tuzilgan barter kontraktlariga ruxsat berish

Vakolatli banklarda eksport va barter kontraktlarini hisobga qo‘yish hamda ular ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom (2000-yil 9-avgustda 954-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan)

Tuman (shahar) hokimligiEksport-import kontraktlarini hisobga qo‘yishVakolatli banklar
6.

Harakatlanadigan sostavga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash bo‘yicha texnik ko‘rsatmalar va namunaviy texnologik jarayonlarni kelishish

O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari (2001-yil 27-avgustdagi 20-15-205/11-sonli xulosa)

“O‘zdavtemiryo‘l-nazorat” inspeksiyasiStandartlashning belgilangan tartibiStandartlash va sertifikatsiyalash organlari
7.

Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi xususiylashtirilgan obyektning faoliyat sohasini amal qilayotgan o‘zaro majburiyatlar va shartlar to‘g‘risidagi bitimlarda belgilangan va muddati tugamagan muayyan davr mobaynida korxona faoliyat yo‘nalishini saqlab qolish bo‘yicha majburiyat mavjud bo‘lgan hollarda o‘zgartirishga ruxsat berish

Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi xususiylashtirilgan obyektlarning faoliyat sohasini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risidagi nizom (2003-yil 22-yanvarda 1207-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan)

Tuman (shahar) hokimligiO‘zaro majburiyatlar to‘g‘risidagi shartnomaDavlat mulki qo‘mitasi
8.

Yuqori chastotali qurilmalarni sotishga ruxsat berish

Yuqori chastotali qurilmalarning ruxsat beruvchi hujjatlarini rasmiylashtirish, qurilmalarni ro‘yxatga olish va ularning texnik parametrlarini o‘lchashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (2007-yil 26-dekabrda 1751-son bilan ro‘yxatga olingan)

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi huzuridagi Elektromagnit moslashuvi markaziRadioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (boshqaga o‘tkazish), loyihalash va qurish (o‘rnatish)O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi huzuridagi Elektromagnit moslashuvi markazi
9.

Sug‘urtalovchilarning qo‘shimcha sug‘urta zaxiralarini shakllantirishni kelishish

Sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari to‘g‘risidagi nizom (2008-yil 15-dekabrda 1882-son bilan ro‘yxatga olingan)

Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasiSug‘urtalovchilarning ichki buyrug‘i
10.

Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi nazoratchisi lavozimiga nomzodni kelishish

Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazorati to‘g‘risidagi nizom (2009-yil 6-fevralda 1899-son bilan ro‘yxatga olingan)

Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining ichki buyrug‘i
11.

O‘zbekiston Respublikasi hududida bank filialini ochishga dastlabki kelishish

Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom (2009-yil 8-oktabrda 2014-son bilan ro‘yxatga olingan)

Markaziy bank Bank filialini ro‘yxatdan o‘tkazishMarkaziy bank
12.

Bug‘ va issiq suv quvurlarini tayyorlash va loyihalashga ruxsat berish

Bug‘ va issiq suv quvurlarini joylashtirish va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari (2010-yil 2-avgustdagi 6-24/23-6554/6-sonli xulosa)

“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiMajburiy sertifikatsiyalash, sanoat xavfsizligini ekspertiza qilish“O‘zstandart” agentligi, akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi