Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

ILOVA
Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish DASTURI

Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son Farmonini ijro etish yuzasidan, shuningdek sud ishlarini yuritish tezkorligini oshirish uchun sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
T/r

Tadbirlarning nomi

Amalga oshirish shakli va mexanizmlariBajarish muddatlariMas’ullarKutilayotgan natija
I bo‘lim. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini tahlil qilish
1.1.Kompyuter va axborot texnologiyalari bilan jihozlanganlik darajasini, shu jumladan axborot resurslari va tizimlaridan foydalanish samaradorligini, ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlar soni va sifatini, shuningdek sudlar tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi malakali kadrlar bilan ta’minlanganlikni tahlil qilish.Tahlil qilish va xulosalar tayyorlash2012-yil dekabr — 2013-yil yanvarOliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari (AATT) davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi Kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalari bilan jihozlanganlik hamda ularni sudlar faoliyatida joriy etish darajasini aniqlash.
1.2.Sudlar tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish.Xorijiy tajribani o‘rganish bo‘yicha takliflar kiritish 2013-yil yanvarOliy sud,
Oliy xo‘jalik sudi,
AATT davlat qo‘mitasi
Sudlarni axborotlashtirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni aniqlash.
1.3.Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning konseptual yo‘nalishlarini, shuningdek sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning maqsadli ko‘rsatkichlarini aniqlash.Ishlab chiqish va tasdiqlash 2013-yil yanvarOliy sud,
Oliy xo‘jalik sudi,
AATT davlat qo‘mitasi
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning asosiy yo‘nalishlarini va ularning maqsadli ko‘rsatkichlarini aniqlash.
1.4.Elektron hujjatlar aylanishi tizimlaridan, kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha idoraviy nizomlarni qabul qilish.Idoraviy yo‘riqnomalar va normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish2012-yil dekabr – 2014-yil avgust AATT davlat qo‘mitasi,
Oliy sud,
Oliy xo‘jalik sudi
Kompyuter texnikasidan, axborot texnologiyalaridan va elektron hujjatlar aylanishi tizimlaridan foydalanish samaradorligini oshirish.
II bo‘lim. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish
2.1.Sudlar xodimlarini kompyuter va idora texnikasi bilan zarur miqdorda ta’minlash. Kompyuter va idora texnikasi sotib olish2013-2014-yillarOliy sud,
Oliy xo‘jalik sudi,
Adliya vazirligi,
AATT davlat qo‘mitasi
Sudlar tizimida kompyuterlashtirish darajasini oshirish.
2.2.Sudlarning markaziy apparatida va hududiy bo‘linmalarida mahalliy hisoblash tarmoqlarini tashkil etish.Texnik loyihalarni tasdiqlash va mahalliy hisoblash tarmoqlarini tashkil etish2013-yil dekabr Oliy sud,
Oliy xo‘jalik sudi,
Adliya vazirligi,
AATT davlat qo‘mitasi
Zamonaviy kompyuter texnikasi imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish.
2.3.Mahalliy tarmoqlarni korporativ tarmoqqa birlashtirish va zarur server uskunalari bilan jihozlash.Texnik loyihalarni tasdiqlash va korporativ tarmoqlarni tashkil etish2014-yil martOliy sud,
Oliy xo‘jalik sudi,
Adliya vazirligi,
AATT davlat qo‘mitasi
Kompyuter texnikasi va axborot tizimlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish.
2.4.Elektron sud jarayonini, shu jumladan sud jarayonlarini video-, audio qayd etishni, shuningdek sud jarayonlari stenografiyasining yangi turlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritish.Takliflar ishlab chiqish va kiritish 2013-yil sentyabrOliy sud,
Oliy xo‘jalik sudi,
Adliya vazirligi,
AATT davlat qo‘mitasi
Zamonaviy axborot-kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish.
III bo‘lim. Sudyalarning, sudlar xodimlarining kompyuter savodxonligi darajasini oshirish va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirish, ishda zamonaviy kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha ularni attestatsiyadan o‘tkazish
3.1.Sudyalarning, sudlar markaziy apparati, viloyatlar va tumanlar bo‘linmalari xodimlarining malakasini va kompyuter savodxonligini oshirish, ularni axborot texnologiyalariga hamda axborot xavfsizligiga, tizimlar va resurslarni himoya qilishga o‘qitish.Tadbirlar rejasini tasdiqlash2014-yil yanvar — 2014-yil avgustOliy sud,
Oliy xo‘jalik sudi,
AATT davlat qo‘mitasi,
“Kompyuterlashtirish markazi” DUK
Sudlar xodimlarining kompyuter texnikasidan va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirish.
3.2.Sudyalarning va sud xodimlarining ishda kompyuter texnikasidan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha bilimlarini tekshirish.Jadval rejasini tasdiqlash2014-yil yanvar — 2014-yil avgustOliy sud,
Oliy xo‘jalik sudi,
AATT davlat qo‘mitasi
Xodimlarning malakasi va ko‘nikmalarining kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo‘yicha talablarga muvofiqligini baholash.
IV bo‘lim. Milliy axborot tizimi doirasida integratsiyalashtiriladigan axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish
4.1.Sudlar faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, ishlash, tizimlashtirish va saqlash bo‘yicha “Sudlar faoliyati” va “Sud hujjatlari” axborot tizimlarini yaratish.Texnik loyihalarni ishlab chiqish va tasdiqlash2014-yil yanvar — 2014-yil avgustOliy sud,
Oliy xo‘jalik sudi,
Adliya vazirligi,
AATT davlat qo‘mitasi
Qog‘ozsiz va avtomatlashtirilgan ish jarayonlariga bosqichma-bosqich o‘tish yo‘li bilan sudlov ishlarini yuritishning tezkorligini ta’minlash.
4.2.“Adliya-2” axborot tizimlari kompleksi, Milliy axborot tizimi doirasida “Sudlar faoliyati” va “Sud hujjatlari” axborot tizimlarini sohaga oid boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyalashni ta’minlash.Texnik loyihalarni tasdiqlash2014-yil yanvar — 2014-yil dekabr Oliy sud,
Oliy xo‘jalik sudi,
Adliya vazirligi,
AATT davlat qo‘mitasi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar
Sudlarning axborot tizimlarini bosqichma-bosqich integratsiyalash asosida Milliy axborot tizimini shakllan-tirishni ta’minlash.
V bo‘lim. Axborot resurslari sonini ko‘paytirish, ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlar sifatini oshirish
5.1.Ma’lumotlar almashishning elektron vositalari orqali Oliy sudga;
Oliy xo‘jalik sudiga da’vo, iltimosnoma va ularga ilova qilinadigan hujjatlar bilan birgalikda sudga murojaat qilish imkoniyati berilishi ta’minlanishini hisobga olgan holda sudlarning veb-resurslarini modernizatsiyalash.
Texnik loyihalarni tasdiqlash2014-yil avgust — 2014-yil dekabr

2012-yil dekabr
Oliy sud,
Oliy xo‘jalik sudi,
AATT davlat qo‘mitasi
Ma’lumotlar bilan almashishning elektron vositalari orqali yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va ishlash samaradorligini oshirish.
5.2.Xo‘jalik sudlarining qarorlarini majburiy tartibda e’lon qilishning ta’minlanishini hisobga olgan holda sudlarning veb-resurslarini modernizatsiyalash. Texnik loyihalarni tasdiqlash2013-yil mayOliy xo‘jalik sudi,
AATT davlat qo‘mitasi
Ma’lumotlar bilan almashishning elektron vositalari orqali yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va ishlash samaradorligini oshirish.
5.3.Ma’lumotlar almashishning elektron vositalari orqali sud muhokamasi qatnashchilarini xabardor qilish imkoniyatini berish va ularga sud hujjatlarini hamda boshqa xat-xabarlarni yuborish.Texnik loyihalarni tasdiqlash2013-yil may Oliy xo‘jalik sudi,
Oliy sud AATT davlat qo‘mitasi
Sud ishlarini yuritish doirasida yuridik va jismoniy shaxslarni xabardor qilish mexanizmini takomillashtirish.
VI bo‘lim. Axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek elektron hujjatlar aylanishining xavfsiz tizimlarini joriy etish
6.1.Tizimlar, tarmoqlar va resurslarni himoya qilishni ta’minlashning yagona talablari va qoidalarini ishlab chiqish maqsadida sudlar tizimida axborot xavfsizligi �iyosatini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Oliy sud;
Oliy xo‘jalik sudi.
Idoraviy nizomlarni tasdiqlash2014-yil avgust — 2014-yil dekabrAATT davlat qo‘mitasi,
Oliy sud,
Oliy xo‘jalik sudi
Axborot tizimlari, kompyuter tarmoqlari va axborot resurslarining himoyalanganligini ta’minlash.
6.2.Elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda yagona himoyalangan korporativ elektron pochtani va elektron hujjatlar aylanishi tizimini belgilangan tartibda joriy etish va ulardan foydalanish.

Texnik loyihalarni tasdiqlash

2012-yil dekabr — 2013-yil iyul

Oliy sud,
Oliy xo‘jalik sudi,
AATT davlat qo‘mitasi

Elektron shakldagi xat-xabarlarning, normativ-huquqiy hujjatlarning himoyalangan tarzda jo‘natilishini ta’minlash, hujjatlarni jo‘natishda qog‘oz sarfini qisqartirish.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi